filologiyamatbuot | Неотсортированное

Telegram-канал filologiyamatbuot - O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

1017

O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali

Подписаться на канал

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Ўзбекистон ва Қозоғистон Президентлари Остонада буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий ҳайкалини очдилар

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Diyora Keldiyorova bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida birinchi marta chempion boʻlgan sportchi qizimizni tarixiy gʻalaba bilan qizgʻin tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

@Jadid_media

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi

🔸Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorlikda “Salom Vatandosh” mega loyiha dasturi doirasida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga quyidagi mavzularda videoroliklar qabul qilinadi:

➡️Vatanparvarlik va insonparvarlik gʻoyasini targʻib qilish;
➡️Burch va sadoqatni namoyon etish;
➡️Vatanparvarlikka sohaviy yondashuv;
➡️Vatanim mening nigohimda;
➡️Yangi Oʻzbekiston fenomeni yoshlar nigohida.

G‘oliblar quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

↪️1-oʻringa – Iphone 15 Pro max (56 GB);
↪️2-oʻringa – noutbuk (HP, 8/256GB);
↪️3-oʻringa – planshet (Galaxy Tab S9, 6/128GB).

Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar va tanlovning to‘liq nizomi bilan quyidagi havolani bosish orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

➡️Batafsil tanlov nizomi

Videorolik va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar, bog‘lanish uchun telefon raqamlari bilan birgalikda 2024-yilning 26-avgustiga qadar Telegram'dagi @salomvatandosh_bot manziliga yuborilishi lozim.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
#perevod

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Joriy yilda bittagina o'zgarish bor. San'at sohasida o'tish bali oshirilibdi. O'tgan yili san'at sohasida o'tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilanibdi. Boshqa yo'nalishlarda o'zgarish yo'q.

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#ular_Germaniyada_oʻqigan_edi

BASHIM SOLIH QISMATI
Bahodir KARIM

30-yillardagi qatag‘on bo‘hroni barcha millatlar boshiga yog‘ilgan ulkan bir ofat edi. Bu balo va ofatning zahmi-izosi hali shu kunga dovur odamlar qal­bini iztirobga solib keladi.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#konferensiya

✍️ O’zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o’qituvchilari Turkiya jumhuriyati Kayseri shahridagi Erjiyes universiteti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etishmoqda.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#oavda_biz

📑 "Yangi O'zbekiston" gazetasining 2024-yil 3-iyuldagi 131-sonida universitetimiz rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovning

"Adolat va raqobat ta’lim rivojining kafolati"

sarlavhali maqolasi chop etildi.

Ushbu maqolani albatta o‘qing!

📰Maqolani o'qish

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yil 30-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan Talabalar turar joyida “Zakovat” intelektuall oʻyini tashkil etildi.
✅Ushbu musobaqa fakultet dekan oʻrinbosari A.Qurbonov, tyutorlar A.Ikromov,Oʻ.Qahhorovlar boshchiligida oʻtkazildi.
Gʻoliblar fakultet rahbariyati tomonidan kitob sovgʻalari bilan taqdirlandi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti yoshlari!!!
🎉Sizlarni 30-iyum Yoshlar kuni munosabati bilan fakultet ma'muriyati samimiy qutlaydi. Ertangi kunimiz ishonchi bo'lgan sizdek yoshlarimizga ushbu kun muborak bo'lsin. G'ayratingiz aslo so'nmasin. Yuksak marralarni ko'zlab harakat qilishdan to'xtamang. Sizlarga hamisha zafarlar tilab qolamiz.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti kengashi qoshida navbatdagi xalqaro nazariy-metadologik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda "Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik" kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Zilola Shukurorova va "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi tayanch doktoranti Dilnavoz Najimovalarning ma'ruzalari tinglandi.
✅Seminarda bayozlarning ilk namunalari haqida yangi ma'lumotlar olindi. Yosh tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Ozarbayjon bolalar adabiyotiga oid antologiya tuzish an'analarining milliy adabiyotimizga tadbiq qilish mumkin bo‘lgan jihatlari haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz

🌟 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#Amaliyot jarayonidan

🗓️O'zbek filologiyasi fakulteti 310-guruh talabalarining 10 nafari O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi ''O'zbekiston'' radiokanalida malakaviy amaliyotlarini o'tashmoqda. Hozirda talabalar bosh muharrir Rohila Yusupova rahbarligida radiokanalning adabiyot va mutolaaga bag'ishlangan ''Sakkizinchi mo'jiza'', ''Adabiy jarayon'' kabi eshittirishlari tayyorlanishida faol ishtirok etmoqdalar. Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchilari Durdona Mahkamova hamda Mushtariy Xolmurodovalar jonli efir jarayonida ishtirok etdilar.

📌Qiziquvchilar uchun efir vaqtlari:
Dushanba, chorshanba, juma 13.30

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#munosabat

20-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini oʻtkazdi. Ushbu yigʻilishda ilgari surilgan muhim jihatlar haqida Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov munosabat bildirdi.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

⚡️2024-yil 17-iyun kuni “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 120-sonida Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurovning “Soʻz insonning ilm-fazlini oʻlchab koʻrsatadigan tarozidir” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

📌Ushbu maqolani albatta o‘qing.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#qisqa_hikoya_2 📜

Bo'g'zimdagi buyuk hayqirig'imni hech kim eshitmadi. Ona qachondan o'zgardim ayting? Butun qishloqni boshiga ko'tarib yig'lagan o'g'lingizni nega bugun ovozi chiqmayapti?

Qiziq, ona dedimmi? Ko'rdingizmi bugun sizdan olislarda qalbim uzoqlashgani yetmagandek shevam ham o'zgardi. Sizni esimni taniganimdan buyon aya derdim-ku.

Aya, ayajon... sog'indim sizni... Sovuq vagonlarning hayqirig'idan qo'rqqan paytlarim etagingiz ortiga o'tib yashiringim keladi...

Aya... men o'zgardim, siz istagandek qalbimni pok saqlay olmadim.Tosh shahar toshlaridan bitta-bitta terib qalbimga qadadim...

Kechiring, aya, meni endi bag'ritosh deb atang. O'sma qo'yib meni kutayotgan qo'shni qizlar o'rniga bir xil ko'zlar, bir xil qalamqoshlar meni o'z nog'orasiga kuysiz o'ynatdi".

Said to'lqinlanib ijod qilardi. Har joyda miyig'ida nishonga urdim degandek kulib qo'yardi.

Yarim tun, ilhom parisi va Saidni jiringlagan telefon diqqatini bo'ldi. Beliga tepdi degandek zarda bilan telfonga javob berdi:

- Alo?

- Allo bolam... - unsiz ovoz eshitildi.

- E-e aya, sizmidingiz? Ijod qilyapman, hadeb telefon qilavermang-da endi!

Said telefonni o'chirib divanga uloqtirdi. U bugun onasi haqida kitob yozyotgandi...

Ma'mura To'rayeva
TOSHDO'TAU talabasi

@mutolaablogs

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#To‘lov_kontrakt2024

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz

Bugun nafaqat mamlakatimizda, xalqaro miqyosda ham turkologiya jonkuyari, oʻzbek tili fidoyisi, manbashunoslik va matnshunoslik ilmining atoqli vakili – nuktadon olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov tavallud topgan kun.
Bugungi kun munosabati bilan ustozni samimiy qutlaymiz. Yana uzoq yillar yurt manfaati, ilm-fan ravnaqi yoʻlida mehnat qilishdan tolmasinlar. Ularning rahbarliklarida universitetimiz bundan-da baland marralarni zabt etaversin!

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yozgi_xabarlar

Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov Respublika yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminarida ishtirok etib, she’riyat yo'nalishidagi ishtirokchilarga mahorat darslari o‘tdi.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz 
Bugun Oʻzbek filologiyasi fakultetining eng fidoyi,jonkuyar tyutorlaridan Oʻktam Qahhorovning tavallud ayyomi🎉🎉.
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

📌Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari, filologiya fanlari doktori, dotsent Ilhom Sayitqulov tomonidan "Xalq ijodiyoti namunalari" nomli to'plamlaridan 10 dona universitet Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi.
✨Axborot-resurs markazi ustozga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi Davlat gerbi tasdiqlanganligiga 32 yil toʻldi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Aziz yoshlar!

Barchangizni, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlarni bugungi 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shaxsan o‘zim nomimdan va universitet jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Yangi O'zbekistonga sizdek g‘ayratli, bilimli va vatanparvar yoshlar kerak. Shuni ham aytish kerakki, orangizda hammangiz eng iqtidorli talabalarsiz. Ko‘p ishlarga qodirsiz.
2017-yilning 30-iyun kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu yoshlar mamlakati bo'lgan O'zbekistonda sizlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yil davomida turli darajadagi tadbirlar va tanlovlar tashkil etilyapti. Yangi iqtidor egalari kashf qilinyapti. “Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan universitetimiz yigit-qizlarining muvaffaqiyati barchamizni quvontirdi. Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan universitetimiz talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani esa chinakam ma'noda bayramga munosib tuhfa bo'ldi. Dilnavoz kabi iste'dodli, zukko talabalarimiz safi kengayaversin, har biringiz ana shunday e'tirofga munosibsiz. Chunki siz nufuzli reytinglarda TOP-300+ natijani qayd etgan universitet talabasisiz. Men quvonch bilan ayta olamanki, bugun bizning talabalarimiz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bilim maskanlarida, turli tashkilot va idoralarda mehnat qilib, o'zining salohiyati bilan hammani lol qoldirib kelishmoqda. Bu esa universitetimizning juda katta yutug‘i deb hisoblayman.
Bu bayram zamirida Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Shunday ekan, men yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang!

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori, akademik
Shuhrat Sirojiddinov

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yilning 29-iyun kuni “Yangi O'zbekiston" bog'ida 3000 metrga yugurish bo'yicha marofon bo'lib o'tdi.
✅Ushbu marafonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining sportchi talabalari va tyutorlari S.Bekchanov,I.Bobomurodov va M.Baxtiyorovlar faol ishtirok etishdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining O’N BIRINCHI sonli MAJLISI bo‘lib o‘tdi.
📌Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror hamda topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlarining bajarilishi, ta’lim sifati.
Fakultetda o‘quv yilining yakunlanishi, Hemis dasturiga talabalar davomati  va mavzularning vaqtida kiritib borilishi, shuningdek, ON va YN  natijalarining qayd etilishi xususida.
Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari natijasi.
1-2-kurslarda folklor va dialektologik amaliyotlarning olib borilishi,3-kurslarda malakaviy amaliyotni tashkil etish.
Fakultetda hamda kafedralarda O‘QUV, ILMIY, MA’NAVIYAT VA XOTIN-QIZLAR masalalari bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti kabi masalalar koʻrib chiqildi.
✅Majlisda barcha professor-o‘qituvchilar,doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz

🎉Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi oʻqituvchisi Turdialiyev Anvarbek Xusinovich filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PHD) diplomini olganligi munosobati bilan Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekanati tomonidan qutlandi.

Universitet hamda fakultet jamoasi ustozni ushbu ilmiy daraja bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#OAV_biz_haqimizda

Sirgʻali tumani “Ittifoq” MFY yoshlari bilan universitetimiz vakillari uchrashu haqida maxsus lavha “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” dasturida efirga uzatildi.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Чўмилиш тақиқланган сув ҳавзалари ҳаётингиз учун хавфли (+видео)

📽 https://youtu.be/PIbzQ2iYKa8

Батафсил: https://uza.uz/posts/609333

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

​​Qadrli hamkasblar va aziz talabalar! Sizlarni va yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ bayramda hammamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Albatta, biz o‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam imon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz. Shu ma'noda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yo‘lga qo‘yilgan ta'lim va tarbiya mexanizmi millat taraqqiyotiga daxldor ekanini chuqur his qilamiz.  Bizning kichik,  ammo oldiga katta maqsadlarni qo'ygan jamoamiz,  ilg‘or va tashabbuskor talabalarimiz bugun nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham o‘zining nimaga
qodir ekanini namoyish eta oldi.  Yaqindagina e'lon qilingan Times Higher Education xalqaro reyting kompaniyasi natijalariga ko‘ra universitetimiz dunyoning TOP-300+ , gender tengligini ta’minlash boʻyicha kuchli oʻnta universitetlar qatoridan o‘rin egallagani bizga faxr bilan birga katta mas'uliyat ham bag'ishlaydi.  Negaki,  endi biz xalqaro jamoatchilik nazariga tushdik,  natijani yana-da yaxshilash majburiyatini oldik.  Bu yo‘lda biz, shubhasiz, universitetimizning pedagogik jamoasiga va rektorat vakillariga hamda tashabbuskor talabalarimizga tayanamiz. 

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan  tabriklayman. Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratgan Egamning O‘zi madadkor bo‘lsin!

Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori,  akademik

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti professor -o'qituvchilari, xodimlari, tyutorlari hamda aziz talabalari!!!
Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan fakultet ma'muriyati samimiy qutlaydi. Uyingizdan qut-baraka arimasin. Shunday aziz kunlarda qo'lingizni duoga ochib so'ragan neki niyyatingiz bo'lsa, Yaratgan egam vojib aylasin. Alloh qalblaringizga sokinlik, iymoningizga mustahkamlik bersin. Har ishning haloli va xayrlisini nasib qilsin.

Samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…
Подписаться на канал