gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

27-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🔥 Sobiq «Algoritm» zavodi hududidagi yong‘indan mebel sexining 5 ishchisi qutqarildi.

⛽️ Rossiya 1-martdan yana benzin eksportini taqiqlaydi, lekin cheklov O‘zbekistonga taalluqli emas.

💵 DXX: Guliston tumani sobiq hokimi 300 ming dollarga yer sotish bilan bog‘liq ishga aloqador bo‘lgani aniqlandi.

🇪🇺 YI O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

🚰 O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 954 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kirishlari mumkin? (Ro‘yxat)

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Antarktida materigida H5N1 parranda grippi xavfli shtammi bilan kasallanishning birinchi holatlari qayd etildi. Olimlar kasallik endi pingvinlarning yirik koloniyalari orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/bird-flu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klub huquqshunoslari Rivaldo va Denilsonga qariyb 9,2 mln yevro to‘lash bo‘yicha FIFA qarorini yumshatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarzni to‘lash masalasini klub rahbariyati, ya’ni “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hal qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/bunyodkor-rivaldo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dehqonobod tumanidagi kaliy zavodi sizot suvlarni soyga oqizgani ma’lum bo‘ldi. Ekologiya vazirligi zavodga nisbatan 363 mln so‘m kompensatsiya to‘lovi belgiladi va 18 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/kaliy-zavodi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 28 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 19,11 soʻmga qimmatlab, 12 500,01 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan fiskal huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini 50 baravarga — aylanmaning 100 foizidan 2 foizigacha kamaytirishni tasdiqladi. Shuningdek, biznesga bu modda qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelgan qarzlarning 98 foizi hisobdan chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/tax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan 31 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Bundan tashqari kirib kelganda viza olish kerak bo‘lgan va elektron viza olish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati ham keltirib o‘tildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/visa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyada 1-martdan talabning mavsumiy ortishi fonida benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Cheklovlar O‘zbekiston va YOII mamlakatlariga ta’sir qilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/petrol/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda elektron va telekommunikatsion uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mvizion kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi. O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan ham cheklovlar qo‘llangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/mvizion/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalariga cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/us-sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan debitor qarzdorligi 954 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bunda jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 767 mlrd so‘mni tashkil etsa, 186 mlrd so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/qarzdorlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/agency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Chilonzor tumanida angar sifatida foydalanib kelinayotgan mebel sexida yong‘in chiqdi. Uni 20 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi avtomobil salkam 6 soatda o‘chirdi. 5 nafar ishchi tez yordam xodimlariga topshirildi, surishtiruv ishlari ketmoqda, deb xabar berdi FVV.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⚖️ “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?

⛽️ UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi oshdi.

🕍 Buxoroning tarixiy qismi yaqinidagi turistik markaz loyihasi 470 mln dollarga baholanmoqda.

❄️ Yakshanba kuni elektr energiyasiga kiritilgan cheklovlar oshdi — Energetika vazirligi.

⚽️ “Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga 9,2 mln yevro to‘lashi kerak — FIFA qarori

🇺🇦 Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli urushda 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, mamlakatning bosib olingan hududlarida yana o‘n minglab tinch aholi vafot etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/ukraine-war/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Toshkent shahri Yangihayot tumanida 664,5 gektar maydonda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etish loyihasini tasdiqladi. Uning boshqalardan farqi shundaki, egallab turgan maydonidan kelib chiqib, ishtirokchilar uchun mahsulot ishlab chiqarishda alohida shartlar belgilanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoroda 15 yoshli bola onasi unga doimiy tazyiq o‘tkazib kelishi, otasi esa aliment to‘lamagani sabab ozodlikdan mahrum qilinganini aytib, bolalar ombudsmanidan o‘zi va singlisini onasi qaramog‘iga bermaslik bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Holat o‘rganilgach, bolalarga buvisi vasiy etib belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/guardian/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryoning Guliston shahrida hokimiyat zaxirasidagi yerni boshqa bir shaxsga noqonuniy olib berishga uringan ikki kishi 300 ming dollar talab qilib, shundan 50 ming dollarini olganda ushlandi. DXXga ko‘ra, jinoiy ishga 2018−2021-yillarda Guliston tumanini boshqargan Shavkat G‘afurov ham aloqador bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/guliston/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat soliq qo‘mitasi 227−1-modda kuchga kirganidan buyon 1500 dan ortiq tadbirkorga nisbatan 694 mlrd so‘m jarima qo‘llanganini ma’lum qildi. Shundan 39 mlrd so‘mi undirilgan. Endilikda ushbu jarimalarning 98 foizi hisobdan chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/227-1/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi deputatlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling qo‘shishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/bolalar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANORBANK tomonidan o‘tkazilgan o‘yinning birinchi bosqichi yakunlanishi munosabati bilan bank va eMaktab vakillari g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilariga sovrinlarni topshirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Oqibatda ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etdi, ayol esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/poisoning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 4 ta noqonuniy mayning ferma jami 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilganini aniqladi. Fermalarning biri 3 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lgan. Holatga aloqador shaxslarga nisbatan o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/mining/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payme Business xizmati foydalanuvchilari mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishlari, shuningdek, bir ish kuni ichida bank hisob raqamiga mablag‘larini o‘tkazishlari mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/payme-business/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha bergan arizasini ratifikatsiya qildi. Mamlakat Shvetsiyaning harbiy blokka qo‘shilishi uchun roziligi kerak bo‘lgan eng so‘nggi davlat edi. Rasmiy jarayonlar yakunlangach, Shvetsiya NATOning 32-a’zosiga aylanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/hungary/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziriga qo‘shinlar faoliyatini raqamlashtirish, Qurolli kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/armed-forces/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi sudiga raislik qiluvchi Muso Yusupovga ko‘ra, doridan zaharlanganlar soni aslida ko‘proq ekani yuzasidan murojaatlar bo‘lgan, bu bo‘yicha tergov o‘tkazilmoqda. Shuningdek, yana bir necha shaxs, jumladan, Farmagentlik rahbari sobiq o‘rinbosari Egamovga nisbatan tergov organiga xabarnoma yuborilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/dok-1-maks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan shu paytgacha energetika vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/uzstandard/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shaharni yuqoridan qarab rejalashtirish kerak emas — urbanist Husan Mukimov

Toshkentdan sharqda 800 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Toshkent shaharchasi qurilishi kutilmoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat tomonidan yangi shaharlar qurilishi kuzatilgan. Ayni vaqtda ular yo‘l qo‘ygan klassik xatolar Yangi Toshkentni qurishda eʼtibor markazida bo‘lishi kerak.

NOQulay shahar” loyihasining navbatdagi sonida biz urbanist Husan Mukimovdan Yangi Toshkentni qurishga qanchalik zarurat bor yoki yo‘qligi, shaharni aslida kimlar qurishi kerakligi va davlat quradigan shaharda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar haqida so‘radik.

Uning fikrlaridan quyidagi asosiy xulosalar kelib chiqishi mumkin:

🔹Shaharni qurishda unda yashaydigan insonlarning fikrlari muntazam tinglanishi va inobatga olinishi zarur.
🔹Shaharni qush parvozi balandligidan qarab, yaʼni maketlar ustida turib rejalashtirmaslik kerak.
🔹Shaharlar imkon qadar zich bo‘lishi lozim.

To‘liq suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=3mEcSjQS0UM

Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…
Подписаться на канал