gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 27 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,95 soʻmga qimmatlab, 12 210,08 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Humo Air loukosteri 2024-yil boshiga qadar to‘rtta Airbus 320/321 layneriga ega bo‘ladi. Aviakompaniya Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch va Termizga kunlik muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Kelgusi yilda xalqaro yo‘nalishlarda muntazam reyslarni amalga oshirish rejasi ham bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/humo-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Avstriyadagi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchi sifatida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/italy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShning Men shtatidagi Lyuiston shahrida bir erkak bar va bouling zalidagi odamlarga qarata o‘t ochdi, oqibatda kamida 22 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Erkak hozircha qo‘lga olinmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/maine-shootings/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston World Justice Project`ning qonun ustuvorligi bo‘yicha yillik reytingida 142 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Reyting mualliflarining fikricha, mamlakat huquq tizimidagi eng yomon holat davlat vakolatlarini cheklash va hokimiyatning ochiq emasligi bilan bog‘liq.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/rule-of-law/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi regulyator bayonotida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/rate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanida orqaga harakatlanayotgan Hyundai avtomobiliga yuqori tezlikdagi Weltmeister elektromobili urilib, so‘ng yana 4 ta mashina bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/yth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan sohaning bir qancha xodimlari “Mardlik”, “Do‘stlik” ordenlari va “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/iio/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik berilishi mumkin. Prezident fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash va ortiqcha hosilni sotish huquqini berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u yaylovlar degradatsiyasi muammosiga to‘xtalib, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/partial-freedom-for-farmers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShda o‘nlab shtatlar Facebook va Instagram egasi hisoblangan Meta kompaniyasini daromadini oshirish maqsadida o‘smirlar va bolalarni ijtimoiy tarmoqlarga qaram qilish uchun “kuchli va misli ko‘rilmagan texnologiya”dan foydalanganlikda ayblab sudga berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/meta/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/vek/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, endi ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/rent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 26 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,80 soʻmga arzonlab, 12 195,13 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi tushdi, rubl esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Qarshida o‘tkazayotgan yig‘ilishida Taxtaqoracha dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirishni topshirdi. Kelgusi yilda mazkur dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel qurilishi boshlanadi. Qolaversa, Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 km yo‘l xitoylik investorlar bilan birga ta’mirlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/takhtakoracha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ICTWeek 2023 haftaligi doirasida UZTELECOM innovatsion yechimlar, internet, mobil aloqa, televizor va uy telefonini o‘z ichiga olgan yangi noyob tarifni taqdim etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/uztelecom-uz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat qo‘mitasida kiberjinoyatlar, xususan, dipfeykka qarshi javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama qilindi. Noqonuniy mayning faoliyati uchun ham jazo kuchaytiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/cyber-crime/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Doim o‘zgarib turuvchi go‘zal Dubay tilga olgandan ko‘ra ko‘proq faol ko‘ngilochar hordiqlarni taklif etadi. Visit Dubai ushbu ajoyib kurortda nimalar bilan shug‘ullanish mumkinligini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni tuzdi. U sayyohlarga shaharga takror borganinlarida ham asqotishi mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/visit-dubai

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/narcotic/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik dzyudochi Shahram Ahadov Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/shahram-ahadov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV tarmoqlarda "biznes-trener"ligi bilan tanilgan Islom Ibrohimovni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda. Avvalroq "Subyektiv" uni o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ishda ayblagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/islom-ibrohim/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Para Osiyo o‘yinlari: 3-kunda o‘zbekistonliklar yana 16 ta medal oldi

Para Osiyo o‘yinlarining 3-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal olib, umumiy medallari sonini 54 taga yetkazdi. Eng ko‘p sovrinlarni para yengil atletika, para taekvondo va para dzyudochilar qo‘lga kiritdi. Jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/para-asian-games/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida 26-oktabr soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda bolalar kitoblari bozorida taklif ko‘paymoqda. Yozuvchi Dinara Mo‘minovaning fikricha, bunday sharoitda farzandiga kitob izlayotgan ota-onalar uchun mayoq vazifasini o‘tovchi kitob tanlovlari va tavsiyaviy ro‘yxatlari zarur. Tanlovlar bolalar adabiyotini yanada jonlantirishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/26/books/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 25−26-oktabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan SHHT, MDH va YeOII hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/prime-minister/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev o‘zining “Manipulyativ diktatorlar” kitobi haqida o‘zbekistonlik hamkasbi Behzod Hoshimovga intervyu berdi. Suhbatda, jumladan, yangi zamon diktatorlarining sahnaga chiqishi, avvalgi diktatorlardan farqi hamda ular G‘arbga, G‘arb ularga intilishining sabablari ko‘rib chiqildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/spin-dictators/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh “Ikki xalq uchun ikki davlat” rejasiga muvofiq Yaqin Sharqda tinchlikka erishish tarafdori, dedi Samarqandga kelgan USAID rahbari Samanta Pauer. U, shuningdek, AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi poymol etilishini qoralash bo‘yicha chaqiriqlaridan ajablanmaslik kerakligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/palestine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/tashkent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz aeroportida aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi. Aeroportga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/shakhrisabz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metropoliteni bekatlarida yoʻlkirani qoʻlni skanerlash orqali toʻlasa boʻladigan tizim — Handpay ishga tushirilishi mumkin. U Face ID tizimi barcha bekatlarni qamrab olganidan soʻng yoʻlga qoʻyilishi aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/handpay/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. “1-dekabrga qadar Yandex Go axborot xizmati mamlakatda mahalliylashtirilishini tasdiqlaymiz”, — dedi kompaniyaning MDHdagi rahbari Kirill Svinsov. Xizmat shu kunlarda Toshkentdagi ICTExpo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/25/yandex-go/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал