gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabr oyida teleboshlovchi Ramina Yagafarova Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida vafot etdi. Ekspertiza o‘lim sababi noto‘g‘ri davolash ekanligini ko‘rsatdi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi. Klinika uning singlisiga hujjatlarni topshirmagan va SSV oilaning so‘rovlariga javob bermagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/29/ramina-yagafarova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet 30-iyundan 1-iyulgacha Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatining bir qancha tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/29/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionatida nimchorak final bahslari start olmoqda. Oʻyinlar taqvimi va uchrashuvlar sharhini “Gazeta.uz”ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi. Ular telefon muloqotida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/29/hbd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mehmonxona zamonaviy qulayliklarga ega turli toifadagi 20 ta xonani taklif etadi. Mehmonlar uchun yopiq va ochiq hovuzlar, spa, saunalar va shved stoli restorani mavjud (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/29/pana-hotel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish shanba kuni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrifini boshlaydi. 4-iyul kuni u Ostonadagi SHHT sammitida nutq so‘zlaydi. BMT rahbari bundan avval 2017-yilda mintaqaga tashrif buyurgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/29/un/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urildi. Oqibatda avtobus ichidagi yo‘lovchilardan biri jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 26,73 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘p. So‘nggi oylar dinamikasi o‘sish sekinlashganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, gaz importi keskin — 643,2 mln dollarga oshdi, oltin eksporti esa deyarli 4,2 mlrd dollarga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/trade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va AQSh Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etdi. U aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/social-work/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YI mamlakatlari liderlari ittifoq rahbarligiga nomzodlarni ma’qulladi. Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidenti lavozimida saqlab qolish taklif etildi. Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta Yevropa kengashi rahbari etib saylandi. Estoniya bosh vaziri Kai Kallas YeI diplomatiyasi rahbari bo‘lmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/european-union/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayib, +34…+39, eng chekka janubda +40…+42 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zonli shamol kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilishini ma’lum qildi. Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/it-park/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov Kanada general-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro iqtisodiy tashriflar va savdo missiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/elchi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 1-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 2,51 soʻmga qimmatlab, 12 557,67 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl esa biroz tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi, dedi “O‘zatom” rahbari maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov. Shuningdek, u atom energetikasini rivojlantirish va kichik modulli reaktorlarni tanlash zarurligini tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida Tojikistondan salkam 26 kilogramm giyohvandlik moddasini olib kelgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/29/narco/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro bog‘chada farzandi bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga olib borildi, erkakka nisbatan tekshiruv boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/kindergarten/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Chorsu bozoridagi yongʻindan soʻng doʻkon egalari koʻrilgan zararni bir necha yuz million soʻmga baholamoqda.

Tadbirkorlar kompensatsiya oladimi, ular savdoni endi qayerda davom ettiradi? — bular haqda videoreportajimizda bilib oling (rus tilida):

https://www.youtube.com/watch?v=XuMFTBm8MbI

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShda Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk saylovoldi debati bo‘lib o‘tdi. Nomzodlar iqtisod, Ukrainadagi urushni muhokama qilishdi va bir-birlarini “eng yomon prezidentlar” deb atashdi. Tomoshabinlar respublikachini tanlashini bildirdi, Baydenning “tushunarsiz” nutqi demokratlar orasida vahima uyg‘otdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/29/debates/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati Toyloq tumanida 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi. Unga nisbatan JKning “Qiynash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/toylok/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28 iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇨🇳 O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish statistikasi 2,6 barobar farq qilmoqda.

☢️ Kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — “O‘zatom” vakili.

🔥 Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi.

🕋 Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.

🌐 O‘zbekiston tashqi savdosining o‘sishi sekinlasha boshladi, gaz importi 4,2 barobar oshdi.

🎓 O‘zbekistonda SAT imtihonidan yuqori ball olganlar OTMga grantga qabul qilinadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Texnikumlarni a’lo baholarga bitirganlar xalqaro klassifikatorga mos keluvchi diplom oladi. Ular oliygohda ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab shartnoma asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Prezident maktablari agentligi huzurida Olimpiadalarga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/technical-college/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, ijodiy mahorat darslari, dunyoga mashhur futbol yulduzlari bilan uchrashuv, ko‘rgazmalar, spektakllar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar  — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

London fond birjasida “O‘zmilliybank” 27-iyun kuni 411 mln AQSh dollari miqdoridagi obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/nbu/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurib beriladi, deya ta’kidladi prezident. Ular oyoqqa turib olgunga qadar uyda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi. Qolaversa, 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/uy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan Yoshlar ishlari agentligiga o‘tkaziladi. Jamg‘arma yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab, ularga “biznes paket” qilib beradi. Shuningdek, 14 ta tumanda “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/fund/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum milliy raqamli ekotizimi ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi hamkoriga aylandi. Ekotizim 12 nafar g‘olibga planshet va noutbuklarni topshirdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/uzum-technologies/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda SAT imtihonidan 75 foizdan yuqori natija olgan yoshlar OTMga grant asosida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi prezident. Qolaversa, 73 ta akademik litseyda “Xalqaro bakalavriat” va A-level dasturlari joriy qilinadi, ularni bitirganlar oliygohlarga imtihonsiz kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/sat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/haj-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Xitoyga qilingan gaz eksportiga oid ma’lumotlar kamida 94 mln dollarga (2,6 marta) farq qilmoqda. “Gazeta.uz” bu bo‘yicha ikkala davlatning 2020−2024-yillarda bergan ma’lumotlarini solishtirdi va tafovut 538 mln dollarga yetganini aniqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/gas-export/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал