gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Shuningdek, faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasining 50 foizi qoplanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/23/buses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent tumanidagi tezkor tadbirda 22 yoshli shaxs mashinasida taxminiy narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan 1,4 kg mefedron sintetik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/synthetic-drug/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AVO Bank AJga nisbatan reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun jarima qo‘llanadi. Raqobat qo‘mitasi bankning sayti va ijtimoiy tarmoqdagi reklama materiallarida qonun buzilishi holatlarini aniqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/avo-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Qibray tumanida uyidagi 8 to‘plam mayning qurilmasini umumfoydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Shu kabi holat Yuqori Chirchiq tumanida ham aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/miners/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “ToshuyjoyLITI” loyiha instituti ustav kapitalidagi 61,6 foiz, shuningdek, “Uzinjiniring"ning 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Konsultant sifatida Abrau Capital ishlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/toshuyjoyliti/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylari turizmni rivojlantirish doirasida “Dugoba” alpinistlar lagerini tiklash, shuningdek, Qadamjo — Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/dugoba/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Seshanbadan jumagacha Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/hydromet/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Humo davlat to‘lov tizimini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi. Davlat ulushi “muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish” usuli orqali sotiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/humo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev do‘konda QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi urgan bola bilan uchrashdi. U bolaga minnatdorchilik bildirdi va “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” dedi. Sotuvchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/qr-code/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/chorvoq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi. Shu yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/grant/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden noyabr oyidagi saylovlarda mamlakat prezidentligi uchun kurashdan chiqishini ma’lum qildi. Soʻnggi haftalarda u nomzodini qaytarib olishga chaqirgan partiyadoshlari tomonidan bosim ostida qolgandi. U Kamala Harrisni nomzod sifatida koʻrsatishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/21/joe-biden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Guliston shahrida do‘kon sotuvchisi 12 yoshli bolaga QR-kodli chek so‘ragani uchun tarsaki tushirdi. Holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/21/qr-code/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jondor tumanida ayol xorijdagi eriga jahl qilib, 3−4 yoshli qizlarini kaltaklagandi. Bolalar ombudsmani bolalarda jarohat aniqlanmagani va unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi. Ayol “farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona” sifatida ro‘yxatga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/21/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aziz o‘quvchilar!

Tahririyatga “Gazeta.uz” brendidan firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Firibgarlar “Gazeta.uz” logotipi va sayt sahifasini ko‘chirib, investitsion jamg‘armalar haqidagi shubhali reklamalarni eʼlon qilmoqda.

“Gazeta.uz” tahririyatining ushbu feyk sahifalarga hech qanday aloqasi yoʻq.

Agar bizning logotipimiz ostida investitsiya fondiga mablag‘ kiritish yoki boshqa turdagi chaqiruvni ko‘rsangiz, avvalambor, veb sahifa havolasini tekshirib koʻring. Onlayn nashrimizning yagona va doimiy manzili — gazeta.uz.

Biz sizdan bank kartalaringiz haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik va ochiq manbalarda eʼlon qilmaslikni, shuningdek, internetda xarid qilish yoki sarmoyalar kiritish oldidan pullaringizni bermoqchi boʻlganlarning maʼlumotlarini tekshirishingizni so‘raymiz.

Tarmoqlardagi rasmiy kanallarimiz faqat mana shular:

Facebook.com/gazetauzb
T.me/gazetauz_ozb
T.me/gazetauz_uzb
Instagram.com/gazetauzbekistan/
Youtube.com/@GazetaOzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💳 Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish boshlangani e’lon qilindi.

⚡️ ACWA Power O‘zbekistondagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi.

🇰🇬 O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Dugoba” alpinistlar lagerini tiklashni rejalashtirilmoqda.

💍 Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklif qilinmoqda.

⏭ “ToshuyjoyLITI” va “Uzinjiniring” loyiha institutlarini xususiylashtirish boshlandi.

🎓 Davlat granti bo‘yicha 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologlar ikki holatda Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinganini aniqladi. Umumiy hisobda tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/natural-sand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda. 2023-yilda tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalarning 9,7 foizi yaqin qarindoshlar o‘rtasida bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/marriage-between-relatives/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gulistonda QR-kodli chek so‘ragan 12 yoshli bolaga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” deya bolaga minnatdorchilik bildirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/qr-kod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan reklama qilingan kiyim do‘konini “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzgan deb topdi. Bunda madaniyat vazirining xatti-harakatlarida qonun buzilishi aniqlanmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/kingsman-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 23-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,00 soʻmga arzonlab, 12 593,04 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi va rubl kursi esa biroz koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari 25 va 26-iyul kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/litsey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ish haftasi biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Chorshanba kunidan boshlab harorat ko‘tarilishi kutilmoqda, havo +38…+43 darajagacha qiziydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonning Buxoro viloyatidagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi. Xaridor China Southern Power Grid International bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/wind-power-stations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nurobod tumanida Nexia 3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Oqibatda bir yo‘lovchi vafot etdi, haydovchi shifoxonada davolanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/22/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya qurilish kompaniyasi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan quruvchilarni qidirmoqda. Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolari bir qator talablarga javob bersa, ishga joylashish uchun murojaat qilishlari mumkinligi haqida xabar berdi. Soliq va sug‘urtalardan keyingi “sof” ish haqi 16 mln so‘mgacha bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/21/work-in-japan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaqinda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lgan Sherzod Ibragimov fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifalar ta’lim muassasalari oldi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsiz tizim yaratish, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi “murosasiz kurashish” va boshqalardan iborat bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/21/statement/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nyu-Yorkning Bruklin shahrida 24 yoshli o‘zbekistonlik erkak oilasining to‘rt a’zosi — onasi, akasining rafiqasi va ularning ikki kichik farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/21/ny/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahrida Damas’ning orqa eshigini ochib, sakrab tushgan yo‘lovchini qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan boshqa Damas bosib ketdi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/damas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал