gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qiluvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

Zoʻravon ota-onadan farzandini olib qoʻyish, bolaga himoya orderi berish va individual himoya rejasini ishlab chiqish, taʼlim muassasalarida bolalar oʻrtasida zoʻrlik qilish (bulling) va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik — Oʻzbekistonda bolalarni zoʻravonlikdan himoyalash uchun qanday choralar koʻrish taklif etilyapti?

«Gazeta.uz» sharhi: www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/project/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida 2027-yilga qadar karbonat angidrid emissiyasini 60 mln tonnaga kamaytiruvchi va energiya tariflarini liberallashtirishga yordam beradigan loyiha bo‘yicha kelishuv imzolandi. Mablag‘larning bir qismi kam ta’minlanganlarni energiya narxining oshishidan himoya qilishga sarflanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/world-bank/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘qqiz oy davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan O‘zbekistondagi xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/oil/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Mehribonlik va “Muruvvat” uylari, tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan 1,5 mingdan ortiq bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish xavfi yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari, so‘nggi 3 yilda 2072 nafar shaxs ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, ularning 86 foizi ota-onalik majburiyatini bajarmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/violence/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida 82-sonli yo‘lovchi avtobusi Nexia-3 bilan to‘qnashib, xavfsizlik orolchasiga chiqib ketdi. “Toshshahartransxizmat” YTH asosiy yo‘ldan avtobus yo‘liga o‘tib ketgan yengil avtomobilning xatosi tufayli sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Jarohatlanganlar yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Hokim buva”, oʻzbek kinochiligi, Gollivud va Bollivud — Sarvar Karimov bilan katta intervyu.

Biz rejissyor bilan “Hokim buva” seriali, suratga olish jarayoni, serialning sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayevga qanchalik aloqasi borligi, oʻzbek kino sanoatining hozirgi holati va buning sabablari, nima uchun Oʻzbekistondagi kinoteatrlarda oʻzbek tilida kinolar kamligi, Gollivud va Bollivud, sun’iy intellektning kino sanoatiga ta’siri, “Oppenhaymer” nega Oskar olishi kerakligi va koʻplab boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. 

Intervyudan ayrim lavhalarni bu yerda o'qing: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2023/10/12/sarvar-karimov

To'liq intervyuni esa YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=F1gVf3OoTk0

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekneftgaz” konlarida quduqlarni qurish va undan foydalanish loyihasiga “Gazpromneft” operatorlik qiladi. Kompaniya texnologiyalari, tajribasi quduqlarni qurish vaqtini 20 foizdan ko‘proq muddatga qisqartirishga yordam berishi aytilmoqda. Bu bo‘yicha rus kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” shartnoma imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/gazpromneft/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ertalab harorat +3 darajagacha pasayadi, yakshanba kuni kunduzi +20 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ilgari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lgan vakolatlar berildi. Endi vazirlik davlat sanoat siyosati uchun mas’ul bo‘ladi, Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazini qaytarib oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/reorganization/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-oktabrning erta tongidan Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li hududlarida qor yog‘a boshladi. Qamchiq dovonida qorning yerga yuqishi tezlashgan. YHXX haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yoridan oshirmaslikni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/snow/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov 2017-yilgacha Markaziy Osiyoda birlashish haqida gapirishning imkoni bo‘lmaganini ta’kidlab, mintaqada musodara va cheklovsiz to‘liq erkin savdo zonasini shakllantirishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/eldor-aripov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U bu lavozimda 2019-yil oktabridan beri ishlab kelmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/12/said-rustamov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda endilikda kutib olish va kuzatib qo‘yishda fuqarolarga vokzallarga pasportsiz kirishga ruxsat etiladi. Perron va poyezdlar bundan mustasno.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/12/railway-stations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston Rossiya bilan birlashgan HHM tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Hujjat “har ikki davlat havo hududining ishonchli himoyasini ta’minlaydi” va “Qirg‘izistonning RF bilan strategik munosabatlarni mustahkamlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deya ta’kidladi Sadir Japarov matbuot xizmati.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/12/kyrgyzstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YeI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/12/surkhan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Lenovo Day Tashkent sanoat forumida IDC, Intel hamda Veeam kompaniyalari vakillari ishtirok etib, Markaziy Osiyodagi IT-bozorining tendensiyalari va mavjud muammolarinini muhokama qildilar (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/lenovo/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 16 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,16 soʻmga arzonlab, 12 217,85 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanksiyalar ostidagi Rossiya qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekistondan tovarlar importini salkam 40 foizga oshirdi, deb yozmoqda The Bell. Bunga parallel tarzda Yevropaning mintaqaga eksporti, ayniqsa, mikroelektronika, transport uskunalari, kompyuter va boshqa elektron uskunalar eksporti o‘sdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/russia-import/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanida ayol farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kaltakladi. Ayol o‘sha vaqtda yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lganini aytdi. Tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/child/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni shaftoli (nektarin), gilos, piyoz, uzum, mayiz, o‘rik, qovun, tarvuz hamda pomidor egalladi. Mamlakat meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozori Rossiya bo‘lib turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/fruit-export/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Juma kuni O‘zbekiston prezidenti MDH sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonning Bishkek shahriga yetib bordi. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazdi. Ular savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/president/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Saransk shahrida giyohvand modda savdosida gumonlangan 55 yoshli o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. U ko‘p yillar avval O‘zbekiston ichki ishlar organlarida ishlagan va 2005-yilda ishdan bo‘shaganidan so‘ng oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/mordoviya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nurmat Otabekov SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Xizmat qo‘mitaga aylangani munosabati bilan Botirjon Qurbonov va Qobiljon Hayitov qo‘mita raisi o‘rinbosarlari lavozimiga qayta tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/ses/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yuqoridagi holat Biznes ombudsman tomonidan oʻrganilmoqda.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SQB transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshiruvchi kompaniyalar uchun SWIFT GPI xizmatini taqdim etadi.

SQB Business internet-banking tizimida SWIFT GPI`ni ulab, mijoz real vaqt rejimida valyuta o‘tkazmalari holati va vositachi banklarning komissiyalari miqdorini kuzatishi mumkin.

Pul o‘tkazilayotgan paytda bank jarayonni unikal kod bilan belgilaydi va uni mablag‘larni qabul qiluvchining hisob raqamiga tushguncha saqlab qoladi.

SWIFT GPI xizmatiga bankning yaqin ofislaridan birida ulanish mumkin.

Batafsil maʼlumotni 1180 telefoni orqali olish mumkin.

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi, Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning advokatlari ularga tergovchi tomonidan bosim bo‘layotganini aytib, suddan ularni himoyaga olishni so‘radi. S.K.ga uning himoya pozitsiyasiga ta’sir qiladigan holatlar bo‘lsa, murojaat qilishi mumkinligi bildirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/13/lawyers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qamchiq dovonida qor yogʻmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan xavfsizlik choralarini koʻrishlarini soʻradi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-oktabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

🌳 Oʻzbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini eʼlon qildi.

🔸 Yana chigit ishi: Tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchraganini aytmoqda

🔹 Yevroparlament Oʻzbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi.

❗ Nafaqat zoʻravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh boʻlgan bolalar bilan ham ishlash kerak — prokuror Laylo Fayzimurodova. 

🚝 Oʻzbekiston va Škoda oʻrtasida 30 ta elektropoyezd boʻyicha shartnoma imzolandi. Abdulla Aripov kelishuvni inqilobiy deb atadi.

🔺 Chexiya Oʻzbekistonning foydali qazilmalariga qiziqmoqda, evaziga ularni qazib olish texnologiyalarini taklif qilishi mumkin.

👩🏻 Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda.

✈️ Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/10/12/digest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Niderlandiya Yango taksi xizmatini (Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasiga tegishli) RF maxsus xizmatlari uning yordamida yevropalik foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ishi mumkinligi borasidagi xavotirlar sabab tekshirishni boshladi. Kompaniya regulyator bilan hamkorlik va YeI talablariga rioya qilayotgani bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/12/yango/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchradi. Uning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimining og‘zaki buyrug‘i bilan yuk mashinasi 5 kundan beri “Umakay” YPX maskanida ushlab turilibdi.

Bunday holat Qashqadaryoda birinchi marta yuz berayotgani yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/12/cotton-seeds/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал