gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kitob tumanida fuqaro 21 tup qayrag‘och daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlandi. Holat bo‘yicha 180 mln 840 ming so‘m zarar belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/trees/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonida o‘tgan Arab-islom sammitida G‘azodagi harbiy amaliyotlarni zudlik bilan to‘xtatish muhokama qilindi. Unda qatnashgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov a’zo davlatlarni Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa maskanlar daxlsizligini ta’minlashda imkoniyatlarini safarbar etishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/arab-islamic-summit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston delegatsiyasi 1−2-dekabr kunlari Dubay shahrida o‘tkaziladigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari suradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/dubai/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni Toshkentdagi “Chuqursoy” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sababli Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi. Hokimlik ta’minot yarim tunga qadar tiklanishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/heating/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent «skver»iga marsiya. Guvohlar koʻrsatmasi

Roppa-rosa 14 yil avval Toshkentning Amir Temur xiyobonida daraxtlarni kesish boshlangan edi. «Gazeta.uz» guvohlar bilan «skver qirgʻini» haqida gaplashdi va rasmiylar buni qanday izohlaganiga doir OAVdagi chiqishlar arxivini oʻrgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/amir-temur-square-2009/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Isroilning Falastin va Suriyadagi bosib olingan hududlarida qurilgan aholi punktlarini noqonuniy deb topdi. Bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini 145 ta mamlakat orasida O‘zbekiston ham ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/un-resolution/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlari “Ko‘mir ta’minot” korxonasi mudirlari 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan ko‘mirni sotib yuborgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/12/coal/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

HONOR brendining yangi “ovoz elchisi” ommaviy ovoz berish jarayonida yirik farq bilan g‘olib chiqdi va sovg‘a sifatida gadjetlar to‘plamini qo‘lga kiritdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/12/honor/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyaning Albayrak Holding kompaniyasi O‘zbekiston shaharlarida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarni o‘rnatish loyihasini amalga oshirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/albayrak-holding/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi boʻyicha sud davom etmoqda. 10-noyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisda farzandi dori iste’molidan soʻng vafot etgan besh jabrlanuvchi koʻrsatma berdi. Ularning ba’zilari bir necha mlrd soʻmlik moddiy kompensatsiya talab qildi, aksariyati ayblanuvchilarga nisbatan eng ogʻir jazo tayinlanishini soʻradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/sud/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 19 yoshli yigitni Instagram`da Shavkat Mirziyoyevga nisbatan haqoratli fikr yozgani uchun 2 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Sudya, shuningdek, sudlanuvchining ushbu ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini bloklashga qaror qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/insult/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bunyod Rajabov Xorazmning Urganch shahriga hokim etib tasdiqlandi. Sobiq hokim bir necha kun oldin Shovot tumani hokimi bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/urganch/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oshqovoqli sho‘rva, tatarcha burma, latte, amerikancha pirog, gulsimon somsalar yoki shokoladli pechene — qovoqdan mazali taomlardan tashqari shirin yeguliklar ham tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz noodatiy retseptlar bilan bo‘lishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Kapitan Marvel 2” va yana 7 ta premyera, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, “NeUyat” va “Ayol yo‘li” festivallari, Tarkan konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va kvizlar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/dam-olish/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iyunda Toshkentda Maktabgacha ta’lim agentligining sobiq xodimi mast holda Nexia avtomobilida bir ayolni urib yuborgan edi. Piyoda ko‘plab jarohatlar tufayli kasalxonada vafot etdi. Uning qizi 100 mln so‘m tovon pulidan bosh tortdi va suddan aybdorni jazolashni so‘radi. Haydovchi 4,5 yilga qamaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-dekabrgacha Asakabank`da milliy valyutadagi depozitlarga oshirilgan foiz stavkalari amal qiladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/asakabank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov mamlakatning g‘arbiy viloyatlarini O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘li qurilishini ma’lum qildi. Bu yo‘l Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi shakllantirishni yakunlashga xizmat qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-yanvardan mikroqarzlar limiti 100 mln soʻmgacha oshiriladi

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UNICEF`ning O‘zbekistondagi sobiq rahbari Munir Mamedzadega ko‘ra, 200 ga yaqin o‘zbekistonlik bola va ayollar hamon Suriya lagerlarida va vataniga qaytishlarini kutmoqda. U o‘tgan “Mehr” operatsiyalari doirasida qaytarilganlarning reintegratsiya jarayoni uchun ijtimoiy soha xodimlari o‘rni muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/repatriation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bu hafta havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining yarmida kunduzi +27 darajagacha yetadi. Bunday harorat foni noyabr o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5…+8 daraja yuqori.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘lining bir qismini ta’mirlashga kelishib oldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev ta’mirlash ishlarini “sifatli, qulay narxda va 50 foizlik chegirma bilan amalga oshirishga” va’da berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/railway/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 4 ta hududda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘ydi. Xususan, Davlat kadastrlari palatasining O‘rta Chirchiq tumani filiali xodimi 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/12/dxx/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir o‘rinbosari Jashmid Qo‘chqorov O‘zbekistonda uy-joy sotib olish uchun subsidiyalarning bir qismi doimiy daromadi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga ajratilayotganini ma’lum qildi. Natijada ular subsidiyadan foydalana olmayapti. Shu bois ularga yordam berish tartibini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/subsidy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonliklar demokratiyaga tayyor emasmi?

Mazkur savolga «Mifonomika» loyihasi doirasida «Gazeta.uz» jurnalisti Bahodir Abdullayev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev javob topishga urinib koʻrdi.

Suhbatning toʻliq shaklini Youtube`dagi kanalimizda tomosha qiling va oʻzbekistonliklar demokratiyaga tayyor yoki yoʻqligi haqidagi shaxsiy fikringizni yozib qoldiring:

https://www.youtube.com/watch?v=ODDa4Cjumt8

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil 1-yanvardan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshiriladi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/microloans/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba tongida Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu salkam bir soat davomida avtotransportlar harakati to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani xabar qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/fire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri tarkibiga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektar yer o‘tkazilib, unda Yangi Toshkent tumanini tashkil etish taklif qilinmoqda. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hududida Yangi Toshkent barpo etilishi, “loyiha boshlanmasa, Toshkentda 5 yildan keyin odamlar yashay olmasligini” ta’kidlagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/new-tashkent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Avvalroq Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan edi, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/traffic-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT mustaqil ekspertlari huquq himoyachisi Dauletmurat Tajimuratov 2022-yil iyulida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan Urganchdagi 11-tergov izolyatorida jismoniy va ruhiy bosimga uchraganini ma’lum qildi. O‘zbekiston Ombudsman idorasi Tajimuratov qiynoqlar haqida xabar bermaganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/tajimuratov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida quvvati 400MVt bo‘lgan gaz porshenli elektr stansiyasi qurilishiga 250 mln dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya avval Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham ikkita IES qurgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/aksa-enerji/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал