gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. U vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan tayyorlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/navoiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗳 Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan oʻtkaziladi.

🧑‍🚀 Oʻzbekiston Xalqaro kosmos shartnomasiga qoʻshildi.

🎖 Iqtisodiyot boʻyicha Nobel Daron Ajemoʻgʻli, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi.

🏘 Oʻzbekistonda ipoteka bozori sovimoqda: uy-joy sotib olish uchun ajratilgan kreditlar hajmi qisqardi.

💵 Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 800 soʻmdan oshdi.

Ⓜ️ Toshkent metropoliteni tirbandlik muammosini qanday hal qilmoqchi?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMTTD, FVV va O‘zgidromet tomonidan tayyorlangan infografika O‘zbekistonning tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlari aholisiga xavf tug‘ilganda harakatlanishda yordam beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/disasters/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida bo‘ldi va u yerdagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. U mahsulot zarur bo‘lgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/tinchlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi. Hujjat bilan davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/monitoring/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kuniga 1 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadigan Toshkent metrosida oxirgi paytlarda tirbandliklar va nosozlik holatlari tez-tez kuzatilib, tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Metropoliten rasmiylari bu kabi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha rejasini ma’lum qildi. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/toshkent-metropoliteni/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zmilliybank” AJ Mastercard Europe SA bilan hamkorlikda “Xaridlar uchun keshbek” sodiqlik dasturini ishga tushirdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/mastercard/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 22,91 soʻmga qimmatlab, 12 803,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatining Keles yo‘li kengaytirilgan holda qayta qurildi. Uning ikki tarafida Davlat xizmatlari markazi, Yoshlar markazi, madaniyat saroyi, amfiteatr, universal sport majmuasi, xotira maydoni va sayilgohlar barpo etildi. Prezident tumandagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/keles

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumani sudi ikki bloger va brbalo musiqiy guruhi artistlarini yumoristik klipi uchun 15 sutkaga hibsga olish haqida qaror chiqardi. Sudga ariza bilan murojaat qilgan mahalla raisi video odob-axloq me’yorlari va an’analarga zid ekani, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/brbalo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ural hududidan sovuq va nam havo kirib kelishi sababli chorshanba kunigacha O‘zbekistonda yog‘ingarchilik va haroratning pasayishi kutilmoqda. Payshanbadan esa havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Kosmosni, shu jumladan, Oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlar faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Bu kosmosni o‘rganish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, resurslar va bilimlar almashinuvi uchun imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/space/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘p yillik, noyob va o‘ziga xos daraxt turlari haqida ma’lumot beruvchi MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi turli daraxtlar ham kiritildi. Ularning yoshi salkam 600−1500 atrofida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kogon shahrida 53 yoshli erkak kelishmovchilik oqibatida tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/stabbing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat qarori bilan, endilikda “umrachi” turfirmalar 1 mln dollarni maxsus jamgʻarmaga zaxira qilishi, xizmatlarni uchinchi davlatlar orqali koʻrsatmasligi, Saudiyadagi hamkor shirkatga faqat bank orqali toʻlov qilishi hamda 2 yildan kam boʻlmagan tajribaga ega aviakompaniyalardan foydalanishi kerak boʻladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/13/umra/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11 yildan beri Toshkentda Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasini ilgari surayotgan Abror Satimov O‘zbekiston prezidentiga ochiq xat yozdi. Uning aytishicha, o‘tgan davrda turli idoralarga qilingan murojaatlar natija bermagan. Ayni damda, mamlakat bo‘ylab sochilib ketgan samolyotlar asta-sekin buzilib, vayron bo‘lyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/tashkent-aviation-museum/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida 2 mlrd dollar evaziga amalga oshiriladigan 9 ta loyiha, jumladan, maxsus sanoat texnoparki, oziq ovqat va o‘g‘it tayyorlash korxonalari, QES, GESlar, energiya saqlash tizimlarini qurish va ishga tushirish ishlariga start berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 3,76 foizga qadrsizlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/currency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi va daraxt shoxlari sinishi oqibatida Vodil-1 tarmog‘iga qarashli elektr uzatish qurilmasida avariya yuz berdi. Elektr ta’minotidagi 1 soatlik uzilishdan so‘ng nosozlik bartaraf etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-oktabrda BAAga qarshi o‘ynaydi. Shu vaqtgacha terma jamoa o‘z uyida raqibni mag‘lub etolmagan. Murabbiy Vlado Radmanovich bo‘lajak o‘yinda jamoa salbiy an’anaga chek qo‘yish niyatida ekanini aytdi. Futbolchilar tayyor, ijobiy natija uchun maydonga tushamiz, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/uzb-uae-football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga — 11,7 trln so‘mga, oluvchilar soni esa qariyb 20%ga kamaydi. Shuningdek, ajratilayotgan ipotekalarning o‘rtacha miqdori 19,9%ga — 274 mln so‘mga, banklarning foiz stavkalari esa 23,8%dan 25%ga oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabr oyida ham O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik pasaydi. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/eal-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy saylov komissiyasi deputatlar saylovi kuni Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida elektron ovoz berishni sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Saylovchilar an’anaviy yoki elektron ovoz berishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/e-voting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Olimlar institutlar qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlari uchun mukofotlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/nobel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimligi sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlarga yordam so‘rab shahar aholisiga murojaat qildi. “Imkoningiz va xohishingiz bo‘lsa boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa bering. Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim bo‘lgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin”, — deyiladi murojaatda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/animals/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli”da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/kosonsoy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident dushanba kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, u yerda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi, yangi loyihalar qurilishiga start beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/region/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda hafta boshi va o‘rtalarida yuqori namgarchilik va sovuq bo‘ladi. Kuchsiz shamol va namlik omili kishilarni qalin kiyinish hamda soyabonlar olib yurishga undaydi. Hafta so‘ngiga borib asta-sekin havo harorati yuqorilab boradi va quruq bo‘lishi mumkin. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/14/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV ota-onalarni bolalar o‘rtasida o‘zini hayvonlarga qiyoslab, o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish (kvadroberlar) uchrayotganidan ogohlantirdi. Xususan, Toshkentda 2 ta shunday holat aniqlandi. Vazirlik farzand tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlar javobgarlikka tortilishini eslatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/13/kvadrober/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zamonaviy texnologiyalar tabiiy ofatlar haqida erta ogohlantirish tizimlarini o‘zgartirdi. Lekin aynan inson omili — ta’lim, xabardorlik va tayyorgarlik jamiyat barqarorligining asosidir, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Akiko Fujii Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/13/column/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал