O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat +32…+37 daraja atrofida, bulutsiz bo‘lishi kutilmoqda. Joylarda shamol tezligi kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/ob-havo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahri IIBB Yo‘l-patrul xizmati brigadasining ma’muriy binosi kapital ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi. Unda YTHlarni oldini olish va shaharda tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi ishga tushdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/traffic/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
30 yil avval hammasini telefonlar uchun batareya ishlab chiqarishdan boshlagan Xitoyning BYD kompaniyasi 2025-yilga kelib Yevropadagi sotuvlari bo‘yicha Tesla’ni ortda qoldirdi. Iyun oyida mazkur kompaniyaning shtab-kvartirasida bo‘lgan Gazeta muxbiri uning shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/byd/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozog‘iston parlamenti jamoat joylarida yuzni to‘sadigan kiyimlarni kiyishni taqiqlovchi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Hujjat endi mamlakat prezidenti tomonidan imzolanishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/kazakhstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti 27-iyunda — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan soha xodimlarini tabrikladi. “Jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak o‘rinli bo‘ladi”, — deyiladi tabrikda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/oav-tabrik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzbekistan Airways kelasi yili CALC lizing kompaniyasidan ikkita yangi A321neo samolyotini oladi. Samolyot Airbus’dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma sifatida yetkazib beriladi. Mavjud samolyotlardan farqli o‘laroq, biznes-klassdagi yangi o‘rindiqlar Full Flat konfiguratsiyasiga ega bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/a321neo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar davlat organlari vakolatlarini aniqlashtirish maqsadida “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqishga yubordi. Bunda migrantni chet eldan qaytarish ishga jo‘natuvchi tashkilot hisobidan bo‘lishi va O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma berish qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/law/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston yadroviy javobgarlik sug‘urtasi tizimini yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 2025−2026-yillarda MAGATE standartlari asosidagi 25 ta normativ hujjat qabul qilinadi, dedi “O‘zatom” bosh direktori Azim Axmedxadjayev.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/iaea/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Har bir g‘oya e’tiborga loyiq, har bir yosh avlod imkoniyatga munosib
AloqaBank hozirda shunchaki tijorat banki emas, balki g‘oyalariga ishongan, biznes orzularni haqiqatga aylantiruvchi kuch. Yoshlar banki: yangicha ruh, yangicha missiya. Hozirda AloqaBank ilhom, qo‘llab-quvvatlovchi hamroh va startaplar uchun mustahkam moliyaviy asos hisoblanadi.
”Kelajak bugundan boshlanadi, bizda g‘oyalaringiz qadrlanadi”.
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | JSCAloqaBank?si=J5gWArY-BHJBHyVw">YouTube
Reklama huquqlari asosida.
Koson tumanidagi xususiy bog‘cha direktori bir guruh bolalarni Spark avtomobilida bog‘chaga olib bordi. Biroq ulardan biri — 2 yoshli qizcha soatlab eshiklari yopiq mashina ichida qolib vafot etdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/koson/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Salom Card yarim yilda 500 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Milliy dizayn, 12% yillik mukofot va 5% keshbek kabi afzalliklari bilan bu karta ko‘pchilikning tanloviga aylandi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/tbc-bank/
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 27-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 54,63 soʻmga qimmatlab, 12 586,41 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Poytaxtdagi VI-XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligiga 31,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Korxona yodgorlik hududiga kanalizatsiya quvurlari o‘tkazgan va ekskavator yordamida qazdirgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/xonobodtepa/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shimoliy Koreya iyul yoki avgustda Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga ko‘proq qo‘shin yuborishi mumkin, dedi Janubiy Koreya razvedka idorasi. Ularning fikricha, Rossiya bu oylarda keng ko‘lamli hujumga o‘tishga tayyor bo‘lishi mumkin. Aprelda tomonlar koreyalik askarlarning urushdagi ishtirokini tasdiqlagandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/north-korea/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda yaqin kunlarda pensiya yoshi oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, pensiya islohoti hozirda muhokama jarayonida bo‘lib, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari mamlakat sharoitiga mosligi va ta’siri tahlil qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/pension/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Portfelida “Manchester Siti” va yana 12 ta jamoa bo‘lgan City Football Group kompaniyasi O‘zbekistondan klub sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi MOQ rahbari birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ingliz jamoasi yana bir o‘zbekistonlik futbolchini klubga taklif etish niyatida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/city-football-group-uzb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Poytaxt bo‘ylab daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish jarayoni boshlandi. Reyestrda ularning soni, turi, yoshi, holati va boshqa muhim xususiyatlarini bilib olish mumkin bo‘ladi. Yil yakuniga qadar kamida 1 mln tup daraxt green.tashkent.uz platformasi bazasiga kiritilishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/trees/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda bu yil 3,2 mln tonna chorva go‘shti ishlab chiqarish reja qilingan. Mas’ullar bu natijaga erishish uchun qilinayotgan choralarni sanab o‘tdi. Mo‘g‘ulistondan chorva mollarini import qilish, yaylovlarni parvarish qilish va chorvalarni sun’iy urug‘lantirish shular jumlasidan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/27/meat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Joriy yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston oltin eksportini 6,5 mlrd dollarga yetkazdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54,8% ko‘p. Qimmatbaho metall mamlakat eksportining deyarli 44 foizini tashkil etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/gold/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida fuqarolik mudofaasi mexanizmini yaratish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Hujjat favqulodda vaziyatlarda a’zo mamlakatlarning o‘zaro yordamini, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishda tajriba almashishni ko‘zda tutadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/senat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iqtisodchilar Yuliy Yusupov va Otabek Bakirov Xalqaro valyuta jamg‘armasining daromad solig‘ining progressiv shkalasiga o‘tish va “iqtisodiyotga soliq yukini oshirish”ni taklif qilgan tavsiyalarini tanqid qildi. Ularning fikricha, ayrim takliflarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy voqeligi hisobga olinmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/income-tax/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
NATO davlatlari, AQSh prezidenti Donald Tramp talab qilganidek, mudofaa xarajatlarini YIMning 5 foizigacha oshirish majburiyatini oldi. Ular, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “suveren majburiyatlarini” yana bir bor tasdiqladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/nato-summit/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Matbuot va OAV xodimlari kuni arafasida qator soha xodimlarini orden va faxriy unvonlar bilan taqdirladi. Jumladan, Gazeta muharriri Elina Sakayeva “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/awards/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
30 yillik tarix: BYD qanday qilib avtosanoat gigantiga aylandi?
Bundan 30 yil oldin faoliyatini telefonlar uchun batareya ishlab chiqarishdan boshlagan Xitoyning BYD kompaniyasi 2025-yilga kelib Yevropadagi sotuvlari bo‘yicha Tesla‘ni ortda qoldirdi.
Gazeta muxbiri iyun oyida mazkur kompaniyaning shtab-kvartirasiga bordi, shuningdek, kompaniya modellari namoyish etilgan avtoko‘rgazmada ishtirok etdi. Quyidagi videoda u BYD‘ning shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li va hozirda qanday texnologiyalar, modellar ustida ishlayotgani haqida ma’lumot beradi.
https://www.youtube.com/watch?v=cIbBzs9RGJs
Bahodir Abdullayev, Ma’murjon Obrahmatov
@gazetauzmaxsus
1-iyuldan O‘zbekistonda uy-joy qurilishida eskrou-hisoblar tizimi ishga tushadi. Qurilish vazirligining ta’kidlashicha, bu kvartiralar narxining keskin oshishiga olib kelmaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/eskrou/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston senatorlari yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan Vena konvensiyasiga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/vena-konvensiyasi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Ikkala siyosatchi ham suhbatni ijobiy baholadi. Ularning fevral oyidagi birinchi uchrashuvi janjal bilan yakunlangandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/trump-zelenskiy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
22-iyun kuni Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy drayv nuqtasiga aylandi. Bu yerda “Kia Go!” shiori ostida O‘zbekistonda sevimli va xalqchil bo‘lgan krossoverning bir yilligiga bag‘ishlangan sport-ko‘ngilochar kun bo‘lib o‘tdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/kia-sonet/
Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi vakiliga ko‘ra, mamlakat hech qachon yadro qurolini qo‘lga kiritishga harakat qilmagan. “Ammo Eron o‘z huquqini himoya qilish uchun ortga chekinmaydi”. AQSh va Isroilni Eronning yadroviy dasturi emas, balki sanksiyalarga qaramay, taraqqiyotga erishayotgani xavotirga soladi, dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/iran/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev 26−27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi. Prezident Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/belarus/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube