gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 28 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,67 soʻmga arzonlab, 12 350,16 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi avtomobil Yangi yilga yaxshi sovg‘a bo‘lishi mumkin. Yana ham yaxshisi esa – BYD Champion.

Agar bayramga o‘zingiz yoki yaqinlaringizga qanday sovg‘a berishni hali ham rejalashtirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, unda BizMotor avtosaloni ajoyib taklif tayyorlab qo‘ygan.

Agar O‘zbekistonning boshqa joylarida BizMotor‘da taqdim etilgan avtomobillarni arzonroq narxda topsangiz, avtosalon ularni nafaqat bir xil narxda berishni, balki narxni yana-da pasaytirishni taklif qiladi.

Yangi yilni yangi avtomobil bilan kutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan maʼqul.

Telefonlar: (+998) 98-888-28-05, (+998) 33-111-53-13.

Telegram

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidulla Oxunzoda bilan Toshkentda Transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini jadallashtirishni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/transafgan-railway/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazprom” kompaniyasi kuchli sovuq fonida Toshkent so‘roviga ko‘ra O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirdi, dedi xolding rahbari Aleksey Miller. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali “texnik imkoniyat jihatidan maksimal hajm” yetkazib berilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/gazprom/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi. 25−27-dekabr kunlari ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/uzauto-motors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Idoraviy elektron arxiv” onlayn tizimi taqdim etildi. U idoralararo hujjat aylanish tizimi (edo.ijro.uz) bilan integratsiyalashgan va hujjatlarni onlayn saqlash uchun arxivga o‘tkazish imkonini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/unified-archival-system-2023/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil boshidan buyon 1 trln 500 mln so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Toshkentdagi “zapravka”larda 2,8 mln litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/resource/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol harakat qilib, unga shikast yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/kid/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank tijorat banklaridan “mijozning roziligisiz va ogohlantirmagan holda” kredit hamda boshqa qarzlarni to‘lash uchun uning kartasidan pul yechib olish amaliyotiga chek qo‘yishni talab qildi. Regulyator boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan banklar va to‘lov tizimlariga talablar aks etgan xat yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/direct-debiting/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonda politsiya formasini kiygan bir guruh shaxslar O‘zbekiston fuqarosining buyrak transplantatsiyasi uchun zarur bo‘lgan 16 ming dollarini o‘g‘irlab ketdi. O‘zbekiston elchixonasi Hindiston davlat idoralari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berib, vatandoshlarni hushyorlikka chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/india/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors va boshqa kompaniyalarga avtomobillarni eksport qilishda “yo‘l xarajatlari”ni qisman qoplash uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratiladi. Mablag‘ni 2022-yilda utilizatsiya yig‘imini qoplash uchun ajratish rejalashtirilgan, ammo o‘shanda mablag‘ yetishmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/autos/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hukumati yangi avtomobillarni chakana sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Endilikda UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa, u bilan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/buy-a-car/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 27 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,20 soʻmga qimmatlab, 12 354,83 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan tuman sudi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilarning 2 nafari 5 yilga, yana 2 nafari esa 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/currency/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda shaxmatning tezkor va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘ldi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen turnir uchun o‘z prognozini aytdi: “O‘zimni blitsda favorit deb bilaman, rapidda esa ko‘pchilik, jumladan, Nodirbek Abdusattorov yutishi muikin”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/chess/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davaktiv rieltorlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlarga munosabat bildirib, uning 3-moddasida tartib ko‘chmas mulk mulkdorlarining o‘zlari mustaqil tuzadigan bitimlariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilganini ta’kidladi. Qonun loyihasining 27-moddasi qayta ishlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/realtor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida (kassatsiya) ko‘rish bosqichi joriy etildi. Shuningdek, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/court/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metropoliteni 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 30-dekabr, 2024-yil 1−2-yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Respublika tez tibbiy yordam markazining Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri filiallari uchun 100 dona Volkswagen Caddy avtomashinasi topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/ambulance/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumanida erkak maishiy chiqindilarni qabul qilish punktida yashovchi ayolni ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol tananing 18 foiz kuyishi, bosh o‘ng tepa qismining lat yeyishi kabi tan jarohatlar oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/woman/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘ldi. Yetakchilar yil yakuni va kelgusi yil rejalarini muhokama qildi. Mirziyoyev o‘zaro hamkorlikni “tubdan” kengaytirishga chaqirdi. Putinning aytishicha, Rossiya butun MDH hududida “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik”ni rivojlantirishga intilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/cis-summit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chotqol qoʻriqxonasidagi noyob hayvonlar fotoqopqonga muhrlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xodimlari tomonidan Chotqol davlat biosfera rezervati hududida oʻrnatilgan fotoqopqonga noyob hayvonlar muhrlandi.

Qoʻriqxonada boʻri, tolay quyoni, Sibir togʻ echkisi, tulki, oq latcha, Himolay ulari va Turkiston silovsini kabi hayvonlar uchraydi. Bulardan Turkiston silovsini Oʻzbekiston Qizil kitobiga zaif va kamayib borayotgan kenja tur sifatida kiritilgan.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazish jarayonini yakunladi. Avvalroq mamlakat rasmiylari domenni respublikadan tashqarida joylashgani sababli vaqtincha o‘chirib qo‘ygandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/yandex-kz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-dekabr kuni eʼlon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📸 Toshkentda kameralar avtobus yoʻlaklarida toʻxtaganlik uchun bir kunda 175 ta jarima qayd etdi.

✍️ Prezident 2024-yil uchun davlat byudjetini tasdiqladi.

👩‍💼 Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitiladi.

💊 Dori moddalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid norma bekor qilinishi mumkin.

♟ “Blitsda men favoritman, tezkorda esa koʻpchilik, jumladan, Abdusattorov yutishi mumkin” — Magnus Karlsen.

🚗 UzAuto Motorsʻga bir yilda 2 tadan koʻp mashina sotib olganlarga keyingi yil mashina sotmaslik huquqi berildi.

🛫 Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan Sankt-Peterburgdagi saroy-bogʻlarni aylandi.

“Gazeta.uz”da eʼlon qilingan qoʻllanma:

Is gazidan zaharlanganda nima qilish kerak?

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘llanma: Is gazidan zaharlanganda nima qilish kerak?

Is gazi nima? Undan zaharlanish qanday yuz beradi? Bunday hollarda (yoki zaharlanmaslik uchun) nima qilish kerak? “Gazeta.uz” Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash hamda Energetika vazirliklarining bu bo‘yicha tavsiyalarini jamladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/instruction/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi 3 foiz o‘rniga 4 foiz etib tasdiqlandi (52,5 trln so‘m). Davlat qarzi bo‘yicha chegara ham 5 mlrd dollargacha oshdi, unga xizmat ko‘rsatish yanada qimmatlashadi. YAIM o‘sishi 5,6−5,8 foiz, inflyatsiya 8−10 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/budget/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan yil davomida qariyb 9,2 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu o‘tgan yilgidan 12 barobarga ko‘r. Ularning katta qismi — 8,5 tonnasi sentabr oyida qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan rekord partiya bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/customs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyati uchun Navoiy shahridagi koloniyada saqlangan 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Ombudsman matbuot xizmati u ruhiyatida o‘zgarishi bor mahkumlar ro‘yxatida turgani, “noodatiy xatti-harakatlari” sababli o‘limidan bir kun avval alohida saqlana boshlaganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/mahkum/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

XVJ missiyasi O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish 5,7 dan 5,2 foizgacha sekinlashishi, inflyatsiya esa energiya tariflari oshishi hisobiga 11 foizgacha tezlashishini kutmoqda. Qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirish, budjet xarajat va daromadlarini sezilarli darajada optimallashtirish zarurligi qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/imf/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. 2024-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori YIMning 4 foizi miqdorida belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/26/budget-2024/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал