Titul Scan 1.7 yangi versiya
Vazifalari:
1) o'quvchilarni ro'yxatga olish yoki exceldan yuklash;
2) DTM titulini PDF ga vektorli (yuqori sifatda) hosil qilish;
3) Kalit kiritish va savollar kitobi uchun muqova chiqarish;
4) Titullarni kompyuter Skaneri yordamida tekshirish;
5) Natijalarni excelga, wordga, PDF ga (DTM stilida) va Guruh/kanalga post shaklida eksport qilish;
6) Natijalarni real vaqtda 3G modemdan sms shaklida jo'natish yoki Androiddan jo`natish;
1, 2 va 5 blokli test imtihonlari uchun
Narxi: 500 ming (Click&Payme)
#TitulScan
Qo'llanmalar:
/channel/TurmalinSoft_UZ/49
/channel/TurmalinSoft_UZ/50
/channel/TurmalinSoft_UZ/51
/channel/TurmalinSoft_UZ/52
/channel/TurmalinSoft_UZ/53
/channel/TurmalinSoft_UZ/55
Zeta English Academy Kichik sinflar uchun ham darslar boshladi
⚜️ Prezident Maktabiga Tayyorlov
⚜️ Mustaqil ish uchun kompyuterlar
⚜️ Bepul Kutubxona
⚜️ Cambridge materiallari asosidagi dastur
⚜️ Kichik guruhlar va individual e'tibor
Yozgi Darslar 5-iyundan boshlanadi
☎️ Murojaat uchun: 97 456 67 49
@JamshidKarimovU
🧭 Mo'ljal: Gurlan ko'cha, Toj Mahal va Dinamo
✅ Chet tilini bilgan och qolmaydi
Bir kuni inida yotgan sichqon tashqariga chiqmoqchi bo'libdi. "Chiqsammi, chiqmasammi?" deb o'ylab tursa, tashqaridan itni vovullagani eshitilibdi. Sichqon "it bor joyda mushuk bo'lmaydi" deb o'ylab, inidan chiqib qarasa, vovullayotgan mushuk turgan emish. Mushuk shartta sichqonni tutib, yeb qo'yibdi.
Shunda mushuk o'ziga-o'zi:
— Chet tilini bilgan och qomaydi
degan ekan.
@Zeta_English_Academy
🖥 Dastur nomi: Fizika Test Print
🖨 Dastur vazifasi: Fizikadan test variantlarini ko'rish va istalgancha nusxada chop qilish
🗄 Dastur bazasida: Fizikadan 2012-2019-yillar va Turmalin baza asosidagi test variantlari (4500 ta test+kalit). Variantlar fizika bo'limlari bo'yicha va umumiy fizika bo'yicha taxlangan.
✒️Muallif: Jumaniyazov Temur
⚙️Foydalanish: bir marta aktivatsiya kodi sotib olinadi
💰Aktivatsiya narxi: 100 ming so'm (bir martalik to'lov). Payme yoki Click
Dastur o'rnatilganda murojaat uchun tel raqami chiqadi
(Dastur aktivatsiya qilingach faqat o'sha kompyuterda ishlaydi)
Tel: +998995051289
Asosiy tarafi: endi yillik variantlarni qidirib yurish shart emas.
@FizikaLife
📚 Fizika fanidan test variantlari kitobi
Kitob nomi: Turmalin
Yozilgan vaqti: 2019 yil
Kitobdagi variantlar soni: 25 ta
Muallif: Jumaniyazov Temur
👉@FizikaLife
Tabiiy fanlar (6-sinf): birinchi 20 ta mavzu
30 ta variant
Sniper da generatsiya qilindi
👉 @FizikaLife
🌐 Kanal loyihasi : Iqtidorli yoshlarni Xalqaro olimpiadalarga tayyorlash
🌐 Asosiy kanal : @UzbPhysics_Team
1.Olimpiada turiniri
2. Qiziqarli formula isboti
3. Foydali kitoblar
🌐 Rasmiy kanal : @UzbPhysicist
Olimpiadachilar uchun baza tayyorlanadi
🌐 Savchenko masalalar yechimi
@IPhO_Uzbekistan
Olimpiadachilar va chuqur oʻrganuvchilar uchun tayyorlov kurslari mavjud
✍️ Kanal admini : @Shukurullo_Lutfulloyev
Kechirasiz, bu yerni tozalab olsam maylimi? Buni chetga olib turaman. OK?
👉 @FizikaLife
Maktabda o'qituvchimizni ota-onaga yomonlay olmasdik. Ursa yoki so'ksa, birinchidan buni aytishga uyalardik. Aytsak ham ota-ona o'qituvchi tomonda bo'lardi. O'zing noma'qul ish qilgansan deb o'zimizni so'kardi. Ustozga hurmat bor edi. Endi bo'lsa, zamon teskari kelib qoldi. Ustozga hurmat, ilmga hurmat bir chaqaga aylandi.
Va yana bugun "eng yaxshi ish" olib-sotarchilik bo'lib qoldi. Chunki, ishlab chiqarishga ilm yo'q.
👉 @FizikaLife
Mexanika, Molekulyar va Elektrostatika dan 50 ta variant
Bazada 40 ta test
Sniper da generatsiya qilindi
👉 @FizikaLife
Titul Scan 1.7 versiya e'lon qilindi!
Asosiy o'zgarishlar:
1) Kod optimizatsiya;
2) Natijalarni word faylga eksport qilish;
👉 /channel/TurmalinSoft_UZ/73
Test Generator 1.3 yangi versiya
Vazifasi:
1) O`quvchilarni ro'yxatga olish, ro'yxatni exceldan yuklash;
2) Word file bazalardan savollar kitobini PDF shaklda generatsiya qilish. 1, 2, 3, 4 va 5 blokli savollar kitobi;
3) DTM titulini PDF shaklda pechat uchun hosil qilish;
4) Titullarni skaner yozdamida tekshirish, natijalarni real vaqtda 3G modemdan sms jo`natish;
5) Natijalarni android ilovadan sms shaklida, Guruh/Kanalga post shaklida eksport qilish;
6) Natijalarni Excel va PDF ga (DTM stilida) eksport qilish
Oldindan foydalanib kelayotganlar eski verisiyani to'liq o`chirib, yangi verisyani o`rnatadi. Aktivatsiya talab etilmaydi.
Stromae: "Alors on danse"
Shu qo'shiqni chiqqaniga ham 14 yil bo'libdi. Musiqa Reason nomli kompyuter dasturida yaratilgan.
Dastur nomi: Matematika Test Print
Loyiha muallifi: Jumaniyazov Temur
Test bazasi: DTM 2012-2020
Testlar soni: umumiy qariyb 5000 ta
Tuzilishi va variantlar soni:
Algebra—Trigonometriyagacha (40 ta variant)
Algebra (121 ta variant),
Geometriya (40 ta variant),
Algebra va Geometriya (164 ta variant)
Narxi: 250.000 so'm (Click yoki Payme)
Test kalitlari mavjud.
Dastur afzalligi: bir marta sotib olingach istalgancha foydalanish va variantlarni yuqori sifatli pechat qilish mumkin. Endi yillik variantlarni qidirib yurish shart emas. Testlar takrorlanishiga deyarli yo'l qo'yilmagan.
Mazkur versiyada kalitlarni Telegram Bot orqali tekshirish funksiyasi qo'shildi.
Bot ochish va dasturga ulash:
👉 /channel/FizikaLife/4487
Bot orqali tekshirish:
👉 /channel/FizikaLife/4488
‼️Baza materiallari bilan kanallarda online test o'tkazilgan taqdirda ushbu funksiya masofadan blok qilinadi.
Murojaat uchun: +998995051289
Test Generator dasturi bo'yicha ko'p beriladigan savollar:
1) Rangli printer nima uchun kerak?
Javob: standart DTM tituli rangli bo'lgani uchun uni rang pechat qilish lozim;
2) Dastur ichida o'zini test bazasi bormi?
Javob: Yo'q. Foydalanuvchi word 2013-2021 da testlarni ko'rsatilgan formatda tayyorlab, uni dasturga ko'rsatiladi va random tarzda savollar kitobchalari PDF shaklda chiroyli formatda hosil qilanadi; Savollar o'rni va javoblar o'rni random almashadi;
3) Bu dastur nima uchun kerak?
Javob: O'quvchilar orasida ko'chirmakashlikni oldini oladi va haqiqiy natijani olishga yordam beradi (bu dasturdan keyin o'quvchi natijalari ko'rsatkichi pasayadi); Imtihonni DTM standartiga o'xshatib o'tkazish imkoniyati; Natijalarni DTM formatida e'lon qilish, sms jo'natish;
4) Skaner nimaga kerak?
Javob: Barcha daholar bir xil fikrlaydi :); DTM titulini tekshirish uchun;
5) Generatsiya qilingan kitobchalarni qanday tekshiraman?
Javob: Komyuterga ulangan istalgan skaner orqali; Bu dasturda mavjud;
To'liq @TurmalinSoft_UZ da
Fizikaning magnetizm bo'limidan uyga vazifani bajarishga harakat qilgan o'quvchi.
Bu Amper kuchi yo'nalishini aniqlashdagi harakat natijasi
👉 @FizikaLife
Ta'lim uchun muhim dasturlar. Test sinovlari o`tkazish bo`yicha (DTM titulini haliyam qo`lda tekshirib yuribsizmi? 😊):
/channel/TurmalinSoft_UZ
Ehtiyot bo'laverasizlar 😉. Shunaqa opasniy fiziklar yuribdi Uzb da. Agar kimda kim bu odamni ko'rib qolsa, darrov oldimga yetib kelsin! 😂
👉 @FizikaLife
Mexanika, Molekulyar, Elektrostatika va O'zgarmas tok qonunlari
50 ta variant
Bazada 40 ta savol
Sniper da generatsiya qilindi
Rasmlarni chizishga vaqt bo'madi 😉
👉 @FizikaLife
@FizikaLife kanalining online darslari mundarijasi
ELEKTROSTATIKA
1-mavzu: elektr zaryad. Jismlarning elektrlanishi
2-mavzu: jismlarning o'zaro elektrostatik ta'siri. Kulon qonuni
3-mavzu: elektr maydoni
3.1. Elektr maydonda o'tkazgichlar
4-mavzu: elektr maydon potensiali
4.1-mavzu: elektr maydonda zaryadlarni ko'chirishda bajarilgan ish
5-mavzu: elektr sig'im. Kondensatorlar
5.1 mavzu: tokka ulangan kondensator
5.2 mavzu: zaryadlanib tok manbaidan uzilgan kondensator
5.3 mavzu: kondensatorga dielektrik kiritish holatlari
O'ZGARMAS TOK QONUNLARI
1. Elektr toki
2. Elektr qarshilik
3. O'tkazgich simlari uchun Om qonuni
4. Qarshiliklarni ulash
5. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni
6. Tok kuchi va kuchlanishni o'lchash
7. Tokning quvvati
8. Tokning bajargan ishi. Joul-Lens qonuni
9. Elektr yurituvchi kuch. Butun zanjir uchun Om qonuni
9.1. Tashqi zanjir bir nechta elementlardan tarkib topgan hol uchun Om qonuni
9.2. Tok manbalarini o'zaro ulash
9.3. Butun zanjirda quvvat va bajarilgan ish
TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI
1. Metallarda elektr toki
2. Suyuqliklarda elektr toki
3. Yarimo'tkazgichlarda elektr toki
4. Gazlarda elektr toki
5. Vakuumda elektr toki
MAGNETIZM
1. Kirish. Tokning magnit maydoni
2. Magnit maydonida kuchlar
3. Elektromagnit induksiya hodisasi
4. Magnit maydon energiyasi
5. Magnit maydonda harakatlanuvchi o'tkazgichlar
6. Moddalarning magnit xossalari
MEXANIK TEBRANISHLAR VA TO'LQINLAR
1. Mexanik tebranishlar
1. Kirish. Matematik mayatnik
2. Prujinali mayatnik
3. Mexanik tebranish tenglamalari
4. Mexanik tebranishlarda energiya
2. Elektr tebranishlar
1. Tebranishlar konturi
2. O'zgaruvchan tok
3. O'zgaruvchan elektr tarmog'ida qarshiliklar
4. O'zgaruvchan elektr zanjirida to'la qarshilik
5. To'lqinlar
OPTIKA
1. Geometrik optika
1. Geometrik optika qonunlari
2. Linzalar (optik asboblargacha)
3. Ko'zgular
2. To'lqin optikasi
1. Yorug'lik dispersiyasi
2. Interferensiya
3. Difraksiya
4. Qutblanish
3. Fotometriya
KVANT FIZIKASI
1. Kirish
2. Fotoeffekt
RELYATIVISTIK MEXANIKA
ATOM VA YADRO FIZIKASI
1. Atom tuzilishi
2. Yadro reaksiyalari
3. Radioaktiv yemirilish qonuni
............................
Elektr energetikada hech bir holatda elektrostansiyalarda ortiqcha energiya ishlab chiqarilib, akkumulyatsiya qilinmaydi. Ya'ni katta miqdordagi elektr energiyasini saqlab tura oladigan akkumulyatsiya tizimi mavjud emas. Gidro elektr stansiyalarida oldinlari ortiqcha energiyani to'g'on pastki qismidan suvni tepaga nasoslar yordamida tortib olishga ishlatilgan. Quyosh elektr stansiyalari uchun ham yana bitta g'oya ilgari surilmoqda. Ortiqcha energiyani gravitatsion akkumulyatsiya qilish. Ya'ni ortiqcha energiya maxsus yuklarni tepaga chiqarishga sarflanib, kechasi energetik pik kuzatilganda yuk potensial energiyasidan foydalaniladi. Ushbu fikrni ilgari surayotgan kompaniya kichik byudjetli va bir necha kishidan iborat. Bunaqa konstruksiya litiy ionli akkumulyatordan ko'ra samarali bo'lishi mumkin.
👉 @FizikaLife