gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/24/navoi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident endilikda davlat budjetining har bir satri bo‘yicha aniq shaxslar javobgar bo‘lishini ma’lum qildi. U budjet intizomini kuchaytirish zarurligini, budjet mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ochiq-oshkora tanlov va tenderlar o‘tkazishni kengaytirishni ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/24/budget-2024/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturni amalga oshiradi, deya ma’lum qildi USAID rahbari Samanta Pauer Toshkentdagi maktablardan biriga tashrifi chog‘ida. Dasturning birinchi yili uchun 4,5 mln dollar ajratildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/24/usaid-inclusive-education/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent viloyatida dendroparkda 2017-yildan buyon qator obyektlar noqonuniy qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. O‘rmon xo‘jaligi agentligi, “Darxon” stansiyasi, Toshkent tumani hokimligi xodimlari va boshqalarga qarshi ish qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/arboretum/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 22 yoshli haydovchi qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi. Salonda turib olingan xavfli mashina haydash holati Instagram`ga joylandi. YHXBB xodimlari bayonnoma tuzib, “profilaktik suhbat” o‘tkazdi. Haydovchi 3,3 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/dangerous-driving/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Advokatlar palatasi Kasb etikasi qoidalariga advokatlarning davlat organlari va mansabdorlarni muhokama qilish, “odamlarda islohotlarga ishonchsizlik tuyg‘usini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan” materiallarni joylashtirishni taqiqlovchi qo‘shimchalar ishlab chiqdi. Advokatlarga ko‘ra, bu “advokatlarning og‘zini yopish”dir.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/lawyers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentga tashrif buyurgan USAID administratori Samanta Pauer O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun 14 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. Xususan, mablag‘lar sil kasalligi, epidemiya va pandemiya tahdidiga qarshi kurash, shuningdek, xususiy sektorni mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/usaid/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga MI-8MTV harbiy vertolyotini sovg‘a qilgan. Qirg‘iziston yana bir shunday samolyotni ta’mirlash uchun O‘zbekistonga yuborgan. Mudofaa vazirligi ta’mirlash ishlarini to‘liq o‘z zimmasiga olgan va hozirda ta’mirdan chiqqan vertolyotni Qirg‘izistonga qaytardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/helicopters/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chery avtomobil brendi keyingi besh yil ichida texnologik tadqiqotlar va ishlanmalarga 100 mlrd yuan sarmoya kiritishni hamda dunyo bo‘ylab 300 ta Chery texnologiya laboratoriyalarini qurishni rejalashtirmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” siropi 2021-yilda qayta ro‘yxatdan o‘tayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa-da, 2 oy mobaynida sotuvi davom etgan. Bu davrda zaharli moddasi bo‘lgan 40 mingga yaqin flakon mamlakatga kirgan. Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari buni dorilar sertifikat bor paytda ishlab chiqarilgani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/dok-1-maks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ-2106” avtomashinasining gaz balloni portladi. Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi va bir haydovchi halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/denov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24−25-oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, +22…+25 darajagacha isiydi. Ammo payshanba kuni Volgabo‘yidan nam havoning yangi qismi kirib kelib, ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘znergoinspeksiya” Qoraqalpog‘istondagi “Taxiatosh neft bazasi”da dizel yonilg‘isida 8,2 mlrd so‘mlik kamomadni aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/taxiatosh/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/24/kashkadarya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning bir qancha asosiy ko‘chalarida ketayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari “boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklamalar hosil qildi”, — deyiladi Transport vazirligi xabarida. Bu, o‘z navbatida, “barcha ko‘chalarda transport vositalari, jumladan, avtobuslar tezligining pasayishiga olib keldi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/24/traffic-jams/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi. Endi u Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Shvetsiya bosh vaziri mamlakat alyansga a’zo bo‘lish imkoniyatini “intizorlik bilan kutayotganini” ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/turkiye/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Rossiya pasportini olgan migrantlarga Ukrainadagi urushda qatnashishni taklif qilish, rad etganlarni fuqarolikdan mahrum qilish taklifini bildirdi. Avgustdan buyon Rossiyada “yangi” fuqarolarga qarshi reydlar o‘tkazilib, voyenkomatlarga olib ketilib, chaqiruv qog‘ozlari berilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/citizenship/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilishi talabning bir necha barobar ortishiga va xaridorlarning ikki baravar qisqarishiga olib keldi, deb yozmoqda Spot. Ayrim AYOQSHlar faoliyatini to‘xtatdi. Birjada narx cheklovi ham kiritilgan bo‘lib, bu “bozor tamoyillariga zid”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/ai-80/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

"American Center Tashkent"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo’lib, quyidagilardan bahramand bo'lishingiz mumkin:

- AQSh haqida ishonchli manbalardan to‘g‘ri va to’liq ma’lumot olish;
- Amerika madaniyati, tarixi, jamiyati va qadriyatlari to'g'risida muntazam xabardor bo'lish;
- markazda o'tadigan tadbirlar videolarini kuzatib borish va ingliz tilini mustahkamlash;
- markaz yangiliklaridan xabardor bo’lish va tadbirlarida ishtirok etish.

Telegram | Facebook
Instagram | YouTube

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘qqiz oy ichida O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Birgina sentabr oyida 286,1 million dollarlik gaz sotib olindi, bu avvalgi sakkiz oyga nisbatan 40 foizga ko‘pdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/gas-import/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YUNESKO Interpol bilan birgalikda o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi. Tashrif buyuruvchilar unda butun dunyodagi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan o‘g‘irlangan artefaktlarning 3D modellarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/unesco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 24 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,04 soʻmga qimmatlab, 12 218,04 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.


Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Nexia-2 ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aziz oʻquvchilar!

Tahririyatga «Gazeta.uz» brendidan firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Firibgarlar «Gazeta.uz» logotipi va sayt sahifasini koʻchirib, investitsion jamgʻarmalar haqidagi shubhali reklamalar eʼlon qilmoqda.

«Gazeta.uz» tahririyati va onlayn-nashr taʼsischisi Afisha Media kompaniyasining ushbu feyk sahifalarga hech qanday aloqasi yoʻq.

Agar bizning logotipimiz ostida investitsiya fondiga mablagʻ kiritish yoki boshqa turdagi chaqiruvni koʻrsangiz, avvalambor veb-sahifa havolasini tekshirib koʻring. Onlayn-nashrimizning yagona va doimiy manzili — gazeta.uz.

Biz sizdan bank kartalaringiz haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik va ochiq manbalarda eʼlon qilmaslik, shuningdek, internetda xarid qilish yoki sarmoyalar kiritish oldidan pullaringizni bermoqchi boʻlganlarning maʼlumotlarini tekshirishingizni soʻraymiz.

Tarmoqlardagi rasmiy kanallarimiz:

Facebook.com/gazetauzb
T.me/gazetauz_ozb
Instagram.com/gazetauzbekistan/
Youtube.com/@GazetaOzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/miner/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Italiyadigi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunladi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri uning besh yillik faoliyatini ijobiy baholab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/italy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi 160-maktab oʻqituvchilari asossiz tekshiruvlar ortidan maktab direktori ishdan boʻshatilganini aytib, prezidentga murojaat qildi. Maktab taʼlimi boshqarmasi taʼlim-tarbiya jarayoni sifati keskin pasaygani va tekshiruvlar prokuratura tomonidan oʻtkazilganini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/school/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoyi viloyati hokimi oʻrinbosari Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumaniga, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari Umidjon Adizov Xatirchi tumaniga hokimi etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/bekzod-bobomurodov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал