gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tanishlari yordamida 16 va 10 ming dollar evaziga AQShga ishlash uchun yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/to-usa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyatida Cobalt avtomobilidan Iphone 15 Pro, Iphone 15 Pro Max, Samsung Galaxy S23 Ultra kabi 550 ga yaqin smartfon topildi. Ularning taxminiy qiymati salkam 5,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/phones/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda yil yakunlari bo‘yicha YIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shavkat Mirziyoyev 2024-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturni puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/yaim/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eronning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/ambassador/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20−25-oktabr kunlari Toshkentdagi Bobur ko‘chasining yarmi aeroportdan Nukus ko‘chasigacha yopiladi. Shuningdek, 20−22-oktabr kunlari Botir Zokirov ko‘chasining Alisher Navoiy va Islom Karimov shoh ko‘chalari oralig‘idagi yarmi ham yopiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/street/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda g‘isht zavodlarida mehnat qulligida saqlangan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi. Ushbu fuqarolar vatanga qaytarilishi, zarur yordamlar ko‘rsatilib, O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanishi bildirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/comission/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston 106 turdagi tovarning Rossiyaga eksportiga taqiq qo‘ydi. Ular urushda ishlatilishi ehtimoli bo‘lgan tovarlar guruhi hisoblanadi. Ro‘yxatda dronlar, mikroelektronika va boshqalar bor. Ukraina prezidenti ofisi mamlakatning bu qaroriga munosabat bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/kazakhstan-export/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Buxoroda Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanovni qabul qildi. Tomonlar 2024-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumini imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/defense/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 20 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 24,08 soʻmga qimmatlab, 12 231,01 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘shko‘pir tumanida 19-maktab o‘quvchilarini sholi o‘rimiga jalb qilgan fermer sud qarori bilan 3,3 mln so‘m jarimaga tortildi. Avvalroq bolalarni maktab direktori majburiy mehnatga jalb qilgani aytilgandi, biroq holat o‘z tasdig‘ini topmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/sholi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorazm viloyatida 3-noyabrdan sovuq suv va oqova xizmatlari narxi oshadi. Yil oxirigacha viloyat aholisini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olishni 90 foizga yetkazish, mavjud suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda 60 dan ortiq o‘zbekistonlik mehnat qulligidan qutqarilib, vaqtinchalik saqlash markazi va hostelga joylashtirildi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari ular bilan uchrashdi. Fuqarolar pasporti qaytarib berilsa, vatanga qaytishi va ish beruvchiga e’tirozi yo‘qligini bildirdi, deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bayden HAMASning Isroilga hujumini 11-sentabr voqealariga qiyosladi. AQSh va Isroil razvedkasi “Al-Ahli” kasalxonasidagi portlashda “ko‘pi bilan bir necha o‘n nafar” odam o‘lgan deb hisoblamoqda. Misr va AQSh rahbarlari gumanitar yordam koridorini ochish bo‘yicha kelishib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev sakkiz yillik missiyasini yakunlamoqda. U Eurogospodarka nashriga intervyu berib, Polshaning qaysi investorlari O‘zbekistonga kelishga tayyorligini, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvni boshlash rejalari haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/poland/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston velosport bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun to‘rtta — ayollar terma jamoasi uchta, erkaklar jamoasi esa bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/cycling/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kechalari +12, kunduzi +23 daraja atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabr oxirida Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlash oqibatida 1370 ta xonadon (ilgari 600 ga yaqin ekani aytilgandi) va 246 ta uy (25) zarar ko‘rgan. Hukumat komissiyasi yetkazilgan zarar 14,5 mlrd so‘mni tashkil etganini bildirdi. Maktab va bolalar bog‘chasi ham zarar ko‘rgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/damage/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asaka tumani hokimi Begzod Ummatov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Nasibillo Mo‘minov tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/20/asaka/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Sergelidagi portlash yuz bergan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar saqlangani aniqlandi, deya ma’lum qildi hukumat komissiyasi. Portlash oqibatida jami 14,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 4 kishiga “qamoqqa olish”, yana bir nafariga “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/sergeli-portlash/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida fermer 13 yil davomida noqonuniy ravishda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 282,7 mln so‘mni tashkil etdi. U 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, davlatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan Ai-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Ai-80 benzinini aksiz solig‘idan ozod qilish muddati 2023-yil 31-dekabrda yakuniga yetadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/ai-80/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent-Andijon yo‘lovchi poyezdida turk sayyohi joyini almashtirish uchun vagon kuzatuvchisiga 100 ming so‘m bergani haqida video tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” holatni o‘rgandi, biroq aybdor xodimni aniqlay olmaganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/traveler/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahridagi 20 ta maktabda turizm soatlari yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Ular tajriba tariqasida maktabdan tashqari ta’lim sifatida joriy qilinadi. Keyinchalik soatlar Buxoro, Xiva va Shahrisabzda oʻquv dasturlariga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/tourism-hour/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eron turizm vaziri Ezzatollah Zarg‘amiy O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik vizalarini bekor qilish yo‘llari izlanayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/iran/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida “O‘zbekgidroenergo” va China Southern Power Grid International kompaniyasi o‘rtasida Bo‘stonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng “Yuqori Pskem” gidro to‘plash elektr stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/gtes/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Dilshod Raximov tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/deputies/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumani “Quruvchilar” mavzesidagi portlashda xonadonlarga shikast yetgan ko‘plab fuqarolarga zarar haligacha to‘liq qoplab berilgani yo‘q. “Gazeta.uz” aholi, jumladan, portlashda halok bo‘lgan bolaning yaqinlari bilan suhbatlashdi. Tuman hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/sergeli/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 15-oktabrdan parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, muhtoj aholi murojaatlarini ko‘rib chiqadigan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/olds/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/to-syria/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel milliy turoperatori maktab ta’tili payitida Dubayda unutilmas tarzda sayoxat qilish va yangi ufqlarni kashf etishga yordam beradi. Bundan tashqari u yerga Toshkent va Farg‘onadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali borish mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/19/asialuxe-travel/

Читать полностью…
Подписаться на канал