O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
O‘zbekiston prezidenti 2−4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. U Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/az/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida nasos stansiyasi orqali Amu Zang kanalidan Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvurda yoriq yuzaga keldi. Avariyani 4 ta texnika 8 soat ichida bartaraf qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/quvur-yorildi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda “dorixona narkomaniyasi” yosharib boryapti. O‘zbekistonda 5 mingga yaqin odam narkologik bemorlar dispanser hisobida tursa, ular orasida 10 yoshli bola ham bor. Respublika bosh narkologi Zarifjon Ashurovning qayd etishicha, yoshlarning aksariyati giyohvandlikka psixologik muammolar sabab berilyapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/narco/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iyun oyida O‘zbekistonda sabzavotlarning mavsumiy arzonlashishi hisobiga narxlarning o‘rtacha darajasi 0,2 foizga pasaydi. Yillik inflyatsiya 8,7 foiz darajasida saqlanib qoldi. Oy davomida parranda go‘shti 1,6−1,8 foiz, tuxum 5,3 foizga qimmatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/inflation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Markaziy bank 2-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 18,86 soʻmga arzonlab, 12 676,11 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi biroz tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonda qurilish oynasidan chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etishni taklif qildi. Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/glass-waste/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda bu yilgi iyul o‘rtacha yillik qiymatlardan biroz issiqroq o‘tadi. Oyning birinchi haftasida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, oy oxirida esa pasayib, +36…+39 daraja atrofida bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/iyul/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tramp Suriyaga qarshi 2004-yilda kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat amaldagi eksport nazorati choralarini yumshatishga ruxsat beradi, “Suriyani xalqaro hamjamiyat uchun ochadi”. Sobiq prezident Bashar Asad va uning safdoshlariga nisbatan cheklovlar o‘z kuchida qoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/syria/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ilon Mask, agar Kongress soliq imtiyozlariga oid qonun loyihasini qabul qilsa, Amerika partiyasini tuzishini aytdi. Bunga javoban Tramp subsidiyalar bo‘lmaganida, Mask do‘konlarini yopib, uyi — Janubiy Afrikaga qaytishi kerak bo‘lardi, dedi va DOGE`ga uni subsidiyalardan mahrum qilishni o‘rganishni taklif etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/musk-trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kosonsoyda qalbaki 20 ming AQSh dollarini haqiqiy 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. Tezkor tadbir davomida unga qalbaki valyutani bergan shaxslar ham qo‘lga olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/dxx/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev endi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitilishini ma’lum qildi. Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/akademiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yanvar-mayda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi oltin va energotovarlar eksportining ortishi hisobiga 15% o‘sib, $31,3 milliardga yetdi. Tekstil savdosi pasayishda davom etmoqda, Xitoyga eksport esa ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda. Go‘sht, sut mahsulotlari va yog‘ xarid qilish hisobiga import hajmi ortmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/trade/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyatida tug‘ilgan shaxs Rossiya Qurolli kuchlari tarkibida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani uchun 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan cheklandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, janglarda qatnashishga ulgurmagan — frontga ketayotganda erkak ko‘zidan ayrilgan va davolanishga jo‘natilgan, shundan so‘ng uyiga qaytgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/judgment/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Hilol Nashr” nashriyotida “Andijon darg‘alari” kitobi va “Qalbi salim” risolasi taqdimoti o‘tkazildi. Birinchi kitob sovet davrida taqiqda bo‘lgan diniy bilimlarni avlodlarga yetkazishga hissa qo‘shgan ulamolar haqida bo‘lsa, ikkinchisida fiqhiy masalalar hayotiy misollar asosida tushuntirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/book-presentation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident yoshlar bilan uchrashuvda bir guruh ilg‘or yigit-qizlarga “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini topshirdi. “Farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi, albatta, yorug‘ bo‘ladi”, — ta’kidladi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/awards/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Eng mashhur o‘zbek pop-rok guruhlaridan biri — “Bolalar"ning solisti Tohir Sodiqov 1-iyul kuni 52 yoshni qarshi oldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning diskografiyasi asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/tohir-sodiqov-/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab MyGov ilovasidagi hujjatlarning elektron versiyasini ko‘rsatib, ichki parvozlarga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Gazeta buni qanday amalga oshirish haqida qisqacha yo‘riqnoma taqdim etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/mygov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Veolia Energy Toshkent so‘nggi uch yil davomida Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini zamonaviylashtirdi. Yopiq isitish va raqamli nazorat tizimlari poytaxt aholisi uchun issiqlik ta’minotining ishonchliligini oshirmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/veolia-energy-tashkent/
Uchtepa tumanidagi “Stroy gorod” qurilish bozori yong‘inga qarshi kamchiliklar va qonunbuzilishlar sabab sud qarori bilan vaqtincha yopildi. FVV tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng bozor faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/stroy-gorod/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tailand Konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Pxetxongtxan Chinavatni kasbiy etika qoidalarini buzishda ayblab, lavozimidan vaqtincha chetlatdi. Bunga uning Kambodja sobiq bosh vaziri bilan suhbati tarqab ketgani sabab bo‘ldi. Ular chegara mojarosi haqida gaplashgan, Chinavat hamkasbiga “amaki” deb murojaat qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/thailand/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘onadagi AYQShda 2024-yil dekabrida sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha sud yakunlandi. Unga ko‘ra, 3 kishi turli muddatlarga qamaldi, bir kishining ozodligi cheklandi. 4 nafar qurbonning qonuniy vakillariga ma’naviy zarar, 12 nafar fuqaroviy da’vogarlarga esa moddiy zarar undirish belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/sud/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yaqin kunlarda Toshkent avtobus parki Markaziy Osiyo mintaqasi uchun maxsus ishlab chiqilgan yana 200 dona Yutong elektrobusi bilan to‘ldiriladi. Poytaxtda ayni paytda 300 dan ortiq shunday transport vositasi mavjud.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/bus/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank ijtimoiy nafaqalarni fuqaro roziligisiz kredit qarzi uchun yechib olayotgan tashkilotlarni bu insofsiz amaliyot deb baholanishi haqida ogohlantirdi. Regulyator avtomatik undiruv tizimlarini qayta ko‘rib chiqish, shikoyat tushganda esa yechib olingan mablag‘ni qaytarib berish kerakligini qayd etgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/insofsiz-amaliyot/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Haj-2025 mavsumi davomida O‘zbekistondan borgan 8 nafar hoji ziyorat vaqtida vafot etdi. Ulardan 4 nafari ziyoratga noqonuniy yoʻllar bilan borgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/haj/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oqoltin tumanida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, temir to‘siq bilan to‘qnashdi. So‘ngra Yutong unga kelib urildi. YTH oqibatida avtomobilda bo‘lgan bir yo‘lovchi shifoxonada vafot etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
30-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🏘 O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq savdolarni naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
🗣 “Bu ishlar „kampaniyabozlik“ bo‘lmasligi zarur”. Prezident — hokimlarning yoshlar bilan muloqoti haqida.
💵 Iyun oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?
🎓 “Top-300 oliygohlariga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beriladi” — prezident.
📊 Endi bir soliqqa to‘langan ortiqcha to‘lov boshqasiga yo‘naltiriladi.
📉 “Xususiy OTMlar sabab bozor to‘yindi” — oliy ta’lim vaziri abituriyentlar soni kamaygani haqida.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2023-yildan buyon Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi 429 ta jinoyat ishi bo‘yicha jami 982 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetkazilganiga doir materiallarni prokuratura organlariga o‘tkazdi. 275 nafar qoidabuzarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/ecology/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sud “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyalariga 800 ming nafarga yaqin yo‘lovchidan noqonuniy ushlab qolingan 1,3 mlrd so‘m chipta komissiyalarini qaytarish majburiyatini yukladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/tickets/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqadi, maktab o‘quvchilari va talabalar esa BAA dasturi doirasida SI bo‘yicha treningdan o‘tadi. Venchur moliyalashtirishni 1 mlrd dollargacha kengaytirish rejalashtirilmoqda. O‘quvchilarning startap g‘oyalari uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/artificial-intelligence/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qashqadaryoda bog‘chaga olib ketilgan 2 yoshli qizaloqning vafoti yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib boryapti. Marhumning ota-onasi bolaning tanasida shikastlanishlar borligini ta’kidlab, voqea haqida kech xabardor qilingani va ekspertizaga chaqirtirilmaganidan noroziligini bildirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/qashqadaryo-bogcha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube