Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga berilgan litsenziya bekor qilindi. Tekshiruvda unga tegishli dorixonada 25 turdagi dori vositasi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat roʻyxatidan oʻtmagani va sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/arzondorixona/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Janubiy Koreya parlamenti oziq-ovqat iste’moli uchun itlarni ko‘paytirish va so‘yishni taqiqlovchi hujjatni ma’qulladi. Qoidabuzarlarga nisbatan qamoq va jarima jazosi bor. Taqiqning kiritilishi mamlakat prezidentining saylovoldi va’dalaridan biri sanaladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/south-korea/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
GlobalPetrolPrices portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ai-95 benzini arzonligi bo‘yicha 51-o‘rinda turadi. Shu bilan birga, mamlakatda ushbu markadagi yonilg‘i Turkmaniston va Qozog‘istonnikidan mos ravishda 2,6 va 2,1 baravar qimmatroq. Mamlakatda bu benzin narxi AQSh va Afg‘onistondagi narxdan ham yuqori.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/ai-95/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad deportatsiya markaziga joylashtirilgan, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi. Unga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/istanbul/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi aniqlangani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 102 kishi bedarak yo‘qolgan. 28 ming mahalliy aholi evakuatsiya markazlarida qolmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/japan/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Azon Global portali o‘z asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovning Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga ayni qanday ayblov qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/mubashshir-ahmad/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Ijtimoiy tarmoqlarda otasi urgan bolaning yuzi va boshida ko‘karish hamda chandiqlar borligi aks etgan video tarqaldi. IIV voqea Urganch shahrida bo‘lganini va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/urgench/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekiston byordvotcherlari o‘rtasida “Katta yil-2023” tanlovi yakunlari sarhisob qilindi. O‘tgan yili ular 283 ta qush turini aniqlash va suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/birding/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent havosining ifloslanishi, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va chang bo‘ronlariga qarshi kurash haqida gapirdi. “Havoning ifloslanishi O‘zbekistonda millionlab odamlar uchun xavf tug‘dirmoqda va bu tahdid geometrik progressiyada o‘sib boradi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/ecology/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/pyrotechnics/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Zomindagi yangi osma koʻprikdan oʻtish uchun qancha vaqt ketadi? Javob - 360 darajalik videoda
Zominda uzunligi 305 metr, balandligi 150 metr boʻlgan osma koʻprik ochildi. U bir vaqtning oʻzida 600 kishini koʻtara oladi. Osma koʻprikdan oʻtishni istovchilar 50 ming soʻm toʻlashi kerak. 55 yoshdan katta va 12 yoshdan kichiklar uchun bepul.
“Gazeta.uz” muxbirlari koʻprikda boʻlib, uning bu tomonidan u tomoniga oʻtish qancha vaqt olishini hisoblab chiqdi.
Videoni 360 daraja aylantirib ko‘rish mumkin.
💻 Personal kompyuterda videoni aylantirish uchun uchun sichqoncha orqali tasvirni suring yoki klaviatura orqali “A” (chapga), “W” (tepaga), “D” (o‘ngga), “S” (pastga) tugmalarini bosing.
📲Telefonda 360 darajada tomosha qilish uchun qurilmani aylantiring.
https://youtu.be/dmtDHrcAMg0
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi. UzKazTrade qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi orqali onlayn savdo maydonchasini yaratish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/uzb-kaz/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 9 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,08 soʻmga qimmatlab, 12 390,08 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Nihoyat Toshkent va bir necha viloyatlarda maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish boshlanadi. Aholiga bepul chiqindi paketlari beriladi. Fuqarolarga qayta ishlangan chiqindilar uchun pul to‘lash rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/waste/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Dekabrda O‘zbekiston xalqaro zaxiralari ko‘paydi, biroq 2023-yil bo‘yicha mamlakatning “moliyaviy yostiqchasi” 1,2 mlrd dollarga kamayib, 34,56 mlrd dollarni tashkil etdi. Yillik hisobda zaxiralar kamayishi 2018-yildan beri ilk marta kuzatildi. Oltinning fizik hajmi yil davomida deyarli 25 tonnaga kamaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/reserves/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
2023-yilda Chery brendi ostida O‘zbekiston bozorida 9832 dan ortiq avtomobil muvaffaqiyatli sotildi. Brendning dilerlik markazlari ko‘paydi, hamda mijozlar bilan aloqani qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha loyihalar amalga oshirildi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/chery-uzb/
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 10 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,96 soʻmga qimmatlab, 12 397,04 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/inoyatov/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Xitoydan O‘zbekistonga chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan birinchi elektromobil keltirildi. Tor ko‘chalarda ham harakatlanadigan va 3 tonnagacha yukni ko‘taruvchi elektrotexnika vositasi Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/electric-car/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi 982 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. U Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 662 ta va “Mahalla” xayriya jamoat fondining 320 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/mahallas/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekistonda mart oyidan boshlab tadbirkorlik subyektlari uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Bu tadbirkorlarga yiliga qariyb 350 mlrd so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/licenses/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Qozog‘iston hukumati 2022-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘ida mahbuslarni qiynoqlarga solgan 40 dan ortiq huquq-tartibot organi xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortdi. Yana 20 ga yaqin ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
“Qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilganda”, odamlar hayotida xotirjamlik va ro‘zg‘orida farovonlik bo‘ladi, dedi prezident. “Bu maqsadga to‘la erishish mumkin”, dedi u prokuratura xodimlariga yo‘llagan tabrigida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/prokuratura/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
8-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
♿️ O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida himoyasizroq — JB tadqiqoti.
🕋 Musulmonlar idorasi Umra xizmatlari uchun yangi narx belgiladi.
⚽️ O‘FA 3 nafar hakam va «Qo‘qon-1912» klubi sport direktorini futboldan umrbod chetlatdi.
🚍 Andijon va Farg‘onada elektrobus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
👥 O‘zbekiston va Qozog‘iston savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzadi.
🗑 Chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olina boshlaydi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekistonda yil boshida ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu yil yana 2,4 mln kishi mehnat bozoriga kiradi. 2024-yilda 5 million aholi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Prezident, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yagona hisobotlar tizimini joriy etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/employment/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaroning uyidan salkam 32 kg marixuana, shuningdek, opiy va psixotrop dorilar olib qo‘yildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/drugs/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv va oqova suv xizmatlari narxi oshadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra” markazida Umra xizmatlari narxi 10-yanvardan bir kishi uchun 16,6 mln so‘m etib belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/umra/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkent shahridagi Paynet shoxobchalarida bir necha bor bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan talonchilik yuzasidan jinoiy ish ochildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/paynet/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Xitoy kompaniyalari Andijon viloyatida yiliga 2 mingta, Farg‘ona viloyatida yiliga mingta elektrobus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda. Ulardan butun O‘zbekiston bo‘ylab jamoat transportini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/electrobus/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb