gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/attraksion/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fotosessiya saroyiga aylangan amir qabulxonasi. Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan edi

Buxoroning temiryoʻl vokzali yoʻq — ushbu koʻhna shaharga poyezdda yoʻl olgan kishi uning “yoʻldosh shaharchasi” hisoblangan Kogonga borib tushadi. Vokzaldan chiqishingiz bilan sizni bundan qariyb bir yarim asr avval Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan qurdirilgan, Sharq va Gʻarb meʼmorchiligi anʼanalarini oʻzida mujassam qilgan uch qavatli muhtasham majmua — Kogon saroyi qarshi oladi.

Saroy uzunligi 65, kengligi esa 34 metr boʻlgan toʻrtburchak shakldagi maydonda qurilgan. Poydevorini kovlashning oʻziga bir yil vaqt sarflanib, qazib olingan qum aravalarda olib chiqilgan. Amirning “tashrif qogʻozchasi”ga aylanishi lozim boʻlgan saroy namlik va zax koʻrmasligi, atrofidagi botqoqlikni yoʻqotish uchun mukammal irrigatsiya-drenaj tizimi qurilgan. Ostidan tuz koʻtarilmasligi uchun poydevorga dastlab uch qator togʻ xarsanglari terilgan.

Uning restavratsiyasi haqida kamida 2021-yildan beri gapiriladi. 2022-yil yanvarida viloyat Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari obyektning 2022−2023-yillarda Jahon banki ajratgan mablagʻlar hisobidan toʻliq restavratsiyadan chiqishini maʼlum qilgandi. Ammo ishlar 2024-yilda ham boshlanmadi. Masʼullarning tushuntirishicha, bunga restavratsiya loyihasining kechikkani sabab boʻlgan.

“Gazeta.uz” saroyda boʻlib, uning oʻtmishi va hozirgi ahvoli bilan tanishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/kogon-saroy/

Ziyoda Ramazonova

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat ko‘mirning Tariflar bo‘yicha idoralararo komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladigan va tasdiqlanadigan ulgurji va chakana narxlarni tartibga solishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda hukumat qarorida keltirib o‘tilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/coal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning o‘sish sur’atlari transport va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Denis Sokolov “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlat uchun xatarlarni yumshatish, aholi uchun ularning oldini olish yo‘llari hamda toshkentliklarni jamoat transportiga o‘tkazish nega qiyin kechishi haqida so‘z yuritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/cmwp/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Beruniy-1 massivida mozaika chizilgan binodan reklama bannerlari olib tashlandi. Bu mozaik pannolar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shilganidan buyon yuz bergan bu kabi kamida ikkinchi holat. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/mosaic/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/florence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dubayning Iqtisodiyot va turizm departamenti oilaviy hordiq uchun tashrif buyurish mumkin bo‘lgan qiziq va hayratga soluvchi joylar haqida ma’lumot berdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/visit-dubai/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyoda demokratik ko‘rsatkichlar pasayishda davom etmoqda, Ukrainadagi urush va boshqa mojarolar esa mintaqadagi geosiyosiy o‘zgarishlarni tezlashtirdi, deya ta’kidladi Freedom House. O‘zbekistondagi demokratiya darajasi 7 dan 1,18 ball sifatida baholandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/freedom-house/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kiyev shahrida O‘zbekiston tomonidan tadbirkor Zafar Hoshimov raisligida O‘zbekiston-Ukraina biznes kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat ishbilarmon doiralarining o‘zaro hamkorligi, urushdan jabr ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/uzb-ua-business-council/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi eng yirik suv toshqinlari fonida hukumatga budjet mablag‘larini tejash maqsadida imidj yaratish va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiyot vazirligi departamenti direktori Xurshed Mustafayev elektr va tabiiy gaz tariflari oshirilayotganini izohlab, so‘nggi 5 yilda narxlar aholi uchun o‘zgarishsiz qolganini eslatdi. U, shuningdek, elektrning tannarxi qariyb 1000 so‘mni, tabiiy gazniki esa qariyb 2000 so‘mni tashkil qilishini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/costs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 17 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,27 soʻmga qimmatlab, 12 671,84 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Minglab odamlar Gruziya parlamenti binosi yaqiniga “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga norozilik bildirish maqsadida yig‘ildi. Ularning fikricha, qonun Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash. Hujjat o‘tgan yili muhokamaga qo‘yilgan, biroq namoyishlardan so‘ng qaytarib olingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun qo‘llariga igna va “samorez” sanchgani aytilmoqda. Holat 2023−2024-o‘quv yili boshidan buyon takrorlanib kelgan. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va o‘qituvchi ishdan olinganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/teacher/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Demokratiyaning nima keragi bor? Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun an’anaviy avtokratiya yaxshiroq emasmi? Bu savollarning javobi, FT sharhlovchisi Martin Vulfning qayd etishicha, faqat rivojlanayotgan mamlakatlar aholisinigina qiziqtirayotgani yoʻq. “Gazeta.uz” uning shu haqdagi maqolasini tarjima qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/democracy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida kechasi bir guruh niqobli shaxslar davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida bir tup safora daraxtini qo‘porib oldi. Ekologiya vazirligi ularning shaxsini aniqlashtirish ishlari ketayotgani, daraxt esa to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda qayta ekilganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/daraxt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18−19-aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi. Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/tajikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan yili Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘quvchining elektr toki urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktab ma’muriyatiga sud hukmi chiqarildi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4 yilga qamaldi, direktorga esa 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda metro vagoni ichida qizning beldan pastki qismiga teginib, shilqimlik qilgan 25 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. Ayblanuvchi sudda tiqilinchda qizga bilmay tegib ketganini aytdi. Qiz yigit bu ishni qilayotganida qo‘lidan ushlab olganini va gaplashib olmoqchi bo‘lganida yigit qochib ketganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/wrestling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroporti negizida yangi kargo terminalini qurish rejalashtirilmoqda. Natijada xizmat ko‘rsatish quvvati sutkasiga 70 tonnadan 300 tonnaga yetadi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayevning aytishicha, hozirgi terminal sifatli va vaqtida xizmat ko‘rsatish imkonini bermayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/kargo-terminal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

NATO xodimlari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy alyans to‘g‘risida ma’lumot berib, NATOga a’zo davlatlarda serjantlar qanday tayyorlanishi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etdi. Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari 20-aprelgacha davom etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/nato-in-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💡 1-maydan elektr va gaz uchun tariflar oshiriladi, ijtimoiy norma joriy etiladi.

💵 Gaz va elektr tariflari oshishi sababli muhtoj oilalarga qanday yordam beriladi?

💧 O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi.

🇺🇦 Kiyevda urushdan zarar ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🆓 Demokratiya, qancha qusuri bo‘lsa ham, baribir avtokratiyadan yaxshiroq.

🇷🇺 Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi tariflari oxirgi marta oshirilganidan buyon inflyatsiya darajasi 66 foizni tashkil etdi, dedi Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Xurshid Mustafoyev. Energiya resurslarining narxi amaldagi tariflardan sezilarli darajada oshadi, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/new-tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IHMA gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi munosabati bilan 1,5 millionga yaqin muhtoj oilalarga qanday yordam ko‘rsatilishini tushuntirdi. Kambag‘allik chegarasi, pensiya va nafaqa miqdorini oshirish, isitish mavsumida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/social-help/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktab vazirligi o‘quvchilar xorijga chiqishda maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi nazarda tutilgan buyruq loyihasini muhokamaga qo‘ydi. O‘zgartirish maqsadi sifatida xorijga ogohlantirmasdan yoki vaqtincha chiqib ketib, qaytib kelmagan o‘quvchilar bilan ishlashni samarali yo‘lga qo‘yish ekani qayd etilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi (2019-yil avgustidan buyon ilk marta). Shuningdek, energoresurslar iste’moli bo‘yicha ijtimoiy norma joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlaktiv Toshkentdagi 3,2 gektar maydondagi sobiq avtobazani 105 milliard so‘mga sotdi. Tender g‘olibi Evro Tires Universal bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/evro-tyres-universal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ota-onalari bo‘lmagan va yordamga muhtoj jami 17 nafar bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular yaqin qarindoshlariga yoki maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/children/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways 3-iyundan boshlab Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Qatnovlar haftaning har dushanba kuni amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/nukus-istanbul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал