gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/climate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev “har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish” hamda budjet taqchilligi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi, dedi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov. 2024-yildan boshlab kreditlar to‘liq infratuzilmaga ega tadbirkorlarga beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/22/economy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23−24-oktabr kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonda bo‘ladi. U Markaziy Osiyoda mintaqaviy aloqalar bo‘yicha birinchi S5+1 vazirlar konferensiyasini o‘tkazadi. Uchrashuv haqida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan S5+1 sammiti chog‘ida e’lon qilingan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/22/samantha-power/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergelida portlashdan zararlangan uylar taʼmiri qachon tugaydi? Hokim Elbek Shukurov bilan intervyu

«Gazeta.uz» Sergelidagi portlashdan 20 kun oʻtib, zarar koʻrgan xonadonlarda bajarilgan ishlar boʻyicha reportaj tayyorlagandi. Bunga rasmiylar tomonidan tezkor munosabat bildirildi va kamchiliklarni bartaraf etish ishlari yana jonlanib ketdi.

Shu orada Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov ham «Gazeta.uz»ga intervyu berib, taʼmirlash ishlari qachon toʻliq yakunlanishini maʼlum qildi. U shuningdek, hududdagi doʻkonlar hamda avtomobillar egalari zararni qanday qoplashi mumkinligini aytdi.

Portlash yaroqsiz holga keltirgan 305-maktab oʻquvchilari esa vaqtinchalik chodirlar ostida dars oʻtishmoqda.

https://www.youtube.com/watch?v=CBIfWbOnehw

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yo‘llarda shuncha odam o‘lib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bo‘lmaydi”, — dedi prezident yig‘ilishda. “Nega prezident tashvish qilib, hammani „yondirishi“ kerak? Nimaga deputatlar „yonmaydi“?” — so‘radi u. Qariyb bir yarim yil avval ham u amaldorlarni bunday “favqulodda holat”ga befarqlikda ayblagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/roads/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-oktabrdan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tunu kun ishlash rejimini to‘xtatdi. Ma’muriyatning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, qaror kuz-qish mavsumida elektrni tejash, tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani, shuningdek, foydalanuvchilarni nazorat qilish imkoni cheklangani uchun qabul qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/nat-lib/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish uchun endi Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Yo‘llanmani shakllantirishda ota-onaga bog‘cha rahbariga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan SMS kod yuboriladi. Bu vaqtni va, hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 6 tonna qog‘ozni tejaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/kindergarten/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida UNG Petro tarmog‘idagi (“O‘zbekneftgaz”) yonilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-100 benzinini sotish boshlandi. Uning narxi 1 litri uchun 15,8 ming so‘mni tashkil etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/ai100/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda qator saytlardan foydalanuvchi ma’lumotlari sizib chiqqani ma’lum bo‘ldi. ONESEC direktori Dmitriy Paleyevning “Gazeta.uz”ga aytishicha, gap buzib kirish haqida emas, balki stilerlar — brauzerlardan autentifikatsiya ma’lumotlarini o‘g‘irlaydigan viruslarning eski bazasi haqida bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/data/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-noyabrdan Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqt (yengil avtomobillar 5 daqiqa, turistik avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqa)dan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi. Jarima sariq chiziqda to‘xtagan haydovchilarga ham belgilanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/estakada/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

InnoWeek.Uz-2023 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “MUNIS loyihasining amalga oshirilishi: joriy va kelgusi rejalar” mavzusidagi panel sessiyasi tashkil qilindi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/munis-loyihasi/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda o‘zbekistonlik amaldorlar hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/dok-1-maks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yil davomida 39 mlrd kub metr suv iste’mol qilingan. Shundan 36 foizi yoki 14 mlrd kub metri tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan, dedi prezident. Yana 5−6 mlrd kub metr suv sug‘orishning eskirgan usullari tufayli yo‘qotilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Faollar fermerlar va klasterlar o‘zaro teng munosabatga kirisholmasligi, fermerlarda narx bo‘yicha tortishish imkoni yo‘qligini ta’kidlashgandi. Bunga javoban, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini bozor iqtisodiyoti qonunlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/cotton/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ilk bor Toshkentda AQShda o‘qishga qiziquvchi yoshlar uchun EducationUSA mintaqaviy forumi va Amerikaning 50 dan ortiq universitetlari ishtirokida yarmarka bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1200 ga yaqin yoshlar qatnashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/us-universities/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, hech kim jiddiy jarohat olmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/23/yth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan 20 ta yuk mashinasidan iborat birinchi karvon yetib bordi. Qohiradagi sammitda BMT rahbari cheklovsiz va uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazishga, shuningdek, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/22/gaza-aid/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida qariyb 30 yil ekskavator mashinisti sifatida ishlagan O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/22/jonsaid-turdiev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi. Davlat tilini rivojlantirish boshqa tillar va madaniyatlar rivoji bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Shuningdek, u lotinchadagi alifboni takomillashtirishda jamoatchilik fikrini inobatga olish zarurligini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/uzbek-language/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-noyabrgacha MDIS Tashkent`da 2023−2024 o‘quv yillari uchun qishki qabul davom etadi. Shuningdek, 4,5 — 5,0 ballik IELTS sertifikatiga ega abituriyentlar intensiv tayyorlov kurslariga yozilishlari mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/mdis-tashkent/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyalik deputat Mixail Delyaginga ko‘ra, o‘zbekistonlik migrantlarning bolalari uchun xususiy maktablar qurish taklifi Rossiya fuqarolariga nisbatan “kamsitish” va bu Rossiyaning yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonlik deputatlar bu ayblovlar “munosabatlarda hushyorlikka da’vat etishini” ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/deputies/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nonni faqat tandirda emas, qozonda ham yopish mumkin. Qovurilgan piyoz solib yoki xamirturushsiz tayyorlasa ham bo‘ladi. Zira.uz turkcha, irlandcha, yaponcha sutli nonlarni tayyorlash usullarini taqdim etadi. Retsept.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kanada 41 nafar diplomatini daxlsizlik huquqi bekor qilinish xavfi tufayli Hindistondan chaqirib oldi. Kanada bosh vaziri Kanada sikxlar jamoasi yetakchisining o‘ldirilishida Hindiston razvedka xizmatlari ishtiroki haqida ma’lum qilganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/canada/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltita kinopremyera, Eco-niyat yarmarkasi, Offroad-tadbiri, Rhythm of the Dance shousi, Mot konserti, Tashkent Modernism. Index ko‘rgazmasi, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/trucks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 23 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,01 soʻmga arzonlab, 12 210,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi benzin sotib olishdagi cheklovlar tufayli taqchillik ehtimoli borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Qo‘mitaga ko‘ra, 17-oktabrdan benzin xaridi limiti 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilgan. Taqchillik va narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/petrol/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden aholiga telemurojaatida HAMAS hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “demokratiyani butunlay yo‘q qilmoqchi”ligini va Amerika terrorchilar va zolimlarning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. U amerikaliklarni Ukraina va Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/biden/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev “mintaqaviy xavfsizlikka qarshi tahdidlar kuchayib, yangi xatarlar vujudga kelayotgan” davrda Toshkentda o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 2-yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/murojaatnoma/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatida Isroilda ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashgandan so‘ng 3 nafar voyaga yetmagan farzandini o‘ldirgan 36 yoshli erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/murder/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал