gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkmanistondan O‘zbekistonga poyezd vagonida umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu butun sentabr oy davomida bojxonada aniqlangan va olib qo‘yilgan hajmdan ham ko‘proq.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/cigarettes/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat qarori bilan har yili aholi zilzila vaqtida harakatlanish boʻyicha mashgʻulotlarda oʻqitiladi. Qolaversa, bogʻcha bolalari, maktab, texnikum oʻquvchilari, oliygoh talabalari, shuningdek, ishchi-xodimlar ham maxsus tayyorgarlikdan oʻtkaziladi. Turistlarga esa qoʻllanmalar tarqatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/earthquake/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoroning cho‘l hududlariga noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 1500 dona yo‘rg‘a tuvalog‘i qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/birds/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/nobel-physics/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Armaniston deputatlari Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilishni ma’qullab ovoz berdi. Bir hafta oldin Rossiya TIV Armanistonni buning oqibatlari haqida “ogohlantirgandi”. Mazkur sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/armenia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezdlar chipta narxlari ko‘tariladi. Xususan, yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 100 foizga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/railway-tickets/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyalari berish yana boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/subsidizing/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuniga qadar respublikaning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxirida Kaspiy dengizdan nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20 darajagacha pasayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistonda 2−10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. SES o‘tgan yillardagi tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatgani, gelmintlar bilan kasallanish 3−4 martaga kamayganini aytmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/deworming/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/nobel-prize/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli chiqishlar evaziga 43 taga yetdi. Biroq milliy terma jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/asian-games/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2020-yildan buyon O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Feruza Mahmudova o‘z missiyasini yakunlamoqda. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Eli Koen elchiga yuksak faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/feruza-mahmudova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida oshxona va to‘yxona egalari 1 mlrd 179,7 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 6 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/electr/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi 

Markaziy bank 3-oktyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 25,05 soʻmga koʻtarilib, 12 200,12 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvarda Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilgan 50 yoshli Eron fuqarosiga o‘lim jazosi tayinlandi. Uning o‘q otishi oqibatida elchixona xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, ikki qo‘riqchi yaralangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/attack/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-oktabrdan nimalar oʻzgaradi?

💸 Biznes uchun elektr energiyasi va gaz naxri oshadi.

👨‍👩‍👧‍👦 Ogʻir hayotiy vaziyatdagi har bir oilaga «ijtimoiy xizmat»lar koʻrsatiladi.

🏢 Qamoqdan chiqqan shaxslarga ish berganlarga subsidiya ajratiladi.

💻 Ayrim nafaqa va moddiy yordam boʻyicha arizalar endi yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

📑 Eksklyuziv huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestri shakllantiriladi.

⚖️ Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanktsiyalar faqat sud tomonidan qoʻllaniladi.

💵 Ayrim fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlari qoplab beriladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/1-october/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning “Gerofarm” kompaniyasi va mahalliy Zuma Pharma korxonasi insulin preparatlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. “Gerofarm”ning qayd etishicha, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha rejalar saqlanib turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/geropharm/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/grant/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi 

Markaziy bank 4 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,89 soʻmga koʻtarilib, 12 216,01 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, “Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/green-energy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektr energiyasiga yangi tariflar joriy qilinganidan keyin narxlar ko‘tarildi yoki oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, TokBor kompaniyasi narxlarni bir kVt/soat uchun 700 so‘mga oshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/charging-stations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3-oktabr kunidan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti va Yakkasaroy IIB bekati oralig‘ida harakatlanuvchi bepul mikroavtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/microbus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card dasturi ishtirokchilari uchun 10 ta maslahat e’lon qildi. Elchixona lotereyada ishtirok etish bepul ekanini eslatib, firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/green-card/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/saxi-annaklichev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘shko‘pir tumanida 19-maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilingani aniqlandi. Bolalarning aytishicha, ularni dalaga maktab direktori yuborgan. Direktor va sholi ekkan fermer esa tug‘ishgan aka-ukalar bo‘lishi mumkin. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi holat nazoratga olinganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/03/xorazm/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Dohada Qatar amiri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mamlakatlar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/qatar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Toshkent va Guliston shaharlarida fuqarolarni 2000 va 2300 dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/usa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Qatarda bir qator yirik kompaniya va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Al Mirqab Capital xoldingi O‘zbekistonda logistika markazi, Nebras Power 1 GVt quvvatga ega shamol stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/qatar-companies/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkish Airlines kompaniyasining bortida 265 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra avval kechiktirilib, so‘ng bekor qilindi. Yo‘lovchilarga issiq ovqat va mehmonxonaga joylashish taklif qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/turkish-airlines/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qatarning eng yirik milliy xoldingi — Power International O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniya, shuningdek, tez orada mamlakatda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/magistral/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал