gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/insult/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent yo‘llaridagi o‘lim darajasi butun dunyoda ham eng yuqorilaridan hisoblanadi. YHXB statistikasi haqiqiy kartinani ko‘rsatmasligi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlash uchun hokimlik huzuridagi “Tashkent Invest” kompaniyasi choralar dasturini ishlab chiqqan. “Gazeta.uz” muammolar va yechimlar haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/road-accidents/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 14-sentabrdan 6-oktabrgacha o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy logotipi e’lon qilindi. U o‘zbek oshxonasida ishlatiladigan qalampirdan ilhom olgan holda ishlangan. Rasmiy brend Registon maydonida 26-may kuni jamoatchilikka taqdim etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/logo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish maqsadida to‘rt yildan ortiq vaqtdan beri ilk bor uch tomonlama sammitni o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/summit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sharof Rashidov va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytiriladi. Shu bilan charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/charm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqamli sug‘urta kompaniyasi Neo Insurance faoliyatining bir yilligini nishonladi va istiqboldagi rejalari bilan bo‘lishdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/neo-insurance/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniyada umumiy (parlament) saylovlar 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh vazir Rishi Sunak qirol Charlz III parlamentni tarqatib yuborishni ma’qullaganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/great-britain/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go Surxondaryoning Termiz shahrida ish boshladi. “Bu yerda avval bu kabi onlayn xizmatlar mavjud emas edi”, — deydi Yandex Taxi`ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/yandex-go-termiz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum Market milliy raqamli ekotizimi “Yil brendi” mukofotida sovrinlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/uzum-market

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi sobiq MXX binosi oldidagi 26 tup eman daraxti kesilmayotganini, aksincha boshqa hududga belgilangan tartibda ko‘chirib o‘tqazilayotganini ma’lum qildi. Ushbu daraxtlar keyingi 3 yil davomida doimiy parvarish ostida bo‘ladi, deya ta’kidladi boshqarma.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/kindergarten/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari va Chinoz NQIZni sotish 2024-yil ikkinchi choragi uchun investitsiya dasturiga kiritilgan. Bir necha oy oldin “O‘zbekneftgaz"dan ushbu obyektlarni boshqa kompaniya sotib olgani xabar qilingandi. Ko‘rsatilgan narx (neft uskunalari bilan birga) — 70 mln dollar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/ung-petro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANORBANK 2024-yilda ketma-ket to‘rtinchi marta SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da o‘z yetakchiligini saqlab qoldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/anorbank

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklarga ikkilamchi uy-joy sotib olish bo‘yicha kreditlar berish uchun imtiyozli resurslar ajratish to‘xtatilmaganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

48 yoshli badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina Osiyo chempionati oldidan olgan jarohati sababli Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydigan bo‘ldi. Bu turnir uning faoliyatidagi to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun so‘nggi imkoniyat edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/oksana-chusovitina/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 24-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,84 soʻmga arzonlab, 12 712,88 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda to‘rtinchi Coca-Cola zavodi ochilishi munosabati bilan Anadolu Group O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 mln dollardan ortiq sarmoya kiritdi va Namangan viloyatida yangi Coca-Sola zavodini qurishni rejalashtirmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/coca-cola/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘kdala tumanida yuqori tezlikdagi KamAZ piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, haydovchi qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bishkekda ot sportining to‘siqlardan sakrash va ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Yevrosiyo ligasi, Millatlar kubogi va Jahon kubogi saralashi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi o‘rinni Bekzod Qurbanov egalladi.

Batafsil maʼlumotni havola orqali o‘qish mumkin.

Ot sporti federatsiyasi terma jamoa chavandozlari hamda g‘oliblarini tabrikladi va oldinda turgan musobaqalarda omad tiladi.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 24-maygacha transport harakati uchun yopildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/bridge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-maydan Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi. Chuy viloyati Sokuluk tumanida joylashgan zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/auto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi Haj mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkentdan Madinaga jo‘nab ketdi. Tirbandlikni yuzaga keltirmaslik uchun ziyoratchilarning yaqinlaridan aeroportga kelmasdan, masjidlardan kuzatib qo‘yish so‘raldi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/haj-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda Nexia-2 piyodalar o‘tish joyida SamDU talabasini urib yubordi, oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/yth-samarqand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇦🇫 Toshqinlar munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi.

⚖️ Shaffof gaz “zapravka”lari egalari va xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi.

🇦🇿 O‘zbekiston Kaspiy dengizida gaz qazib olish bo‘yicha Ozarbayjon loyihasiga qo‘shilishi mumkin.

🛢 UNG Petro, Chinoz NQIZ va “O‘zbekneftgaz“ning neft uskunalari qanchaga baholanadi?

🎤 “Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti“. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasi haqida.

🏘 IQMK banklarga ipoteka kreditlari uchun resurslar ajratish to‘xtatilganini rad etdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

PA Madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. U bundan avval Milliy rassomlik va dizayn institutiga ham rektorlik qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/rector/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud Shaffof metan “zapravka"lari egalari va ishchilariga hukm o‘qidi. Ish materiallarida 447,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lamaganlik, 1,37 trln so‘mlik savdo qoidalarini buzish, jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari qayd etilgan. Asosiy ayblanuvchilar — aka-uka Toshmatovlar — 9 yil 2 oyga qamaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/shaffof/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida o‘zini hokimlik ishchisi sifatida tanishtirib, obodonlashtirish boshqarmasining 4 nafar ayol xodimasini aldab, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi. U 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/kredit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 31-may, 1−2-iyun kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/afrosiyob/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumati tadbirkorlar uchun onlayn-tijorat platformasini yaratish va 1 mlrd dollarlik savdo aylanmasiga erishishni rejalashtirmoqda, dedi investitsiyalar vaziri Laziz Kudratov. U, shuningdek, Ozarbayjon rahbarining avgust oyida Toshkentga tashrifi reja qilinganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/uzb-aze/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал