gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 18 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 5,98 soʻmga arzonlab, 12 195,07 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda O‘zbekistonga 10 mln sayyoh kelishi kutilmoqda, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Samarqand Global investitsiya forumida.

Tadbir doirasidagi ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 ta hududi va Markaziy Osiyo davlatlarining turistik-investitsion stendlari namoyish etildi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/invest-forum/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning Amer International industrial-sanoat xoldingi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev kompaniya raisi bilan uchrashuvda misni qayta ishlash, elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/amer-international/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

HAMAS ilk marta garovga olinganlardan birining videosini e’lon qildi, Eron diplomati Isroil bombardimon qilishni to‘xtatsa, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytdi. AQSh va Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish rejasini tayyorlashga kelishib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda 17 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida YTH sodir etdi, oqibatda o‘zi va ikki do‘sti halok bo‘ldi. Mashina beton to‘siqqa urilgach, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yong‘in yuz bergan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/yth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi. Chegirma 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar amal qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/sale/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh hukumati Xitoyning ilg‘or, ayniqsa sun’iy intellekt texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan chiplarni sotib olishiga bo‘lgan cheklovlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Uchinchi davlatlar yordamida cheklovlarni chetlab o‘tishga urinayotgan Xitoy kompaniyalari uchun qo‘shimcha tekshiruvlar joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/us-china/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezident Salome Zurabishvili hukumat roziligisiz xorijga chiqib, mamlakat konstitutsiyasini buzganini tan oldi va unga impichment jarayonini boshlashga ruxsat berdi. Sud qarori parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak, biroq hukmron partiya yetarli ovozga ega bo‘lmasligi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/georgia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Darxondagi koʻp qavatli uylarni nima qilishmoqchi?

Mazkur uylarda yashovchi aholining «Gazeta.uz»ga maʼlum qilishicha, 15-oktabr kuni notanish kimsalar kelib, yangi loyiha boʻyicha rekonstruktsiya ishlarini muhokama qila boshlagan. Bu haqda esa aholi ogohlantirilmagan va ular ham bino tashqi tarafi oynali boʻlishidan xursand emas.

«Gazeta.uz»ning qisqa va loʻnda reportaji ayni shu haqda.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona tumanida bir guruh mahalliy aholi kontrabanda olib ketayotgani aytilayotgan avtomobilni to‘xtatgan chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga jarohat yetkazdi. Kuchlar teng bo‘lmagani sababli harbiylar qurol ishlatgan. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/incident-ferghana/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dunyoning turli mintaqalaridagi nizo va beqaror vaziyatlar turizmga pandemiyadan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti YUNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida. U Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/unwto/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/tashkent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt markazidagi “Moskva” ko‘p qavatli uylari aholisiga binolarning tashqi qiyofasini yangilash rejalari haqida ma’lumot berilgani ularda xavotir va savollar tug‘dirdi. Shahar hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan eskizlar hali tasdiqlanmagan va loyiha aholi bilan muhokama qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/renovation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi. 12 yil yashagan jonzot qarib o‘lgani aytilmoqda. Mazkur bog‘da yil boshida jirafa ham nobud bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/zebra/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Isroil Tashqi ishlar vazirligi HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, 4 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Urush tufayli Isroilda jami 148 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan, 143 kishi bedarak yo‘qolgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/uzbeks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Humo terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilayotganini tasdiqladi. Humo mobil ilovasi va bankomatlari odatdagi rejimda ishlamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/humo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shamsiddin Soxibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/department/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya elchixonasi tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar va oshxona mebellari hamda darslar uchun audiovizual jihozlar sovg‘a qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/japan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 17-oktabr kuni Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/gvardiya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyati hokimligi va xitoylik investorlar o‘rtasida Xonobodda 12 mln dollarlik yil davomida ishlaydigan yopiq muz kurortini qurish loyihasi muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/ice-complex/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘istonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/dxx/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davaktiv agentligi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini to‘xtatdi. Chunki korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilish doirasida “Temiryo‘lkargo”ga aylantirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/17/utk/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

HAMASning Isroildagi hujumlari natijasida 1990-yillarda u yerga ko‘chib ketgan besh nafar asli o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ularda amaldagi O‘zbekiston pasportlari bo‘lmagan. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil TIVning halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi xabariga shunday izoh berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/statement/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden Falastinning HAMAS guruhini butunlay yo‘q qilish kerakligini, ammo G‘azo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi, uning fikricha, “katta xato” bo‘lishini hamda Falastin davlatini yaratish yo‘llarini izlash lozimligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/biden/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poyezd chiptalari arzonligi sabab chayqovchilar biletni sotib olib, ustiga yana qo‘yib boshqalarga sotadi, dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari. Chiptalarning qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketishiga arzonligi sabab bo‘lmoqda. “Arzon tarif qilamiz deb, korrupsion tizimni o‘zimiz yaratdik”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/railway-tickets/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dehqonobod tumanida 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisi shilib olgan shaxs aniqlandi. Unga nisbatan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/echkiemar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 16,80 soʻmga arzonlab, 12 201,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.


Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eronda 5 nafar olim Mustafo mukofoti bilan taqdirlandi

Eronning Isfahon shahrida Musulmon Nobeli — Mustafo (s.a.v.) mukofotini topshirish marosimi boʻldi. Laureatlarning har biriga 500 ming dollardan beriladigan ushbu mukofotga Islom olamidagi eng yaxshi tadqiqotchi va olimlar loyiq koʻriladi.

Bu yil mukofotning 5-marta topshirilishi boʻldi. “Gazeta.uz” muxbiri taqdirlash marosimidan reportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/5th-mustafa-prize/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak o‘qishning birinchi kuni 10-noyabrga to‘g‘ri keladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/schools/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyatining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtobusdagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 4 nafari reanimatsiyada. 16 nafar jabrlanganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/16/qashqadaryo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал