gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dunyodagi yadroviy tahdid geosiyosiy raqobat tufayli sovuq urush darajasiga yetdi, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. U xalqaro hamjamiyatni yadroviy qurollarni yo‘q qilishga va uni tarqatmaslik rejimini kuchaytirishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/nuclear-weapon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-sentabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

👥 «Bizni dori haqida ogohlantirishmadi» — Toshkentda kaliy yodid ichganidan soʻng xastalangan bolalarning ota-onalari

❗ Kompromatuzb ishi: Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimov 7 yilga qamaldi

👤 Fargʻonada maktab oʻquvchisi 5 yoshli bolani otib qoʻydi.

🚘 BYD Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

🐢 Fargʻonada 83 dona kamyob toshbaqani chegaradan olib chiqmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

💃🏻 «Oʻzbekkontsert» aktrisa Nilufar Hamidovani uzun kesmali koʻylagi uchun ogohlantirdi

🚌 Toshkentda ilk «garmoshka»li elektrobus qatnay boshlaydi

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston SSV Prezident administratsiyasi vazirga “Antistrumin” qabul qilgan bolalarda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilayotgani bilan bog‘liq vaziyat haqida intervyu berishni taqiqlamaganini ma’lum qildi. Bu haqda avvalroq jurnalistlarga o‘zini vazir yordamchisi deb atagan shaxs aytgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/ssv/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning BYD kompaniyasi Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, uning quvvatini 300 ming donaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonga elektrobuslarini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandislik-servis markazlarini ochish ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/byd/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tog‘li Qorabog‘dagi Stepanakert shahri yaqinida yonilg‘i omborining portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 290 kishi jarohatlandi, ularning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Tan olinmagan respublika vakillarining xabar berishicha, ombor Qorabog‘dan Armanistonga ketayotganlarni benzin bilan ta’minlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/stepanakert/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi 

Markaziy bank 27-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 11,03 soʻmga arzonlab, 12 195,10 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namanganda jurnalistlar shifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan bog‘liq vaziyatni yoritish bo‘yicha rasmiylar bilan tortishdi. O‘zini SSV rahbari yordamchisi sifatida tanishtirgan shaxs vazirga intervyu berish taqiqlanganini aytdi. “Bolalar kasallanayotgan paytda, sukut saqlab bo‘lmaydi”, deb javob berdi jurnalistlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/interview/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanishi haqidagi qonun ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, qonun loyihasi yaqin kunlarda Senatga yuboriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining Sergeli tumanida MAN va HOWO yukmashinalari hamda Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda yuk mashinalari haydovchilari jarohat oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onada “Qizil kitob”ga kiritilgan 83 dona toshbaqani chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Ulardan 5 donasi noto‘g‘ri tashilganligi sababli zararlangan. Jonzotlar sud qarori chiqquniga qadar hayvonot bog‘iga topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/toshbaqa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidovani uzun kesmali libosda sahnaga chiqqani litsenziya talablarini buzish deb baholangani uchun ogohlantirdi. Tashkilot aktrisaning fotosuratlarida oyoq va ko‘ylakning tepa qismini xiralashtirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/nilufar-hamidova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Belarus fuqarolariga mamlakatga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, saqlash, sotish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlandi. Endi dronlarni faqat yuridik shaxslar va tashkilotlar tadbirkorlik hamda professional faoliyat maqsadida ishlatishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/uav/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/bus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Nishon har yili 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida topshiriladi. U bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/nishon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston hukumati “oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” maqsadida olti oyga un va bug‘doy eksportini taqiqladi. So‘nggi haftalarda mamlakatda mahalliy bozorning 50 foizini egallagan Qozog‘iston uni narxi keskin oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/kyrgyzstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Samo kompaniyasidan tendersiz 3,55 mln quti “Antistrumin” (kaliy yodid) preparatini qariyb 22 mlrd so‘mga sotib olgan. 2022-yilda dorining bir qadog‘i 5500 so‘mdan xarid qilingan bo‘lsa, joriy yilda 6500 so‘mdan sotib olingan. Chakana savdoda esa 3000 so‘mdan sotilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/samo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatining Parkent tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i aniqlandi. Ayiq qishloqqa ozuqa izlab kelib, fermerning ikki bosh qo‘yini olib ketdi. Ekologiya boshqarmasi xodimlari jonivor aniqlangan hududni nazoratga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/bear/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Pokiston Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/pakistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) chigirtkaga qarshi kurashishni yanada yaxshilash uchun O‘zbekistonga Toyota Hilux avtomobillarini topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/fao/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqador jurnalistlar — Human.uz direktori Xurshid Daliyev va «Oʻzbekneftgaz» sobiq matbuot kotibi Siyovush Hoshimov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bandlik vazirligi sobiq matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevaga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/kompromatuzb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moddiy madaniy meros obyekti joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarishni taqiqlovchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir etish fuqarolarga BHMning 25 baravarigacha (hozirda 8,25 mln so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/plastic/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Geosiyosiy vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, savdo hamkorligida faqat bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi — bu ishonchli emas, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston savdo sheriklari va investitsiyalarini, jumladan, “iqtisodning nozik tarmoqlarida” diversifikatsiya qilishga intiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/jamshid-khodjaev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda o‘nlab bolalar RSHTYOIM toksikologiya bo‘limiga zaharlanish alomatlari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizildi. Ota-onalar ular yod ichganidan so‘ng xastalanganini ma’lum qilmoqda. Shifokorlar esa holatning preparat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/antistrumin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekenergota’mir” AJ AQShning General Electric Global Parts and Products GmbH korporatsiyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida O‘zbekistondagi elektrostansiyalarning energobloklari modernizatsiya qilinadi va yangi ehtiyot qismlari yetkazib beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/general-electric/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/us-centcom/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston hududlarida elektr energiyasida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda. Qator shaharlar aholisining so‘zlariga ko‘ra, elektr toki kunduzi ham, kechasi ham o‘chirilmoqda. Energetika xizmatlari buni qish oldidan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/tajikistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/ferghana/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/26/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir kun avval evakuatsiya boshlanganidan buyon Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonga 6500 dan ortiq qochqin yetib keldi. Tan olinmagan respublika rasmiylari hududni 120 mingdan ortiq etnik armanlar tark etmoqchi ekanini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/nagorno-karabakh/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-sentabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

🌥 Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

📝 Navbatdagi «Alifbo islohoti»: Jamoatchilik bunga qanday munosabatda?

❓ Akfa University (hozirgi Central Asian University)dagi oʻqishga qabul bilan bogʻliq mojaro tafsilotlari

🔹 «Antistrumin» ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlandi

🤧 Oʻzbekistonda koʻkyoʻtal emlanmaganlar orasida tarqalmoqda va bu tabiiy hol — Nurmat Otabekov. 

🔸 Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda

🥇 Xanchjou-2022: Osiyo oʻyinlarining ilk kunida oʻzbekistonlik sportchilar 7 ta medal qoʻlga kiritdi

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал