#Mustaqillikning_33_yilligi
🇺🇿"Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz”! shiori ostida O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Yakkasaroy tumanida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
@Yakkasaroy_madaniyat
⚡️Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi
Bizni kuzating
Aziz yoshlar!
Siz hayotingizning yana bir muhim kuni - oliy ta'lim muassalariga kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi boʻldingiz. Avvalo, sizni ushbu katta gʻalaba bilan tabriklayman.
Barchangiz yillar davomida ustozlaringizdan olgan bilimlaringizni sinovdan o‘tkazdingiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz bildirgan ishonchni oqladingiz, jahon reytinglarida kuchli 300 talikka kirgan, yurtimizning eng nufuzli universitetlaridan birining talabasi boʻldingiz. Biz Yangi O‘zbekiston kelajagini aynan siz kabi yoshlarning ko‘zlarida ko‘ramiz. Siz talabasiga aylangan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham e'tirofga sazovor bo‘layotgan, talabalarga sifatli ta'lim berayotgan universitetdir. Biz tabalarimizni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol, ma'naviyati va dunyoqarashi bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladigan, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi etib tarbiyalashga bor diqqatimizni qaratganmiz. Universitetimizda tahsil olishni boshlagach bularning barchasiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Istardimki, ilmiy salohiyati yuksak professorlarimizdan muhim bilimlarni oʻrganib, sohangizning yetuk mutaxassislariga aylanasiz, millatimiz ertangi kuni ishonchli qoʻllarda ekaniga biz ham yana bir karra ishonch hosil qilamiz! Barchangizga yangi oʻquv yili oldidan omad va zafarlar yor bo‘lishini tilayman! O‘zingizga va bilimingizga ishoning, sizni talabalarimiz safida ko‘rishdan xursandmiz!
Shuhrat Sirojiddinov Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori, filologiya fanlari doktori, akademik
🗓️2024-yil 15-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov hamda fakultet tyutorlari S. Bekchanov, Oʻ. Qahhorovlar Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya”mahallasida joylashgan talabalar uchun ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.
✅Tashrif davomida yaqinlashib kelayotgan yangi o'quv yilida talabalar yashaydigan ijara joylarining soni, narxi xonadonning yongʻin xavfsizligi, sanitariya talablariga javob berishi, yashash, dars tayyorlash, ovqatlanish uchun zarur maishiy jihozlarning mavjudligi va sozligi kabi shart-sharoitlari oʻrganildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#oavda_biz #mustaqillik33
🎗Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov bilan “O‘zbekiston-24” telekanalida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida suhbat efirga uzatildi.
📺Ushbu suhbatni albatta tomosha qiling!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
"Ислоҳотчи раҳбар, Янги Ўзбекистон асосчиси, халқаро майдонда улкан нуфузга эга атоқли давлат арбоби". Президент Шавкат Мирзиёев - Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Фахрий унвони соҳиби
Читать полностью…#qisqa_hikoya_2 📜
Bo'g'zimdagi buyuk hayqirig'imni hech kim eshitmadi. Ona qachondan o'zgardim ayting? Butun qishloqni boshiga ko'tarib yig'lagan o'g'lingizni nega bugun ovozi chiqmayapti?
Qiziq, ona dedimmi? Ko'rdingizmi bugun sizdan olislarda qalbim uzoqlashgani yetmagandek shevam ham o'zgardi. Sizni esimni taniganimdan buyon aya derdim-ku.
Aya, ayajon... sog'indim sizni... Sovuq vagonlarning hayqirig'idan qo'rqqan paytlarim etagingiz ortiga o'tib yashiringim keladi...
Aya... men o'zgardim, siz istagandek qalbimni pok saqlay olmadim.Tosh shahar toshlaridan bitta-bitta terib qalbimga qadadim...
Kechiring, aya, meni endi bag'ritosh deb atang. O'sma qo'yib meni kutayotgan qo'shni qizlar o'rniga bir xil ko'zlar, bir xil qalamqoshlar meni o'z nog'orasiga kuysiz o'ynatdi".
Said to'lqinlanib ijod qilardi. Har joyda miyig'ida nishonga urdim degandek kulib qo'yardi.
Yarim tun, ilhom parisi va Saidni jiringlagan telefon diqqatini bo'ldi. Beliga tepdi degandek zarda bilan telfonga javob berdi:
- Alo?
- Allo bolam... - unsiz ovoz eshitildi.
- E-e aya, sizmidingiz? Ijod qilyapman, hadeb telefon qilavermang-da endi!
Said telefonni o'chirib divanga uloqtirdi. U bugun onasi haqida kitob yozyotgandi...
✍Ma'mura To'rayeva
TOSHDO'TAU talabasi
@mutolaablogs
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Bizni kuzating
#tabriklaymiz
Bugun nafaqat mamlakatimizda, xalqaro miqyosda ham turkologiya jonkuyari, oʻzbek tili fidoyisi, manbashunoslik va matnshunoslik ilmining atoqli vakili – nuktadon olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov tavallud topgan kun.
Bugungi kun munosabati bilan ustozni samimiy qutlaymiz. Yana uzoq yillar yurt manfaati, ilm-fan ravnaqi yoʻlida mehnat qilishdan tolmasinlar. Ularning rahbarliklarida universitetimiz bundan-da baland marralarni zabt etaversin!
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#yozgi_xabarlar
Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov Respublika yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminarida ishtirok etib, she’riyat yo'nalishidagi ishtirokchilarga mahorat darslari o‘tdi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#tabriklaymiz
Bugun Oʻzbek filologiyasi fakultetining eng fidoyi,jonkuyar tyutorlaridan Oʻktam Qahhorovning tavallud ayyomi🎉🎉.
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
📌Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari, filologiya fanlari doktori, dotsent Ilhom Sayitqulov tomonidan "Xalq ijodiyoti namunalari" nomli to'plamlaridan 10 dona universitet Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi.
✨Axborot-resurs markazi ustozga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.
🗓 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun!
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi — Davlat gerbi tasdiqlanganligiga 32 yil toʻldi.
Bizni kuzating
Aziz yoshlar!
Barchangizni, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlarni bugungi 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shaxsan o‘zim nomimdan va universitet jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Yangi O'zbekistonga sizdek g‘ayratli, bilimli va vatanparvar yoshlar kerak. Shuni ham aytish kerakki, orangizda hammangiz eng iqtidorli talabalarsiz. Ko‘p ishlarga qodirsiz.
2017-yilning 30-iyun kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu yoshlar mamlakati bo'lgan O'zbekistonda sizlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yil davomida turli darajadagi tadbirlar va tanlovlar tashkil etilyapti. Yangi iqtidor egalari kashf qilinyapti. “Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan universitetimiz yigit-qizlarining muvaffaqiyati barchamizni quvontirdi. Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan universitetimiz talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani esa chinakam ma'noda bayramga munosib tuhfa bo'ldi. Dilnavoz kabi iste'dodli, zukko talabalarimiz safi kengayaversin, har biringiz ana shunday e'tirofga munosibsiz. Chunki siz nufuzli reytinglarda TOP-300+ natijani qayd etgan universitet talabasisiz. Men quvonch bilan ayta olamanki, bugun bizning talabalarimiz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bilim maskanlarida, turli tashkilot va idoralarda mehnat qilib, o'zining salohiyati bilan hammani lol qoldirib kelishmoqda. Bu esa universitetimizning juda katta yutug‘i deb hisoblayman.
Bu bayram zamirida Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Shunday ekan, men yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang!
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori, akademik
Shuhrat Sirojiddinov
🗓️2024-yilning 29-iyun kuni “Yangi O'zbekiston" bog'ida 3000 metrga yugurish bo'yicha marofon bo'lib o'tdi.
✅Ushbu marafonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining sportchi talabalari va tyutorlari S.Bekchanov,I.Bobomurodov va M.Baxtiyorovlar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz
🌟 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Samixon Ashirboyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Ustozimizni tabriklaymiz!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#tezkor #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Bizni kuzating
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi
🔍Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
🔍“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
🔍“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
🔍“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
🔍Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar:
🔍 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
1-o‘rin — 50 000 000 so‘m
2-o‘rin — 30 000 000 so‘m
3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.
🔍 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
1-o‘rin — 30 000 000 so‘m
2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.
🔍 “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
1-o‘rin — 20 000 000 so‘m
2-o‘rin — 10 000 000 so‘m
3-o‘rin — 5 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔍Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
📹Ijodiy ishlarni t.me/ManaviyatTanlovlar_bot manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz.
📞Murojaat uchun telefon: +998971448025
✅Bizni kuzatishda davom eting!
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
Kitob o‘qing, elektromobil yuting!
📚 9 452 ta mahalladan eng bilimdon va zukko kitobxonlarni aniqlash uchun maydon yaratgan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi. Ushbu mavsumning mahalla bosqichi sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
📎Tanlov Nizomi bilan tanishing!
📝 Shoshiling @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting!
📑 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
⚡️Тошкент–Париж доимий алоқа: Президент чемпионлар билан гаплашди
Ўзбекистон спорт делегацияси Париж Олимпиадасидаги иштирокини якунлаб, тарихий натижага эришди. Ўйинларнинг охирги кунида боксчиларимиз Баҳодир Жалолов ва Абдумалик Ҳалоков, эркин курашчи Разамбек Жамалов олтин, таэквондочимиз Светлана Осипова ва оғир атлетикачимиз Акбар Жўраев кумуш медалларни қўлга киритди.
PAYSHANBA VA DUNYO 🌍 YANGILIKLARI
/channel/Payshanbaliklar_N1
Ўзбекистон ва Қозоғистон Президентлари Остонада буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий ҳайкалини очдилар
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Diyora Keldiyorova bilan muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida birinchi marta chempion boʻlgan sportchi qizimizni tarixiy gʻalaba bilan qizgʻin tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
@Jadid_media
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi
🔸Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorlikda “Salom Vatandosh” mega loyiha dasturi doirasida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga quyidagi mavzularda videoroliklar qabul qilinadi:
G‘oliblar quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
#perevod
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.
Joriy yilda bittagina o'zgarish bor. San'at sohasida o'tish bali oshirilibdi. O'tgan yili san'at sohasida o'tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilanibdi. Boshqa yo'nalishlarda o'zgarish yo'q.
Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:
1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.
ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.
#ular_Germaniyada_oʻqigan_edi
BASHIM SOLIH QISMATIBahodir KARIM
30-yillardagi qatag‘on bo‘hroni barcha millatlar boshiga yog‘ilgan ulkan bir ofat edi. Bu balo va ofatning zahmi-izosi hali shu kunga dovur odamlar qalbini iztirobga solib keladi.
Batafsil: jadid-media.uz
@Jadid_media
#konferensiya
✍️ O’zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o’qituvchilari Turkiya jumhuriyati Kayseri shahridagi Erjiyes universiteti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etishmoqda.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#oavda_biz
📑 "Yangi O'zbekiston" gazetasining 2024-yil 3-iyuldagi 131-sonida universitetimiz rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovning
"Adolat va raqobat ta’lim rivojining kafolati"
🗓️2024-yil 30-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan Talabalar turar joyida “Zakovat” intelektuall oʻyini tashkil etildi.
✅Ushbu musobaqa fakultet dekan oʻrinbosari A.Qurbonov, tyutorlar A.Ikromov,Oʻ.Qahhorovlar boshchiligida oʻtkazildi.
Gʻoliblar fakultet rahbariyati tomonidan kitob sovgʻalari bilan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti yoshlari!!!
🎉Sizlarni 30-iyum Yoshlar kuni munosabati bilan fakultet ma'muriyati samimiy qutlaydi. Ertangi kunimiz ishonchi bo'lgan sizdek yoshlarimizga ushbu kun muborak bo'lsin. G'ayratingiz aslo so'nmasin. Yuksak marralarni ko'zlab harakat qilishdan to'xtamang. Sizlarga hamisha zafarlar tilab qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti kengashi qoshida navbatdagi xalqaro nazariy-metadologik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda "Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik" kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Zilola Shukurorova va "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi tayanch doktoranti Dilnavoz Najimovalarning ma'ruzalari tinglandi.
✅Seminarda bayozlarning ilk namunalari haqida yangi ma'lumotlar olindi. Yosh tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Ozarbayjon bolalar adabiyotiga oid antologiya tuzish an'analarining milliy adabiyotimizga tadbiq qilish mumkin bo‘lgan jihatlari haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT