O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali
🔹 ⭕️⭕️⭕️⭕️ #Diqqat
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi kitobxon yoshlar uchun "Adabiyot gulshani" loyihasi doirasida Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” asari haqida davra suhbati tashkil etiladi.
➡️ Ushbu davra suhbatida ishtirok etishni xohlovchi kitobsevar yoshlar, qiziqarli muhokama va yangi do'stlar topish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
⏰ Vaqti: 21-fevral soat 12:00 da
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
#poytaxt #yoshlar #kitobxonlik #adabiyot
✍️ Bizni kuzatishda davom eting!
😀 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebook
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! 🇺🇿
Hurmatli Vatan himoyachilari! Bugungi bayram nafaqat mard va jasur harbiylarimiz, balki ertangi kunimizni quradigan, bilim va tashabbuslari bilan yurtimizga xizmat qilayotgan barcha talaba-yigitlar uchun hamdir.
Sizlar Vatan himoyasi tushunchasini faqat qurol bilan emas, balki o‘z bilimi, mehnati va yurtga sodiqligi bilan ulug‘laysizlar. Bugungi tinch va osuda hayotimiz sizdek fidoyi yoshlar va mard insonlarning sa’y-harakatlari tufayli bardavom bo‘lib kelmoqda.
Yoshlar ittifoqi jamoasi sizlarga mustahkam sog‘lik, ulkan g‘alabalar va yorqin kelajak sari muvaffaqiyatlar tilaydi. Vatanimiz rivoji yo‘lida har doim kuch va g‘ayrat bilan birga bo‘lishingizni tilab qolamiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎉🇺🇿
🥳 Kutib oling, universitetimizning zakovat quizi qaytmoqda. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan Zakovat Quiz o'yini bo'lib o'tadi.
📆 Barchangizni 15-yanvar chorshanba kuni soat 12-00 da Zakovat quizning yangi yil soniga taklif etamiz.
📝 O'yinda ishtirok etish uchun jamoalar @behruz_2211 ga 15-yanvar soat 10-00 gacha ishtirok etishi haqida ogohlantirib qo'yilishi so'raladi.
🎁 O'yinimizda g'olib jamoalar sovg'alar bilan taqdirlanadi.
❗️Bir jamoa tarkibida kamida 2 kishi ko'pi bilan esa 6 kishi qatnashishiga ruxsat beriladi.
📍O'yin bo'lib o'tadigan joy keyinroq, ro'yxatdan o'tgan jamoalarga alohida e'lon qilinadi.
🎉 Barchangizni qiziqarli Zakovat Quiz o'yiniga taklif etamiz.
#Grant
📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda
⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2025-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).
➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2025/2026-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.
🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32547
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
📣 Universitetimizda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi!
Bugun rektor va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida:
✅ Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi;
✅ Fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi;
✅ Ta’lim jarayonini yaxshilash bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Faol ishtirok etganingiz uchun rahmat! 🌟
Aziz hamkasblar, qadrli talabalar!
Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan samimiy qutlayman!
Yakunlanayotgan 2024-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti uchun sermahsul va esda qolarli bo‘ldi. Bu yil universitetimiz yuksak marralarni zabt etib, xalqaro miqyosdagi eʼtirof va milliy darajadagi yutuqlarga erishdi.
Universitetimiz ilk bor Times Higher Education (THE) Impact reytingida gender notengligiga barham berish yo‘nalishida dunyoning eng kuchli 10 ta universiteti qatoridan joy oldi. Bu nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimiz uchun ham ulkan g‘urur bagʻishlaydi. Ushbu yutuq jamiyatimizda tenglik va adolatni targ‘ib etishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizning amaliy ifodasidir.
Yil davomida bizning fidoyi talabalarimiz o‘z mehnatlari va izlanishlari bilan ham yuksak natijalarga erishdilar. Jumladan, yana besh nafar talabamiz Prezident va boshqa nufuzli davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lishga muyassar bo‘ldilar. Bu esa yoshlarimizning salohiyati va kelajakda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga bo‘lgan ishonchimizni yanada oshiradi.
Ta’lim va ilm-fan sohasidagi faoliyatimizda ham samarali ishlar amalga oshirildi. Universitetimizda taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari soni ortib, pedagogik jamoamizning ilmiy salohiyati mustahkamlanishda davom etmoqda. “Oʻzbek maktabi” loyihasi doirasida xorijliklarga oʻzbek tili va madaniyatini o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xalqaro miqyosda o‘z eʼtirofini topmoqda. Bu yil “Xorijliklar uchun oʻzbek tili” bo‘yicha yangi darsliklarining yangi nashrlari tayyorlanib, aprobatsiyadan oʻtkazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etish biz uchun nafaqat sharaf, balki masʼuliyatdir. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va vazifalar yangi yilda oldimizga yanada ulkan maqsadlar qo‘yishni talab etadi.
Ishonchim komilki, 2025-yilda ham universitetimiz xalqaro va milliy miqyosda o‘z mavqeini mustahkamlab, yuksak marralarni zabt etishda davom etadi. Barcha yutuqlarimiz – fidoyi jamoamiz, mehnatsevar va intiluvchan talabalarimizning mehnat samarasidir.
Yangi yil sizga va oilalaringizga sihat-salomatlik, baxt, omad va tinchlik olib kelsin. Kelayotgan yil barchamiz uchun barakali, sermazmun va yutuqlarga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, akademik.
#qutlaymiz
🖌 Universitetimizning O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi bo'ldi. Ustozimizni qutlaymiz!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
⚡️DURDONA "YILNING ENG YAXSHI IZLANUVCHISI"!
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Durdona Tursunaliyeva ilm-fan yo‘nalishida QUALITY PUBLICATION nashriyotida ish faoliyatini olib borayotgan 20-dekabr kuni Fransiya hamkorligida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tadbirda Durdona o‘zining innovatsion ilmiy ishlanmalari va izlanishlari bilan "Yilning eng yaxshi izlanuvchisi" unvoniga loyiq deb topildi.
Ushbu yutuq bilan Durdonani chin dildan tabriklaymiz! Bu kelajakda yangi marralarni zabt etish uchun ilhom manbai bo‘lishi aniq. Barakalla!
🗓 Joriy yilning 20-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori I. Bobomurodov boshchiligida 1-bosqich talabalari “Yangi yil shukuhi'' nomli bayram karnavali tashkil etdi.
✅Bayram ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda O'zbek filologiyasi fakultetining talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida tomoshabinlar ham qiziqarli shartlarda faol ishtirok etib, ajoyib sovg'alar olishga muvaffaq bo'ldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 18-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetining Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan universitetimizning 2-bosqich guruhlarida "Binar seminar" tashkil qilindi.
✅Ushbu ilmiy tadbir juda qizgʻin bellashuvga boy boʻldi.Eng quvonarlisi,bu kabi ilmiy tadbirlarga yildan yilga talablarning qiziqishi oshmoqda.Seminar yakunida,hakamlar hay'ati tomonidan gʻolib jamoalar aniqlandi va gʻolib jamoalarga Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri,Filologiya fanlari doktori,professor Zulxumor Xolmanova tomonidan esdalik sovgʻalar topshirildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 2024-yil 16-dekabr kuni yil yakuniga bag'ishlangan "ZAKOVAT" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.Ushbu zakovat o'yinini universitetning yoshlar masalalari va ma'naviy -ma'riy ishlar bo'yicha bo'lim boshlig'i-Sirojiddin Eshbo'riyev ochib berdi.
✅Ushbu o'yinimizda jami 21 ta jamodan 126 nafar talaba va 10 nafar nazoratchi jami 136 nafar ishtirokchi qatnashdi.O'yin natijasi quyidagicha:
1-o'rin "Eyforiya"
2-o'rin "404 not found"
3-o'rin "Valfajr" egallashdi va sovg'a va kitoblar g'oliblarga o'yin yakunida zakovat o'yini tashkilotchisi O'ktam Qahhorov tomonidan topshirildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗣“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida 17 nafar eng bilimdon, kitobxon talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Finalda ikki shart bo‘yicha umumiy natijalarga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar yuqori o‘rinlarga munosib deb topildi:
Bizni kuzating:
🎉Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Qahramonova Sabina Oʻzbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi sohibi boʻldi.
Sabinani ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 11-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 1992-yil 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi.Ushbu tadbir O'zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari va tyutori Umida To'qsonova boshchiligida tashkil qilindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Joriy yilning 11-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori I.Bobomurodov oʻziga biriktirilgan guruh talabalariga O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Davlat madhiyasi - millatning faxr va gʻururi" mavzusida Maʼrifat soati darsi tashkillashtirdi.
Bunda talabalarga madhiyamiz yaratilish tarixi haqida maʼlumot berilib, va ularning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berib oʻtildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 19-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari Oʻ.Qahhorov va I.Bobomurodov oʻzlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan "Ona tili - millat ko‘zgusi, or-nomusi'' mavzusida Maʼrifat darsi olib bordi.
Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ijodiy namunalarini ham tengdoshlari bilan baham ko‘rdilar, savol-javoblar, ijodiy bahslar asosida o‘tkazilgan ma‘rifat darsi talabalarda yaxshi xulosalar, ma‘lumotlar olishlarida sababchi bo‘la oldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Ta'ziya
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, universitetimizning hurmatli dotsenti Dilmurod Xoldorovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor etadi.
Dilmurod Xoldorov o‘zbek tili va adabiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan, bilimdon, mehribon va serqirra inson edi. Ustozning ilm-fan sohasidagi xizmatlari,kasbiga bo‘lgan fidoyiligi, jamoat oldidagi hurmati unutilmasdir. Marhumning oila a’zolariga, yaqinlariga va barcha hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Uning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanadi.
#ochiq_muloqot
📑 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov yakuniy nazorat imtihonlari oldidan 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
❗❗❗Magistratura, Doktorantura talabasi bo'lishni istaysizu lekin til sertifikatingiz yo'qmi?
❗❗❗Siz uchun yangilik malakali TURK TILI o'qituvchisidan 3 oyda turk tilini o'rganing va sertifikatni qo'lga kiriting.
TYS va Milliy imtihon uchun tayyorlov.
❗❗❗ Yangi OFLAYN va ONLAYN darslar boshlanadi. Qulay vaqtlarda ulgurib qoling.
NATIJALARIMIZ BILAN ALBATTA TANISHIB CHIQING❗️
📍Chilonzor metrodagi filial bilan bog'lanish uchun
@melek_0209
+998946129899
🛑Natijalar🛑
Oʻquvchilarni natijasi bilan tanishish uchun 👉 /channel/turkce_hocam_Nazli
Umrimizning o’tibdi yana bir yili,
O’ynaylik kulaylik yangi yil kuni,
Yilda bir marta bo’lar axir bu damlar,
Yangi yil muborak aziz odamlar.
Barchaga olib kelsin baht va omad,
Hammani ishida bo’lsin daromat,
Dildagi orzular bari ushalsin,
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin.
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari, tyutorlar,xodimlari hamda talabalari!
Sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Yil ulkan yutuqlarga, muvaffaqiyatlarga boy, ilm yo'lingiz yorug' va nurafshon, oilangiz tinch, sog'ligingiz mustahkam bo'lishi bilan birgalikda yangi yilda yangi zafarlar tilab qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🎉2024-yilning dekabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlarida "LEADER YOUTH OF UZBEKISTAN" yaʼni "Oʻzbekistonning lider yoshlari " toʻplami chop qilindi.Ushbu toʻplamdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Goʻzal Sayfiddinovaning ham ilmiy maqolasi joy oldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Turk tilidan gapirish va yozish ko'nikmasini oshirishni istaydiganlar talaba qizlar uchun 10 ta darsdan iborat kursimizga qayta qabul ochdik. 5 kishi olinadi xolos. Shoshiling! Murojaat qilishingiz uchun @Sadoqat3523
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti talaba-qizlari!!!
Turk tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz sizga ajoyib kanalni tavsiya etamiz. Hozirda A1 va A2 darajalari uchun qabul davom etmoqda. Bundan tashqari TYS sinoviga topshirmoqchi bo'lgan talabgorlar uchun 10ta darsdan iborat konuşma ve yazma qismidan yuqori puan olish uchun tezkor kurs ham mavjud.
/channel/KamolovaSadoqat_turktili
Bu kanal faqat talaba qizlar uchun
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 5-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti yetakchi tyutorlari va O'zbek tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan universitetning barcha kurslari uchun “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida va "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim"mavzusida diktantlar tanlovi o'tkazilgan edi.
✅Ushbu tanlovning g'oliblari 2024-yilning 18-dekabr kuni Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri,Filologiya fanlari doktori,professor Z.Xolmonova tomonidan munosib taqdirlandi.
🎉1-o‘rin Mushtariy Olimova-O‘zbek filologiyasi fakulteti.
2-o‘rin Farangiz Eshmurodova-O‘zbek filologiyasi fakulteti.
3-o‘rin Gulsanam -Mahmudova O‘zbek filologiyasi fakulteti.
“Eng yaxshi husnixat” sohibi-
Mohinur Saidmurodova Noshirlik ishi yo‘nalishi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2024-yil 18-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Lingvist” to‘garagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi.
✅Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, doktorantlari hamda to'garak a'zolari ishtirok etishdi. Seminar davomida 1-kurs doktorant
Oʻrazova Iqbol Abdikarimovna "“Jon” yadroli frazemalarning semantik tahlili” mavzusida, 2-kurs tayanch-doktorant
Melibayeva Soxibaxon Adxammirza qizi "O‘zbek antroponimlari va milliy-madaniy an’analar” hamda 1-kurs tayanch-doktorant Tursunova Sojidaxon Axmadjon qizi “Badiiy matnning pragmatik tadqiqida ironiyaning oʻrni” mavzusida ma'ruza o'qishdi. Seminarda kafedra professor ustozlari, doktorantlar hamda to'garak a'zolari qatnashdi. Ma’ruzalar xususida kafedra professor-o'qituvchilari o'z fikr-mulohazalarini bildirib, ma'ruzachilarga ko‘rsatmalar va foydali tavsiyalarga boy boʻldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🏆🏆🏆
2024/2025-o‘quv yili uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bakalavriat bosqichining 5 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
Ularni qutlaymiz!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
❄️☃️☃️ Yangi 2025-yil yaqin!!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlar jamoasi tashabbusi bilan 2024-yilning 16-dekabr kuni soat 10:20 da 1-qavat WI-FI xonada "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tadi.
Ushbu zakovat intellektual o'yinida universitetimizning barcha fakulteti talabalari qatnashishi mumkin!!
🥇1-o'rin uchun ( Maxsus yutuq bor) (jamoa uchun) va rektor nomidan I darajali diplom va kitoblar jamlanmasi.
🥈2-o'rin uchun maxsus sovg'a, rektor nomidan II darajali diplom va kitoblar jamlanmasi.
🥉3-o'rin uchun maxsus sovg'a, rektor nomidan III darajali diplom va kitoblar jamlanmasi.
Ma'lumot uchun!! Yutuqlar shu kunning o'zidayoq talabalarga beriladi.Jami badiiy va ilmiy kitoblar soni 30 ta sovg'a qilinadi.
Ushbu zakovat o'yinimizda qatnashish istagidagi talabalar @Bekchanov_02_12 ushbu telegram orqali jamoa nomini yozdirgan holatda ro'yxatdan o'tishlari kerak.Jamoada 6 nafar talaba qatnashishi mumkin.
Diqqat! E’lon 🚩
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 🎶 “Milliy musiqa cholg‘ulari” ansambli tashkil etilmoqda!
Agar siz: 🎵 Milliy cholg‘u asboblarini chala olsangiz, 🎵 San’atga va ijodga qiziqsangiz, bizning ansambl safimizga qo‘shilishga taklif etamiz!
Murojaat uchun: @bahtiyor_qizi
🌟 Iqtidorli talabalarimiz, keling va san’atimizni birgalikda boyitaylik!
🗓️2024-yilning 11-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 1992-yil 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Zakovvat" intellektual o'yini tashkil qilindi.
✅Ushbu o'yinimizda jami 10 ta jamoa ishtirok qildi va va quyidagi jamoalar g'olib bo'lishdi:
1-o'rin " The best" jamoasi
2-o'rin "Olmos" jamoasi
3-o'rin "Evrika" jamoalari egallashdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#ma'rifat_ulashib
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti universiteti bilan hamkorlikda ma'rifat ulashib loyihasi doirasida Toshkent viloyati Yangiyo'l shahar MMTB tasarrufidagi 3-sonli umumta'lim maktabida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi xalq shoiri Abdumajid Azim bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda shoir o'zining mazmunli she'rlarini hamda o'quvchilarga ma'naviyat va madaniyat haqida tushuncha berdi. Tadbir davomida maktab o'quvchilari ularni she'rlarini yodlab, raqs o'yinlarini qo'yib berishdi. Tadbir so'nggida shoir o'quvchilarga va ishtirok etganlarga tashakkur bildirib, ularga kerakli tavsiyalarni berib, o'qishlarga omad tilab ketdilar.
Bizni kuzatishda davom eting