#сайёр_қабул
Қатор масъуллар билан таълим жараёнларига оид сайёр қабул ташкил этилади. Жумладан, Урганч давлат педагогика институти фаолитятига оид мурожаатлар, саволлар ва масалалар бўлса келаверасизлар.
Жорий йилнинг 21 сентябрь куни, соат 10.00да Хива педагогика коллежида бўлиб ўтади.
🌐 @fmadraximova
Bu talabamiz bizning faxrimiz, institutimizning o‘rnak bo‘luvchi talabalaridan biri!
Xabaringiz bor, joriy yilning 11-17-sentabr kunlari Qozog‘istonda sportning boks turi bo‘yicha "Shardara kubogi" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Oltinoy Sotimboyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bugun institutimiz rektori Feruza Madraximova Oltinoy Sotimboyeva bilan suhbatlashdi va umidli talabamizni yana bir bor g‘alaba bilan samimiy muborakbod qildi. Shuningdek, oliygohda sportchi talaba-yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini, ularni hamisha qo'llab-quvvatlashlarini alohida ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Oltinoy Sotimboyeva joriy yilning avgust oyida Belarus davlatida bo‘lib o‘tgan II MDH o‘yinlarida ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, oltin medal sohibi bo‘lgan edi.
🌐 @UrDPI_UZ
#XXI_asr_ayoli | #Uchrashuv
Bugun Urganch davlat pedogogika institutida “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida institut talaba-qizlari ishtirokida Urganch shahar hokimi maslahatchisi, el ardog‘idagi olima, shoira ayol "Shuhrat" medali sohibasi Sayyora Samandarova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sayyora Samandarova hayoti, faoliyati misolida talaba-qizlar ayolning oilada, jamiyatda o‘zining munosib mavqega ega bo‘lishi uchun qanday insoniy sifatlar zarur ekanligi haqida mulohaza qildilar.
Jonli muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.
🌐 @UrDPI_UZ
#Jahon_chempioni | #Oltin_medal
Jahon miqyosida 13-marotaba o‘tkazilgan "Shotokan karate-Do" turi bo'yicha jahon chempionatida Urganch davlat pedagogika instituti talabasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionatda 32 ta davlatdan 3 ming nafarga yaqin yoshlar o‘zaro bellashdilar va unda Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniy yo‘nalishining talabasi Sultonov Ma'murjon 65 kg vazn toifasida barcha raqiblarining ustidan g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!
🌐 @UrDPI_UZ
Rektor talabalarning Ota-onalari bilan uchrashdi
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova navbati bilan barcha fakultetlardagi birinchi bosqich talabalarning Ota-onalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rektor bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga va pedagogika sohasiga qaratilayotgan e’tibor, o'qituvchilarning jamiyatda nufuzi va bo'lajak pedagog kadrlarni zamon talabalariga mos tarbiyalash masalalariga to'xtalib o'tdi. Shuningdek, talaba-yoshlar hayotida ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, oliygoh va ota-onalarning o'zaro hamkorligi hamda ularning bo'sh vaqtlarini tashkil etish masalalariga to'xtalib o'tildi.
Uchrashuv davomida ota-onalarning fikrlari, taklif hamda tavsiyalari tinglandi, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Shundan so'ng, ota-onalar institutda talabalarga yaratigan sharoitlar, o'quv xonalari, axborot resurs markazi, sport zal, darslarni kuzatuv xonalari, Talabalar turar joylari bilan tanishdilar.
🌐 @UrDPI_UZ
O'quv yili yakuni bo'yicha yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar faoliyati tahlil qilindi
Bugun TDPU universiteti birinchi prorektori Feruza Madraximova tomonidan yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar faoliyati tahlil qilindi. Yig'ilishda ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo'nalishida faoliyat olib boruvchi bo'lim boshliqlari va xodimlari, dekan o'rinbosarlari, matbuot xodimlari, psixolog, xotin-qizlar kengashi raisi, ARM xodimlari, tyutorlar, tarbiychi-pedagoglar va yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida o'quv yili yakunida TTJ va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talaba yoshlarni doimiy yashash joylariga kuzatish, yangi o'quv yilidan keladigan talabalar uchun TTJ va zahira ijara joylari ro'yxatini shakllantirish hamda bu borada ishni tegishli mahallalar bilan hamkorlikda tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Prorektor mas'ullarga har bir talaba yosh bilan ishlashda mas'uliyatni yanada oshirish va ular bilan muntazam ravishda ish olib borishni ta'kidladi.
🌐 @TDPU_UZ
YXHT/DIIHBning uzoq muddatli kuzatuvchilari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga tashrif buyurdilar
Bugun, 2023 yil 24-iyun kuni 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasiga YXHT/DIIHB ning uzoq muddatli kuzatuvchilari Dita Bikanovska va Timur Mixaylovskiy tashrif buyurdilar.
Ular bilan Okrug saylov komissiyasidan Feruza Madraximova uchrashdi. Uchrashuv davomida saylovga tayyorgarlik ishlari va 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi faoliyati boʼycha muloqot boʼlib oʼtdi.
🌐 @toshkent_okrug
МДҲ кузатувчилари миссияси вакиллари Тошкент шаҳар сайлов округига ташриф буюрдилар
Бугун, 2023 йил 20 июнь куни МДҲ кузатувчилари миссиясидан МДҲ Ижроия қўмитаси бўлим бошлиғи Козяк Евгений Винцентьевич 14-Тошкент шаҳар сайлов округига ташриф буюрди.
Улар билан 14-Тошкент шаҳар сайлов округ комиссияси раиси Ботир Усмонов ва масъул котиб Феруза Мадрахимова учрашдилар. Учрашув давомида округ сайлов комиссияси раиси томонидан сайловга тайёргарлик ишлари бўйича ахборотлар бериб ўтилди.
🌐 @toshkent_okrug
#Yoshlar_oyligi | #TTJ | #Jadidlar
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Talabalar turar joyida Tarix fakulteti Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari kafedrasi tomonidan talabalar ishtirokida Jadidchilik namoyondalari va adiblari hayotiga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda universitet birinchi prorektori Feruza Madraximova, Tarix fakulteti dekani Lola Babaxodjayeva, universiteti Xotin qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza To'xtayeva va professor-o'qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
#Yoshlar_oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda talabalar tomonidan Behbudiyning "Padarkush" asari, Abdulhamid Cho'lponning qatag'on qilinish tarixi, Abdulla Qodiriy hayotiga oid va boshqa sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Talaba yoshlar uchun ushbu sahna ko'rinishlarining tarbiyaviy ahamiyati katta bo'lib, ular buni maroq bilan tomosha qildilar. Tadbir so'ngida talaba yoshlar uchun osh damlanib, dasturxon yozildi.
🌐 @TDPU_UZ
"O'zbekiston 24" telekanali orqali "Saylov xalq irodasi" ko'rsatuvining navbatdagi sonida saylovoldi tashviqotlarni olib borish tartibi haqida ma'lumotlar berildi.
Ko'rsatuvda 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi kotibi Feruza Madraximova ekspert sifatida ishtirok etdi.
🌐 @toshkent_okrug
#Yoshlar_oyligi | #Bitiruv_kechasi
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining markaziy hovlisida #Yoshlar_oyligi doirasida talabalarning bitiruv kechasi tashkil etiladi.
Bitiruv kechasida nafaqat bitiruvchi talabalar, balki ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa yaqinlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida universitet rahbariyati tomonidan eng iqtidorli talabalar taqdirlandilar hamda ularning Ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.
2-qism.
🇺🇿 @TDPU_UZ
#бир_кунлик_фаолиятдан
Кеча кунимиз Тошкент шаҳар сайлов округида ЕХҲТ/ДИИҲБнинг узоқ муддатли #халқаро_кузатувчилари Дита Бикановска ва Тимур Михайловскийларни кутиб олишдан бошланди.
Ундан сўнг сайлов жараёнларига тайёргарлик бўйича журналист ва блогерлар учун #Матбуот_анжумани ўтказдик.
Куннинг иккинчи қисмида эса "Ўзбекистон 24" телеканалининг #Сайлов_халқ_иродаси кўрсатувида съёмка жараёнида эксперт сифатида иштирок этдик.
Ундан сўнг, кечки салқинда университетимиз талабалари ва жамоамиз билан Талабалар турар жойида #Ёшлар_ойлиги доирасида тадбирлар ўтказдик.
#шунақагаплар
🌐 @fmadraximova
Бугун, 2023 йил 14 июнь куни Марказий сайлов комиссиясининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди. Унда 14-Тошкент шаҳар округ сайлов комиссияси аъзолари онлайн иштирок этдилар.
Мажлис кун тартибида ногиронлиги бўлган шахсларнинг сайлов ҳуқуқларини таъминлаш, сайловга тайёргарлик кўриш даврида Марказий сайлов комиссиясига келиб тушган мурожаатлар, Президент сайловида халқаро ташкилотлардан қатнашадиган кузатувчилар ва ОАВ вакилларини аккредитация қилишга доир масалалар кўриб чиқилди.
🌐 @toshkent_okrug
Дўстимиз Илҳом Маъруповдан (Дин ишлари бўйича қўмита раисининг маслаҳатчиси) "Шукрона" шеърининг ажойиб ижроси. Шеър муаллифи Рислиғой Ҳотамова.
Уйғонмаган қанча...
🌐 @fmadraximova
Айни кунларда Республикамиздаги барча ҳудудларида тренерлар томонидан участка сайлов комиссияси раиси, ўринбосари ва котибларига ўқув семинарлар ташкил этилмоқда.
Хусусан, 14-Тошкент шаҳар сайлов округи ҳудудидаги (шаҳарнинг Шайхонтохур, Юнусобод, Олмазор туманларида жойлашган) ўтказилаётган ўқув-семинарларга Марказий сайлов комиссияси котиби Худоёр Маматов ва 14-Тошкент шаҳар округ сайлов комиссияси котиби Феруза Мадраҳимовалар ташриф буюриб, ўқув-семинар жараёнларининг ташкил этилиши билан танишдилар.
🌐 @toshkent_okrug
Жамиятга оптимистлар ҳам, пессимистлар ҳам ҳисса қўшади.
Оптимист самолётни ўйлаб топган бўлса, пессимист парашютни ихтиро қилган.
Бернард Шоу
🌐 @fmadraximova
Rektor Yoshlar ittifoqi faollari bilan uchrashdi
Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Yoshlar ittifoqi faollari va iqtidorli talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rektor bugungi kunda ta'lim va tarbiyaga qaratilayotgan e'tibor va islohotlarning samarali natijalari, shuningdek, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda har bir yosh o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib chiqishga intilishi lozimligi, yangi o‘quv yilida institutda yoshlar faolligini jadallashtirish, tashabbuskorlik va kreativlikni oshirish kabi qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Rektor har bir talabaning fikri rahbar uchun muhim ekanligini ta'kidlab, bu borada talabalarga @FeruzaMadraximova_bot orqali ham murojaat qilishlari mumkinligini aytib o‘tdi.
🌐 @UrDPI_UZ
Бугун Урганч Педагогика институтида "Илмли аёл-жамият кўзгуси" мавзусида ижодий учрашув ўтказилди.
Талабалар жуда интилувчан, фаол. Шеърларимдан ўқишди, бир шеъримни куйга солиб ижро этишди, савол-жавоблар бўлди. Фаолиятим тўғрисида чиройли слайд тайёрлашибди. Тасвирий санъат факультети талабаси суратимни чизиб, учрашув сўнгида тақдим қилди.
Учрашув ўзимда ҳам катта таассурот қолдирди. Отамнинг ҳамда ўзимнинг китобларимни институт кутубхонасига тақдим қилдим.
Институт ректори, профессор Феруза Мадраҳимова бошлиқ аҳил жамоага раҳмат!
✅ 27 июнь Матбуот ва ОAВ ходимлари кунига бағишланган "Овоза оммавий ахборот воситалари" медиа ҳафталиги доирасида Ўзбекистон Миллий медиа бирлашмаси ва Марказий сайлов комиссияси ҳамкорлигида Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини ёритишнинг ҳуқуқий асосларига бағишланган семинар-тренинг бўлиб ўтди
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Bilasizmi ustoz kim?!
Ustoz sizga faqat bilim bergan inson emas. Balki hayot yo'llaringizda sizga past balandni o'rgatib yo'l-yo'riq ko'rsatgan inson ustozdir.
*kuni kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida men hurmat qilgan va doim yaxshi ko'rgan ustozim Feruza opa bilan seminardan so'ng😌
🌐@diyora_ganieva
Ayni damda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida jurnalist va blogerlar uchun seminar bo'lib o'tmoqda.
Ushbu anjumanda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari Sherzodxon Qudratxo'jayev va Bahodir Yunusov, 14-Toshkent shahar saylov okrugi ma'sul kotibi Feruza Madraximovalar ishtirok etmoqda.
🌐@toshkent_okrug
YXHT/DIIHB kuzatuvchilari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga tashrif buyurdilar
Bugun, 2023 yil 19-iyun kuni 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasiga YXHT/DIIHB ning uzoq muddatli kuzatuvchilari Dita Bikanovska va Timur Mixaylovskiy tashrif buyurdilar.
Ular bilan 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasidan Feruza Madraximova uchrashdi.
Uchrashuv davomida saylovga tayyorgarlik ishlari va 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi faoliyati boʼycha muloqot boʼlib oʼtdi.
🌐 @toshkent_okrug
"Ўзбекистон 24" телеканали орқали #Сайлов халқ иродаси кўрсатувида
сайловолди ташвиқотларни олиб бориш тартиби ва унда оммавий ахборот воситаларини ўрни ёритилди.
🌐 @fmadraximova
#Yoshlar_oyligi | #Bitiruv_kechasi
VIDEO
Toshkent davlat pedagogika universitetining markaziy hovlisida #Yoshlar_oyligi doirasida talabalarning bitiruv kechasi tashkil etiladi. Bu yil universitetimizni 5156 nafar talaba bitiryapti, shundan 528 nafari magistrlar.
Bitiruv kechasida nafaqat bitiruvchi talabalar, balki ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa yaqinlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida universitet rahbariyati tomonidan eng iqtidorli talabalar taqdirlandilar hamda ularning Ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.
🇺🇿 @TDPU_UZ
#Yoshlar_oyligi | #Bitiruv_kechasi
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining markaziy hovlisida #Yoshlar_oyligi doirasida talabalarning bitiruv kechasi tashkil etiladi.
Bitiruv kechasida nafaqat bitiruvchi talabalar, balki ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa yaqinlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida universitet rahbariyati tomonidan eng iqtidorli talabalar taqdirlandilar hamda ularning Ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.
1-qism.
🇺🇿 @TDPU_UZ
YXHT/DIIHB kuzatuvchilari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga tashrif buyurdilar
Bugun, 2023 yil 15-iyun kuni 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasiga YXHT/DIIHB ning uzoq muddatli kuzatuvchilari Dita Bikanovska va Timur Mixaylovskiy tashrif buyurdilar.
Ular bilan 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi raisi Botir Usmonov, rais oʼrinbosari Furqat Maxmudxo'jayev, masʼul kotib Feruza Madraximova, okrug komissiyasi aʼzosi Shuhrat Fayziyev uchrashdilar.
Uchrashuv davomida saylovga tayyorgarlik ishlari va 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi faoliyati boʼycha muloqot boʼlib oʼtdi.
🌐 @toshkent_okrug
Талабаларимиздан чорлов!
2023 йил 9 июль куни Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови бўлиб ўтади. Келажак учун овоз беринг!
🌐 @fmadraximova
Бугун, 2023 йил 5 июнь куни Марказий сайлов комиссиясининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди. Унда 14-Тошкент шаҳар округ сайлов комиссияси аъзолари онлайн иштирок этдилар.
Мажлис кун тартибида сиёсий партиялар томонидан кўрсатилган Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзодларни рўйхатга олиш, номзодларнинг сайловолди ташвиқоти ва оммавий ахборот воситалари вакилларини аккредитациядан ўтказиш масалалари кўриб чиқилди.
🌐 @toshkent_okrug
Студия 24 | Округ сайлов комиссиялари фаолияти бўйича 14-Тошкент шаҳар округ сайлов комиссияси масъул котиби Феруза Мадраҳимова билан суҳбат.
🌐 @toshkent_okrug