gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabz tumanidagi qishloqlardan biriga tog‘dan O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan ikki bosh Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiq bolasi tushgani aniqlandi. Ular maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatilib, Hisor qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/bear/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadbirkorlar uchun gaz tariflari oshirilgani ortidan 1-oktabrdan AGTKSHlarda bir kubometr gaz narxi 2700−2800 so‘mdan 3100−3250 so‘mga (maksimal narx) ko‘tarildi. Ma’lum qilinishicha, prokuratura shoxobchalar rahbarlarini narxlarni hukumat belgilab bergan chegaradan oshirmaslik haqida ogohlantirgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/01/gas-stations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta 1994-yilda turnirning ushbu bosqichiga chiqqan (+gollar videosi).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/01/football/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 1,2 foiz inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya esa 9,2 foizgacha tezlashdi. O‘tgan oyda Qozog‘istondan un importi to‘xtatilgani haqidagi xabarlar ortidan ushbu mahsulot, shuningdek, tuxum, sabzi va kartoshka narxi keskin ko‘tarildi. Benzin va metan narxi ham o‘smoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/01/inflation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozonib, Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba goli qo‘shimcha vaqtda kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/football/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaqinda Chery brendi mag‘lubiyatsiz aksiya o‘tkazdi, unda har bir avtomobil xaridori sovg‘aga ega bo‘ldi. Oktabrda Chery Uzbekistan faoliyatining bir yilligi munosabati bilan kompaniya mijozlari uchun yana bir nechta takliflarni tayyorlamoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat Bekzod Narimanovni O‘zbekiston ombudsmanining o‘rinbosari etib sayladi. Avgust oyida uning nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/bekzod-narimanov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanida 2008-yilda tug‘ilgan qiz noma’lum etiologiyali moddadan zaharlanish sabab vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/girl/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar jamoat joylarida tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonunni maqulladi. Shu bilan birga, qonun bilan jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/face/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/alisher-shadmanov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergelidagi aholi turar joy binolari va xonadonlarini ta’mirlash uchun davlat hisobidan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi shu mavzuda bo‘lgan bahs-munozaralardan so‘ng ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/sergeli/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda anonim so‘rovda qatnashgan 5000 ga yaqin o‘qituvchining 78 foizi rahbariyat qo‘shimcha majburiyat yuklanmaganini ma’lum qildi. 15 foizi Open budget loyihasi uchun ovoz to‘plashga, 7 foizi esa mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ommaviy tadbirlarga jalb qilinganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/teachers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘rtta kinopremyera, Yevropa kinofestivali, O‘zbek milliy raqs kechasi, “O‘zbekiston solistlari” kamera orkestri konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ziyofatlar va ketma-ket 3 kunlik dam olish davridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir Sergelida sodir bo‘lgan portlashning ertasi kuni ham hududga borib, aholi bilan muloqot qildi. U prezidentning holat bo‘yicha bosh vazir va hokimga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar qilgani, ularning davlat rahbari e’tiboridan chetda qolmasligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/sergeli-people/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Videoreportaj: Sergelidagi portlashdan zarar koʻrganlar boshdan kechirganlari haqida

«Gazeta.uz» Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlashdan jabrlanganlar bilan suhbatlashdi. Guvohlar portlash zarbasi ularni qanday orqaga uloqtirib yuborganini soʻzlab berishdi va uyidagi vayronalarni koʻrsatishdi. Portlash sababi esa hanuz nomaʼlumligicha qolmoqda.

https://www.youtube.com/watch?v=VdQF6lfjthg

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanitariya epidemiologiya qo‘mitasi Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni nipah virusidan ogohlantirdi. Mazkur infeksiya oqibatida mamlakatda 2 kishi vafot etdi, JSST virus avj olayotgani haqidagi ma’lumotini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/02/nipah/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-oktabrdan Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ta’mirlanayotgan ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklandi. 10 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi (xarita).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/01/routes/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida terakt sodir etildi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya bir xudkush o‘zini portlatib yuborgani, ikkinchisi esa “zararsizlantirilganini” ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/01/turkiye/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1−2-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Qatarda bo‘lib, u yerda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Doha shahrida EXPO 2023 ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/01/qatar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga yuborgan tabrigida ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/education/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatida 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilib kelgan 45 yashar erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dubayga sayohat butun oila bilan dam olish uchun ajoyib yechim bo‘lishi mumkin. Bepul ko‘ngilochar hordiq haqida ma’lumotni Visit Dubai saytida topib, arzon narxdagi sayohatni rejalashtirish mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/visit-dubai

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nima oʻqiymiz? “Zakovat” teleoʻyini boshlovchisi Abdurasul Abdullayev tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targʻib etishga qaratilgan “Nima oʻqiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, oʻqilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar roʻyxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

“Nima oʻqiymiz?” loyihasining navbatdagi mehmoni — “Zakovat” teleoʻyini boshlovchisi, “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev.

Videoni koʻrish

Matnni oʻqish

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan aholidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Poytaxt hokimligi ta’mirlash ishlari bepul amalga oshirilayotganini eslatib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/impostor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ish va o‘qish sabab oshxonaga kam vaqt ajratayotganlar uchun Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa taomlar” ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ular orasida pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuq oyoqchalari, do‘lma, medovik, napaleon va boshqa taomlar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqaruvchi Samo farmatsevtika kompaniyasi hamta’sischisi Nodir Yunusov AQShda qidiruvda ekani aniqlandi. Yod preparati bilan bog‘liq mojaro fonida u ta’sischilar safidan chiqdi. U va Samo kompaniyasi haqida nimalar ma’lum?

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/30/samo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-sentabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

⛅ Dam olish kunlari havo quruq va issiq boʻladi

❗Prezident Germaniyadan telefon qilib turibdi. Bosh vazir — Sergelidagi portlash haqida

🚘 BYD: Portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilinadi, yetkazib berish muddati oʻzgarmaydi.

👤 Buxoroda erkak oʻzini avtobus tagiga tashlab, joniga qasd qildi

👥 Oʻzbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi

👩 Shveytsariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi.

📄 Senat «Pedagogning maqomi toʻgʻrisida»gi qonunni maʼqulladi.

🌇 Toshkentda uy-joy ijarasidan eng koʻp daromadni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi uylar keltirmoqda — MHTI.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/digest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik qilichboz qizlar ilk marta oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 32 ta medal bilan 6-o‘rinda bormoqda: 7 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza. Sovrindorlar ro‘yxati.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/asian-games/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senator Qutbiddin Burxonov Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinishini tanqid qildi. Senat bu muammoni hal etish yuzasidan kompaniyaga so‘rov yuborgan. Kompaniya “muammoni hal qilish imkonsiz” ekanini aytib, so‘rovni rad etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/uzairways/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda donor qoni va uning tarkibiy qismlarini xususiy tartibda to‘plash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni amalga oshirishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Tegishli qonunni Senat ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/blood/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал