XDP sog‘lom qarish bo‘yicha strategiya qabul qilish taklifini ilgari surdi
Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi Farg‘ona viloyatida ham ko‘plab uchrashuvlar orqali targ‘ib qilinmoqda. Muloqotlarda dasturdagi asosiy yo‘nalishlar va takliflarning mohiyati xalqqa yetkazilmoqda.
Jumladan, saylovchilar sog‘lom qarish bo‘yicha strategiya orqali barcha sohalarda keksalarning faol ishtirokini rag‘batlantirish, sog‘liqqa zararli mahsulot guruhlariga soliq yukini oshirish va shu orqali sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash intensivligini orttirishga doir tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Batafsil.
Reklama huquqlari asosida.
Namangan shahrida yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida velosipeddagi 8 yoshli bolani urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/namangan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +10…+12, kunduzi +25…+28 darajani tashkil qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/ob-havo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning pora berish va pora olish jinoyati kamaygan. Ammo budjet pullarini talon-taroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi korrupsion jinoyatlar ko‘paygan. Akmal Burxanovga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/korrupsiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda sanitar tozalash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi keskin oshib, respublika miqyosida jami 585 mlrd milliard so‘mga yetdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/debt/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Server O‘smanov 2017-yili Samarqandning bir chekkasida ko‘chatxona ochadi. Bir yil o‘tib uning yashil kolleksiyasida besh tup lavanda paydo bo‘lgan. Hozir esa uning gektarlik lavandazoriga har yili yuzlab odam keladi. Server aka o‘nlab o‘simlik turlari parvarishlayotgan bu joyni botanika bog‘iga aylantirish niyatida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/lavender/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Surxondaryoning Denov tumanida tunda Nexia-3 avtomobili katta bosimli gaz quvuriga urildi. Buning oqibatida tumandagi 3950 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. 18-oktabr kuni ertalab gaz ta’minoti tiklandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/denov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroil HAMAS guruhi yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya paytida o‘ldirilganini tasdiqladi. U 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblanayotgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/yahya-sinwar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat” bosh direktori etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/dilshod-akhmedov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/azerbaijan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xalq demokratik partiyasi pensiya yoshini o‘zgartirmaslik tarafdori
Shu kunlarda Xalq demokratik partiyasining Qashaqadaryo viloyati kengashi, shuningdek, xayrixoh va faollari tomonidan saylovchilar bilan ko‘plab yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Muloqotlarda partiya saylovoldi dasturidan o‘rin olgan g‘oya va tashabbuslarning mazmuni, ular nimaga xizmat qilishi sodda tilda tushuntirilmoqda.
Xalq demokratik partiyasi pensiya yoshini o‘zgartirmaslik tarafdori bo‘lib, davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, pensiya va ijtimoiy nafaqalar insonning hayotiy ehtiyojlariga yetarli bo‘lishi uchun intilmoqda.
Batafsil.
Reklama huquqlari asosida.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat 10 yil oldingi vaziyatdan keskin farq qiladi”, dedi. U mintaqa mamlakatlari bir-biri bilan faol hamkorlik qilayotganini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarini samarali deb atadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/cantral-asia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti siyosiy institutlarning farovonlikka ta’sirini o‘rganishga doir tadqiqotlari uchun Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz” bilan suhbatda mukofotga nega aynan ular loyiq ko‘rilganini tushuntirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/nobel-economic-sciences/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 18-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 26,00 soʻmga qimmatlab, 12 803,06 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi va rubl kursi koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahri hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi Yangihayot tumanida jamoat savdo-ko‘ngilochar bulvarini qurish uchun investor qidirmoqda. Uzunligi 1 km bo‘lgan bulvarda gastronomik, sport, savdo va bolalar uchun ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/boulevard/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2030-yilgacha O‘zbekiston YIMni 200 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan, bu avvalgi (160 mlrd dollar) prognozdan ko‘proq, dedi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari. Inflyatsiyani 5 foizgacha pasaytirish maqsadiga 2027-yilda erishilishi kutilmoqda, bu esa Markaziy bank prognozidagidan kechroq.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/savings-and-stability/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 21-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,07 soʻmga qimmatlab, 12 815,13 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi va rubl kursi koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi. U 2020-yildan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/usman-sharifhodzhaev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi agrar universitet hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosida loyihaga zid qurilish ishlari bajarilgani tufayli jarayon to‘xtatildi. Ma’lum bo‘lishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/agrar-universitet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident 2025-yilgi budjet parametrlarini muhokama qildi. Unda raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida xarajatlarni optimallashtirish va daromadni oshirish muhimligi aytildi. Eksportni 25 foizga yetkazish, mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash reja qilindi. Yangi yilda 78 tuman o‘zini o‘zi qoplashga o‘tadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/budget-2025/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ekologiya vazirligi saksovul yuklangan samosval haydovchilari orqasidan quvlayotgan ekoinspektorlar videosini e’lon qildi. Noqonuniy daraxt kesuvchilar qochish vaqtida daraxtni yo‘lga tashlab ketib, bo‘laklarini inspektorlarning mashinalariga qarata uloqtirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/saksaul/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
World Shakers kompaniyasi turk standartlaridagi yuqori sifatli mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan izolyatsiya va ventilyatsiya materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/world-shakers/
O‘zbekistonda 2028 yilgacha IT sohasida o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi. Dastur ishtirokchilari IT-park rezidenti maqomini oladi va boshqa IT-kompaniyalari kabi tibbiy xizmatlar, sport zallari va ofis maydonlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/it/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident farmoni bilan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati siyosatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lgan tadbirkorlarga berilgan qator yengilliklar bekor qilinmoqda, QQS va bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash muddatlari ham qisqartirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/currency-control/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bangladesh xalqaro tribunali ommaviy norozilik namoyishlari fonida mamlakatdan qochib ketgan sobiq bosh vazir Shayx Xasinani hibsga olishga order berdi. U yuzlab namoyishchilarning o‘limiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/sheikh-hasina/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jahon banki 2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston ekanini qayd etdi. Mintaqada bir qator inqirozlardan so‘ng iqtisodiy o‘sish barqarorlashmoqda, ammo ko‘rsatkichlar 2000-yillar boshiga nisbatan ancha past darajada qolmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/world-bank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oqqo‘rg‘on tumanidagi novvoyxona hojatxonasiga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi. U shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/girl/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hokimlar imzolayotgan qarorlarning 30 foizdan ortig‘i yopiq holda qabul qilinmoqda. Ularning ko‘pi davlat xaridlari va budjet mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq. Akmal Burxanovga ko‘ra, bunday holatlarga qarshi kurash uchun agentlik bir qator tashkilotlar hamkorligida takliflar ishlab chiqdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/antikorrupsiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Zarqaynarda eski uylar obodonlashtirish sababli qulamoqda
Olmazor tumanida “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Zarqaynar koʻchasidagi uylardan biri qulab tushdi. Bu birinchi holat emas.
“Gazeta.uz” muxbirlari hududda boʻlib, aholiga qanday yordam koʻrsatilayotganiga aniqlik kiritishga harakat qildi, fuqarolar va tuman hokimligi masʼuliga mikrofon tutdi:
https://youtu.be/OXHSH7CAT1k?si=6gOLkY5OxU0m45cP
Shohruh Haydarov, Ma'murjon Obrahmatov
@gazetauzmaxsus
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Ularning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan. Vafot etganlar orasida ikki nafar bola ham bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/road-accident-kazakhstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube