#kitobxonga_savol
Assalomu alaykum! Xayrli kech, azizlar!
🚪 Eng qisqa muddat ichida oʻqib tugatgan kitobingiz qaysi?
Qalbi xastalarga atalgan asar
"Nazarimda, dunyodagi eng chiroyli muvaffaqiyat - oʻzingni oqlashga hojat qoldirmaydigan darajada seni yaxshi biladigan, xatti-harakatlaringni muhokama qilmasdan, nimani, qay maqsadda qilganingni tushunadigan insonlarga duch kelishingdir."
(kitobdan)
🧠"Ichxasta" - 30 ming soʻm
#furqonda_tafakkur_vaqti
— Alloh senga nima dedi?
— Meni oʻz huzuriga tik turg’izib, bunday dedi: "Ey yolg’onchi, meni sevganingni iddao qilar eding, unday boʻlsa, keyin nega g’aflatda yotding?!
Qayon ketmoqdamiz?
Yuguramiz, yelamiz. Erta-yu kech tinmaymiz.
Borar yo‘limiz qayer?
Bu yo'lda qanday xatolar qilyapmiz?
Bu savollarga javob qanday?
Adem Sarachning "Qayon ketmoqdamiz" asarida aynan shu haqida so‘z boradi.
Insonni ikki dunyo saodatiga olib boruvchi yo‘llar:
➡️Sog'lom iymon-e'tiqod;
➡️Chinakam sevgi;
➡️G'ayrat-shijoat haqida gaplashamiz.
Asar yoshlarga tarixdan ham saboq berar ekan, ota-bobolarimiz tuygan g'urur-iftixor qonimizda hamisha jo‘sh urib turishini eslatadi.
📚 "Qayon ketmoqdamiz?" - 28 ming soʻm
"Ey koʻngil, pushaymonmisan?"
Gunohlar qalbni ezsa, vijdonni qiynaydi.
Koʻngil bora-bora qotib qoladi.
Bu vaziyatga qanday yechim bor?
Hadicha Kubro Ipakning mazkur asari shu xususda soʻzlaydi.
Muammolar sahrosida qiynalgan Ali Qushchi haqida oʻqiymiz.
Hoʻsh, qahramonimiz bu vaziyatda qanday yoʻl tutdi?
Koʻngil pushaymonligida qoʻllangan choralar qanaqa edi?
🌱Barchasi mutolaa davomida ayon boʻladi.
Ajab emaski, hayotimiz koʻzgusini asardan topsak.
📚 "Ey koʻngil, pushaymonmisan?" - 38 ming soʻm
Pushkindan Andersengacha yoxud ruscha kitoblar
Ushbu kitoblar rusiyzabon kitobxonlarimizga manzur boʻlishi aniq.
Bir-biridan ajoyib boʻlgan ushbu asarlar turli mavzularga oid: bolalar ertaklari, shaxsiy rivojlanish, odatlarni shakllantirish, biznesga oid, xullas, barchasi shu yerda.
Jumladan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Iymon, Islom, Qur'on" kitoblari ham roʻyxatdan oʻrin olgan.
📚 "Сказки" (А. С. Пушкин) - 50 ming soʻm
"Лучшие сказки" (Х. К. Андерсен) - 50 ming soʻm
"48 законов власти" - 50 ming soʻm
"Подсознание может всё" - 35 ming soʻm
"Атомные привычки" - 45 ming soʻm
"Финансы" - 65 ming soʻm
"Ийман, Ислам, Куръан" - 55 ming soʻm
Barchaga rahmat!
Gʼoliblar, @furqonkitob ga murojaat qilishingizni soʻraymiz)
Keyingi oʻyin sanasi: 25.08.2024
Bilasizlar-a, "Furqon" da har yakshanba hadyalar kuni)
Kichkina demang bizni...
Barcha kitoblar bir-biridan ajoyib. Shundaylari borki, maroq bilan mutolaa qilasiz. Bir oʻtirishdayoq oʻqib tugatasiz.
Demak, gap "Islom va olam" kitobi haqida ketmoqda.
Hajman kichik boʻlgan bu kitobda Islom olamining kechasi, buguni va ertasi haqida soʻz borgan. Olim boʻlib yetishish haqida ulamolarning tavsiyalari keltirilgan.
Xoʻsh, mutolaani qachon boshlaymiz?
📚 "Islom va olam" - 22 ming soʻm
#furqonda_tafakkur_vaqti
Agar nima oʻqiyotganingni aytsang, men sening kimligingni aytaman. Kishining kutubxonasini koʻrib, uning aqli va xarakteri toʻg’risida aniq fikrga kelsa boʻladi.
Har sohadan bir shingil
Bugun Sizlar bilan turli mavzulardagi kitoblarga murojaat qilamiz.
Demak, fantastik 4 lik:
📚 "Yo nasib!.." - 50 ming soʻm
"Odam boʻlish qiyin" - 25 ming soʻm
"Tarixi anbiyo va hukamo" - 60 ming soʻm
"Ruhiyat parhezi"- 35 ming soʻm
#furqonda_tafakkur_vaqti
Senga taqdim etilayotgan har bir kun moʻjizaga to‘la. Qalb ko‘zingni ochsang, ularni kutib emas, borligidan huzur qilib yashaysan.Читать полностью…
Pul sanashda adashsak ham, bola tarbiyasida adashmaylik...
Bolalarga yaxshi tarbiya berish oʻta muhim va masʼuliyatli vazifa.
Bu jarayonda xato qilmaslik uchun esa bizga mazkur kitoblar yordamga keladi.
Demak, bular:
📚 "Raqamlashgan dunyoda farzand qanday tarbiyalanadi?" - 40 ming soʻm
"Farzand tarbiyasida 33 xato" – 35 ming soʻm
"Yosh bola demang ularni..." - 40 ming soʻm
"Bolamni yaxshi koʻraman" - 25 ming soʻm
"Endi siz otasiz" - 45 ming soʻm
Muhabbat va vafo qissasi
"Oybegim mening"- avtobiografik asar. Zulfiya Saidnosirova ijodidagi eng mashhurlaridan.
Bu kitob nafaqat biografik, balki tarbiyaviy ahamiyati bilan ajralib turuvchi ijod namunasi.
Oybekning hayoti bilan birga suronli kunlar va ziddiyatlar ham yoritilgan.
Umr soʻqmoqlaridan xotiralar;
Goʼzal sabr;
Sadoqat va vafo,
Iftixor va ehtirom - barchasi bunda jam.
Barchaga namuna boʻlgulik ikki juftning mazmunli hayot olamiga sayohat qiling.
📚 "Oybegim mening" - 35 ming soʻm
#furqonda_tafakkur_vaqti
Qalb oʻlsa, rahm-shafqat ketadi.
Aql oʻlsa, hikmat ketadi. Vijdon oʻlsa, hammasi ketadi.
Keling, Qur'on yodlaymiz
Hofizi Qur'on boʻlish.
Bu buyuk baxt hissini Qur'oni Karimni yod olganlar bilishadi.
Azizlar, Siz ham bu ulugʼ yoʻl tomon otlaning.
"Safar anjomlari"ni olishni esa unutmang:
"Keling, Qur'on yodlaymiz"
"Qur'on oʻqitish va yodlash usullari"
"Suratli Tajvid"
"Muallimi Soniy"
"Tajvid qoidalari"
📚 Mutolaani bugundan boshlang)
📚 "Keling, Qur'on yodlaymiz" - 55 ming soʻm
"Qur'on oʻqitish va yodlash usullari" - 60 ming soʻm
"Suratli Tajvid" - 140 ming soʻm
"Muallimi Soniy" - 30 ming soʻm
"Tajvid qoidalari" - 15 ming soʻm
Kitoblar mamlakatidan gapiramiz
Mamlakat hududida esayotgan salqin shamol kitob oʻqishlik havo boʻlayotganidan darak bermoqda.
Mutolaani hoziroq boshlang)
Javoningizni yana bir qator manfaatli kitoblar bilan boyiting:
📚 "Halol luqma" - 35 ming soʻm
"Kapalaklar bizdan baxtliroq? - 23 ming soʻm
"Allamjonov aybdor" - 80 ming soʻm
"Milliy qadriyatlar- oila ma'naviyati poydevori" - 23 ming soʻm
"Hukmdorim" - 42 ming soʻm
"Bu yer haqiqiy dunyo" - 33 ming soʻm
Soʻrashni bilishimiz kerak
Duo ijobatining asosi chin ixlos va goʻzal sabr hisoblanadi.
Robbimiz bilan oramizdagi munosabatlardagi koʻprik ham duodir.
Uning ijobati yoʻlida nimalarga e'tibor berish kerak? Fazli qanday?
Barchasi mazkur kitob jam.
Muhimi, "Bersa ne'mat, bermasa hikmat", degan fikr har moʻminning qalbida boʻlishi kerak.
"Har lahzamiz va hamma narsamiz bilan doim Allohga muhtoj boʻla turib, Undan soʻrashni odat qilib olmas ekanmiz, oddiy tilanchiga aylanamiz."
📚 "Duo anatomiyasi" - 58 ming soʻm
Insonlar aytolmaganni hayvonlar aytadi!
Adabiyot tarixida hayvonlar tilidan insoniyatga xitob tarzida yozilgan asarlar mavjud. Mazkur "Xitob" asari ham shu jumladan.
Ayman Attumning keng qamrovli bu asariga satirik deb ta'rif berish mumkin.
Asarni tushuna olgan inson, avvalo, o‘z hayot yo‘liga, so‘ng insoniyat o‘tmishiga vijdon ko‘zi bilan qaraydi.
📚 "Xitob" - 32 ming soʻm
Musulmon olamida ma'lum-u mashhur
Bu asar musulmon ahli hayotida katta ahamiyatga ega.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislari, ayniqsa, yoshlarimiz tarbiyasi uchun juda manfaatli.
Hadislardan saboq olish, hayotga tatbiq etish esa burchimiz.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Odamlar orasida avvalgi Paygʻambarlardan saqlanib qolgan bir gap shuki: agar uyalmasang, xohlagan ishingni qil!"
Buxoriy rivoyatlari
(kitobdan)
📖Albatta, oʻqing)
📚 "Qirq hadis sharhi" - 95 ming soʻm
#furqonda_tafakkur_vaqti
Yaxshi kitob oʻz sir-asrorini bir oʻqishda fosh qilmaydi. Uni takror oʻqiganing sayin tushunib borasan...
Kitob boʻlsa, kitob-da)
Biz boshladik!
Demak, avvalo yutuqlar bilan tanishsak:
1-oʻrin: "Yashamoq"
2-oʻrin: "Sen uchun"
3-oʻrin: "Uni poklagan najot topur"
🧠 Sharti oson:
1. Shu postni yaqinlaringizga yuborasiz. Qancha koʻp boʼlsa, shuncha yaxshi. Buyogʼi himmatingizga qarab)
❤️Eslatma: Postni ulashganingizni tekshirmay qoʻya qolamiz. Axir vijdonan yondasha olamiz-ku, toʻgʼrimi? Keling, barchasi haqqoniy boʻlsin)
2. Shu post ostiga + belgisini qoldirasiz, tamom.
❤️Gʼoliblarni 22:10 da aniqlaymiz.
@furqonkitoblar
Six ham, kabob ham kuymasin
Bugungi konkursga ham premium, ham kitoblar qoʻyamiz.
Barchasi Sizlar uchun.
Lekin avvaliga ovozlarni yigʼib olsak:
/channel/boost/furqonkitoblar
Birlashsak, biz katta kuchmiz.
Kanalda premiumi bor obunachilarimiz 177 nafar ekan. Atigi 74 ta ovoz kerak bizga.
⏭️Keyin navbat konkursga.
#kitobxonga_savol
Ayni kunlarda qaysi kitobni oʻqimoqchisiz? Hadyaga olishni istaysizmi?
Koʻp imkoniyat, koʻp hadya
Hadyalar olish, kitob javoningizni eng zoʻrlari bilan toʻldirishga nima deysiz? Mazza-ya?
Jamoamiz bilan Sizlar uchun koʻplab yangiliklarni tayyorlamoqdamiz.
🥳 Bugungi konkursga tez orada start beramiz. Bu safargisi umuman boshqacha boʻladi.
Kanal imkoniyatlari yanada ortishi uchun esa Sizlardan bir koʻmak soʻraymiz.
Bizni qoʻllab yuborasizlar-a?
❤️Koʻmak uchun
✨Start yaqin. 77 ta ovoz va biz boshlaymiz.
Premiumi bor doʻstlaringizga ham yuborib qoʻying)
@furqonkitoblar
Iymonimiz quvvatlansin
Imom Gʻazzoliy qalamiga mansub takrorlanmas asarlar:
📚 "Qalbning davosi" - 45 ming soʻm
"Mukoshafatul qulub" - 95 ming soʻm
"Zalolatdan qutulish" - 35 ming soʻm
"Qiyomat va oxirat" - 40 ming soʻm
#furqonda_tafakkur_vaqti
Yo olim boʻl, yo ilm oʻrganuvchi boʻl. Bularning orasidagi loqayd inson boʻlma.
🪶Ibn Mas'ud roziyallohu anhu
Davron Turdiyev nima deydi?
Muvaffaqiyatlilar tavsiyasi doim oʻzini oqlab kelgan. Qunt bilan amal qilinsa, kifoya.
Bugun esa Davron Turdiyev tavsiya etgan 3 kitob haqida gaplashamiz.
Siz bu kitoblarni shunchaki oʻqimaysiz. Mutolaa qilib, harakatga kelasiz. Maqsadlar tomon odimlaysiz.
Ana undan keyin esa muvaffaqiyat choʻqqisi Sizniki.
📚 "Zukkolar va landavurlar" - 55 ming soʻm
"Tasodifga aldanganlar" - 80 ming soʻm
"Diqqat" - 45 ming soʻm
Aldangan kim aslida?
Inson hayotida yolgʼonlar bisyor. Kimdir ota-onasini aldasa, yana kimdir qoʻshnisini.
Hech shubhasiz, bu hol siz-u bizning ham hayotimizda boʻlgan. Aldaymiz, aldanamiz.
Mazkur asarda ham ayni shu mavzuda soʻz boradi:
Ilm, boylik va ibodat sabab hayot yoʻlida aldanib qolganlar haqida.
Albatta, mutolaa qiling.
📚 "Aldanganlar" - 25 ming soʻm
Hamma oʻqishi kerak boʻlgan kitob
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ushbu tafsirlari oʻzining sodda va ravon tili bilan ajralib turadi. Teran va daqiq uslubi bilan esa barchaga xush yoqadi.
Ushbu tafsir xalqimiz ardogʼidagi sevimli asarlar sirasiga kiradi.
Har bir musulmon oilasida boʻlishi kerak boʻlgan kitoblardan biri.
Asar Sizni Qur'oni Karim ma'nolarining bitmas-tuganmas hikmatlariga oshno etadi.
Mutolaani bugundan boshlang)
📚 "Tafsiri Hilol" - 755 ming soʻm