O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Denov tumani sudi sobiq raisi mast holda sodir etilgan halokatli YTH uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Baxtsiz hodisa mashinada u bilan birga bo‘lgan advokatning o‘limiga sabab bo‘lgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/denov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ozarbayjon Yekaterinburgda qotillikda ayblangan ozarbayjonliklarning ommaviy hibsga olinishi munosabati bilan Rossiyaga norozilik bildirdi. Shuningdek, mamlakatda Rossiya ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/azerbaijan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston bo‘ylab 843 nafar odamni aldab, ularning 50,1 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi. Ular vtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganarni 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘radi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/firibgarlik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
30-iyun orzusi tomon qadam tashlayotgan barcha yigit-qizlar uchun muhim sana. Yoshlikda qilingan har bir mehnat esa albatta o‘z mevasini beradi.
Dunyoning turli nuqtalarida yashovchi insonlar O‘zbekiston yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
O‘zbekiston taraqqiyoti, jamiyat rivoji va kelajak yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston yoshlari — davlat iftixori, orzu-umidlarini amalga oshiruvchi kuchi.
Yoshlar — kelajak bunyodkorlari.
Telegram.
Reklama huquqlari asosida.
Xususiy universitetlar soni ko‘payishi sabab davlat OTMlariga xujjat topshiruvchi abituriyentlar soni kamayyapti. “Ular oliy ta’limga kira olmay yurgan yoshlarimizning hammasini qamrab olgan, ya’ni, endi bozor to‘yindi”, — deb hisoblaydi oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/qabul/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvida yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi. “Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq. Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/prezident-yoshlar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti berishini ma’lum qildi. Shuningdek, har yili kamida 300 nafar ehtiyojmand oila farzandlari Garvard, Yel, Kolumbiya kabi oliygohlariga tayyorlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/top-300/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev barcha hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. “Bu ishlar „kampaniyabozlik“ bo‘lmasligi zarur”, — dedi u. Davlat rahbariga ko‘ra, “ana shunda Yangi O‘zbekistonda uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi”.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/uyushmagan-yoshlar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda ularga sifatli ta’lim berish, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni o‘rgatish eng asosiy vazifaga aylanganini aytdi. U yigit-qizlarining iqtisodiyot o‘sishida hissasi borligini ta’kidlab, tinchlik va rivojlanish bilimli va texnologik savodxon yoshlarga bog‘liqligini urg‘uladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/youth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda. Uning vazifasi — investorlar huquqlarini himoya qilish, mahalliy sudyalar va advokatlar malakasini oshirishdan iborat. Sud xalqaro standartlarga muvofiq ishlaydi hamda tijorat nizolarini ko‘rib chiqishda shaffoflik va bashoratlilikni ta’minlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/ticc/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1−5-iyul kunlari O‘zbekistonda issiq harorat asta-sekin kuchayadi. Respublikaning katta qismida havo +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha isiydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/ob-havo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 29 yoshli erkak Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIOga murojaat qilishlari so‘raldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/deportation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston payshanba-juma kunlari +42…+44 darajali, anomal qiymatlarga yaqin issiq harorat ta’sirida bo‘ladi. Dam olish kunlari esa, issiq kunlar ortidan, haroratning keskin pasayib ketishi kuzatiladi. Hafta davomida kuchli shamollar va chang bo‘ronlari yuz berishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent Fotosuratlar uyida 27-iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan soha tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Unda 1928−2021-yillarga oid 150 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/exhibition/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi Pokistonning eng yirik dengiz porti Karachida bo‘ldi. Tashrif prezident Shavkat Mirziyoyevning beqaror geosiyosiy vaziyat sharoitida tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish to‘g‘risidagi topshirig‘iga binoan amalga oshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/29/karachi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AloqaBank O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirmoqda: raqamli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy imkoniyatlar, ishga joylashish va startaplarni rivojlantirish yo‘nalishlarida sezilarli natijalar ko‘rsatmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/aloqabank/
Sirtqi ta’limning tugatilishi ta’lim sifati bilan bog‘liq, dedi oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov. Unga ko‘ra, ta’limning sirtqi shakli tugatilishidan xavotirga tushish kerak emas — uning o‘rniga masofaviy va uzaytirilgan ta’lim shakli kengayadi. Bunda nazorat ham kuchliroq bo‘lishi ta’kidlanyapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/sirtqi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatda asosiy e’tibor naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tishga qaratilgan, jumladan, uy-joy oldi-sotdisi sohasida, dedi Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/no-cash/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda o‘quvchilar hamda talabalarning ish bilan ta’minlanishi va kasbiy rivojlanishi uchun loyihalar rejalashtirilmoqda. Ta’til kunlari 3 mln nafar yosh maxsus tizim orqali ish bilan band qilinadi. Ikki davlat bankiga 240 ming yoshni mehnatga jalb qilish uchun 300 mln dollar ajratildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/youth-work/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 1-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 40,84 soʻmga qimmatlab, 12 694,97 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Rus Samarqandi” — shaharning XIX asr ikkinchi yarmida, Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin shakllangan qismi shunday ataladi. O‘sha davrdagi binolarning ko‘pi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Gazeta o‘lkashunos Svetlana Jukova bilan birga diqqatga sazovor joylar bo‘yicha yo‘lko‘rsatkich tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/pre-revolutionary-samarkand/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda renovatsiya boshlandi. Tajriba-sinov loyihasi Mirzo Ulug‘bek tumani “Navnihol” mahallasida ishga tushirildi. U 3,3 gektar maydondagi sakkizta ikki qavatli uyni qamrab oladi. Quruvchi va shahar hokimligi loyihani aholi bilan muhokama qildi. Gazeta uchrashuv tafsilotlarini hikoya qiladi (+video)
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/renovation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2022-yil 5-iyul kuni Afg‘oniston hududidan otilgan beshta reaktiv snaryad Termizning “Majnuntol” mahallasida qulagan edi. Ushbu hujum ishtirokchisi Obid Saparov Pokistonda ko‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelindi va sud hukmi bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/termiz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda 2024-yilda 150 mingdan ziyod yoshlar xalqaro til sertifikatlari olganini, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘pligini ta’kidladi. Shuningdek, 2025-yilning birinchi yarmida yoshlar xalqaro fan olimpiadalarida 166 ta medal qo‘lga kiritgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/til-sertifikatlari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dilfuza Allayorova 33 yillik tajribaga ega o‘qituvchi. U 51 yoshida 50 km masofaga yugurib, O‘zbekistondagi ilk ultramarafonchi ayolga aylangan. 2024-yilgi jahon chempionatida esa o‘z yosh toifasida g‘olib chiqdi. 2025-yili prezident Mirziyoyev uni “Sog‘lom turmush” medali bilan mukofotladi. Mana uning hikoyasi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/ultramarathon-runner/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iyun oyida O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 114 so‘mga tushib, 12 654 so‘mni tashkil qildi. So‘nggi olti oy ichida so‘m Amerika valyutasiga nisbatan 2 foizdan ko‘proq mustahkamlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/sum-dollar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda endi soliq to‘lovchilarga ortiqcha to‘langan va undirilgan summalardan nafaqat muayyan bir soliq, balki boshqa soliqlar uchun ham foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, soliq hujjatlarini faqat ERI emas, balki biometriya (Face-ID yoki barmoq izi) yordamida ham tekshirish mumkin bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/tax/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Yosh iqlim chempionlari” loyihasining ilk mavsumini 50 ishtirokchi tamomladi. Ular yil davomida 17 ming tengdoshini atrofida birlashtirib, 3 ming tup daraxt ekdi, 13 tonna chiqindini yig‘ib, saraladi. Loyiha haqida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/29/young-climate-champions/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-iyuldan “Mashinasozlar” metrosi — Chorvoq (Humson qo‘rg‘oni) yo‘nalishida avtobus qatnovi ishga tushadi. Birinchi qatnov Toshkentdan soat 06:00 da, oxirgisi Chorbog‘dan soat 20:30 da jo‘naydi. Yo‘l haqi — 25 ming so‘m.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/29/chorvoq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston tarixda birinchi marta Jahon bojxona tashkilotining Audit qo‘mitasiga a’zo etib saylandi. Qo‘mita tashkilotning moliyaviy va ichki boshqaruvini nazorat qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/customs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube