O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Shota Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiyasi boshlandi. Shahar ahlida loyihadagi yechimlar: yerosti piyodalar o‘tish joylarini takrorlash, yo‘laklar kengligi, ko‘cha markazidagi maxsus yo‘lak bo‘ylab jamoat transporti harakatiga doir ko‘plab savollar bor. Gazeta bu savollarni loyiha mualliflariga berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/shota-rustaveli-street/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzbekistan Airways 1-iyuldan boshlab Toshkent — Tel Aviv — Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni odatdagi tartibda amalga oshirishini ma’lum qildi. Kompaniya Ben-Gurion aeroportining yopilishi sababli ushbu yo‘nalishni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/tas-tlv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi, qurilishda eskrou hisobvaraqlari tizimi ishga tushadi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shakli tan olina boshlanadi — O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/legislation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Deputatlar qimmatbaho metallar va toshlarni noqonuniy olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qolaversa, valyuta tushumlarining bir qismini majburiy sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarimani bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/jewellery/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Zamonaviy shahar rivojlanishi — alohida loyihalar va yechimlar emas, balki transport, ijtimoiy va ekologik jihatlar bir-birini to‘ldirib, kuchaytirib turadigan yaxlit jonli tizimdir. Arxitektor Taxmina Turdialiyeva Germaniyada shahar muhiti qanday rivojlanishi va bunda shaharliklarning roli haqida hikoya qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/urban/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Fitch Ratings O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi kredit reytingini ilk bor “BB-” dan “BB” darajasiga ko‘tardi. Yangilanish jadallashtirilgan islohotlar, kuchli moliyaviy ko‘rsatkichlar va barqaror iqtisodiy o‘sish istiqbollarini aks ettiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/fitch-ratings/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Oy materiali”: Paxta dalasidan reportaj qanday tayyorlangan edi?
Gazeta nashri “Oy materiali” podkastini davom ettiradi. Tahririyat jamoasi Bekobod yaqinida joylashgan Avangard qishlogʻidagi paxta dalasidan reportaj tayyorlagan edi. Podkastda jurnalistlar ushbu materialning tayyorlanish jarayoni haqida gurunglashishdi.
Tasvirchi va montajchi: Ma’murjon Obrahmatov
Video: https://youtu.be/TI9j17TBwr8?si=ufnQh0ikzJ4OKIBF
🔹Paxta dalasidan tayyorlangan reportaj bilan esa bu yerda tanishasiz.
🔹Podkastning oldingi sonlarini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
@gazetauzmaxsus
Qirg‘iziston Jogorku Keneshi davlat xizmatchilari, sudya, advokat va notariuslarni qirg‘iz tilini bilishga majburlovchi qonun loyihalarini qo‘llab-quvvatladi. Tuzatishlar migratsiya, media va reklama sohalariga ham ta’sir qiladi. Davlat tilini bilish advokat va notariuslar uchun litsenziya olish shartiga aylanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/kyrgyz-language/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 4 foizli rejada YIMga nisbatan 3 foizdan sal ko‘proqni tashkil etdi. Fitch Ratings ma’lumotlariga ko‘ra, bunga gaz va elektr energiyasi tariflarining oshgani hamda subsidiyalar xarajatlarining deyarli yarmiga qisqargani yordam bergan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/fitch-tariffs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident banklar, ularning guruhlari va banklarda ulushga ega holding kompaniyalarining sanatsiyasi (bankrotlikdan qutqarish) va likvidatsiyasi tartibini belgilovchi qonunni imzoladi. Sanatsiya, birinchi navbatda, tizimli ahamiyatga ega banklar to‘lov qobiliyatini yo‘qotganda qo‘llanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/bank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda muddatli to‘lov bozori 8,5 trln so‘mga yetdi, dedi Markaziy bank rahbari Timur Ishmetov. Shartnomalarning aksariyati kredit byurolarida hisobga olinmaydi, bu aholining real qarz yukini oshiradi. MB ishtirokchilarga bo‘lib to‘lash ma’lumoti va shartlarini oshkor qilish majburiyatini yuklashni taklif etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/bnpl/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Team Hub — 25 million so‘mgacha grant yutib olish imkoniyatiga ega, uch oylik bepul inkubatsiyani 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga g‘oyani biznesga aylantirish imkoniyatini taqdim etmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/team-hub/
“Markaziy Osiyo-Xitoy” sammitida imzolangan Do‘stlik shartnomasi xavfsizlik kafolati hisoblanadimi va nima uchun “C5+” formati mintaqaning o‘zi uchun muhim? Cammit natijalari, Xitoy bilan munosabatlardagi rivojlanish nuqtalari va ehtimoliy muammolar — mintaqa ekspertlarining Gazeta uchun maxsus sharhida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/central-asia-china/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarov — bugungi kunda reaksiyasiz, halolliksiz va ekran ortidagi dunyo qanday tuzilgani haqida to‘g‘ri tasavvursiz haqiqat uchun kurash imkonsiz ekani haqida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/deepfakes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 30-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 67,72 soʻmga qimmatlab, 12 654,13 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rekonstruksiyadan so‘ng Andijon aeroporti noqulay ob-havoda samolyotlarni yo‘naltirish uchun Farg‘ona vodiysining asosiy zaxira aeroportiga aylanadi va O‘sh aeroporti bilan munosib raqobatlashadi. 50 yillik uchib ketish terminalning buzilishi, lekin kutish zalidagi ulkan panno saqlab qolinishi rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/andijan-airport/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Boysun tumanidagi gaz zapravkada Nexia 2 avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi. Hodisa oqibatida mashina yaqinida bo‘lgan haydovchi halok bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/gas-ballon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda qamoqqa olingan shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi joriy etildi. Jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/tergov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qulupnayli muzqaymoq, pecheneli sendvich-muzqaymoq, qovunli muzqaymoq va boshqa retseptlar — Zira.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/zira/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
DXX Tuproqqal’a va Shovot tumani FVB xodimlarining noqonuniy harakatlarini fosh etdi. Ulardan biri tizimga ishga joylashtirib qo‘yish, ikkinchisi haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun fuqarolardan pora olganlikda gumonlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/28/fvb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
DXX Telegram orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan narkoguruhni fosh etdi. Maxsus qadoqlangan narkotikni Andijondagi 53 ta xufiya manzilga joylashtirgan 6 nafar a’zo qo‘lga olindi. Ular moddalarni O‘zbekistonning 7 ta hududi bo‘ylab sotgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/drugs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident kengashlar tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishni tasdiqladi. Yangiliklar qatorida yangi vakolatlar, hokimlar hisoboti bo‘ladigan “kengash soati”, daromadlarni qayta taqsimlash huquqi, hokim o‘rinbosarlarini tayinlashda ishtirok, sessiyalarning ochiqligini oshirish va boshqalar bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/kengash/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Navoiyuran” London fond birjasida 6,7 foiz stavkali 300 mln dollarlik yevrobond joylashtirdi. Tushgan mablag‘ korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, transport va texnologik parkini kengaytirish, uran zaxiralarini ko‘paytirish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/navoiyuran/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yevropa Ittifoqi sammitida Ukrainaning tashkilotga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shma bayonotni qabul qila olishmadi, 26 mamlakat rozi, ammo hujjatni Vengriya blokladi. Viktor Orbanga ko‘ra, mamlakat aholisining 95 foizi bunga qorshi. Yevrokengash oktabrda bo‘ladigan navbatdagi yig‘ilishda mavzuga qaytmoqchi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/eu-ukraine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (28-29-iyun)
Bred Pitt ishtirokidagi «Formula 1» va yana yettita kinopremyera, Tashkent City bog‘ida mushakbozlik shousi, akvaparkda Quest Pistols guruhi konserti, Lego Brick Day festivali, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari hamda dam olish kunlarida bo‘lib o‘tadigan boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/06/27/28-29-iyun
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
TBC Bank Group O‘zbekistonda chakana savdoni avtomatlashtirish bo‘yicha yirik SaaS platformalaridan biri — BILLZ’ning 53% aksiyalarini sotib oldi. Bitim 9 mln dollarga teng, lekin u o‘sishi mumkin. Avval BILLZ’ga investitsiya kiritgan Aloqa Ventures venchur fondi o‘zining birinchi qisman ekzitini amalga oshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/tbc-billz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xorijiy fuqarolarning Rossiyaga kirish uchun RuID ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va ariza berishi ixtiyoriy bo‘ladigan bo‘ldi. Oldin 30-iyundan kiruvchilarga o‘z ma’lumotlarini kiritishi shartligi aytilgandi. Bunday ro‘yxatdan o‘tishda qator imkoniyatlar bor, jumladan, kirish taqiqi bor-yo‘qligini tekshirish mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/russia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston proteksionizm va sanksiyalar siyosati kuchayishining salbiy oqibatlarini to‘liq his qilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq mamlakatlari bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/president/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oq uy Eronga fuqarolik yadro dasturiga 30 mlrd dollar sarmoya kiritish imkoniyatini, shuningdek, uranni boyitishdan voz kechish evaziga sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/us-iran/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qirg‘izistondagi korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga to‘xtalgan prezident Sadir Japarov amaldorlarni ommaviy tekshiruvlardan ogohlantirdi. Sentabrdan maxsus komissiya tuzilib, g‘azna hisobidan amalga oshirilgan ishlar tekshiriladi. Japarov maoshidan qoniqmagan amaldorlarga biznesga ketishni maslahat berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/kyrgyzstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube