21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni!
“Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi”
Shavkat Mirziyoyev
🗓️2024-yil 16-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori M.Muhammadiyeva “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusida ma’rifat darsi (Axborot va tyutorlik soati) o'tdi.
✅ “Ma’rifat darsi” 4 bosqichda o'tkazildi.
1-bosqich: (20 daqiqa) Kun yangiliklari va yangi huquqiy normativ hujjatlar haqida
qisqacha ma'lumot berib o'tildi.
2-bosqich: (30 daqiqa) Ma’rifat darsida “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusi tushuntirildi.
3-bosqich: (15 daqiqa) Talabalar bilan fazilatlar haqida suhbatlashildi. Turli illatlardan
saqlanishga chorlash, hamda hadis, hikmatli so‘zlar va rivoyatlardan misollar keltirildi.
4-bosqich: (15 daqiqa) Bu bosqichda har oyda o‘qish uchun rejalashtirilgan kitoblar haqida fikr almashildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Qozoq she'riyatining yorqin namoyondalaridan biri, turk adabiyoti faxri, madaniyat arbobi Oʻljas Sulaymonovning "Аз и Я" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu "Аз и Я" asari 1975 yili chop etilgan va katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan, hatto yuz ming adadda bosilgan kitob hisoblanadi.
✅Ushbu tadbirda bir qator mehmonlar,jumladan: filologiya fanlari doktori, professor B.Abdushukurov ham soʻzga chiqib asar haqidagi oʻzining iliq fikrlarini bayon qildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 11-oktabr - xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shiori ostida forum bo'lib o'tdi.
✅Forumda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya fakulteti talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Ma'mura To'rayeva ham ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#Bayramingiz_Muborak
💥Bugun 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"🎉
Ushbu kun munosabati bilan universitetimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!
Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli ustozlar! 👩🏻🏫👨🏻🏫
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
Bizni kuzating
Hurmatli ilm ahli! “Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali – Sharq adabiyoti va madaniyati, ijtimoiy-ma’naviy hayoti, dinshunoslik va ilohiyotshunoslikka oid ahamiyatli qo‘lyozma manbalarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar xulosalarini chop etishga mo‘ljallangan.
Jurnal OAK ro'yxatiga kiritilgan.
✅Jurnalning 2024-yil 3-,4-sonlari uchun maqolalar qabul qilish boshlandi.
Academic Resource Index (ResearchBib), Crossref, Advance science index nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar bazasiga kiritilgan.
Qo‘lyozmalar MS Word (.doc) formatida (goldenscripts@gmail.com) elektron pochtasiga yuboriladi.
Mas’ullar:
🔴Tojiboyeva Ozoda – +99894 697 97 04
🔴Mullaxo‘jayeva Karomat – +998 93 382 20 05
🔴Mavlyanov Sanjar – +99897 756 54 52
Batafsil ma'lumot
Telegram kanal: /channel/oltinbitiglar
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Oltin bitiglar - Golden scripts ilmiy jurnalining 2024-yil 1-2-sonlarida nashr etilgan eng dolzarb maqolalar bilan tanishing.
✅Baxtiyor Abdushukurov - Kul tigin bitigtoshidagi ijtimoiy-siyosiy leksika
✅Parviz Izzatillayev - "Muhokamat ul-lug'atayin" Eron navoiyshunoslari talqinida
✅Samixon Ashirboyev - O'zbek milliy transkripsiyasini yaratish yo'lida
✅Zilola Amonova, Azizbek Boqiyev - Saif Zafari Buxoriyning "Durrul majolis" asarida Odam (a.s.) talqini
✅Sohiba Madirimova - To'ramurod to'ra Sayyid Muhammadxon o'g'li hayot yo'li va ijodiy merosi
✅Qosimjon Sodiqov - Qoraxoniylar davri asarlarida ishlatilgan tilshunoslik atamalari
📝2024-yil 3-,4-sonlari uchun maqolalar qabul qilish davom etmoqda.
Jurnal OAK ro'yxatiga kiritilgan.
Talablar haqida batafsil ma'lumot:
https://goldenscripts.tsuull.uz/index.php/goldenscripts/issue/archive
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
/channel/oltinbitiglar
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbekiston: til va madaniyat - Uzbekistan:language and culture ilmiy jurnalining 2024-yil 1-2-sonlarida nashr etilgan eng dolzarb maqolalar bilan tanishing.
✅Azizullah Aral - Qadim Xurosondagi Navoiy obidalarining bugungi ko‘rinishi
✅Нозлия Нормуродова - Теоретические вопросы антропоцентризма в контексте развития современной лингвистической науки
✅Eldor Asanov - Turk-run bitiklari ilk o'rta asrlar O'rta osiyo turklarida ijtimoiy status, ijtimoiy notenglik va xotira kategoriyalarini tushunish manbasi sifatida
✅Gulnara Niyazova - Detektiv fantastikadagi pragmatik moslashuv
✅Oynisa Hojiyeva - Türk Atasözlerinin Karşilaştirmali Analizi
✅Shahlo Hojiyeva - Sharq-u G‘arb ma’rifatchilik adabiyotining uyg‘unligi va o‘ziga xosligi
📝2024-yil 3-, 4-soni uchun qabul davom etmoqda.
Talablar haqida batafsil ma'lumot:
http://uzlc.tsuull.uz/index.php/uzlangcult
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling: /channel/tilvamadaniyat
Тошкентда талабаларни «ижарага қўювчи» фирибгарлар пайдо бўлди.
Улар сохта рекламаларни жойлаштириб, уйга қизиқиш билдирганлардан олдиндан пул ўтказиб беришни сўрайди. Бўлмаса уйни бошқа бериб юборишини айтади.
Тўлов қилиб бўлингач, уй эгасини ҳам, пулларингизни ҳам қайтиб кўрмайсиз. Шу сабабли уйни кўриб, калитни олиб, ижара шартнома қилгач, тўловни амалга ошириш керак.
👉🏻 @Shoshilinchuz - энг тезкор хабарлар каналига аъзо бўлинг !
Sen Vatan haqida berma ko'p savol
Lof urma Vatanning muhabbati deb,
Uni mansab kabi aylama xayol
Yoxud suhbatingga u emasdir zeb.
Vatan tanangdagi qondir, jondir u
Vatanni sevmoqlik imtihondir bu!
● Abdulla Oripov
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari,tyutorlar xodimlar va talablar! O'zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik tantanasi barchamizga muborak bo'lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lib, bayrog'imiz baland cho'qqilarda hilpirayversin. Mustaqilligimizga ko'z tegmasin. Vatanparvarlik-oliy fazilat.
Yurtparvarlik esa hamisha mustahkam iymondan dalolat beradi. Shunday ekan Vatanimiz rivoji uchun qo'shayotgan hissamiz davomli bo'lib, yetuk avlod bo'lishlik barchamizga musharraf bo'lsin .
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Олий Мажлис ва ҳудудлардаги вакиллик органларига сайловлар илк бор аралаш сайлов тизими асосида ўтказилади
Президент бўлғуси сайловлар халқаро сайлов стандартлари ва миллий сайлов қонунчилигига тўла мувофиқ ҳолда, кучли рақобат муҳитида бўлиб ўтишига ишонч билдирди ҳамда бутун халқимизни сайловда фаол иштирок этишга чақирди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/631049
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
Батафсил: https://uza.uz/posts/631046
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Президент: “Ўзбекистон мустақиллиги учун курашган ватанпарвар аждодларимиз хотираси юрагимизда ҳамиша яшайди”
Улар – ғоят оғир шароитда ҳам миллий истиқлол ва ҳуррият ғояларига содиқ қолган қаҳрамонларимиздир. Бугун уларнинг эзгу ғоя ва тамойилларига таяниб, янги ҳаёт, янги жамият пойдеворини яратмоқдамиз. Бу фидойи зотларнинг номларини ҳеч қачон унутмаймиз. Уларнинг хотираси қалбимизда, юрагимизда ҳамиша яшайди, – деди Президент.
Мустақиллик – халқимиз ҳаётида муҳим ўрин тутадиган беқиёс қадрият
Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан юртимиз бўйлаб байрам шукуҳи давом этмоқда. Идора ва ташкилотларда байрам муносабати билан тантанали тадбирлар ташкил этилмоқда.
Батафсил: https://uza.uz/posts/630949
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
🗓️2024-yilning 18-oktabr kuni Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar” haftaligi boʻlib oʻtdi.Ushbu haftalik doirasida,milliy kurash,milliy raqs,milliy taomlar va milliy liboslar namoyishi oʻtkazildi.Xiyobonga tashrif buyurgan mehmonlar koʻnglida iliq taassurotlar qoldirdi.Eng quvonarlisi ushbu haftalik doirasida Oʻzbek filologiyasi fakultetining tyutorlari va talabalari faol ishtirok qildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 16-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida “Saylov-demokratiya koʻzgusi”mavzusida axborot-murabbiylik darslari tashkil etildi.Darslarni fakultet tyutorlari: A.Ikromov hamda I.Bobomurodovlar olib borishdi.
✅Bugungi axborot-murabbiylik darslarida 50nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Eng faol yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.
🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
🗓️2024-yilning 3-oktabr kuni Alisher Navoiy Nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 30 nafarga yaqin talabalarimizning ota-onalari farzandlarining namunali xulq-odobi hamda faolligi bilan e'tirof qilib o'tildi. Ushbu taqdirlashni O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori S.Bekchanov amalga oshirdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 30-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 2023-2024-o'quv yilining iqtidorli va faol talabalari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
✅Tadbir davomida O'zbek filologiyasi fakulteti talabalarining yuqori natijalarga erishishida munosib sharoit yaratgan ustozlar eslab o'tildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2024-yil 5-fevraldagi "Ta'lim, sog'liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar yuzasi"dan o'tkazilgan yig'ilishi 9-sonli bayonining 53-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutorlari va talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.
✅Tadbirda ustozlar va talabalar tomonidan Alisher Navoiy g'azallaridan yod etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Hurmatli Ilm ahli! “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali zamonaviy O‘zbekiston (sobiq Turkiston) bilan bog‘liq bevosita Markaziy Osiyo mintaqasini birlashtiradigan til, tarix, san’at, etnografiya, madaniyat va ijtimoiy fanlar sohalarini qamrab olgan ilmiy jurnaldir. Jurnalda quyidagi rukndagi maqolalar e’lon qilinadi:
Lingvistika, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, din, falsaf, ilohiyot, fan, ta’lim, metodika, sotsiologiya, psixologiya, tarix, manbashunoslik, etnologiya va antropologiya.
Jurnal OAK ro'yxatiga kiritilgan.
✅Jurnalning 2024-yil 3-,4-sonlari uchun maqolalar qabul qilish boshlandi.
Academic Resource Index (ResearchBib), Crossref, Advance science index nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar bazasiga kiritilgan.
Qo‘lyozmalar MS Word (.doc) formatida
(uzlangcult@gmail.com) elektron pochtasiga yuboriladi.
Mas’ullar:
🔴Tojiboyeva Ozoda +99894 697 97 04
🔴Mullaxo‘jayeva Karomat +998 93 382 20 05
🔴Mavlyanov Sanjar +99897 756 54 52
Batafsil ma'lumot
Telegram kanal: /channel/tilvamadaniyat
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Oltin bitiglar - Golden scripts ilmiy jurnalining 2023-yil 3-4-sonlarida nashr etilgan eng dolzarb maqolalar bilan tanishing.
✅Dilnavoz Yusupova - Turkiy adabiyotda arba'innavislik an'anasi: Alisher navoiy va Muslihiddin Mustafo Axtariy "Arba'in"lari misolida
✅Mushtariy Xolmurodova - "Qutadg'u bilig"dagi baho munosabatini ifodalovchi leksemalar
✅Jaloliddin Jo'rayev - Som Mirzo Safaviyning Tuhfayi Somiy" tazkirasi haqida
✅Gulzoda Soatova - Oltoy hayoti va ijodi haqida ba'zi mulohazalar
✅Feada Samadbek - Afg'oniston o'zbek tili fonetikasida assimilyatsiya hodisasi
✅Usmon Qobilov - Tavhid, nubuvvat va badiiy tavsif masalasi tadqiqiga doir
📝2024-yil 3-,4-sonlari uchun maqolalar qabul qilish davom etmoqda.
Jurnal OAK ro‘yxatiga kiritilgan.
Talablar haqida batafsil ma'lumot:
https://goldenscripts.tsuull.uz/index.php/goldenscripts/issue/archive
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
/channel/oltinbitiglar
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbekiston: til va madaniyat - Uzbekistan:language and culture ilmiy jurnalining 2023-yil 3-4-sonlarida nashr etilgan eng dolzarb maqolalar bilan tanishing.
✅Abdulhay Sobirov - O‘zbek tilining buguni va kelajagi bo‘yicha mulohazalar
✅Nodira Xolikova - O‘zbek jаdid she’riyatidа аyol obrаzining ijtisolida)
✅Vahobjon Nazarov - Fransuz tili darslarida multimedia vositalari turlari va texnologiyalari
✅Sanjar Mavlyanov - O‘zbek tili diplomatik terminlarining semantik tasnifi
✅Jo'ra Xudoyberdiyev - Birinchi turkologiya qurultoyi va plenumida turkiy tillardagi singarmonizm muhokamasi
✅Orzigul Hamroyeva - Fitratning aruz va milliy she’r tizimi xususidagi mulohazalari
📝2024-yil 3-, 4-soni uchun qabul davom etmoqda
Talablar haqida batafsil ma'lumot:
http://uzlc.tsuull.uz/index.php/uzlangcult Telegram kanalimizga a'zo bo'ling: /channel/tilvamadaniyat
✅ Talabalar uchun ijara to'lovlarini bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
Яшасин Ўзбекистон Республикаси! Яшасин Ўзбекистон халқи!
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Бугун шиддатли ҳаётнинг ўзи барчамизни янада улкан марралар сари даъват этмоқда — Президент
Мен ишонаман – барчамиз бир бўлиб, ақл-заковат, билим ва тажрибамиз, куч-ғайратимизни ишга солиб, бу улуғ манзилга албатта етамиз. Ёруғ ва нурафшон келажагимизни – Янги Ўзбекистонни албатта барпо этамиз!
Ўзбекистонда 2023 йилда ялпи ички маҳсулот илк бор 100 миллиард доллардан ошди
Сўнгги 7 йилда Ўзбекистон ташаббуслари асосида Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси томонидан 10 дан зиёд, жумладан, жорий йилда 4 та махсус резолюция қабул қилинди.
Жаҳон банки бу йил мамлакатимиз ялпи ички маҳсулоти 5,3 фоизга ўсишини прогноз қилди. Кўплаб давлатлар билан солиштирганда бу анча юқори кўрсаткичдир.
Батафсил: https://uza.uz/posts/631018
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Айнан мустақиллик туфайли миллий давлатчилигимиз қайта тикланди. Ўзбекистон янги тарихий даврга қадам қўйди — Президент
“Янги Ўзбекистон” боғида мамлакатимиз давлат мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган байрам шодиёнаси бўлиб ўтмоқда. Маросимда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев нутқ сўзламоқда.
Батафсил: https://uza.uz/posts/631009
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
#tabriklaymiz
Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi Sevinch Muzaffarova respublika oliy ta'lim muasasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Kitobxon yoshlar ligasi" koʻrik-tanlovining final bosqichida 1-o'rinni qoʻlga kiritdi.
Sevinchni g'alaba bilan qutlaymiz!