gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyevni qo‘lga oldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular pul evaziga odamlarni qarzini undirib bergan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/02/medgorodok/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan ANORBANK yillik foiz stavkasi 26% bo‘lgan Bayramona omonati xaqida e’lon qildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/02/anorbank

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxanov IIO xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma oshkoralik siyosatiga zid, deb hisoblaydi. “Yuksalish” harakati Senatdan jamoatchilik e’tirozlarini inobatga olishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/02/discredit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida avtobuslar harakati uchun tashkil etilgan maxsus yo‘lakda harakatlangan, sababsiz to‘xtagan va avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi va ularga nisbatan jarima qo‘llanilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/02/bus-lines/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘larini o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda. Foydalanuvchilarga uning profiliga kirilganlik haqida SMS-xabar yuboriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/cybersecurity/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Atamurad Axmedov Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bunga Jah Khalib`ning konsertidagi voqealar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/akhmedov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 4 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 20,08 soʻmga qimmatlab, 12 300,09 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank o‘g‘irlik va firibgarlikning oldini olish uchun shubhali operatsiyalar vaqtida bank kartalari va hisobvaraqlarni bloklash to‘g‘risida majburiy ko‘rsatma berishi mumkin bo‘ladi. Banklar va to‘lov tashkilotlari firibgarlikka qarshi tizimlarni joriy etadi va yirik o‘tkazmalarni nazorat qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/cybercrime/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel milliy turoperatori Maldiv orollaridagi ta’til haqida tez-tez so‘raladigan savollarga javob berdi va sayohatlar narxlari bilan o‘rtoqlashdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/asialuxe-travel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi. Uzcard`ga raqobatchi sifatida tashkil etilgan milliy protsessing markazining bunday o‘zgarishi tushuntirilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/humo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Qoʻqon, Samarqand shaharlari va Pastdargʻom tumanida AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda 25 ming dollar evaziga Meksika orqali Amerikaga yuborishni va’da qilgan shaxs puldan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/usa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2−3-dekabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +18 darajagacha, kechasi +7 darajagacha iliq bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat soliq qo‘mitasi 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududida soliq rezidenti — “YandexGo UB” MCHJ tomonidan taqdim etilishini ma’lum qildi. Avvalroq qo‘mita Yandex Go`dan soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/yandex-go/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/case/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi kafe menejeri va uning xodimi soat 22:30 dan keyin ayollarni muassasaga kiritmagani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (har biri 6,6 million so‘mdan) miqdorida jarimaga tortildi. Ular jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/gender-discrimination/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishining asosiy muammolaridan biriga aylandi, dedi Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 sammitida. U “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish “Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadi” ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/02/climate-summit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan, deya xabar beradi poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/02/raid-against-criminals/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shokoladli tort, qaynatma kremli qumoq pirog, brauni, “San-Sebastyan” shokoladli chizkeyki, kremli krostata va fondan — Zira.uz shokoladli pishiriqlar retseptlarini taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/02/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sakkizta kinopremera, keypop bayrami, “Sharqona bozor”, “Irina Kairatovna” konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida o‘z o‘rnini besh pog‘onaga yaxshiladi va 68-o‘ringa ko‘tarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/football/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi bloger Olimjon Haydarovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/olimjon-haydarov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanida 17 yoshli qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning 6-qavatidan tashladi. U olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi. Holat sababi aniq emas, tekshirish olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/girl/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari va tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tuziladi va faoliyat yuritadi. Ular uchun ustav kapitalining eng kam miqdori ham oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/pay-services/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar ayblanayotgani va boshqa asoslarga ko‘ra “Dok-1 Maks” ishini ko‘rish 1-dekabrdan 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/dok-1-maks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentobga sayohat: Jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan birida nimalar hayratga soladi?

O‘zbekistonda hozirda beshta turizm qishlog‘i bor: Konigil, Bog‘i Baland, Ovjazsoy va Ertoshsoy, Sentob. 2023-yil oktabrida Sentob jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan biri deb e’lon qilindi.

Sentobga borgan sayyoh zerikmaydi: unda ko‘hna maqbaralar, xalq tilida “Oyna ko‘l” deb ataluvchi Fozilmon ko‘li, madaniy meros obyektlari, qadimiy qoyatosh suratlari (petrogliflar)ni tomosha qilish mumkin, qishloqdan 30 km narida — ulkan Aydarko‘l. Ayni vaqtda, Perudagi Machu-Pikchu xarobalarini yodga soladigan ko‘hna qal’a qoldiqlari — Sentobning tashrif qog‘ozchalaridan biri.

“Gazeta.uz” jurnalistlari Sentobda bo‘lib, bu qishloqning o‘ziga xosliklari bilan tanishdi.

https://www.gazeta.uz/uz/2023/11/30/sentob/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dubayda (BAA) BMT xalqaro iqlim sammiti — COP28 ochildi. 2023-yilda unda 190 dan ortiq davlatdan 70 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Konferensiyaning asosiy maqsadi insoniyatning Parij kelishuvi maqsadlariga erishish yo‘lidagi progressini tahlil qilishdan iborat.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/cop28/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olti kun davom etgan sulhdan so‘ng Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi, oqibatda bir necha kishi halok bo‘ldi. Jangovar harakatlarni qayta boshlashga HAMAS birinchi bo‘lib raketa hujumi uyushtirgani, bu esa sulhga zid ekani sabab sifatida ko‘rsatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/israel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Perfectum mobil operatori yangi abonentlar uchun Max Voice yangi cheksiz ovozli tarifi, shuningdek, yarim yillik Qulay New tariflari raqamlari uchun 90% chegirma va “2024 Yangi yil paketlari” haqida e’lon qildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/perfectum/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkmanistonda kurash bo‘yicha o‘tgan XIV jahon chempionatida o‘zbekistonliklar 9 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/kurash/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashi “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha orqali 9000 ga yaqin yoshlar, shu jumladan, 360 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ITES kompaniyalarida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/01/wb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал