gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/real-estate-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum ekotizimi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘zbekistonliklarga raqamli savodxonlik va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish niyatida hamkorlik memorandumini imzoladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/uzum/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,59 soʻmga arzonlab, 12 586,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/cobalt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya seldan jabr ko‘rgan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga 200 tonna insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Yordam tarkibidan xo‘jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

17−22-iyul kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Agrobank`da 800 mln so‘mgacha ipoteka krediti olish mumkin.

Agrobank orzuingizdagi xonadonni xarid qilish uchun qulay imkoniyatni taqdim etadi.

Mablag‘ Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (IQMK) resurslari hisobidan ajratilmoqda.

Batafsil maʼlumot agrobank.uz saytida.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 2 foizga — 6,88 trln so‘mga, oluvchilar soni esa 17,3 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori va bank foiz stavkalari ham oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida omixta yem ishlab chiqarish sexi gaz tarmog‘iga ulanib, 1 mlrd 65 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/karshi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deya haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga 6,8 mln so‘m jarima tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/haqoratlash/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Florida sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan maxfiy hujjatlardan nojo‘ya foydalanganlik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni bekor qildi. Siyosatchi o‘ziga qarshi qo‘yilgan qolgan uchta jinoiy ishni tugatishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/trump/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⛽️ O‘zbekistonda gaz “zapravka”lar uchun qo‘shimcha talablar belgilandi.

💵 Muomaladagi naqd pullar ulushi va kartadagi pulni naqdlashtirib olish kamaymoqda.

🤖 Soliq to‘lovchilar uchun sun’iy intellektga asoslangan virtual yordamchi ishga tushirildi.

📃 UzAuto Motors`ning yaqin qarindoshlar ishtirok etgan 1,3 mlrd so‘mlik tenderi bekor qilinadi.

🚗 O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🎈 Toshkent bo‘ylab “Mehrning bir kuni”: Bolalar uchun tashkil etilgan xayriya aksiyasidan reportaj.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Antikorrupsiya agentligi UzAuto Motors o‘tkazgan 1,3 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilishi holatini aniqladi. Tenderda ishtirok etgan ikki korxona rahbarlari yaqin qarindosh bo‘lgan. Hozirda xarid natijalarini bekor qilish, aybdorlarga chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/uzauto-motors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Sen dunyoga keraksan” xayriya jamoasi Toshkent viloyatida yashovchi 40 bola uchun yakshanbani unutilmas kunga aylantirdi: ularga Toshkent shahri bo‘ylab zoopark, muz saroyi, pitseriya, masjid va bog‘ga sayohat uyushtirildi. “Mehrning bir kuni” aksiyasidan “Gazeta.uz” reportaji.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/dunyoga-keraksan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan keyin xalqqa qilgan murojaatida Amerika siyosatidagi “shiddatni pasaytirish” va zo‘ravonlikning odatiy holga aylanishining oldini olishga chaqirdi. Trampning o‘zi suiqasdni “juda syurreal tajriba” deb atadi. Suiqasdning maqsadi noma’lum.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/biden-address/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korzinka supermarketlar tarmog‘i “eng arzon narx” iborasidan foydalanishni qoidabuzarlik deb hisoblamasligini ta’kidladi. Kompaniyaga ko‘ra, dastur “vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi” bo‘lib, unda eng past narxlar “uzoq muddatli va har kuni” taklif etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/korzinka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Farg‘onaga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan uchrashdi va o‘sha chog‘da unga bir qiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagi borligi haqida gapirdi. Ertasi kuni u universitetga grant asosida o‘qishga kirgani to‘g‘risida sertifikatni qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/uzswlu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 2 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular soat tungi soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/katta-chimyon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jinoyat kodeksining oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126−1-moddasi bolaga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/child/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bunday reja may oyi oxirida e’lon qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/thailand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/skuter-moped-velo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab o‘tadigan yangi yo‘l o‘tkazgichda burilish joylari, ko‘cha chetida velosiped yo‘laklari bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan joyda piyodalar yer osti yo‘lagi quriladi. Masjid oldida esa yana bitta yer osti yo‘lagi qurib bitkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/road/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda OTM imtihonlarida huquqshunoslik fanlarida darslikda yo‘q, shuningdek, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bilimni baholash agentligi testlar DTS va o‘quv dasturlariga asoslangani, abituriyentning bilim va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/tests/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskva transport boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekiston ko‘chalari va yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini takomillashtirish va xavfsizlikni oshirishga ko‘maklashish maqsadida Toshkentga keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/road-safety/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. U faoliyatini 2024/25 o‘quv yilidan boshlaydi va muhandislik, arxitektura, IT, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydi. Bitiruvchilarga AQSh universitetlarining diplomi beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/higher-education/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. BYD Seagull va E2 ehtimoliy ishlab chiqarish uchun taqdim etilgan va laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/byd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha (20-iyul — 7-avgust) yopilayotgan Urganch xalqaro aeroportidan Nukus aeroportigacha bepul transfer yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar yo‘lovchilarga jo‘nab ketishda ham, uchib kelishda ham xizmat ko‘rsatadi. Uzbekistan Airports maxsus jadvalni e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/urgench-international-airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oson Apteka ilovasi 1000 kun ichida Google Play`da 1 mln marta yuklab olish bosqichidan o‘tdi va O‘zbekistonda dori-darmonlarni izlash bo‘yicha mashhur xizmatlardan biriga aylandi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/oson-apteka/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soliq qo‘mitasi sun’iy intellektga asoslangan DavrOn nomli virtual yordamchini ishga tushirdi. U soliq to‘lovchilarga tegishli ma’lumotlar va soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha personal maslahatlar berishi mumkin. Bu qo‘mitaning SIga asoslangan uchinchi xizmatidir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/davron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал