gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi. Prezident aholi chipta sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatishdan noroziligi hamda sohaga islohotlar zarurligini ma’lum qildi. Yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/uty/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida 3 mlrd 838 mln so‘mlik zarar yetdi. Bu hajmdagi gaz 29 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi. Korxonaning, shuningdek, elektrdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

«Biz eski va yangi rahbariyat oʻrtasidagi ziddiyat qurboniga aylandik» — Central Asian University talabalari

Avvalroq Central Asian University (sobiq Akfa)ning amaldagi va sobiq rahbarlari bayonotini hamda bir-biriga qoʻygan ayblovlarni eʼlon qilgandik.

Ularning mojarosi oqibatida talabalar va ularning ota-onalari jabr koʻrmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, avgustda 2-kurs talabalari roʻyxati qatorida ularning ham ism familiyasi chiqqan. Oliygohdagi 1 haftalik oʻqishdan keyin ogohlantirishlarsiz oʻqishdan haydalishgan. Ular 2 yillik kursga sarflangan 40 mln soʻm, qolaversa, universitetning 2-kursi uchun toʻlagan kontrakt pullari havoga uchgani, eng muhimi — 2 yil umri zoye ketganidan xavotirda.

«Gazeta.uz» talabalar va ularning ota-onalariga mikrofon tutdi, universitet rahbariyati esa savollarga javob berishni istamadi.

https://www.youtube.com/watch?v=GhzS_OL4XEQ

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, ko‘kyo‘tal kasalligi mavsumiy bo‘lib, asosan emlanmaganlar orasida tarqaladi. “Shu bois ko‘kyo‘tal kam miqdorda bo‘lsa-da, aholi o‘rtasida qayd etib turilishi tabiiy hol”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/ssv/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O’zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/parliament/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari va ertalab harorat +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +30 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim hududlar 25-sentabr kuni elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/electricity/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Italiyaning sobiq prezidenti, senator Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan mamlakat prezidenti va xalqiga ta’ziya yo‘lladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/24/jorjo-napolitano/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “Hamza” temiryo‘l bekatida poyezd ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/24/selfie/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Central Asian University universitetida (sobiq Akfa) talabalar — ikki yillik tayyorgarlikdan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘qishga qabul qilingan maktab bitiruvchilariga o‘qishni davom ettira olmasliklari aytildi. Ular OTMga kiritilmayapti. Universitet sobiq rahbariyat qonunni buzganini da’vo qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/cau/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 25−27-sentabr kunlari Automotive Industry Tashkent 2023 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mehmonlar avtomobilsozlik sanoatining so‘nggi texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/automotive-industry/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kanallar uchun hikoyalar, “stories"larda musiqa va reaksiya stikerlari qoʻshish imkoniyati — “Telegram”dagi navbatdagi yangilanishlar haqida batafsil:

https://www.spot.uz/oz/2023/09/23/telegram-update/

@spotuz_uz

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 5 foizdan 5,5 foizga yaxshiladi. Bank ish haqi va pensiyalar oshishiga qaramay, aholining real daromadlari kamaygani sababli iste’molning sekinlashishiga ishora qilmoqda. Inflyatsiya kutilmalari esa MB prognozidan ancha yuqoriligicha qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/adb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/staff/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/indigo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Antistrumin” yod preparatini ishlab chiqaruvchi Samo kompaniyasi faoliyati tekshirilmoqda. Nojo‘ya ta’sirlar tufayli kasalxonaga yotqizilgan bolalarning ota-onalari ushbu preparatni qo‘llash sabab bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda. Rasmiylar esa bolalarda O‘RVI bo‘lishi mumkin degan fikrda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/samo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi 

Markaziy bank 26 sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 5,94 soʻmga arzonlab, 12 206,13 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza — jami 7 ta medal bilan taqdirlandi. Musobaqadagi ilk oltinni dzyudo bo‘yicha -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/asian-games/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi 4 ta harfning yangi shakli loyihasini jamoatchilik turlicha qarshi oldi: buning “hammaga kerakli o‘zgarish” ekani aytilayotgan bir paytda “o‘zgartirish uchun mantiqiy sabab topa olmayotgan”lar va “to‘rt harfning o‘zgarishi islohot emas” deguvchilar bor. Munosabatlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/reaction/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Chilonzor tumanida qurigan 29 tup daraxt kesib tashlandi. 2021-yil bahorida “obodonlashtirish” doirasida ushbu hududdagi 55 tup daraxt tagiga polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgandi. Oqibatda 33 ta daraxtda qurish belgilari aniqlangan.

Zararlangan daraxtlarni sug‘orish va davolashga Chilonzor tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi javobgar bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/trees/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshidagi jamoat salomatligi texnikumi va Farg‘onadagi TATU filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olishda gumonlanganlar qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/25/university/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Akfa universitetining sobiq rektori Bexzod Jalilov OTM yangi rahbariyati qo‘ygan ayblovlarni rad etdi. U OTM kuzatuv kengashi raisi Abdujabbor Abduvohidovni obro‘siga dog‘ tushirish va tahdidlarda ayblab, oliygoh rivojiga e’tibor qaratishini maslahat berdi va prezidentdan xavfsizligini ta’minlashni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/24/bekhzod-djalilov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakshanba kuni Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta’lim muassasalarida birinchi bosqich kursantlarining qasamyod qabul qilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/24/qasamyod/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, yana birida esa soxta 14 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/24/counterfeit-money/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni paytda ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/namangan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sahro va kelajak yuzlashgan manzil: nima uchun Dubayga sayohat qilish kerak?

Dubay — kichik baliqchilar qishlogʻidan osmonoʻpar binolar markaziga aylangan megapolis, turli millat vakillarini oʻzida jamlagan dunyo poytaxti, BAAning Fors koʻrfazi qirgʻogʻidagi eng yirik shahri. Yaqin Sharqdagi eng yirik tijorat va sayyohlik makonidan “Gazeta.uz” muxbiri reportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/dubai/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida 2 kun davomida 450 nafar bolaning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 306 nafari Chust tumaniga to‘g‘ri keladi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Uning qayd etishicha, bolalarning sog‘lig‘i yomonlashishiga zaharlanish emas, ORVI sabab bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/children/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning ma’muriyati bilan birgalikda obyektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/camera/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nima oʻqiymiz? Siyosatshunos Hamid Sodiq tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targʻib etishga qaratilgan «Nima oʻqiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, oʻqilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar roʻyxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

«Nima oʻqiymiz?» loyihasining navbatdagi mehmoni — siyosatshunos Hamid Sodiq.

Videoni koʻrish

Matnni oʻqish

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova Chust tumanidagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, bolalarning 85 foizi sog‘lig‘i joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/23/chust/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал