gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida “Zil” yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib ketdi. Voqea oqibatida bola vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/zil/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 15−18-iyun kunlari qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar Toshkent va 6 ta viloyat o‘rtasida amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/uzairways/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi o‘zaro til biriktirib, fuqarodan 7 ming dollar pora olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, DXX prokuror, advokat hamda boshqalarni pora olganlikda gumonlab qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/pora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Global isish vino, zaytun moyi, kofe va kakao ishlab chiqarish sharoitlarini buzmoqda, bu esa ularning jahondagi narxlari oshishiga olib kelmoqda, deb yozdi Wall Street Journal. Issiqlik va qurg‘oqchilik ta’sirida so‘nggi yillarda bu mahsulotlarning narxi kamida ikki baravar qimmatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/climate-change/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JCh-2026 saralash o‘yinlari ikkinchi bosqichining so‘nggi uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi — 0:0. Shu tariqa milliy terma jamoa guruhda Erondan keyingi 2-o‘rinni egallab, saralashning 3-bosqichiga yo‘l oldi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saidaziz “Medgorodok” va yana 28 kishining sudidan reportaj

11-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yunusobod tumani sudida Saidaziz “Medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kishiga oid jinoiy ish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, 29 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 14 ta moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Oliy sudning ma’lum qilishicha, 28 nafar sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish va 1 nafariga munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.

Tasdiqlangan ayblov xulosasida mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh borligi aytiladi.

“Gazeta.uz”ning sud majlisidan tayyorlagan reportajini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=qt37ARQMpiI&t=35s

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13−15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Koreya strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shma biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/visit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/jizzakh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot” ishlab chiqargan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja orqali sotilishida narx manipulyatsiyasi holatlarini aniqladi. Mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega jamiyat jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/navoiyazot/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Malavi (Afrika) vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo‘lgan samolyot qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. 10 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelgan Chilima navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/malawi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 12-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 36,87 soʻmga pastlab, 12 598,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/locusts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar fuqaro sudlangan. Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 42 nafariga esa shartli va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Jinoyat oqibatida, jumladan, 24 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar jabrlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/odam-savdosi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

️Prezident farmoni bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilmoqda. Ularga sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/tergov-sudyasi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

May oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi aprelga nisbatan biroz tezlashib, 14 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi (17,4 foiz). Oy davomida aholi eng ko‘p dorilar, benzin va yonilg‘i, shuningdek, qurilish mollari narxi ko‘tarilganini sezdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/perceived-inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum Market milliy marketpleysi sotuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15 ta mahsulot guruhi uchun komissiya stavkalarini pasaytirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida IIB xodimi kelishmovchilik sababli bir erkak va homilador ayolga kuch ishlatdi. U fuqarolarga “birinchi buyruq bajarilishi, keyin muhokama qilinishi”ni aytganini eshitish mumkin. Viloyat IIB profilaktika inspektori ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/iib/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidentining o‘g‘li Hanter Bayden qurol-yarog‘ saqlash qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. U 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Jo Bayden o‘g‘lini qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/hunter-biden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

✍️ O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha bitim imzoladi.

🏭 “Navoiyazot” narx manipulyatsiyasi orqali 20,5 mlrd so‘m daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi.

☪️ O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyunda nishonlanadi.

❗️ “Hech qanday favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan” — FVV rahbari “Hisorak” suv omboridagi holat haqida.

📉 May oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘zgarishsiz qoldi, biznesniki esa pasaydi.

🇺🇳 BMT Xavfsizlik kengashi AQShning Gʻazoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyusiya loyihasini qabul qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyati IIB “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqish holati haqida internetda yolg‘on xabar tarqatib, “odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan” shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/false-information/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan yo‘li haqida hujjatli film tayyorlamoqda. Film O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadagi tarixiy ishtiroki tomon bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/gazeta-cinema/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/katherine-tai/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari may oyida 14 foizni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa pasaydi. Aholi uchun ham, biznes uchun ham kutilmalardagi asosiy omil kommunal xizmatlarning qimmatlashishi bo‘lib turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/inflation-expectations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qoʻldoshev “Hisorak” suv omborida hech qanday favqulodda holat yuz bermaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 10-iyun kuni suv omborida suv tashlash ishlari amalga oshirilgan, inshootdagi ishlar esa oldindan rejalashtirilgan tizimda davom etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/hisorak-suv-ombori/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endilikda Click orqali oila a’zolariga komissiyasiz va cheklovlarsiz pul o‘tkazish mumkin. Mazkur funksiya Click Up ilovasidagi “Mening oilam” bo‘limida mavjud (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/click/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nurota tumanida Onix avtomobili Damas`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Gentra bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi (xususan, 2 yoshli bola va 2 oylik qiz) hamda bir haydovchi vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzoladi. Uni qurish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi donorlik qo‘mitasi tuzildi, uning tarkibiga Jahon banki, OTB, YeTTB va boshqalar kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/kambarata/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/damas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Smartbank O‘zbekistonda bank operatsiyalarini boshqarish bo‘yicha barcha funksiyalarni taqdim etish maqsadida Profinch bilan birgalikda Oracle Flexcube avtomatlashtirilgan bank tizimini ishga tushirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/smartbank/

Читать полностью…
Подписаться на канал