gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha Samarqandda RF Bosh konsulxonasini ta’sis etish, neft yetkazib berish sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimlar va boshqa hujjatlar (jami 10 ta) imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshta kinopremyera, ko‘rgazmalar, konsertlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, hakatonlar, ziyofatlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” nazorat-o‘tkazish punktida Tojikiston davlat raqamiga ega furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/drugs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tor doiradagi uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik davom etayotgani, mamlakatlar o‘rtasida “hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”ligini ta’kidladi. Putin esa “juda nozik sohalardagi” hamkorlikni qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/mirziyoyev-putin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvadan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Erkak bortda vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/flight/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, kompaniya “mahalliylashtirish” mavzusida Soliq qo‘mitasi bilan muloqot olib bormoqda hamda «bozor amaliyoti va meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish» ustida birgalikda shug‘ullanmoqda.

«Safarlarga onlayn buyurtma berish xizmatlaridagi fiskal tushumlar bozor uchun yangilik va integratsiya nuqtai nazaridan ko‘p mehnat talab qiladigan jarayondir. Biz ushbu sohada SQ bilan hamkorlikni boshlagan mamlakatdagi birinchi platformamiz», — dedi Yandex Go.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik sohalarida hamkorlik va O‘zbekistonda elektron savdoni joriy etish kabi masalalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/mishustin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Odamlar uylar oldidagi yomon yo‘llar, o‘yingohlar va dam olish uchun sokin joy yo‘qligidan shikoyat qiladilar. Kimgadir ko‘kalamzor va yayov sayr qilish uchun chiroyli joylar, uy yaqinidagi do‘konlar va yaxshi transport almashinuvi yetishmaydi. Yana kimdir esa shunchaki xonadon derazasidan chiroyli manzara tomosha qilishni orzu qiladi.

Yuqoridagi muammolardan halos bo‘lish uchun odamlar ko‘pincha yashash joyini o‘zgartirish haqida o‘ylashadi. Agar siz ham turar-joyingizni o‘zgartirishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, u holda NRG`dan maxsus test sizga mos turar-joy majmuasini tanlashga yordam beradi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/nrg/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat mukofoti olgan san’atkorlar haqidagi portal uchun qariyb 500 mln so‘m ajratish haqida buyruq imzoladi. Unga dastlab 10 nafar san’atkorning ma’lumoti kiritiladi. May oyida madaniyat markazlari veb-saytini yaratish uchun 530 mln so‘m ajratilgan, lekin sayt ishlamayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/ministry-of-culture/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston fuqarolari endi Qatarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin. Bunda ulardan qaytish chiptasiga ega va xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmagan bo‘lishi talab etiladi. Iyunda O‘zbekiston ham xuddi shunday rejimni joriy qilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/qatar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida E-auksion shop elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/e-shop/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Germaniyada Yevropa sanksiyalariga uchragan rossiyalikka tegishli bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari tintuv qilindi. Reuters`ning yozishicha, gap Alisher Usmonov haqida ketmoqda. Usmonovning vakillari esa tintuvlar tadbirkor nazoratida bo‘lmagan obyektlarda o‘tkazilganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/alisher-usmanov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Suriya g‘arbida joylashgan harbiy kollejga dronlar hujum qilishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi. Hujum harbiylarning bitiruv marosimi vaqtida yuz bergan. Hozircha hech bir guruh holat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/syria/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib o‘tgach, shanba kuni kunduzi nam havo massasi O‘zbekistondan chekina boshlaydi va respublika bo‘yicha yana yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi. Yakshanba kuni harorat +22…+27 darajani tashkil etadi. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX, IIV va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkentda fuqarolarni 46 ming dollar evaziga AQShga, 1200 dollarga esa Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/usa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari 7-oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi, dedi Vladimir Putin. Shavkat Mirziyoyev loyihani “strategik” deb atadi. Avvalroq Qozog‘iston gaz oy oxiridan yetkazilishini bildirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/gas-rus-uzb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-oktabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

🇺🇿🇷🇺 «Mazmunan juda boy tashrif». Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi

🔸 Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari boʻlib oʻtdi

🔹 Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga «Rossiya-Dogʻiston» aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi

👤 Germaniyada Alisher Usmonovning koʻchmas mulklari tintuv qilindi — OAV. 

⚠️ Soliq qoʻmitasi Yandex.Go`dan Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtib, soliqlar toʻlashni talab qildi

🛢️ Putin — Oʻzbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshlash muddati haqida

💳 Terminallar Humo kartalarini qabul qiladi, sotuvchilarning rad etishlari asossiz — kompaniya

✈️ «Moskva-Toshkent» reysi bortida yoʻlovchi vafot etdi

🤑 Madaniyat vazirligi mukofotlangan sanʼatkorlar haqida veb-sayt yaratish uchun qariyb yarim mlrd soʻm sarflaydi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/digest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda adashib ketdi va “Rossiya-Dog‘iston” aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/slip/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avgust oyida O‘zbekiston Xitoyga 75,27 million dollarlik gaz yetkazib berdi. Yil boshidan buyon gaz eksporti 370,57 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga kam.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/gas-export/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/asian-games/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

So‘nggi kunlarda Humo kartasi foydalanuvchilari ilova orqali to‘lovni amalga oshirish va pul o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ba’zi do‘konlar bu kartalarni qabul qilishdan bosh tortgan. Kompaniya muammo terminallarga ta’sir qilmaganini ta’kidlab, xizmat ko‘rsatish rad etilganda, shikoyat qilishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/humo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soliq qo‘mitasi Yandex.Go xizmatlarini taqdim etuvchi Ridetech International B.V kompaniyasidan 1-dekabrgacha O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qildi. Talablar bajarilmasa, platforma bloklanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/yandex-go/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 9 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,31 soʻmga arzonlab, 12 189,81 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi  koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashgan eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiga berildi. Muhammadi “davlatga qarshi tashviqot” uchun 2021-yildan beri qamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/nobel-peace-prize/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan shahrida ohak sexi 7 mlrd 56 mln so‘m so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 23 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/gaz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent tumanidagi manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi hududidagi 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari kesib tashlangani, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolishiga olib kelingani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/tree/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida 3 tup o‘sib turgan chinor kesib ketildi. Oqibatda tabiatga 148,7 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Farg‘ona shahrida esa 1 tup ko‘p yillik chinor kesib tashlangan. Huquqbuzarlarni va zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/chinor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotgan muddatga izoh berdi. Uning aytishicha, to‘liq yetkazib berish oktabr oyidan hozircha “kichik hajmda” boshlanadi. “Biz yiliga 3 mlrd kubometr yetkazib beramiz, keyin esa ko‘paytirishimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/russian-gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hududida sodir bo‘luvchi chang bo‘ronlariga sababchi tashqi va ichki omillar haqida ma’lumot berildi. Ichki omillar qatorida qurilish maydonlari sonining ortishi va ulardan chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishi keltirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/dust/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2023-yilda 5,5 foiz atrofida, 2024-yilda esa 5,6 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda. Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayishi tufayli iste’mol darajasi o‘sishi sekinlashadi. Qashshoqlik darajasi biroz pasayishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/06/wb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал