gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatidagi davlat telekanallaridan birida oʻz xodimasini ish joyiga aldab chaqirib, unga tegajogʻlik qilgan bosh muharrir oʻrinbosari 3 sutkaga qamaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyati IIB jinoyat sodir etganlarning suratlari tushirilgan “sharmanda doskasi” mahallalarda joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Avvalroq ombudsman bu amaliyot inson huquqlariga zid ekanini bayon qilgandi. Bunday suratlarni joylashtirish 2021-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/sharmanda-doskasi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Bu davr mobaynida guruh garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil askarlari esa G‘azoni tark etishi kerak bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/gaza-truce/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Qalin qor yoqqani sababli 8-fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hudud maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda (video).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/qamchiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Exit-poll natijalariga ko‘ra, u saylovda 93,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/azerbaijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/humo-arena/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyatidagi mahallalarda “Sharmanda doskasi” joriy etilib, ularda jinoyat sodir etganlarning suratlari ilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Hukumat qarorida bu turdagi e’lonlarni joylashtirish belgilangan. Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman bunday amaliyot inson huquqlariga zid ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/ombudsman/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vision Pro trendi “Gazeta.uz” talqinida

Apple 2023-yilning 5-iyunida oʻzining yangi mahsuloti — Vision Pro virtual reallik shlemini taqdim etgandi. 2024-yil 2-fevraldan boshlab esa qurilmalarni egalariga yetkazib berish boshlandi. Foydalanuvchilar Vision Pro bilan koʻchada sayr qila boshlagandan keyin internetda bu bilan bogʻliq memlar keng tarqala boshladi va oʻziga xos trendni yuzaga keltirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar qurilmadan qanday foydalanish mumkinligini tasavvur qilib koʻrmoqda, baʼzilar mashhur memlarni mavzuga moslab qayta ishlamoqda.

“Gazeta.uz” ham trendga qoʻshilib, Oʻzbekistonda hozir faqat virtual koʻrish mumkin boʻlgan kadrlardan memlar yasadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/vision-pro/

Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 8-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 25,98 soʻmga arzonlab, 12 458,02 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/lukashenko/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shuxrat Sadikov Oʻzbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. U 2023-yilning fevralidan buyon kotibiyat rahbarining oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/shuxrat-sadikov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimiyati piyodalarga xalaqit berayotgan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanayotganini ma’lum qildi. Yo‘l bo‘yida ruxsatsiz qurilgan binolarning aksariyatida to‘xtash joylari yo‘qligi va ular piyodalar yo‘laklariga chiqib ketgan tarzda tashkil etilgani ta’kidlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/dismantling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U bu lavozimga qadar avvalgi hokim O‘tkirbek Shukurovning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/xojaobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir kishi qamoqqa olindi. Kompaniya Saudiya Arabistonidan Umra ziyoratiga borganlarni O‘zbekistonga qaytara olmagandi. Bir necha kun avval 3000 dan ortiq ziyoratchi uyiga qaytarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/panorama-airways/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abdurahmon Mahmudov O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar bo‘ldi. U 2019−2023-yillarda Ukrainadagi elchixonada birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi sifatida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/abdurahmon-mahmudov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish uchun 1500 dollar olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi. Shuningdek, 600 dollar evaziga qamoq jazosini bekor qilib bermoqchi bo‘lgan advokat qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/samarqand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda Uzcard va Humo tizimlarida amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari hajmi 224,3 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 80,8 mlrd so‘mga yoki 56 foizga ko‘proq bo‘ldi. QR-kodlardan foydalanib amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 2,5 barobarga oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/p2p/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, mukofot komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib borishi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/zulfiya-state-prize/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko birgalikda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevni prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi

“Kamdan kam uchrab turadigan hodisa — ikki mamlakat yetakchisi birgalikda uchinchi mamlakat rahbariga telefon qilmoqda”, — deb yozdi davlatlar rahbarlari suratini eʼlon qilgan Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa sudi milliarder Alisher Usmonovning o‘ziga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli YI tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Usmonovning advokatlari sanksiyalar uchun asoslar noaniq ekanini ta’kidladi, biroq sud bu fikrga qo‘shilmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/alisher-usmanov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Biz hozir kelajak avlod to‘laydigan puldan isteʼmol qilyapmiz” — Mirkomil Xolboyev

“Mifonomika” loyihasining byudjet defitsitiga bag‘ishlangan sonida iqtisodchi Mirkomil Xolboyev ishtirok etdi. Uning aytishicha, byudjetdagi taqchillikni qarz hisobiga qoplash kelajakdagi daromadlarni hozir ishlatishni anglatadi. “Qarzingiz ortgani sari yangi qarzlar jalb qilish qimmatroq va qiyinroq bo‘lib”, — deydi iqtisodchi.


Podkastni to‘liq quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=JcLnRSg2q58

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yoshlar ishlari agentligi bir yilda 12,3 ming nafar xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga 21,7 mlrd so‘m mablag‘ni kompensatsiya qildi. Imtihon topshirish xarajatlarini qaytarib olgan yoshlarning eng ko‘pi IELTS`dan yuqori ball olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/language/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-fevral kuni ertalab Ukraina yana o‘qqa tutildi, bir qancha hududlarda portlash ovozlari eshitildi. Kiyevda hujum tufayli 18 qavatli turar joy binosi yonib ketdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/yutong/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda litsenziyasiz faoliyat yuritgani uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 102 mln so‘m jarimaga tortilgan Binance kriptobirjasi buni to‘lashdan bosh tortdi. Endilikda summa sud orqali undirilishi, sud qarori kriptobirja ro‘yxatdan o‘tgan yurisdiksiyaga yuborilishi aytildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/binance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, ijtimoiy tarmoqlarda Umra xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan noqonuniy reklamalar joylashtirib borgan ikki kompaniya javobgarlikka tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/reklama/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand va Jizzax viloyatlarida yuz bergan kuchli shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi. Uy va binolarning tomlari uchib ketdi. Qashqadaryoda ham ayrim obyektlarga zarar yetgan. Chang bo‘roni tufayli Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot aerodromga qo‘na olmay, poytaxtga qaytishga majbur bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/wind/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatidagi “Yangi Angren” IES havoga me’yordan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani, filtrlari samaradorligi tushib ketgani va sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirgani aniqlandi. Stansiya 1 mlrd 3 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi, 11 nafar mansabdor ustidan organlarga murojaat qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/yangi-angren-ies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sun’iy intellekt chiplariga talab ortib borayotgani va AQSh savdo cheklovlari fonida Xitoyning Huawei kompaniyasi asosiy e’tiborni Ascend AI chiplarini ishlab chiqarishga qaratdi va Mate 60 smartfonlarini ishlab chiqarishni sekinlashtirdi, deb yozdi Reuters.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/huawei/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yil yakuni bo‘yicha naqd pulning umumiy pul massasidagi ulushi 2022-yilgi o‘sishdan keyin 21,5 foizgacha kamaydi. Kartalarga tushgan mablag‘lar tobora kamayib bormoqda — so‘nggi besh yil ichida ko‘rsatkich 32 foizdan 24 foizga tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/money-turnover/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал