gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchilik qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/comission/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️11-sinf oʻquvchisi ogʻir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etdi — Toshkent SSBB

Toshkent shahri Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Nodir Sotvoldiyev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida Sergelidagi portlash oqibatida bola vafot etgan holat yuzasidan batafsil maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, uning oʻlimiga sanchilgan-kesilgan jarohatlar sabab boʻlgan. Sud tibbiy ekspertizasi xulosasi kutilmoqda.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimligi tunda sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish bilan birga yetkazilgan zararni baholash va bosqichma-bosqich qoplash ishlari boshlanganini maʼlum qildi.

Mulkiga zarar yetgan fuqarolarning murojaatlari 1205 raqami orqali qabul qilinadi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergelidagi portlash joyidan fotoreportaj

Kechasi Toshkentdagi Quruvchilar dahasida joylashgan omborda yuz bergan kuchli portlash yongʻinga sabab boʻldi. Koʻp qavatli uylarning oynalari singan. Jabrlanganlar bor, ammo ularning soni ochiqlangani yoʻq. Voqea joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari u yerdan fotoreportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/blast/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida shikastlangan uylar egalariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi. “2−3 kun ichida bu muammolarni hal qilamiz”, — dedi voqea joyiga yetib kelgan poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/sergeli/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentning Germaniyaga tashrifi arafasida O‘zbekistonning yangi elchisi Dilshod Axatov ushbu mamlakatga yetib bordi. U avval Hindistonda elchi bo‘lib ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/ambassador/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Berlinda Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ularda O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/germany/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning 45-yalpi majlisida farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, pedogogning maqomi va yer to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Senatorlar Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlash hamda ombudsman o‘rinbosarini saylash haqidagi qonunlarni ham muhokama qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/yalpi-majlis/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/dok-1-maks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/farhod-mannopov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi 

Markaziy bank 28 sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,09 soʻmga arzonlab, 12 183,01 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/offer/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yettilik”ga aylangan “mahalla beshligi” tizimi “eshituvchi davlat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida yaratilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlarning bizga bergan ishonchini oqlaymiz desak, bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/hearing-state/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi sababli 1422 daraxt boshqa hududga ko‘chirilishi mumkin. Shundan 69 tupi loyihaning birinchi bosqichida jamoatchilik roziligi bilan aeroport yaqinidagi bog‘ga o‘tkaziladi. Ko‘chiruvchi kompaniya daraxtlarning 100 foiz yashab ketishiga va’da berdi.

Ekologiya vazirligi har bir ko‘chirilgan daraxt evaziga 10 tup ko‘chat ekish majburiyatini ham qo‘ymoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/trees/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/doctor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi SSV. Ularning 24 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Vazirlik 16 yoshli bolaning o‘limini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/data/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonada portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalar bo‘lmagan, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ga Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) vakili. Rasmiy idoralar voqea yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda. Majmua haqida nimalar ma’lum?

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/warehouse/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️«Gazeta.uz»ning aniqlashtiricha, Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan kuchli portlash oqibatida 16 yoshli bola halok bo‘lgan. Uning boshiga rom tushib ketgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/child/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirishga Mudofaa vazirligi vertolyoti jalb etildi. Voqea joyiga Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham yetib kelgan. Ayni vaqtda yetkazilgan zarar va jabrlanganlar soni aniqlanmoqda.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q”, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sadir Japarov. U Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv quvuri yotqizish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/japarov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Sergelida kuchli portlash: jarohatlanganlar bor, uy va boshqa obyektlarga zarar yetgan (foto, video)

Tunda Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlashdan soʻng yongʻin sodir boʻldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Tarmoqlardagi videolarda uy va boshqa obyektlarga jiddiy zarar yetganini koʻrish mumkin.

Sergeli tumani Jinoyat qidiruv boʻlimi xodimining “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, portlash sabablari hozircha aniqlanmagan.

FVV maʼlumotiga koʻra, yongʻin qurshab olingan, uni oʻchirish ishlari davom etmoqda.

Portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga taʼsir qilmadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/28/explosion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda O‘zbekiston, AQSh, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh shtablari boshliqlari mintaqaviy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/general-staffs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari hamda Mayami xalqaro aeroporti (AQSh) marketing bo‘yicha direktori Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam qatnovlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/miami/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etgan, jinoyat qilishi mumkin bo‘lgan hamda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qaror loyihasida tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mutasaddilar tomonidan otaliqqa olish tartibini joriy etish ham belgilangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/list/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SSV rahbari Amrillo Inoyatov seshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. “Bu mavzu bilan shug‘ullanayotgan odamlar bor. Nima bo‘lsa ham, o‘zi tekshiradi, o‘zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar”, — dedi vazir.

Avvalroq o‘zini vazir yordamchisi deb tanishtirgan shaxs ham xuddi shunday maslahat bergandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/antistrumin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchquduq tumanida Nexia haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, boshqa Nexia bilan to‘qnashdi. Uch nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, ikkala haydovchi ham jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda oktabr oyining birinchi haftasida harorat +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +13…+18 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab harorat 0…-3 darajagacha tushishi ham mumkin. Yomg‘ir 4 kundan 8 kungacha kuzatiladi, qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/october/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni tungi kafelarda konsomatrislik bilan shug‘ullanmaslikka chaqirib, bu ish mamlakatdan deport qilinishga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/turkey/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan haftada UzAuto Motors o‘z avtomobillari uchun shartnomalarni qayta ochdi. Ikki soat ichida 28 ming avtomobil uchun ariza topshirildi. Biroq shartnomalar faqat avtosalonlarda tuzildi, bu esa yana uzun navbatlarni yuzaga keltirdi. Kompaniya bu qarorini olibsotarlarga qarshi kurash bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/uzauto-motors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari kengayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/27/mahalla/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал