filologiyamatbuot | Неотсортированное

Telegram-канал filologiyamatbuot - O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

1017

O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali

Подписаться на канал

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

💥Siz kitobxonlik kechasini kutgan edingizmi? Ushbu eʼlon aynan siz uchun.

📖5 tashabbus doirasida tashkillashtilayotgan "Bir kitob" klubiga taklif etamiz.

🗓Klubimiz haftaning har chorshanba kuni soat 13:00 da boʻladi.

Ushbu hafta uchun esa barchamizning qalbimizdan birdek joy olgan "Oʻtkan kunlar"kitobini tanladik!!!

📚Klubimiz faollariga esa kitob sovgʻa qilinadi.

Qoʻshimcha savollar uchun: @Sevinch_Samandarova

Bizni kuzatishda davom eting!

ToshDO'TAU_ma'naviyat

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2024-yilning 9-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalariga Oliy ta'lim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi 412-sonli nizomiga asosan,"Tejamkorlik-varovonlik garovi" hamda buyuk jadid ma'rifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti haqida axborot-murabbiylik darslari tashkil qilindi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 7-noyabr kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori Boymirzayev Muslimbek 1-kurs talabalari bilan birgalikda "Amaliy san'at muzeyi"ga tashrif buyurishdi hamda muzey ko'rgazmalari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz

“Jar” sport majmuasida “Karate-do” sport turi bo‘yicha 2024-yilning 4-6-noyabr kunlari Xalqaro turnir o‘tkazildi. Musobaqada universitet sport murabbiyi R.Alimboyeva shogirdi O'zbek filologiyasi fakulteti 104-guruh talabasi Xolbekova Shoxista faxrli 3-o‘rinni qo'lga kiritdi. Talaba qizimizga bundan keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting

ToshDO'TAU_ma'naviyat

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

E’lon📢

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Eng faol yil talabasi” tanlovinining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti bosqichini 2024-yilning 5-noyabr kuni soat 14:00da 3-qavat 313-xonada bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
📌Eslatma!! Tanlovga sababsiz kelmagan talabalarning ijodiy ishlari ko'rilmaydi!

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi  ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni”Respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi tyutori"  nominatsiyasi boʻyicha universitet bosqichida Sirojiddin Bekchanov faxrli 1-oʻrinni egalladi va Respublika bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻldi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 26-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalariga “Saylov-demokratiya koʻzgusi" mavzusida axborot-murabbiylik darsi boʻlib oʻtdi.
✅Darsni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori S.Bekchanov olib bordi.
Ushbu axborot darslarida 100nafarga yaqin talabalar faol ishtirok etishdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Joriy yilning 23-oktabr kuni O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari A.Ikromov, O'.Qahhorov va I.Bobomurodovlar oʻziga biriktirilgan 101, 102, 103, 306, 308, 309-guruh talabalari bilan birga avtomatlashtirilgan elektron kutubxona IRBIS64+ dasturi bilan yaqindan tanishishi uchun axborot-resurs markaziga tashrif buyurdi.

Bizni kuzatishda davom eting

ToshDO'TAU_ma'naviyat

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

👉 Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “O‘zbek tili – o‘zligimiz timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi. Davomi

👉 Тошкент шаҳар Ички ишлар бош бошқармасида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди

Тошкент шаҳар ИИББ шахсий таркиби билан ўтказилган навбатдаги Маънавият ва маърифат дарси “Ўзбек тили – ўзлигимиз тимсоли” мавзусига бағишланди. Давоми

👉 В ГУВД города Ташкента состоялось духовно-просветительское мероприятие

Среди личного состава ГУВД города Ташкента было проведено духовно-просветительское мероприятие, посвящённое теме «Узбекский язык – символ нации». Далее

💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#OʻzbekTili

🙋 Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!

🖋 1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!

🗒 Har bir millatning iftixori, gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero, har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir. Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek burchlimiz.

🎉 Aziz yoshlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Sizlarni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 18-oktabr kuni Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar” haftaligi boʻlib oʻtdi.Ushbu haftalik doirasida,milliy kurash,milliy raqs,milliy taomlar va milliy liboslar namoyishi oʻtkazildi.Xiyobonga tashrif buyurgan mehmonlar koʻnglida iliq taassurotlar qoldirdi.Eng quvonarlisi ushbu haftalik doirasida Oʻzbek filologiyasi fakultetining tyutorlari va talabalari faol ishtirok qildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yil 16-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida “Saylov-demokratiya koʻzgusi”mavzusida axborot-murabbiylik darslari tashkil etildi.Darslarni fakultet tyutorlari: A.Ikromov hamda I.Bobomurodovlar olib borishdi.

✅Bugungi axborot-murabbiylik darslarida 50nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Eng faol yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

Ushbu tanlovda ishtirok etishni xohlovchi O'zbek filologiyasi fakultetining 2.3.4 -kurs talabalari o'z hujjatlarini O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori Sirojiddin Bekchanovga topshirishlari mumkin.
Qabul xonasi: 4-qavat 417-xona.
Qabul vaqti : ertalab soat 09:00 dan 18:00gacha.
Oxirgi muddati : 2024-yilning 21-oktabr kuni 18:00 gacha qabul qilinadi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 3-oktabr kuni Alisher Navoiy Nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 30 nafarga yaqin talabalarimizning ota-onalari farzandlarining namunali xulq-odobi hamda faolligi bilan e'tirof qilib o'tildi. Ushbu taqdirlashni O'zbek filologiyasi fakulteti  tyutori S.Bekchanov amalga oshirdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 30-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 2023-2024-o'quv yilining iqtidorli va faol talabalari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
✅Tadbir davomida O'zbek filologiyasi fakulteti  talabalarining yuqori natijalarga erishishida munosib sharoit yaratgan ustozlar eslab o'tildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Тожикистонда Амир Темур ҳаёти ҳақида ўзбек тилида битилган қўлёзма топилди.

Бу ҳақда Тожикистон миллий университети профессори, филология фанлари доктори, Навоийшунос олим Бадриддин Мақсудов ўз маърузасида маълум қилди.

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 8-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida “Kitobxon yoshlar ligasi” hamda “Til bilimdonlari” Respublika tanlovi gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.
🎉Quvonarlisi,ushbu tanlovda fakultetimizning 4 nafar talabalari faxrli oʻrinlarni egallashgan.

Sevinch Muzaffarova "Kitobxon yoshlar ligasi" 1-oʻrin sohibasi.

Abduvahobova Noila va Dilbar Sindarovalar "Kitobxon yoshlar ligasi"4-oʻrin sohibalari

Sarvinoz Baratova " Til bilimdonlari" koʻrik tanlovi 2-oʻrin sohibasi.

🎊Talabalarimizni ushbu yutuq bilan butun fakultet va universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 6-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalariga “Tejamkorlik-farovonlik garovi" mavzusida axborot-murabbiylik darsi boʻlib oʻtdi.
✅Darsni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutorlari: S.Galdiyorova, M.Mamatkulova,A.Ikromov hamda M.Boymirzayevlar olib borishdi.
Ushbu ma’rifat soati darslarida 100dan ortiq talabalar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓2024-yilning 6-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutorlari: A.Ikromov va O'.Qahhorovlar fakultetning 1-kurs talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasida bo'lib o'tgan buyuk shoirimiz Chori Avaz xotirasiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etishdi.

✅Tadbirda "Favvora" film kinostudiyasi tomonidan tayyorlangan film namoyish etildi hamda Chori Avazning doʻst-qadrdonlari ,shoirlar bilan birgalikda ajoyib xotiralar yodga olinib, Chori Avaz haqida chiroyli fikrlar bildirildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 30-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalariga “Ma’rifat bayrogʻin tutgan jadidlar" mavzusida axborot-murabbiylik darsi boʻlib oʻtdi.
✅Darsni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori I.Bobomurodov olib bordi.
Dars avvalida I.Bobomurodov tomonidan jadidlar va ularning maʼrifatga chorlovchi asarlari haqida batafsil gapirib oʻtildi.
Unda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi.
Qiziqarli suhbat davomida jadidchilik harakatida amalga oshirilgan ishlar yoritilgan maxsus videolavha tomosha qilindi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#marifat_ulashib

👧 Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida adabiyotsevar vatandoshlarimiz, kitobxon talaba yoshlar bilan muloqotlar qilib keldi.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓2024-yil 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida "Oʻzbek tili - milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida axborot-murabbiylik soati o'tkazildi.
✅Axborot-murabbiylik darslarini fakultet tyutorlari: S.Galdiyorova hamda M.Boymirzayevlar olib borishdi.
📌Suhbat davomida murabbiylar tomonidan til – millatimiz ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasi,jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singishi,ona tili – bu millatning ruhiligi,o‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrarligi haqida ma’ruza qilindi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓2024-yilning 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "Muqaddassan - Ona tilim" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari Akmal Ikromov hamda O'ktam Qahhorovlar tomonidan tashkil etildi. ✅Tadbirda fakultetimizning 1-bosqich talabalari ijrosida g'azalxonlik, she'rxonlik, laparlar namoyish etildi. Yoshlar masalalari va ma'naviy -ma'rifiy ishlar bo'yicha bo'lim boshlig'i Sirojiddin Eshbo'riyev talabalar bilan ona tilimizni asrab avaylashimiz,uni yanada yuksakroq darajaga olib chiqishimiz haqida suhbat uyushtirildi. /channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Tilimizning sofligi, boyligi va borligi millatimizning bebaho milliy iftixoridir. Tarixga nazar tashlasak, tilimizda xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari, urf-odatlari va ruhiyati oʻz ifodasini topganini koʻramiz.  Yangi Oʻzbekiston qurilishida amalga  oshirayotgan islohotlarimizning asosiy yoʻnalishlaridan biri ona tilimizni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi globallashuv davrida har bir millat oʻzligini saqlab qolishga, ajdodlari tomonidan qoldirilgan milliy qadriyatlarni, jumladan, ona tilini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylashga va ularni keyingi avlodlarga munosib meros sifatida qoldirishga astoydil urinmoqda. Dunyoda oʻz maqsad va vazifasiga koʻra noyob boʻlgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi ham davlatimizning  shu yoʻnalishdagi ezgu amaliy ishlaridan biridir.
Universitetimiz oʻz strategik maqsadlari va missiyasiga sodiq  qolgan holda  mamlakatimiz va xorijda oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish va oʻrgatish, til va adabiyotimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, uni targʻib va tashviq qilish borasida muntazam rejali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu ishlarni davom ettirishda jamoamizga kuch-quvvat tilayman!
Bugungi bayram barchamizga muborak boʻlsin!
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori
, akademik

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni!

“Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi”
Shavkat Mirziyoyev


Videolavha “Oʻzbekiston tarixi” telekanali bilan hamkorlikda tayyorlandi.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yil 16-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori M.Muhammadiyeva “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusida ma’rifat darsi (Axborot va tyutorlik soati) o'tdi.
✅ “Ma’rifat darsi” 4 bosqichda o'tkazildi.
1-bosqich: (20 daqiqa) Kun yangiliklari va yangi huquqiy normativ hujjatlar haqida
qisqacha ma'lumot berib o'tildi.
2-bosqich: (30 daqiqa) Ma’rifat darsida “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusi tushuntirildi.
3-bosqich: (15 daqiqa) Talabalar bilan fazilatlar haqida suhbatlashildi. Turli illatlardan
saqlanishga chorlash, hamda hadis, hikmatli so‘zlar va rivoyatlardan misollar keltirildi.
4-bosqich: (15 daqiqa) Bu bosqichda har oyda o‘qish uchun rejalashtirilgan kitoblar haqida fikr almashildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Qozoq she'riyatining yorqin namoyondalaridan biri, turk adabiyoti faxri, madaniyat arbobi Oʻljas Sulaymonovning "Аз и Я" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu "Аз и Я" asari 1975 yili chop etilgan va katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan, hatto yuz ming adadda bosilgan kitob hisoblanadi.
✅Ushbu tadbirda bir qator mehmonlar,jumladan: filologiya fanlari doktori, professor B.Abdushukurov ham soʻzga chiqib asar haqidagi oʻzining iliq fikrlarini bayon qildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 11-oktabr - xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shiori ostida forum bo'lib o'tdi.

✅Forumda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya fakulteti talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Ma'mura To'rayeva ham ishtirok etdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#Bayramingiz_Muborak

💥Bugun 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"🎉

Ushbu kun munosabati bilan universitetimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli ustozlar! 👩🏻‍🏫👨🏻‍🏫

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.


Shu munosabat bilan, joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan birinchi bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili 9-sentyabrdan boshlanganligini inobatga olib, ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi tartibda talabalardan onlayn ariza qabul qilish joriy yilning 16-sentyabr sanasiga qadar amalga oshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал