gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-oktabr kuni Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Osiyo o‘yinlari 2023 Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova quvonarli natijalarni qo‘lga kiritdi va Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Life Group Business ushbu sport turini qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyalardan biridir (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/alise

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fossega “aytib bo‘lmaydiganlarni so‘zlatadigan novatorlik pesalari va prozasi uchun” berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/nobel-literature/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyanskiy tumanidagi do‘kon va kafega raketa zarbasi berilishi natijasida 50 ga yaqin odam, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/ukraine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/asian-games/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/smokefree-generation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqin hodisalari 2022-yilda (171 ta) kuzatildi. “Eng achinarli holat — bundan insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda”, — dedi O‘zgidromet agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zahidov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/precipitation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Green Card dasturiga mustaqil ariza topshirish va natijalarni tekshirish — Qoʻllanma

Green Card dasturi uchun onlayn anketani qanday toʻldirish mumkin? Fotosuratlar boʻyicha qanaqa talablar mavjud? Natijalarnichi, qayerda va qanday tekshirsa boʻladi?

«Gazeta.uz» mustaqil ravishda bepul ariza topshirish va uning natijasini tekshirish boʻyicha qadam-baqadam qoʻllanmani taqdim etadi:

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/green-card/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Toshkent viloyatida Wildberries logistika xabini qurish, Rossiyadan metro vagonlarini yetkazib berish, suv ta’minoti bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Ozon marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/russia-agreements/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/suriya-magdeeva/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 13-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar rahbarlari, xususan, O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/cis-meeting/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kama kompaniyasining Atom elektromobilini O‘zbekistonda yig‘ish, keyinchalik ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/atom/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Olimxon Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/kashkadarya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi. U bu lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelgan Feruza Mahmudovaning o‘rnini egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/israel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ustyurtda “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi yangi 5-izlov-qidiruv qudug‘idan kuniga 1 mln kub metr gaz olinmoqda. “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi mazkur hududda yil oxiriga qadar yana 36 ta yangi gaz qudug‘ini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/04/ustyurt/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston birinchi marta 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/green-bonds/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Qozondan Moskvaga yetib bordi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va hukumat rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/moscow/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va ikki davlat hududlari forumi yakunlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan sanoat parklarini tashkil etish ham kelishuvlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/tatarstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida to‘y kortejining ikki ishtirokchisi 10 sutkaga hibsga olindi. Mashinalarni boshqarayotgan yoshlar to‘y marosimiga ketayotgan yo‘lda rulni qo‘yib yuborib, salondan to‘liq chiqib olishgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/wedding-cortege/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️1-noyabrdan 1000 kVtdan ziyod elektr energiyasi sarflagan aholi 2−4 baravar koʻproq pul toʻlaydi

1-noyabrdan oʻzbekistonliklar 1000 kVtdan koʻp elektr energiyasi sarflagani uchun belgilangan tarifdan 2−4 baravargacha qimmatroq toʻlov qiladi. Bu tartib hukumatning yopiq qarori bilan tasdiqlandi. Energetika vazirligi esa oʻsuvchan koeffitsiyent «aholining 98 foiziga umuman taʼsir qilmasligini» aytmoqda.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/energy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aprelda Captiva qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Cobalt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. YTHga aybdor shaxs sudda boshqaruv vaqtida hushini yo‘qotganini aytdi. Unga 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 6 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,80 soʻmga arzonlab, 12 198,12 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi  koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/professional-education/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi. Bu uning Tataristonga ilk tashrifi hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/kazan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kelayotgan qish mavsumida yanvar oyida kuzatilganidek anomal hodisalar bo‘lishi kutilgani yo‘q, deya ma’lum qildi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev. — Biroq harorat −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/winter/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston dunyoga ochilishi va savdo erkinlashtirilishi tarafdorlaridan biri sanaladi. Mifonomikaning navbatdagi sonida u bilan O‘zbekistonga xalqaro bozorlarda o‘rin bor yo yo‘qligi, nima uchun erkin savdo muhimligi va hukumat kabinetlaridagi savdodan qo‘rquv haqida gaplashildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/free-trade/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar yig‘ib olinishi va o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berib yuborish holatlari qayd etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/tress/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori talabaning onasini haqorat qilayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Universitet xabar qilishicha, surishtiruv ishlari boshlangan va u lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/nuu/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qizlarni BAA va Ummonda fohishalik qilishga majburlashda gumonlangan ayol O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish Toshkent va Maskat Interpol Milliy markazi byurolari hamkorligida amalga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/05/extradition/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

4-oktabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

🇺🇿🇷🇺 Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi.

🔺 Qozon shahrida Oʻzbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi boʻlib oʻtadi.

❗ Bosh prokuraturadan Samarqandda toʻrt kishi bir qizni zoʻrlagan voqeani nazoratga olish soʻralmoqda

🔹 Oʻzbekistonda elektr energiyasini hisoblash boʻyicha yangi billing tizimi 2024-yil oxirigacha joriy etiladi

🔸 Qozogʻiston Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish nega ortga surilganini tushuntirdi

🚆 «Faqat ish haqi 100 foizga oshmaydi, xolos». Faollar — poyezd chiptalari narxi oshishi haqida

🌊 Oʻzbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi eʼlon qilindi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/10/04/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал