Shanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. 7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +9…+14 daraja bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
2023-yilda “O‘zmilliybank” AJ ko‘plab ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirib, hududlarning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda ishtirok etdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/nbu/
AQSh Mehnat munosabatlari kengashi SpaceX kompaniyasini Ilon Maskning ommaviy xatti-harakatlarini tanqid qilib xat yozgan bir qancha xodimlarni noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatishda aybladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/spacex/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Turkiyada kuchli zilziladan deyarli bir yil o‘tib bino qulashi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi. Adiyamandagi mehmonxona qurilishida sovuqqonlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblangan 11 nafar shaxs sudlanmoqda. Mehmonxona vayron bo‘lishi oqibatida 72 kishi, jumladan, 24 bola halok bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/turkiye/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov kompaniyaning kredit reytingi pasaygani va S&P xalqaro reyting agentligi prognozi yomonlashgani haqidagi savolga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniyaga “vaziyatni to‘g‘rilash” uchun signal bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/uzbekneftegaz/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kamida 4 nafar yigit mashinalarda xavfli harakatlar sodir etdi. Sud ularga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosini tayinladi. Yigitlarning ota-onalariga ham chora ko‘rildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/drift/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Asialuxe Travel Turkiyadagi ilg‘or mehmonxonalarning eksklyuziv vakiliga aylandi. Turoperator mehmonxonalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishni va dam olishni maksimal darajada foyda bilan band qilishni taklif qilmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/asialuxe-travel/
2023-yilda O‘zbekistonda 283 ming 788 ta nikoh qayd etilib, ularning 85 ming 279 tasida (30 foiz) ayol eriniing familiyasiga o‘tdi. 74 nafar erkak 70 yoshdan keyin, 4418 nafar erkak esa 20 yoshgacha farzandli bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/marry/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Markaziy bank 1-iyuldan qarz yuki hisobini barcha kreditlar kesimida joriy etishni rejalashtirmoqda. Regulyator bu sanadan boshlab ortiqcha qarz yukining oldini olish maqsadida qarz beruvchilarga mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshib ketmasligi bo‘yicha talab qo‘ymoqchi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/dbr/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 6 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,62 soʻmga qimmatlab, 12 355,16 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa oshdi.
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Elektr iste’moli (10−15 kVt) uchun quvvat chegarasining bekor qilinishi Toshkent elektr tarmoqlarida avariyalar sonini bir necha barobarga oshirdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Vazirlik hisoblagichlarning dasturiy ta’minotini takomillashtirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/limit/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bloger avtomobillar qatnaydigan yo‘lda stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/kokand/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Energetika vazirligi ikki yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishmoqchi. Buning uchun ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish, to‘liq raqamlashtirish, uzatish tarmoqlarini boshqarishga xususiy operatorlarni jalb qilish va boshqalar rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/energy/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekistonda birgina noyabr oyining o‘zida elektr energiyasi iste’moli uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarning joriy etilishi oyiga 1000 kVt/soatdan ortiq iste’mol qiluvchi abonentlardan qo‘shimcha 26 mlrd so‘m undirish imkonini berdi, deya ta’kidladi Energetika vazirligi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/electricity/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekistonda 20-yanvardan mahalliy poyezdlar biletlari narxi yana oshmoqda. Xususan, “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chiptalari narxi 20 foizga ko‘tariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/railway/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
BMTga ko‘ra, 2024-yilda global iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 2,4% gacha sekinlashadi. Hisobotda aytilishicha, to‘siqlar sirasiga yuqori foiz stavkalari, konfliktlarning kuchayishi, sust xalqaro savdo va iqlim falokatlari kabilar kiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/outlook/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
“O‘zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi 72 milliard so‘mga sotildi. Shampan, gazli va ko‘piklanadigan vinolar ishlab chiqaruvchi zavodning xaridori Euro Pack kompaniyasi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/ozbekiston-shampani/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga dekabr oyidagi maoshlarini to‘lash kechikmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buni buxgalteriya hisobini yuritish yangi tizimiga o‘tgani bilan izohladi va besh ish kuni ichida ish haqini to‘liq moliyalashtirishga ishontirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/wages/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
5-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
⚖️ «Dok-1 Maks» ishi: Vafot etgan bolalar soni 69 nafarga yetdi.
🔋 O‘zbekistonda 2 yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishish reja qilinmoqda.
📍 «Qo‘yliq» bozori rekonstruksiya sabab yopiladi, tadbirkorlarga boshqa bozorlarga ko‘chish taklif qilindi.
🚝 O‘zbekistonda poyezd biletlari narxi yana ko‘tariladi.
👦 O‘zbekistonda 2023-yil o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilgan.
🛩 Yaponiyada yonayotgan samolyotdan 379 kishi qanday qilib qutqarildi?
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Namangan viloyati Chortoq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Dekabr oyi oxirida ham xuddi shu viloyatda kuchsiz zilzila qayd etilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/zilzila/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkentning ikki tumanida iste’molchilar issiq suvda qora zarralar paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Veolia Energy Tashkent bunga 1-IM qozonxonasidagi suvni tozalash filtridan sulfatlangan ko‘mir chiqishi sabab bo‘lganini bildirdi. Kompaniya hisoblagichlarga texnik xizmat ko‘rsatishga tayyor.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/hot-water/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkent shahar sudida, bir oylik tanaffusdan so‘ng, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Sudda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/sud/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Adliya vazirligi 2023-yil O‘zbekistonda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilganini ma’lum qildi. Ushbu ismlar avvalgi yillarda ham yetakchilik qilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/name/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
KXDR Janubiy Koreyaning Pengnyong va Yonpyong orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi. Janubiy Koreya hukumati buni “provokatsiya” deb atadi va mahalliy aholi evakuatsiya qilinishini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/south-korea/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi fuqarodan 10 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. U fuqaroga AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza olib berish va uni Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytgan. DXX bunday holatlarni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham aniqladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/dxx/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Namanganda may oyida sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 17 yil 6 oyida qamoq jazosini oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/court/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Tokio aeroportida Japan Airlines samolyoti bir necha daqiqada alanga ichida qoldi. Shunga qaramay bortdagi 379 kishining barchasi qutqarildi. Muvaffaqiyatli evakuatsiya ekipajning tayyorgarligi va yo‘lovchilarning namunali xulqi tufayli amalga oshirildi. Bloomberg, New York Times va CNN materiallaridan jamlanma.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/japan/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 1-yanvardan soliq organlari tadbirkorlik subyektlarining so‘nggi 5 yil emas, balki 3 yil davomidagi faoliyatini tekshirishi mumkin. Shuningdek, kameral tekshiruv o‘tkazish tartibi ham o‘zgardi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/statute-of-limitations/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkent shahri hokimligi “Qo‘yliq” bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Bu vaqtda bozor yopiladi. Hokimlik rekonstruksiya davrida bozordagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirishni taklif qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/qoyliq/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkent shahri hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U uylarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, liftlarni almashtirish, hududlarni obodonlashtirish, uylarni sanatsiya va renovatsiya qilishda buyurtmachi sifatida qatnashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/company/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb