gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/israel-palestine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 30 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,97 soʻmga qimmatlab, 12 228,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Perfectum aloqani yanada yaxshilash maqsadida 5G New Radio texnologiyasini joriy etishga qaror qildi. Loyihani amalga oshirish uchun Respublika radiochastotalar kengashi tomonidan chastota resursi ajratildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/perfectum/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Vena shahriga yetib bordi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/ambassador/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev energetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlari bilan tanishdi. 2024-yil oxirigacha elektr energiyasining yagona savdo maydonchasini yaratish, 2026-yilgacha esa erkin ulgurji bozorni joriy etish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/energy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonun bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqiy holati, ularga nisbatan elektron kuzatuv vositasini qo‘llash masalalari tartibga solinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/probatsiya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib Abdulla Azizov tayinlandi. U bunga qadar “OKMK” boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/pharma/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️O‘zbekistonda “mobil qullik” bekor qilindi

O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish xizmati ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat qiladi va mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/mobile/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank kelgusi yillarda pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirishda imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish va bozor tamoyillari asosida shakllanuvchi foiz stavkalariga o‘tish borasida choralarni davom ettirishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/credit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti tashrifidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlarida hokimlar almashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/qashqadaryo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bir necha oy ichida Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda hujjat loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/armenia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergey Guriyev iqtisodchi Behzod Hoshimovga bergan intervyusida diktatorlarning zamonaviy turi — manipulyativ diktatorlar bilan G‘arb qanday muomala qilishi kerakligini tushuntirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, “ko‘plab yetakchilar demokratiyani manipulyativ diktaturaga aylantirishni istaydi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/dictators/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning 46-yalpi majlisi 27-oktabr kuni o‘tkaziladi. Unda “Probatsiya to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/senat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida turizm tashkilotlari va ekspertlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi UNWTO tematik ofisi hamda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi. Muassasa Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/office-unwto/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dunyo miqyosida mojarolar, ta’qiblar va inson huquqlari buzilishi tufayli uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganlar soni 114 millionga yetdi. BMT asosiy sabablar sifatida Ukrainadagi urush, bir qator Afrika mamlakatlaridagi mojarolar va Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni ko‘rsatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/global-displacement/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat ma’qullagan qonunlarga ko‘ra, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/court/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir Abdulla Aripov MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisida hamdo‘stlik mamlakatlari energetika tizimlarining yaxlit ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, MDHning yagona elektron tijorat platformasini yaratishni taklif etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/cis/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi. Qonunga yo‘lning ta’mirlash ishlari vaqtida qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi cheklanishi, pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar kabi qo‘shimchalar kiritilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/road/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Raqamni saqlagan holda mobil kompaniyani qanday oʻzgartirish mumkin?

Oʻzbekistonliklar endi telefon raqamini saqlab qolgan holda mobil operatorni oʻzgartira oladi. Xoʻsh, ushbu xizmatga qancha vaqt va pul ketadi? Raqam hisobidagi ortiqcha pul ham oʻtadimi? Raqamga ulangan plastik karta va ilovalar nima boʻladi?

Mazkur savollarga javoblar — «Gazeta.uz» qoʻllanmasida: www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/mnp/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqamli rivojlanish vazirligi O‘zbekistonga olib kirilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilganini e’lon qildi. Endi ro‘yxatdan o‘tkazish Face-ID orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xorijdan kelganlar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/uzimei/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Para Osiyo oʻyinlarining 4-kuni: Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 6-oʻringa tushdi

Para Osiyo oʻyinlarining 4-kunida Oʻzbekiston terma jamoasi avvalgi kunlarga qaraganda kamroq — 7 ta medal qoʻlga kiritdi. Para yengil atletikachilar Bobur Omonov va Nurxon Qurbonova musobaqa rekordini oʻrnatdi. Avvalgi Para Osiyo oʻyinlari chempioni Asila Mirzayorova yana shohsupaga koʻtarildi.

www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/para-asian-games-4/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +26…+29 darajagacha isishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Metropolitenning Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan 2 ta bekatida qurilish ishlari tugatiladi. Yangi bekatlarni eskisiga bog‘lash ishlari sabab 3−5-noyabr kunlari “Tolariq”, “Xonobod” va “Quruvchilar” bekatlari yopiladi. Uning o‘rniga bepul avtobuslar harakatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Elchixona 2022-yilda ochilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/sweden/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-oktabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

📊 Oʻzbekiston qonun ustuvorligi reytingida 78-oʻrinni egalladi

🔎 Oyiga $10 000 topishni oʻrgatishni vaʼda qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi.

🔹 MB: 5 foizlik inflyatsion targetga erishish davri 2025 yoki 2026 yil yakuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda.

❗ Kreditlar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilmagan 16 ta bank jarimaga tortildi.

«Gazeta.uz»da eʼlon qilingan maqolalar:

🔴 Oʻzbekiston bolalariga kitob tanlovlari bering.

🌇 Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — oʻlim shahri.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/digest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida yuqori texnologiyalarni rivojlantirish va tashkilot hududida soddalashtirilgan oziq-ovqat harakatini ta’minlash bo‘yicha yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/sco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1 va 2 noyabr kunlari Qozogʻiston va Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif dasturidan iqtisodiy hamkorlik, energetika, transport infratuzilmasi, shuningdek, suv resurslarini boshqarish va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini muhokama qilish oʻrin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/france/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy banki 16 ta bankni mijozlarga kredit va omonatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor etmagani uchun jarimaga tortdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/fines/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank bir nechta omilni inobatga olib, 2 ta ssenariy asosida keyingi yillarda makroiqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqdi. 5 foizlik inflyatsion targetga erishish davri asosiy ssenariyda 2025-yilning ikkinchi yarmiga, muqobil ssenariyda 2026-yil yakuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/inflation-target/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV «biznes-trener» Islom Ibrohimovni qidiruvga berdi

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал