Янгиликка ва илмга интилган, эзгу ғоялар билан майдонга чиққан Жадид боболаримиз миллатнинг эртасини кўзладилар. Энг оғир тузум тебранишларида ҳам маърифат улашиш мақсадида ёндилар. Улар ватанпарварлар ва тараққийпарварлар. Афсус, улар йўқотилди, излари ўчирилди. Лекин бугун жадидлар яшайдиган қалблар бор, маърифатга ташна жадидчи издошлар бор, жадидона адабиётлар хазинаси бор.
Бугун УрДПИда Хотира ва қадрлаш кунига бағишланган тадбирни Жадидлар боғида жадид боболаримиз сиймолари билан ўтказдик. Тадбирга кўп йиллар ёшларга таълим берган кекса авлод вакилларини, ёзувчи ва шоирларни ҳам таклиф қилдик.
Тадбирнинг ўзгача руҳда ўтди, сабаби Жадид боболаримизга атаб шеърлар айтилаётганда ёмғир томчилай бошлади, бу томчилар гўё жадид боболаримизнинг қувонч кўз ёшлардек.. Нуроний меҳмонларимиз ҳам ёмғир ёғсада боғни тарк этмадилар, ажойиб ёмғирли атмосферада, соябон остида, кислородга бой боғимизда сайр қилдилар. У ерда нафақат жадидларимиз сиймолари, балки кичик китоб жавонлари ва талабалар учун ўриндиқлар мавжуд.
Jadidlar bogʻida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi
Bugun, 7-may kuni Urganch davlat pedagogika institutining "Jadidlar bogʻi"da el ardog'idagi insonlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Tadbirni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi va jadidlarimizning millatparvarlik ruhida yozilgan asarlari, yurt ravnaqi yo'lidagi fidoiyliklari haqida so'zlab, kelajak bunyodkori bo'lgan yoshlarni ularning mazmunli ijod va umr yo'llaridan ibrat olishga chaqirdi.
Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi rahbari Dilbar Bekchonova, Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Sayyora Samandarova, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qurbon Muhammadrizo va uzoq yillar talabalarga dars bergan Ustozlar tashrif buyurib, so'zga chiqdilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan jadidlar hayot va ijod yo'llarini o'zida aks ettiruvchi rang-barang chiqishlar namoyish qilindi.
Davomi keyingi postda..
🌐 @UrDPI_UZ
Olima ayollar e'zozda
Bugun "Olima" uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi tomonidan TTA Urganch filialida "O'zbekistonda inklyuziv o'sish va barqaror rivojlanish istiqbollari: ijtimoiy-iqtisodiy sohada strategiyani ishlab chiqish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Anjumanda Xorazm viloyat hokimi o'rinbosari San'atbek Salayev, TTA Urganch filiali direktori Rashid Ro'ziboyev va UrDPI rektori Feruza Madraximovalar so'zga chiqib, olima ayollarga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e'tibor va keng imkoniyatlar xususida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Anjuman davomida o'z kasbiga sadoqatli, ilmiy salohiyatli, yoshlarni ilmiy intellektual bilimlarini yuqori saviyaga ko'tarishda fidoiylik ko'rsatib kelayotgan viloyatimizning bir guruh olima ayollari, xususan, UrDPI professor-o'qituvchilari ham diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
🌐 @UrDPI_UZ
“Ўзбекистон — 2030” стратегиясининг биринчи йўналиши таълим тизимидаги ислоҳотлар самарадорлигини таъминлаш, ўқитиш сифатини ошириш орқали инсон капиталини ривожлантиришга қаратилган.
Шу асосда амалга оширилаётган ишларни "Янги Ўзбекистон" газетасида "Бўлғуси педагогларнинг янги авлоди қандай шароитда ўқияпти?" мавзусидаги мақола орқали келтирдик. Мақола билан қуйидаги ҳаволалар орқали ҳам танишишингиз мумкин:
👉 https://yuz.uz/a/oz/99976
👉 https://yuz.uz/a/uz/99976
🌐 @fmadraximova
Агар темир ишлатилмаса, занглайди. Агар сув ҳаракатланиб турмаса, айнийди дейишади.
Инсон фикрламаса, ақлда ҳам шундай ҳолат юз беради. Бундан ҳам оғирроғи агар инсонда ҳаракат бўлмаса, турган жойида қотиш эмас, орқага кетиш бўлади. Орқага кетиш қадамлари вақт ўтиши каттайиб бораверади. Бу занглагандан ҳам, айнигандан ҳам ҳавфлироқ, "синиш"дир.
Шундай экан, ҳеч қачон синманг, мақсад сари ҳаракатланиб, фақат олдинга интилинг!
🌐 @fmadraximova
🏛 #Universites_in_Uzbekistan 🇺🇿
🎥🇺🇿 Urganch davlat pedagogika instituti
🎥🇷🇺 Ургенчский государственный педагогический институт
🎥🇬🇧 Urgench State Pedagogical Institute
🌐 More about University in web portal
Study in Uzbekistan web portal⤵️⤵️
www.studyin-uzbekistan.uz
/channel/Studyin_Uzbekistan
#Maʼrifat_ulashib
Xorazm viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari Gavhar Ibodullayeva Urganch davlat pedagogika instituti kutubxonasiga kitoblar sovg'a qildi.
🌐 @UrDPI_UZ
#Maʼrifat_ulashib | #UrDPI
Urganch davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida institut rektori Feruza Madraximova va Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva bilan suhbat jarayonida talabalar tomonidan she'rlar va qoʻshiqlar ijro etildi.
🌐 @UrDPI_UZ
#LIVE
#Maʼrifat_ulashib
Ayni daqiqalarda Urganch davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva bilan samimiy suhbat jarayonlari boshlandi.
OTM rektori Feruza Madraximova boshchiligidagi institut rahbariyati ham suhbat jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
Shoiraning “Qutlug‘ so‘zlar” (“Xorazm” nashriyoti -1993), “Bir vujud sog‘inch” (“Xorazm” nashriyoti-1995), “Yuragimda yashayotgan sir” (“Akademnashr” Toshkent-2012), “Bizning Matnazar akamiz”(”Xorazm” nashriyoti-2018), “Ayol moʻjiza yoxud Vatanning boshlanishi” (“Ogahiy” nashriyoti-2021), “Vatan siyrati”(“Adabiyot” nashriyoti .Toshkent-2022) nomli kitoblari chop etilgan.
#Maʼrifat_ulashib
Avval xabar berganimizdek, bugun UrDPIda "Ma'rifat ulashib" loyihasi boshlandi. Loyiha doirasida dastlab Urganch davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari va shoira Sayyora Samandarovalar Urganch tumanidagi 4-son maktabda uchrashuv o'tkazdilar.
Shundan so'ng, ma'rifat ulashish navbati UrDPIning "Jadidlar bog'i'da bo'lib o'tdi. Unda el ardog'idagi shoira, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandarova tashrif buyurdi.
Shoira bilan institut rektori Feruza Madraximova birgalikda "Jadidlar bog'i"da talaba-yoshlar bilan muloqot qildilar. Muloqot davomida shoira institut kutubxonasi uchun o'zining muallifligidagi kitoblaridan sovg'a qildi.
Bugungi kunda shoira Sayyora Samandarova "Sizga aytolmagan so'zlarim", "Ko'nglim", "Va yana bahor", "Ozodlikdek baxt yo'qdir", "Faqat ishq" kabi o'nlab she'riy to'plamlar muallifi hisoblanadi.
🌐 @UrDPI_UZ
#Yashil_makon
Kuni kecha Urganch davlat pedagogika instituti qoshidagi Akademik litseyda o'tkazilgan "Rektor olimpiadasi"dan so'ng, institut rahbariyati litsey hududida ekilgan ko'chatlarning holati va parvarishi bilan tanishdi.
Ma'lumot uchun, institutda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlar va yashilliklarni parvarishlash ishlari olib borilmoqda.
🌐 @UrDPI_UZ
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari UrDPI uchun 50 kitob sovg'a qildi
Bugun, 19-aprel kuni Urganch davlat universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova, Urganch davlat universitet rektori Baxrom Abdullayev va ikkala OTMning talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda O.Hasanov yoshlarga kitob mutolaa qilish inson ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini uqtirib, oʻz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Talabalarga oldilariga aniq maqsad qoʻyishlari, oʻz ustilarida muntazam ishlashlari lozimligini taʼkidladi. Shuningdek, har bir inson hayoti davomida oʼqishi shart boʼlgan 10 ta kitobni tavsiya qildi.
Uchrashuv davomida Otabek Hasanov UrDPI talabalarining faol ishtiroki uchun institut Axborot resurs markaziga 50 dona kitoblar sovg'a qildi.
🌐 @UrDPI_UZ
Yana bir talabamiz Osiyo ochiq kubogining oltin medali sohibi bo'ldi.
O’zbekiston Dzyudo Federatsiyasi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko’ra, UrDPIning Aniq va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishining 221-guruh talabasi Muhammadsodiq Sodiqov yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Osiyo ochiq kubogining -100 kg vazn toifasida sportning dzyudo turi bo’yicha oltin medal sohibiga aylandi.
Muhammadsodiqni ham oltin medal bilan muborakbod qilamiz va yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!
🌐 @fmadraximova
#Memorandum | #Turkiya
🇺🇿🇹🇷
UrDPI va Turkiyaning Bartin universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi
Avval xabar berganimizdek, bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Turkiyaning Bartin universiteti rektori, fizika fanlari doktori, professor Orhun Uzun hamda Ta'lim fakulteti dekan yordamchisi, filologiya fanlari doktori, dotsent Ahmet Yirmibeshlar tashrif buyurdilar.
Muzokaralardan so'ng institutimiz uchun tarix zarvaraqlariga yana bir hamkorlik memorandumi yozib qo'yildi. Memorandum ikkala oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida hamkorliklarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy va o'quv sohalarida hamkorliklarni yanada kengaytirishga qaratilgan masalalarni qamrab olgan.
🌐 @UrDPI_UZ
Yomg'irli havoda "Jadidlar bog'i"ga sayohat
Avval xabar berganimizdek, bugun Urganch davlat pedagogika institutining "Jadidlar bog'i"da el ardog'idagi insonlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Unda mehmonlar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi rahbari Dilbar Bekchonova, Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Sayyora Samandarova, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qurbon Muhammadrizo va uzoq yillar talaba yoshlarga dars bergan Ustozlarimiz tadbirdan so'ng, "Jadidlar bog'i"ni aylandilar. Bog'da talabalar uchun jadid bobolarimizning siymolari, kitob javonlari, kichik kutubxonalar va o'rindiqlar tashkil etilgan.
Ajoyib yomg'irli havoda bog'dagi atmosfera, tabiat qo'yni va toza havo mehmonlarga xushnudlik bag'ishladi.
🌐 @UrDPI_UZ
Бизнинг дунёмиз – бизнинг ўй-қарашларимизнинг аксидир. Инсоннинг ҳозирги яшаш ҳолати, атрофи ва фаолияти – унинг кечаги ўй-фикрларини махсулидир.
Шундай экан, эртага ким ва қандай бўлишни истасангиз, бугун нималар ҳақида фикрлаётганингизга эътибор беринг.
🌐 @fmadraximova
Хоразм вилоятидаги энг ёш олий ўқув юрти- Урганч Давлат педагогика институти икки йил давомида 27 та хорижий давлатлар олийгоҳлари билан ҳамкорлик меморандумлари имзолаб, рекорд натижа кўрсатиб, амалий ишларни бошлаб юборишди.
Мавзуга оид "Очиқ мулоқот" га Хоразмдаги мухбиримиз ҚаҳрамонЭшчанов таклиф этилгани, шунингдек, институт фаолиятини ёритишдаги ҳамда тадбирларда фаол иштироки учун 3-Май Халқаро матбуот эркинлиги байрами арафасида институт ректори Феруза Мадраҳимова томонидан "ТАШАККУРНОМА" билан тақдирланишини ижодий жамоамизга чуқур ҳурмат белгиси деб қабул қиламиз!
Каналга уланиш:
@antikorruz
Бўлғуси педагогларнинг янги авлоди қандай шароитда ўқияпти?
“Ўзбекистон — 2030” стратегиясининг биринчи йўналиши таълим тизимидаги ислоҳотлар самарадорлигини таъминлаш, ўқитиш сифатини ошириш орқали инсон капиталини ривожлантиришга қаратилган.
Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/99976
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/99976
Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram
UrDPI Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.
Kengashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining institutdagi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi qonunining institutdagi ijrosi, kafedralar salohiyatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilarning nashr ishlari tahlili kabi bir qator masalalar yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, Kengashda Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida "Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis" nominatsiyasi bo'yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan va respublika bosqichiga yo‘llanma olgan institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘lim boshlig‘i B.Bekchanov hamda UrDPI Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi O.Xudayberganovning samarali faoliyati eʼtirof qilinib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bir qator o‘quv qo‘llanma va darsliklar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi.
🌐 @UrDPI_UZ
Акула боласини аквариумда боқсангиз, у бор-йўғи 20 смгача, лекин агар у океанда бўлса-чи, узунлиги 2,5 метр ва ундан кўпроққа етар экан.
Акулалар бу жиҳатлари билан одамларга ўхшашар экан: одам боласининг атрофида нуқул майда гап, калта ўй, савияси паст одамлар бўлса, муҳит ҳам шунга яраша бўлади ва у ҳам ўсмайди, майдалашиб бораверади.
Демак, савиясизлашиб, майдалашиб кетишни истамайдиганлар, ўз "океан"ларини топишлари лозим.
#Maʼrifat_ulashib
Kuni kecha "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasidagi tadbirlar Urganch davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida davom etdi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva va institut rektori Feruza Madraximova talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar, mushoiralar bo'ldi.
Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun turli sport musobaqalari va o'yinlar tashkil etildi, TTJ hovlisida osh damlandi.
🌐 @UrDPI_UZ
#LIVE
#Maʼrifat_ulashib
Ayni daqiqalarda Urganch davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida institut rektori Feruza Madraximova va Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva bilan samimiy suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi. Shundan so'ng, Musiqa taʼlimi yoʻnalishi talabalari tomonidan qoʻshiqlar ijro etildi.
🌐 @UrDPI_UZ
Hokim va talabalar uchrashuvi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Qoʻshkoʻpirlik talabalar bilan hokim va sektor rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qoʻshkoʻpir tumani hokimi Shuhrat Axmedov, tuman prokurori B.Matrasulov, tuman IIB boshligʻi Oʻ.Xusainov va tuman FVB boshligʻi Sh.Masharipovlar talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot oʻtkazdilar. Uchrashuvda institut rektori Feruza Madraximova ishtirok etdi.
Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar bugun yoshlar uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotgani va ularning bandligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladilar. Sektor rahbarlari yoshlar bilan fikr almashib, ularning gʻoya va takliflarini namoyon etishga, qoʻllab-quvvatlashga oʻz hissasini qoʻshishni aytdilar.
Talabalarning gʻoya va takliflarini eshitib, ularning shijoatidan mamnun boʻldilar. Uchrashuv erkin muloqot tarzda tashkil etildi va yoshlarning qiziqishlarini yana oshirdi. Yakunda talabalarga sektor rahbarlari tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.
🌐@UrDPI_UZ
#memorandum
Urganch davlat pedagogika instituti hamda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o'rtasida memorandum imzolandi
Bugun o'tkazilgan barcha tadbirlar so'nggida O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori Xolboy Ibraimov hamda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova tomonidan pedagogik va ilmiy hamkorliklarni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.
🌐 @UrDPI_UZ
#akademik_tashrifi
Akademik UrDPI magistrlariga mahorat darsi o'tdi
Avval xabar berganimizdek, Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Akademik tashrif davomida magistrlar va iqtidorli talabalar bilan uchrashdilar.
Yoshlar uchun mahorat darsi davomida olim tomonidan bugungi dunyo ilm-fan taraqqiyoti va tadqiqotchilarga qo'yilayotgan zamon talablari, ilmiy tadqiqot faoliyatini to'g'ri tashkil qilish, tezis va maqola yozish, darslik va monografiya, uslubiy va o'quv qo'llanmalar nashr qilish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🌐 @UrDPI_UZ
#Rektor_olimpiadasi
#Live
Urganch davlat pedagogika instituti va Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida "Rektor olimpiadasi" o'tkazilmoqda
Ayni daqiqalarda Urganch davlat pedagogika instituti va Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida institutning Akademik litseyida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Rektor olimpiadasi" o'tkazilmoqda.
Olimpiadada viloyatimizda joylashgan umumta'lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari ishtirok qilmoqdalar. Ishtirokchilar ona tili va adabiyot, ingliz tili va matematika fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
Olimpiada yakunida har bir fan yo‘nalishida g‘oliblar aniqlanib, ular diplom va qimmatbaho sovg‘alar, vaucherlar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, g‘olib o‘quvchilarning ustozlariga ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim qilinadi.
*Olimpiada jarayoni davom qilmoqda.
🌐 @UrDPI_UZ
#Biriktirilgan_yoshlar | #Xonqa
UrDPI rektori Xonqa tumanidagi biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga muvofiq, har bir oliy ta’lim muassasasi rektorlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan mahalla yoshlari biriktirilgan.
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova o’ziga biriktirilgan yoshlarning holidan xabar olish maqsadida institut prorektori Davron Yusupov va rektor maslahatchisi Dilmurod Yusupovlar bilan Xonqa tumaniga bordilar.
Tashrif davomida yoshlarning hayotda o’z o’rnilarini topishlari, ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish, kasbga yo’naltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar, yoshlarning qiziqishlari va maqsadlari haqida suhbatlashib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
🌐 @UrDPI_UZ
Talabamiz Osiyo ochiq kubogining oltin medali sohibasi bo'ldi.
O’zbekiston Dzyudo Federatsiyasi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko’ra, UrDPI talabasi Shirinjon Yo’ldashova yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Osiyo ochiq kubogining -78 kg vazn toifasida sportning dzyudo turi bo’yicha oltin medal sohibasiga aylandi.
Shirinjonni tabriklaymiz va yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz.
🌐 @fmadraximova
#xalqaro_hamkorlik | #Turkiya
🇺🇿🇹🇷
Turkiyaning Bartin universiteti rektori UrDPIga tashrif buyurdi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Turkiyaning Bartin universiteti rektori, professor Orhun Uzun hamda filologiya fanlari doktori, dotsent Ahmet Yirmibeshlar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar institut rektori Feruza Madraximova bilan uchrashdilar. Uchrashuv avvalida ikki turkiy xalq o‘rtasidagi mushtarak jihatlar va o‘ziga xos bo‘lgan milliy urf-odatlar haqida iliq fikrlar bildirildi. Shuningdek, ikkala oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida hamkorliklarni rivojlantirish, qo‘shma o'quv va ilmiy loyihalarni va stajirovkalarni o‘tkazish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi hamda o‘zaro kelishuv asosida boshqa hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqot qilindi.
* Uchrashuvdan so‘ng memorandum imzolash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda batafsil keyingi postda keltiriladi.
🌐 @UrDPI_UZ