gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

MHTI Toshkent shahrida uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromadni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylar keltirayotganini ma’lum qildi. Uylar narxi esa eng ko‘p Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanida qimmatlagan. Ijaradan daromad va uylar narxi balandligi aholi jamg‘armalarini ko‘chmas mulkka yo‘naltirishini rag‘batlantiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/real-estate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/pedagog/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hududida so‘nggi 8 oyda 5772 ta YTH sodir etilgan. Unda 5448 nafar kishi jarohatlangan, 1415 nafar kishi esa vafot etgan. Avvalroq mamlakatda yanvar-iyul oylarida 1115 kishi YTH oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/accidents/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent tumanida fuqaroning yuk mashinasi musodara qilinadigan bo‘ldi. U bir necha kun oldin belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini to‘kib ketgani uchun 1 mln 650 ming so‘m jarimaga tortilganiga qaramay, bu harakatini qayta sodir etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/confiscation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3-oktabrdan 6-oktabrgacha issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/hot-water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga so‘zsiz amal qiladi, dedi mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev. U, shuningdek, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirib, Qozog‘iston Rossiyaning hududiy da’volaridan qo‘rqmasligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/tokayev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-sentabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

⚠️ Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxona portlashi voqeasi tafsilotlari:

🔥 Holat boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Yetkazilgan zarar toʻliq davlat tomonidan qoplanishi taʼkidlandi

👥 12:00 holatiga koʻra, portlashda 1 kishi vafot etdi, 163 kishi jarohatlandi. 592 ta xonadon, 25 ta hovli, 1 ta maktab va 2 ta bogʻchaga zarar yetdi. Yangi mashinalar shikastlandi

📸 Sergelidagi portlash oqibatlari — suratlarda

👤 «Qoʻrqqanimdan qanday qilib koʻchaga chiqib olganimni ham bilmayman». Sergeliliklar — portlash haqida

⚽ Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning «Panserraikos» futbol klubiga oʻtdi

🚃 Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qoʻshimcha elektropoyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

Batafsil: ww.gazeta.uz/oz/2023/09/28/digest-uz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan. Hech kim jarohat olmadi, deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/bus-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Ukrainada qo‘llagan Eron kamikadze-dronlarida Yevropada ishlab chiqarilgan komponentlar mavjudligi aniqlandi, deya yozmoqda Guardian. Yevropa kompaniyalari mahsulotlari Eronga bir nechta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston orqali olib kirilgani ta’kidlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/iran-drones/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi 

Markaziy bank 29 sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,94 soʻmga arzonlab, 12 175,07 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

📸Sergelidagi portlash oqibatlari — suratlarda

Payshanba tongi barchani larzaga solgan Sergelidagi portlash haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Omborxonadagi chaqnash oqibatida koʻplab uylar va tijorat binolariga zarar yetdi, 160 dan ortiq fuqaro jarohatlandi, 16 yoshli bola vafot etdi. «Gazeta.uz» muxbiri Madina Aʼzam talafot koʻrgan hududdan fotoreportaj tayyorladi.

Koʻproq suratlar: www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/sergeli-portlash/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari 2024-yil 1-yanvardan uning faoliyatini tugatish va barcha davlat muassasalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qorabog‘ aholisini Ozarbayjon taqdim etgan reintegratsiya shartlari bilan tanishtirish taklif qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/nagorno-karabakh/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bayram munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga Afrosiyob elektropoyezdlarining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/afrosiyob/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Sportchi avval Saudiyaning “An-Nasr” klubida to‘p surgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/jaloliddin-masharipov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fotoreportaj: Toshkentdagi portlash joyida yongʻinni oʻchirish ishlari davom etmoqda

“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkent shahri Sergeli tumanidagi portlash sodir boʻlgan joydagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. U yerda yongʻinni oʻchirish davom etyapti. Portlash oqibatida ochiq maydonda saqlanayotgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/photos/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Berdiyar Jollibekov, Namangan davlat pedagogika institutiga esa Baxodir Xusanov rektor bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/rektor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimova va uning sherigiga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi. Ular jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Prokuratura 483 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish bo‘yicha ham so‘rov kiritgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/karimova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hududining katta qismida dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 131 ta tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan. Ularda 287 kishi vafot etgan bo‘lsa, 300 ga yaqin fuqaro jarohatlangan. Hodisalarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/disasters/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ucell mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar

Abonentlarning ko‘p sonli iltimoslariga binoan, Ucell bir nechta raqamni bitta ilovada boshqarish imkonini joriy etdi.

Endi bir nechta raqamlarning biridan boshqasiga o‘tish, hisob to‘ldirish uchun alohida ilova ishlatish, shuningdek, xizmatlarni boshqarish uchun boshqa resurslarga o‘tish zarurati yo‘q. Raqamlarni shaxsiy kabinetning mobil versiyasiga qo‘shib, qulay boshqaruvdan zavqlanish mumkin.

Ilovani yuklab olish

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiyaga yuboriladi, deb xabar berdi BYD. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi, deya ta’kidladi kompaniya.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/29/byd/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Sarvar Xamidov va Olimxon Rustamov lavozimidan ozod etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/tayinlov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Garri Potter haqidagi filmlarda Albus Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon 82 yoshida pnevmoniyadan vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/michael-gambon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/zarar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘t o‘chiruvchilar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonadagi yong‘inni 8 soat davomida o‘chirdi. FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/fvv/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi. Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va protest bildirish tartibi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/appeal/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Qo‘rqqanimdan qanday qilib ko‘chaga chiqib olganimni ham bilmayman”. Sergeliliklar — portlash haqida

Sergelidagi portlash yuz bergan vaqtida odamlar uyquda edi. Ko‘pchilik dovdirab qolgan, kimdir zilzila bo‘layapti deb o‘ylagan, boshqasi bolasini bag‘riga bosib, ko‘chaga otilgan. Hodisada jabrlangan sergeliliklar birinchi taassurot va endi nima qilmoqchi ekanliklari haqida “Gazeta.uz”ga gapirib berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/sergeliliklar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tunda portlash kuzatilgan Toshkentdagi omborxonaning ochiq hududida o‘nlab yangi import avtomobillar, jumladan, elektromobillar bo‘lgan. Ulardan ba’zilari shikastlangan. Bojxona qo‘mitasi xodimi ombor xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lib, bojxona organlarining inshootlari sirasiga kirmasligini qayd etdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/autos/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanidagi omborxonadagi portlash oqibatida talafot ko‘rgan har bitta xonadon inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda, dedi tuman hokimi Elbek Shukurov. U yetkazilgan zarar to‘liq davlat tomonidan qoplanishini ta’kidladi. Hududda aholi uchun ovqatlanish va tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/shukurov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergelidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi — IIV

Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan JKning 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda yongʻin kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan hamda kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/case/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал