#tabriklaymiz 🎉
24-noyabr universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent Sherqo'zi Qulbulovning tavallud ayyomi. Sizni professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamasligingizni, ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lishini tilab qolamiz!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori I.Bobomurodov oʻziga biriktirilgan talabalarga "Magʻrur hilpirayver Vatan bayrogʻi" mavzusida maʼrifat soati tashkillashtirdi. Suhbat davomida istiqlol ramzlarini bilish, qadrlash va hurmat qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchi va ular xalqimizning faxri va g‘ururi, vatanga sadoqat va muhabbat timsoli ekanligi haqida soʻz bordi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Karate ITKF sport turi bo‘yicha 2024-yilning 14-16-noyabr kunlari Xalqaro turnir o‘tkazildi. Bu nufuzli musobaqada universitet sport murabbiyi R.Alimboyeva shogirdi O'zbek filologiyasi fakulteti 104-guruh talabasi Xolbekova Shoxista faxrli 2-o‘rinni qo'lga kiritdi. Talaba qizimizga bundan keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting
Oʻzbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan marhum yozuvchi Sobir O'nar hayoti va ijodiga bagʻishlangan anjuman.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 15-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi tomonidan “Abdulla Qodiriy ijodi va yangi o‘zbek adabiyoti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar qatnashdi.
✅Tadbirni universitetimizning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Sulton Normamatov ochib berdi. So‘ng kafedra professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqdi. Ular Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi, asarlari tahlili, adib ijodini davrlashtirish masalasi haqida gapirib, asarlardan parchalar tahlil qilishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓2024-yilning 13-noyabr sanasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori o'ziga biriktirlgan 304 va 302-guruh talabalariga "Diniy bag'rikenglik" mavzusida Ma'rifat-murabbiylik soati tashkil qildi.
✅Bunda odamlar o'rtasida diniy farqlarni hurmat qilish, barcha diniy e'tiqotlarga teng muomala qilish haqida gapirildi.
✅Hamda, talabalarga, darslarga o'z vaqtida ishtirok etish, kech qolmaslik haqida suhbatlashib,talabalarda mavjud muammolarga yechim topildi.
Тожикистонда Амир Темур ҳаёти ҳақида ўзбек тилида битилган қўлёзма топилди.
Бу ҳақда Тожикистон миллий университети профессори, филология фанлари доктори, Навоийшунос олим Бадриддин Мақсудов ўз маърузасида маълум қилди.
🗓️2024-yilning 8-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida “Kitobxon yoshlar ligasi” hamda “Til bilimdonlari” Respublika tanlovi gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.
🎉Quvonarlisi,ushbu tanlovda fakultetimizning 4 nafar talabalari faxrli oʻrinlarni egallashgan.
Sevinch Muzaffarova "Kitobxon yoshlar ligasi" 1-oʻrin sohibasi.
Abduvahobova Noila va Dilbar Sindarovalar "Kitobxon yoshlar ligasi"4-oʻrin sohibalari
Sarvinoz Baratova " Til bilimdonlari" koʻrik tanlovi 2-oʻrin sohibasi.
🎊Talabalarimizni ushbu yutuq bilan butun fakultet va universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 6-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalariga “Tejamkorlik-farovonlik garovi" mavzusida axborot-murabbiylik darsi boʻlib oʻtdi.
✅Darsni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutorlari: S.Galdiyorova, M.Mamatkulova,A.Ikromov hamda M.Boymirzayevlar olib borishdi.
Ushbu ma’rifat soati darslarida 100dan ortiq talabalar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓2024-yilning 6-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutorlari: A.Ikromov va O'.Qahhorovlar fakultetning 1-kurs talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasida bo'lib o'tgan buyuk shoirimiz Chori Avaz xotirasiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etishdi.
✅Tadbirda "Favvora" film kinostudiyasi tomonidan tayyorlangan film namoyish etildi hamda Chori Avazning doʻst-qadrdonlari ,shoirlar bilan birgalikda ajoyib xotiralar yodga olinib, Chori Avaz haqida chiroyli fikrlar bildirildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 30-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalariga “Ma’rifat bayrogʻin tutgan jadidlar" mavzusida axborot-murabbiylik darsi boʻlib oʻtdi.
✅Darsni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori I.Bobomurodov olib bordi.
Dars avvalida I.Bobomurodov tomonidan jadidlar va ularning maʼrifatga chorlovchi asarlari haqida batafsil gapirib oʻtildi.
Unda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi.
Qiziqarli suhbat davomida jadidchilik harakatida amalga oshirilgan ishlar yoritilgan maxsus videolavha tomosha qilindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#marifat_ulashib
👧 Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida adabiyotsevar vatandoshlarimiz, kitobxon talaba yoshlar bilan muloqotlar qilib keldi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
🗓2024-yil 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida "Oʻzbek tili - milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida axborot-murabbiylik soati o'tkazildi.
✅Axborot-murabbiylik darslarini fakultet tyutorlari: S.Galdiyorova hamda M.Boymirzayevlar olib borishdi.
📌Suhbat davomida murabbiylar tomonidan til – millatimiz ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasi,jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singishi,ona tili – bu millatning ruhiligi,o‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrarligi haqida ma’ruza qilindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓2024-yilning 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "Muqaddassan - Ona tilim" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari Akmal Ikromov hamda O'ktam Qahhorovlar tomonidan tashkil etildi. ✅Tadbirda fakultetimizning 1-bosqich talabalari ijrosida g'azalxonlik, she'rxonlik, laparlar namoyish etildi. Yoshlar masalalari va ma'naviy -ma'rifiy ishlar bo'yicha bo'lim boshlig'i Sirojiddin Eshbo'riyev talabalar bilan ona tilimizni asrab avaylashimiz,uni yanada yuksakroq darajaga olib chiqishimiz haqida suhbat uyushtirildi. /channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Читать полностью…Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!
Barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Tilimizning sofligi, boyligi va borligi millatimizning bebaho milliy iftixoridir. Tarixga nazar tashlasak, tilimizda xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari, urf-odatlari va ruhiyati oʻz ifodasini topganini koʻramiz. Yangi Oʻzbekiston qurilishida amalga oshirayotgan islohotlarimizning asosiy yoʻnalishlaridan biri ona tilimizni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi globallashuv davrida har bir millat oʻzligini saqlab qolishga, ajdodlari tomonidan qoldirilgan milliy qadriyatlarni, jumladan, ona tilini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylashga va ularni keyingi avlodlarga munosib meros sifatida qoldirishga astoydil urinmoqda. Dunyoda oʻz maqsad va vazifasiga koʻra noyob boʻlgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi ham davlatimizning shu yoʻnalishdagi ezgu amaliy ishlaridan biridir.
Universitetimiz oʻz strategik maqsadlari va missiyasiga sodiq qolgan holda mamlakatimiz va xorijda oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish va oʻrgatish, til va adabiyotimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, uni targʻib va tashviq qilish borasida muntazam rejali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu ishlarni davom ettirishda jamoamizga kuch-quvvat tilayman!
Bugungi bayram barchamizga muborak boʻlsin!
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, akademik
"YIL TALABASI" KO'RIK-TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI G'OLIBLARI BILAN TANISHING!
➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:
🟢Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi
🥇Parxiddinova Diyora
🥈Axmedova Aynura
🥉 Qaxramonova Sabina
🟢Yilning eng faol targʻibotchi talabasi
🥇 Xaytaxmatova Dilnavoz
🥈 Saydullayeva Nilufar
🥉 Xazratqulova Shohsanam
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
🥇Karimova Guljahon
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi
🥇 Norqo'ziyev Dilmurod
🥈 Ibragimova Sevinch
🥉 Itolmasova Shodiya
🥉 Jabborova Xadicha
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi
🥇Saidmurodova Mohinur
🥈 Saidmurodova Sevinch
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi
🥇Keldiyorova Xumora
🥈 To'rayeva Ma'mura
🥉 Bobonazarova Sunbula
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
🥇 Eshbayeva Sevinch
🥈 Asrorova Jasmina
💠Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi
Universitet tyutori Boymirzayev Muslimbek Oʻzbek filologiyasi fakulteti 105- va 106- guruh talabalari ishtirokida "Magʻrur hilpirayver Vatan bayrogʻi" mavzusida maʼnaviyat darsi tashkillashtirdi. Bunda Vatanimiz bayrogʻing tasdiqlanish tarixidan tortib, bugungi zamonda dunyo xalqlari va davlatlari orasidagi nufuzi haqida, qolaversa, uni yuksaklarda hilpiratib, tanitadigan sohalar va soha vakillari haqida suhbat olib borildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berib oʻtildi.
Bizni kuzatishda davom eting
18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz 🎉
18-noyabr universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent Sayitqulov Ilhom Abdusalomovichning tavallud ayyomi. Sizni fakultetimiz professor - o'qituvchilari, aziz talabalari nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Tabriklaymiz🎉🎉
💥Siz kitobxonlik kechasini kutgan edingizmi? Ushbu eʼlon aynan siz uchun.
📖5 tashabbus doirasida tashkillashtilayotgan "Bir kitob" klubiga taklif etamiz.
🗓Klubimiz haftaning har chorshanba kuni soat 13:00 da boʻladi.
Ushbu hafta uchun esa barchamizning qalbimizdan birdek joy olgan "Oʻtkan kunlar"kitobini tanladik!!!
📚Klubimiz faollariga esa kitob sovgʻa qilinadi.
Qoʻshimcha savollar uchun: @Sevinch_Samandarova
Bizni kuzatishda davom eting!
2024-yilning 9-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalariga Oliy ta'lim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi 412-sonli nizomiga asosan,"Tejamkorlik-varovonlik garovi" hamda buyuk jadid ma'rifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti haqida axborot-murabbiylik darslari tashkil qilindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 7-noyabr kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori Boymirzayev Muslimbek 1-kurs talabalari bilan birgalikda "Amaliy san'at muzeyi"ga tashrif buyurishdi hamda muzey ko'rgazmalari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz
“Jar” sport majmuasida “Karate-do” sport turi bo‘yicha 2024-yilning 4-6-noyabr kunlari Xalqaro turnir o‘tkazildi. Musobaqada universitet sport murabbiyi R.Alimboyeva shogirdi O'zbek filologiyasi fakulteti 104-guruh talabasi Xolbekova Shoxista faxrli 3-o‘rinni qo'lga kiritdi. Talaba qizimizga bundan keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting
E’lon📢
🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni”Respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi tyutori" nominatsiyasi boʻyicha universitet bosqichida Sirojiddin Bekchanov faxrli 1-oʻrinni egalladi va Respublika bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 26-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalariga “Saylov-demokratiya koʻzgusi" mavzusida axborot-murabbiylik darsi boʻlib oʻtdi.
✅Darsni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori S.Bekchanov olib bordi.
Ushbu axborot darslarida 100nafarga yaqin talabalar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Joriy yilning 23-oktabr kuni O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari A.Ikromov, O'.Qahhorov va I.Bobomurodovlar oʻziga biriktirilgan 101, 102, 103, 306, 308, 309-guruh talabalari bilan birga avtomatlashtirilgan elektron kutubxona IRBIS64+ dasturi bilan yaqindan tanishishi uchun axborot-resurs markaziga tashrif buyurdi.
Bizni kuzatishda davom eting
👉 Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “O‘zbek tili – o‘zligimiz timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi. Davomi
👉 Тошкент шаҳар Ички ишлар бош бошқармасида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди
Тошкент шаҳар ИИББ шахсий таркиби билан ўтказилган навбатдаги Маънавият ва маърифат дарси “Ўзбек тили – ўзлигимиз тимсоли” мавзусига бағишланди. Давоми
👉 В ГУВД города Ташкента состоялось духовно-просветительское мероприятие
Среди личного состава ГУВД города Ташкента было проведено духовно-просветительское мероприятие, посвящённое теме «Узбекский язык – символ нации». Далее
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads
#OʻzbekTili
🙋 Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!
🖋 1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!
🗒 Har bir millatning iftixori, gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero, har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir. Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek burchlimiz.
🎉 Aziz yoshlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Sizlarni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube