gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-oktabrdagi kuchli zilzilalardan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga O‘zbekistondan qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yetkazildi. Jo‘natma tarkibida oziq-ovqat va birlamchi tibbiy yordam vositalari bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/afghanistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Harorat kunduzi +10, kechasi +2 darajagacha pasayishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/rain/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Oʻzbekistonda 9 oy davomida bolalarga nisbatan 1240 ta zoʻravonlik holati qayd etilgan. Zoʻravonlik oqibatida 22 bola halok boʻlgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va YUNISEF bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi qonun loyihasini taqdim etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/violence/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi Surayyo Rahmonovani Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili etib sayladi. U avval Bosh prokuratura, AOKA va Senatda ishlagan. Nomzod Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/childrens-ombudsman/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda xorijlik sayyohning “Afrosiyob” poyezdidagi joyini ekonom klassdan vip klassga o‘zgartirish uchun poyezd boshlig‘iga qo‘shimcha pul bergani aks etgan video tarqaldi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi holat iyul oyida sodir bo‘lgani va boshliq ishdan olinganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/afrosiyob/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buvayda tumanidagi “Bumozor” MFY raisi tegishli choralar ko‘rmasdan 5 yoshli 6 ta archa ko‘chatlarini qurib qolishiga olib kelgani uchun 330 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/fir-tree/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 716 885 nafar chaqaloq tirik tug‘ildi. Ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/birth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi Izzat koʻchasining bir qismi suv quvurlari almashtirilishi sabab 10-oktabrdan 30-oktabrgacha transport harakati uchun yopiladi. Ushbu kunlar davomida koʻchaning tegishli qismidan harakatlanuvchi avtobuslarning yoʻnalishlari oʻzgartiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/izzat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9-oktabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

🧣 Ish haftasi oxirida havo keskin soviydi

❗ Oʻzbekiston Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotirda — TIV.

✈️ Isroildan Oʻzbekistonga aviareyslar bekor qilingani yoʻq — elchixona.

🏭 Oʻzbekistonda bir yilda atmosferaga 874 ming tonna sanoat chiqindilari chiqarildi. Qayerdan?

🔹 Oʻzbekiston Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli shartnomalarni muhokama qilmoqda

👩🏻 Poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlandi.

🔸 1-noyabrdan ayrim hududlarda elektr energiyasiga hisoblagich orqali 10−15 kV quvvat doirasida cheklov kiritiladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/digest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Muhsin Raxmonov va Shohjahon Safarov “O‘ztransgaz” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari, Jahongir Baybayev esa rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/uztransgas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroilda qurbonlar soni 700 nafardan oshdi, 2200 dan ortiq odam jarohatlangan. G‘azo sektorida esa kamida 413 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2300 kishi yaralangan. OAV Eron HAMASga yordam bergani haqida yozdi, Eronning o‘zi esa buni rad etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/israel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 10 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,76 soʻmga arzonlab, 12 180,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Yakkasaroy tumaniga Nilufar Allabergenova hokim etib tayinlandi. U 2019-yildan buyon shu tuman prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/yakkasaray/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/uzbekkonsert/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” (Rossiya) bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar muzokarasini boshladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 11-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 20,17 soʻmga qimmatlab, 12 200,22 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV yo‘l harakati qoidalariga elektrosamokat va skuterlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlarni kiritmoqchi. 14 yoshga to‘lmaganlarga ularni boshqarishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Ularda piyodalar yo‘laklarida 6 km/soat, yo‘llarda esa 20 km/soat tezlikda harakatlanish mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/electric-scooter/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amir Temur xiyobonidagi aylana yoʻlning bir qismini yopish taklif etilmoqda

Poytaxt markazidagi aylana yoʻlni avtomobillar harakati uchun yopish va uni piyodalarga moslashtirish taklifi urbanist Iskandar Soliyev tomonidan bildirildi.

«Gazeta.uz» «NOQulay shahar» loyihasi doirasida urbanist bilan uning taklifi mazmuni, bundan kimlarga koʻproq foyda boʻlishi, hudud atrofidagi tashkilot va biznesga transport qanday kirib chiqishi, boʻsh qoladigan yoʻldan esa qanday foydalanish mumkinligi haqida suhbatlashdi.

https://youtu.be/1g8lHGqYLwE?si=em7MJ2fjNOnqvcUL

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabr oyida O‘zbekistonda aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi o‘zgarishidan xavfsirashi biroz pasaygan, lekin yoqilg‘i va energiya narxi oshishini qayd etgan respondentlar ulushi ketma-ket beshinchi oy oshmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/inflation-expectations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Antimonopoliya qo‘mitasi Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tmaganiga izoh berib, bu uning bozordagi ustun mavqeini aniqlashga ta’sir etmasligini ma’lum qildi. Qo‘mita tez kunlarda raqamli platforma bo‘lgan agregatorlar xizmatlari bozorining tahlili natijalarini e’lon qilmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/yandex-go/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil HAMAS guruhining harakatlariga javoban G‘azo sektorini “to‘liq blokada” qilishga buyruq berdi. Falastin SSV bemorlar ko‘payib ketgan kasalxonalarga shoshilinch tibbiy yordam ta’minotini yetkazib berish uchun xavfsiz yo‘lak ochishga chaqirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/israel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangiyo‘l tumanida 25 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi. Voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/10/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan hududlarda hisoblagich orqali 10−15 kV quvvat doirasida cheklov kiritiladi. Bu qish va yozdagi noqulay ob-havo sharoitida tarmoqlarga yuklama tushishini oldini olish uchun amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/limit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda partiyalar fraksiyalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylashning majoritar-proporsional (aralash) tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini muhokama qilishni boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/mixed-electoral-system/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2022-yil sanoat korxonalari havoga 874 ming tonna chiqindi chiqardi. Ularning katta qismi neft-gaz, energetika, metallurgiya korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Vazirlar Mahkamasi 2023-yilda 145 korxonada 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlab, tashlanmalarni kamaytirmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/air-pollution/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

TikTok ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda 2021-yilning yozidan buyon bloklanganiga qaramay, soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Endilikda xizmatlar uchun to‘lov 12 foizlik QQSni o‘z ichiga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/tiktok/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilgi iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarning mehnat bozoridagi o‘rni va samaralari borasida tadqiqot o‘tkazgan Garvard universiteti iqstisodchisi Klaudiya Goldinga berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/nobel-economic/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirdi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/tiv/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fuqarolarni 11,5 ming dollar evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga, 2 ming dollar evaziga esa Samarqanddagi xususiy universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/university/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/09/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал