Chet el kinolarini tarjima va dublyaj qilishda AI ning ovoz modellariga o'tib ketilishi mumkin. Mazkur namuna uchun dublyaj qilingan kino parchasi menga dasturlashda ozroq ustozlik qilgan Xrist Xachatur ga tegishli.
👉 @FizikaLife
Tenglamani yeching?
Noma'lumni aniqlang?
Tok kuchini toping?
Bu tipdagi gaplar so'roq gap EMAS. Ularni oxiriga nuqta qo'yilishi kerak.
👉 @FizikaLife
Kinematika bo'limidan variantlar
Bazada 54 ta savol bor.
Variantlar soni 50 ta
Sniper da generatsiya qilindi
👉 @FizikaLife
Dominik O'brayan yoshligida diqqat qaratishga juda qiynalgan. Shunaqa psixologik kamchilikka ega bo'lgan. Maktabda ham o'qishlari yaxshi bo'lmagan. U 30 yoshga kirganda televizor orqali o'yin kartalarini eslab qolish texnikasini ko'rib qoladi va bunga qiziqib, shug'ullanishda davom etadi. U jahon rekordi bo'lgan 6 ta pachka kartani eslab qolishga erishadi. Keyinchalik bu ko'rsatkichni 54 taga olib chiqadi. Bu odam 1 soatda 300 tagacha chet tili so'zlarini eslab qolishga qodir. U eslab qolish texnikasi bo'yicha o'zining mnemonikasini ishlab chiqadi.
P.s: har bir odam iste'dotli sanaladi
👉 @FizikaLife
Bitta zo'r fikrni eshitdim
O'qituvchilarni hurmatini oshirimiz kerak deb har xil gap va qonunlarini surishadi. Aslida bu quruq narsalarni hech qayerda keragi yo'q. Hurmatini ham oshirish shart emas.
Shunchaki, ularni oyligini ko'tar. Hurmatni o'qituvchini o'zi ko'tarib oladi.
👉 @FizikaLife
Davlat uchun eng xavfli odam bu — velosipedchi!
U yo'l solig'ini to'lamaydi, mashina xaridi uchun kredit olmaydi va aniqki ehtiyot qismlari ham sotib olmaydi. Benzinga pul to'lamaydi. G'aznani to'ldirishda hissa qo'shmaydi. Doimiy pedal aylantiradi va shuning uchun kasal ham bo'lmaydi. Dorilarga pul to'lamaydi. Boshqalardan ko'ra ko'proq yashaydi va unga boshqalarga nisbatan ko'proq nafaqa to'lashga to'g'ri keladi.
Qisqacha aytganda u vatan xoini! 😄
p.s: g'irt zararkunda ekan))
👉 @FizikaLife
Mazkur fayl Uzoqov to'plamiga qo'shimchalar qilingan holda tayyorlangan. Muallifi Berdiyev Sardor ekanini ko'rib, hech ikkilanmasdan, tahlil qilmasdan o'quvchilarga tarqatdim. Chunki, muallif hech bir ishni bekorga qilmaydi. Shunaqa puxta odam. Bir nima qildimi, demak u yerda aniq yaxshi narsa bor. Ish jarayonida buni tanlab adashmaganimga amin bo'ldim.
Bu kitobni qay holatda tavsiya qilgan bo'lardim? Bu endi qaysi tarafdan qarashga bog'liq. Shaxsan o'zimda bu yil ancha yaxshi potensialdagi o'quvchilar yig'ilyapti va hammasi silliq ketyapti.
Men Jumaniyazov Temur, fizik sifatida ushbu kitobni ishlatishni tavsiya qilaman.
Shunchaki bitta gap
Kimyochilarimiz fanga qiziqish orttirish uchun ajoyib tajribalarni o'tkazib videosini youtube ga joylayapti. Kommentda bir ikkitasi "o'zlaringcha bir sehrgarlik qilyapsizlar-da" deb yozyapti. Fiziklar amalda bir narsani ko'rsatyapti, kommentda yana "ho'kizdek odamni qilayotgan ishini qarang" deb yozyapti.
O'zi bilasizmi bizda qanaqa. Bir tiyinga qimmat odamsanu lekin bir ikki so'm topib olib yoqani chertib yurasan.
Yana bittasi kaatta universitet ochib faqat remontini maqtaydi. Sharoitini ko'rsatadi o'zicha. Bu sharoit emas aslida. Bu bachkanalikka kiradi. Uni laboratoriyasi, amaliyot qiladigan xonasi qayerda? Darsni kimlar olib boradi? U yerga kimlar boradi? Ta'lim berish faqat chiroyli stol-stul va xona degani emas. Ularga kadrlar ham kerak. Yoqani chertib turadigan emas, haqiqiy dars o'tadigan kadrlar kerak. Fizika fizika laboratoriyasida, kimyo kimyo laboratoriyasida bo'lishi kerak. Og'izda diktant aytgan bilan bir nimani o'rgatib bo'lmaydi. Yoki fan olimpiadasiga masala yechishni o'rgatib, o'quvchi olib borgan bilan biz zo'r bo'lib qolmaymiz. O'qishga kirish bo'yicha 1-o'rinmiz degan bilan o'sha viloyat zo'r bo'p qolmaydi. Ularga qayerga singib ketyapti?
Suv omborida suv ketganda bir viloyatdan 2000 ta etik topilmadi. Qo'shni viloyatlardan olib kelindi. Chunki, o'sha viloyatda rezina etik ishlab chiqaradigan bitta ham firma yo'q ekan daje!
Biz o'zida bor bo'lgan gazni qazib ololmaydigan davlatmiz. Shunaqa. Chunki, amaliyotda bir nimani ko'rsatishga harakat qilgan odamlarni ham gap bilan aqllilik qilib urib tashlaymiz.
O'zining dars o'tish metodikasini ko'rsatganda Belgiya aholisining 10 % i buni tomosho qilgan. Matematik ko'rsatyapti qanaqa dars o'tishini. Hech biri "buni qilayotgan ishini qara. Shu ham ishmi?" deb komment yozmagan.
👉 @FizikaLife
Imtihon tugadi 😅. Endi u saytga shu kodlar bilan faqat xatolarni ko'rishga kirish mumkin. Test yechib bo'maydi
Читать полностью…Man aytgandim-a. Til o'rganish muhim bo'lmay qoladi. AI yordamida allaqachon tarjimon dasturlarini ishlab chiqilgan.
Rus bilan koreys o'z tilida gapiryapti 😎
👉 @FizikaLife
KURS ISHI, DIPLOM ISHI, DISSERTATSIYA
O'rmondagi to'nka ustida quyon o'tiribdi. U nimalarnidir qog'ozga yozyapti. Uning yonidan tulki o'tib ketayotib so'rabdi:
-Quyon, nima yozyapsan?
-Kurs ishi yozyapman.
-Nima haqda?
-Quyon tulkini qanday yeb qo'yishi haqida.
-Hoy, quyon. Toming ketganmi?
-Yo'q. Yur senga bir nimani ko'rsataman.
Keyingi kuni quyon yana to'nka ustida qog'ozga bir nimalarni yozyapti. Uni yonidan bo'ri o'tib ketayotib so'rabdi:
-Ho'v, g'ilay, nima yozyapsan?
-Diplom ishi yozyapman.
-Nima haqda?
-Quyon bo'rini qanday qilib yeb qo'yishi haqida
-Nimma?! Buni qaydan to'qiyapsan kalamush!
-Yur senga bir nimani ko'rsataman.
Keyingi kuni ham shu ahvol. Quyonni yonidan ayiq o'tib ketayotib so'rabdi:
-Nima yozyapsan shalpang quloq?
-Dissertatsiya!!!
-Nima haqda?
-Quyon ayiqni qanday qilib yeb qo'yishi haqida!!!
-Nimma?!!! Hozir to'nkada rasming qoladi!
-Yur senga bir nimani ko'rsataman, baqaloq.
Quyon ayiqni g'orga boshlab boribdi. G'orda yo'lbars va uning atrofida suyaklar bor ekan.
Quyon ayiqqa qarab: tanish, bu meni ilmiy rahbarim!
Xulosa: ilmiy ish mavzusi muhimmas. Muhimi ilmiy rahbarning kim ekanida!
@FizikaLife
Test Generator 1.6 ga tayyorgarlik. Dastur basharasida ba'zi o'zgarishlar :)
👉 @FizikaLife
👉 @TurmalinSoft_UZ
30 talik test variantlari
Tarkibi:
Kinematikaning asosiy tushunchalari
To'g'ri chiziqli tekis harakat
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat
Sniper dasturida generatsiya qilindi
Bazada 60 dan ziyod test, variantlar soni 50 ta
👉 @FizikaLife
Metall tangada hid bormi?
Tangani hidi bor. Aslida tangada hid mavjud emas. Biz o'zimiz tangani qo'limiz bilan ushlaganimizda teridan ajralib chiqadigan yog'lar va ter tufayli tangada ma'lum kimyoviy reaksiyalar ketadi. Shuni ta'sirida tangadan "metall hidi" keladi.
👉 @FizikaLife
Gugurt qutisiga fosfor har xil moddalar bilan yelimlangan bo'ladi. Gugurt cho'pi boshining yarim massasini oksidlovchi moddalar va ozroq bertoli tuzi tashkil etadi. Va yana har xil moddalar. Barchasi birgalikda yelimlangan bo'ladi.
Gugurt cho'pi qutisiga ishqalanganda qutiga yopishitirilgan fosfor oq tusga kirib, 50 °C gacha qiziydi va yonish sodir bo'ladi. Birinchi navbatda gugurt cho'pi emas, balki qutidagi fosfor yonadi. Fosfordagi alanga tarqalib ketmasligi uchun unga issiqlik yutuvchi maxsus moddalar qo'shilgan bo'ladi. Shu orqali alanga gugurt cho'pi boshiga o'tadi. Asosiy yonadigan modda bu oltingugurt. Yonishda harorat 1500 °C gacha yetadi. Cho'pning yonishi uchun 800-1000 °C harorat yetarli bo'ladi.
👉 @FizikaLife
G'ishmat aqlsiz bola edi. Shunchalik aqlsizki, hatto maktabda uning o'qituvchisi ham dod derdi. O'qituvchi direktorga juda ko'p marotaba arz qiladi. Natijada direktor G'ishmatni ota-onasini chaqirib, uni maktabdan haydaydi. G'ishmat ota-onasi bilan uzoq qishloqqa ko'chib ketishadi.
Yillar o'tib, o'qituvchi jiddiy kasalga chalinadi. Kasalning davosi murakkab operatsiya ekani ma'lum bo'ladi va bu operatsiyani faqat bittagina shifokor o'tkaza olardi. O'qituvchi ko'p navbatlar kutib, axiri operatsiya kuniga yetib oladi. Operatsiya muvofaqiyatli kechadi. Operatsiyadan keyin ko'zini ochgan o'qituvchi oldida turgan issiq istarali yosh doktorni ko'radi. Qarab turib, birdan ranggi o'chadi va bir nima demoqchi bo'lib, qo'lini cho'zgancha joni uziladi.
Doktor hayratdan ortiga aylansa, kislorod apparatini tokdan uzib, o'rniga changyutkichni ulagan kasalxona farroshi G'ishmat turganmish.
Telegramni qo'y. Bor darsingni qil ))
👉 @FizikaLife
4 ta fan
IT dedik. Bu ham bitta hayp bo'ldi. IT markazlar balki haliyam hayp ni inersiyasi bilan o'qitib yotgandir. Lekin ochig'ini aytay. IT ga ham krizis keldi. Chet eldan bizga kirib kelgan outsource kompaniyalar ham krizisda. Suhbatdan o'tgan dasturchilarga ham ish yo'q. Sababi buyurtmani o'zi yo'q. 5-6 oy o'qib dasturchi bo'lib ketaman desangiz qattiq adashasiz. Bitta oddiy norm repetitor bo'lish uchun necha yil ketgan bo'lsa, dasturlashni o'rganishga ham shuncha vaqt ketadi. Gapni har qancha aylantirmang, baribir haqiqat shu.
Oyiga ba'zida 10 ming dollargacha oylik oladiganlar uje ular professionallar. Qanaqadir 5-6 oy markazda kecha o'qib chiqqanlar emas. Uzb bozorida IT ga hali unchalik katta o'rin yo'q. Bor, lekin ular sanoqli. Sanoqli joylarda esa eng yaxshilarini olib ishlatishadi. Sabab nima? Sabab bitta. Bizda ishlab chiqarish darajasi past. IT cho'lda hech kimga kerak emas. Bor bo'lgan jarayonni tizimli boshqarishda IT kerak bo'ladi. Yo'q narsaga IT ni ham keragi yo'q. Mana gap qayerda. Hayp ni matematika, fizika, kimyo va biologiyaga qilish kerak. Amaliyot va ishlab chiqarishga hayp qilish kerak. Bizda ishlab chiqariladigan oziq-ovqatlarni Uzb istalgan joyga eksport qila olmaydi. Sababi oziq-ovqat yetishtirish ham jahon standartlariga javob bermaydi. Hududi biznikidan deyarli 13 barobar kichik bo'lgan Niderlandiya oziq-ovqat eksporti bo'yicha yuqori o'rinlarda turadi. Yiliga 100 mlrd dollar foyda. Bizda OTM larda oziq-ovqat yo'nalishi qanday?
Siz til bilarkansiz. Mayli biling. Chet elda buni kimga nima foydasi bor? Siz faqat til bilasiz. Xo'sh nima bo'pti? Nima bo'pti 🤷♂️? Biz aniq, fundamental fanlarni o'qimasak, biror mutaxassislikni egallamasak, tildan hech qanday foyda yo'q. Foydasi bor. U yerda oddiyroq ishlarda ishlayverasiz. Oddiy ham emas, omad kelsa boy ham bo'lib ketarsiz. Rus ga emas, boshqa davlatlarga bora olasiz.
Lekin biror sohada mutaxassis bo'lishchi?
Til bu muloqot uchun vosita xolos. Shuni unutmaslik kerak.
👉 @FizikaLife
Ko'nglingdagi ishni tanla. O'shanda hayotingni hech bir kunida ishlamaysan.
Qachonki, oldingga qo'ygan maqsadga erishish mumkin emasdek tuyulsa, maqsadni o'zgartirma. Unga erishish yo'lini o'zgartir.
Aytishlaricha bu gaplar Konfutsiyga tegishli emish. Yaxshi gaplar.
Bu odam ham rosa ko'p gapirgan ekan))
👉 @FizikaLife
Xorazm Ilm Ziyo da fizika fanidan kurslar 12-sentabr (seshanba) kuni soat 15:00 dan boshlangan. Kursga kelishni istaganlar xohlasa juft, xohlasa toq kunlari soat 15:00 dagi darslarga qo'shilishi mumkin. Darslar hozircha yakka tartibda olib borilyapti
O'qituvchi: Jumaniyazov Temur
Manzil: Urganch sh., Gurlan ko'chasi, 33/1 uy
Mo'ljal: Dinamo sport kompleksi
Tel: 99-505-12-89
https://elektrontest.site/ saytiga kirib Mexanika bo'limidan 20 talik testni yechib ko'rishingiz mumkin.
Imtihon kodi: 774143
Test topshiruvchi kodi: 1001, 1002 dan 1205 gacha ixtiyoriy raqam (raqamlar aslida ro'yxatga olingan ma'lum test topshiruvchilarga tegishli)
Maqsad: saytni sinovdan o'tkazish