E'tibor bersak, shimoldan sovuq, janubdan issiq havo oqimlari kelib o'zaro to'nashyapti. To'qnashuv chegarasiga Xorazm yaqin. Natijada bizda yana qor yog'yapti.
Shimoliy havo oqimi kuchli ekan. Janubdan kelayotgan ("nekachestvenniy" 😉) havoni haydayapti.
👉 @FizikaLife
Siz alkogolik bo'mshni ertalab turgach "bugun mani pulim yo'q. Shuni uchun bugunchalik aroq ichmayman" deyishiga ishonasizmi? Yo'q. U imkonini albatta topadi, puli yo'q bo'lsa ham.
Masqadga erishishga harakat qilmasak, bahona topsak, demak bo'msh bizdan ko'ra ancha kuchli ekanligi ayon bo'ladimi shunda? 😂
👉 @FizikaLife
Vafot etgan mashhur xalq artistlari ovozlari AI yordamida qayta tiklanmoqda ekan.
Ularni sun'iy ovoz modellari ishlab chiqilyapti.
👉 @FizikaLife
Bizda hayotni o'zi bir komediya. Million, Bravo va yana bir nimalarni ko'rish shart emas. Hayotimizda tiqilib yotibdi. 😅
👉 @FizikaLife
Tabiiy oq yorug'lik nuri va 3 ta asosiy rang kombinatsiyasidan kelib chiqadigan oq rangni odam ko'zi farqlay olmaydi. Televizor qanchalik krutoy bo'lmasin unda 3 tagina asosiy rang majvud. Ular kombinatsiyasidan har xil rangdagi piksellar hosil qilinadi.
👉 @FizikaLife
Tereodor (Matador) qo'liga beriladigan qizil mato rangi bu tomoshabinlar uchun. Ho'kizga buni farqi yo'q.
Aslida ho'kizlar olamni oq-qora ranglarda ko'radi. Matoni rangi qizil ekanini ular faxmlamaydi.
👉 @FizikaLife
Ingliz tilini o'rganish kerak. Lekin faqat ingliz tili bilan cheklanish kerak emas
👉 @FizikaLife
https://oyina.uz/uz/article/2391
O'qib ko'ringlar👆👆👆
2023-yilda 58 ta ilmiy ishga rahbarlik qilgan olimalarimiz bor ekan bilmay yurgan ekanmiz)
@crazyphysics
Ilm-fanda dunyo 90 ta mamlakati ichida o'rtacha reytingimiz 88-o'rinda turar ekan. Dunyoni oxirida demak bu. Bizda ishlab-chiqarish yildan yilga sekinlik bilan ko'tarilib boryapti. Ammo texnologiya Xitoyniki. Xitoy endlikda texnologiyani shunchaki sotishdan tashqari o'zi bilan olib kelishga o'tmoqda. Oilaviy ko'chishga o'tiladi. Istalgan hajmdagi texnologiyani olib kelishda muammo bo'lmaydi ularda. Logistika keng imkoniyatlarni berarkan. Demak, 5-10 yildan keyin o'zbek tadbirkoriga qiyin bo'ladi. Chunki, ishlab-chiqarish faqat biror joydan mavjud narsani keltirib qo'yishdan iborat emas ekan.
👉 @FizikaLife
MIT tomonidan ishlangan ushbu o'yinda yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda harakatlanganda qanday effektlar yuz berishini ko'rish mumkin. Videoda oldinga va orqaga harakatlangandagi holat aks etgan.
👉 @FizikaLife
Ҳозир мен ҳаётий жиҳатдан афсус қиладиган нарса бу мактаб вақтида алгебра, геометрия ва физика фанларини яҳши ўқимаганлигим. Бу фанларни дастурлаш билан бирлаштириб ақлбовар ишларни амалга ошириш мумкин. Агар сиз ҳали ҳам дастурлашга математика керакми йўқми деб ўйланиб юрган бўлсангиз, шунчаки ҳеч нимага қарамай уни ўрганишни бошланг. Бир кун ҳақиқий Software Engineer’ бўлган вақтингиз қилган ишингиздан афсусланмайсиз
Katta dasturchidan real maslahat bu
👉 @FizikaLife
Ayni vaqtda UZB bo'yicha havosi eng toza (yashil indeks) bo'lgan shaharlar Urganch va Guliston ekan. Bizda qor yog'gan. Bir necha kun o'tsin. Yana qarab ko'rish kerak ekan buni.
Qizil zararli indeks Toshkent va Termiz shaharlarida
👉 @FizikaLife
Qaysi maktabda o'qigani, qanaqa ta'lim olgani, sinfda nechta o'quvchi bo'lib o'qigani, sinfxona o'lchami qanaqa bo'lgani, o'qituvchilari kim bo'lganligi, qanaqa sharoitda o'sgani...
Psixologiya va sotsiologiyadagi so'ngi o'rganishlarga ko'ra bularni hammasi bolaning kelajakdagi hayotda erishadigan yutuqlariga 1 % gina ahamiyati bor ekan ))
Bu narsalar individual har kimni shaxsiy xarakteri va qobiliyatiga bog'liq
👉 @FizikaLife
Qiziq holat
12 yillarcha oldin akademik litseyda ikkita olimpiadist o'quvchilarni suhbatini eshitib qoldim.
- Falonchi bola ikkalamizdan kuchli bo'lmasa ham undan qo'rqishimiz kerak.
- Nega?
- O'zi kuchli bo'lmasa ham, dadasi kuchli fizik. Aytishlaricha, dadasida Savchenka kitobini 100% yechimlari bor ekan. Viloyat bosqichida qo'li baland kelishi mumkin agar Savchenka ni o'rganib chiqsa.
- Ha. Oltinga teng narsasi bor ekan haqiqatda. Shuni sotib olishni ilojisi yo'qmikin?
- Qaydam. Bermasa kerak. Domlamiz so'ragan ekan. Yo'q deb aytibdi.
👉 @FizikaLife
Odamda ko'rish sezgisi, ya'ni to'r pardadagi yorug'lik retseptorlarining aktivlashishi (ko'rish) to'r pardaning zich qismiga 14-15 ta yorug'lik fotoni tushishi bilan boshlanadi.
👉 @FizikaLife
Ustasiga farqi yo'q
Rejissor Kristofer Nolan daltonik hisoblanadi. U qizil va ko'k ranglarni ajrata olmaydi.
👉 @FizikaLife
Virtual dunyo faqat kompyuter o'yinlarida bo'lmaydi. Virtual hayot va virtual ish joylari real hayotga allaqachon ko'chib bo'lgan. Va shu hayotni real deb o'ylab, ishlab, yashab kelayotgan 1000 lab soxta odamlar bor))
👉 @FizikaLife
Meni do'stim, yaxshi fizik avtomobil chiplarini proshivka qilish xizmatini yo'lga qo'ygan. Bemalol xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
/channel/mirtuning
Vaqt
Gravitatsiya vaqt oqimiga ta'sir qiladi. Yerdan yuqoriga ko'tarilgan sari vaqt tezlashadi va aksincha sekinlashadi. Shunaqa ekan, Yerning shu paytgacha mavjudlik vaqtini hisobga olsak, hozir Yer yuzida 2024-yil boshi. Yer yadrosida esa 2020-yil o'rtalari. 😉
👉 @FizikaLife
Sniper 1.4 versiya chiqdi. Internet orqali yangilab olishingiz mumkin
1) Bot ni ishlashida kod optimizatsiya qilindi, ba'zi muammolar aniqlandi va hal qilindi;
2) Botga repley funksiyasi qo'shildi.
p.s: Yangilab olish shart
👉 @TurmalinSoft_UZ
Mexanika bo'limidan 10 ta variant
Mexanikani takrorlash yoki sinov qilishga test qidirayotganlar uchun.
2,5 oy dan beri yangi loyiha ustida ishlayapman. Loyiha A fazasi omadli sinovdan o'tdi. Buni ushbu variantlar misolida ko'rish mumkin. Hali B, C, E ... fazalar bor 😉.
Loyiha nomi Test House deb nomlanadi. Agar amalga oshsa bormi...😎
Bu loyihaga qo'l urish uchun 1,5 yillik izlanishlar natijasi sabab bo'ldi
👉 @FizikaLife
Hamma hamma narsa uchun ilm kerak. Diplom uchun chopmang. Diplomni pulini to'lasa beradigan bo'p qolgan. Ilm olishga choping.
👉 @FizikaLife