🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining O’N BIRINCHI sonli MAJLISI bo‘lib o‘tdi.
📌Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror hamda topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlarining bajarilishi, ta’lim sifati.
Fakultetda o‘quv yilining yakunlanishi, Hemis dasturiga talabalar davomati va mavzularning vaqtida kiritib borilishi, shuningdek, ON va YN natijalarining qayd etilishi xususida.
Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari natijasi.
1-2-kurslarda folklor va dialektologik amaliyotlarning olib borilishi,3-kurslarda malakaviy amaliyotni tashkil etish.
Fakultetda hamda kafedralarda O‘QUV, ILMIY, MA’NAVIYAT VA XOTIN-QIZLAR masalalari bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti kabi masalalar koʻrib chiqildi.
✅Majlisda barcha professor-o‘qituvchilar,doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz
🎉Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi oʻqituvchisi Turdialiyev Anvarbek Xusinovich filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PHD) diplomini olganligi munosobati bilan Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekanati tomonidan qutlandi.
Universitet hamda fakultet jamoasi ustozni ushbu ilmiy daraja bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#OAV_biz_haqimizda
Sirgʻali tumani “Ittifoq” MFY yoshlari bilan universitetimiz vakillari uchrashu haqida maxsus lavha “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” dasturida efirga uzatildi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
Чўмилиш тақиқланган сув ҳавзалари ҳаётингиз учун хавфли (+видео)
📽 https://youtu.be/PIbzQ2iYKa8
Батафсил: https://uza.uz/posts/609333
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Qadrli hamkasblar va aziz talabalar! Sizlarni va yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Bu qutlug‘ bayramda hammamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.
Albatta, biz o‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam imon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz. Shu ma'noda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yo‘lga qo‘yilgan ta'lim va tarbiya mexanizmi millat taraqqiyotiga daxldor ekanini chuqur his qilamiz. Bizning kichik, ammo oldiga katta maqsadlarni qo'ygan jamoamiz, ilg‘or va tashabbuskor talabalarimiz bugun nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham o‘zining nimaga
qodir ekanini namoyish eta oldi. Yaqindagina e'lon qilingan Times Higher Education xalqaro reyting kompaniyasi natijalariga ko‘ra universitetimiz dunyoning TOP-300+ , gender tengligini ta’minlash boʻyicha kuchli oʻnta universitetlar qatoridan o‘rin egallagani bizga faxr bilan birga katta mas'uliyat ham bag'ishlaydi. Negaki, endi biz xalqaro jamoatchilik nazariga tushdik, natijani yana-da yaxshilash majburiyatini oldik. Bu yo‘lda biz, shubhasiz, universitetimizning pedagogik jamoasiga va rektorat vakillariga hamda tashabbuskor talabalarimizga tayanamiz.
Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan tabriklayman. Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratgan Egamning O‘zi madadkor bo‘lsin!
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti professor -o'qituvchilari, xodimlari, tyutorlari hamda aziz talabalari!!!
Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan fakultet ma'muriyati samimiy qutlaydi. Uyingizdan qut-baraka arimasin. Shunday aziz kunlarda qo'lingizni duoga ochib so'ragan neki niyyatingiz bo'lsa, Yaratgan egam vojib aylasin. Alloh qalblaringizga sokinlik, iymoningizga mustahkamlik bersin. Har ishning haloli va xayrlisini nasib qilsin.
Samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz
🗓️“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti “Hurriyat” jamoasi 5- o'rinni qoʻlga kiritdi hamda moddiy va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
🎉Jamoani fakultetimiz rahbariyati nomidan ushbu yutuqlar bilan samimiy muborakbod etamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#munosabat
“TARJIMA – DILLAR PAYVANDI”Bahodir KARIM
⚫️Tarjimonning xizmati ortidan turli millatga mansub odamlar bir tilda – badiiy adabiyot tilida suhbat quradilar.
⚫️Prezidentimiz tomonidan yaqinda imzolangan “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaror mamlakatimizda tarjima adabiyotining yuksalishida bevosita qanot bo‘ladi.
Batafsil: jadid-media.uz/tarjima-dillar-payvandi/
➡️@Jadid_media⬅️
#tabriklaymiz
🎉Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Mahliyoxon Toʻxtasinova filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PHD) diplomini olganligi munosobati bilan Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekanati tomonidan qutlandi.
Universitet hamda fakultet jamoasi ustozni ushbu ilmiy daraja bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 10-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminar bo'lib o'tdi. Bu galgi seminarda "O'zbek adabiyoti tarixi" kafedrasi professor-o'qituvchilari Furqat To'xtamuratov, Sohiba Madirimova, Gulzoda Soatovalar ma'ruza qilishdi.
✅Ma'ruzachilarga fakultet professor- o'qituvchilari savol va fikr-mulohazalarini bildirishdi. Xalqaro nazariy-metodologik seminar "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 10-iyun sanasidan O'zbek filologiyasi fakulteti 310-guruh talabalarining 10 nafari O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi ''O'zbekiston'' radiokanalida malakaviy amaliyotlarini boshlashdi. ✅Amaliyotning birinchi kuni talabalar amaliyot rahbarlari D.Mahkamova va M.Xolmuradovalar boshchiligida radiokanalga tashrif buyurdilar. Kun davomida radiokanal rahbariyati, efir studiyalari va radioning ''oltin fondi'' bilan tanishdilar. Amaliyotchilar Bosh muharrir Rohila Yusupovaga biriktirildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#otaonalar_kongressi
🌎 2024-yilning 5-iyun kuni universitetimizda boʻlib oʻtgan “Universitet – talaba – oila muloqoti” shiori ostida ikkinchi Ota-onalar kongressi haqida “Oʻzbekiston 24” telekanalida maxsus lavha efirga uzatildi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#OAVda_biz
📹 Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning “Badiiy adabiyotda milliy ruh ifodasi” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Akademik soat” ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi. Ochiq ma’ruza O‘zbekiston Respublikasi Fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi zalida o‘tkazildi.
✅Ushbu darsni albatta tomosha qiling.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
🗓️2024-yil 5-iyun kuni jonajon universitetimizning tashkil etilganligining 8 yilligi hamda ota-onalar kongressi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
✅Ushbu tadbirda Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov,tyutorlar hamda fakultetning 20dan ortiq talabalari ota-onalari bilan birgalikda faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Õzbek filologiyasi fakultetida Bitiruv malakaviy ishi himoyalari davom etmoqda.
Jarayondan foto-lavhalar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz
🌟 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#Amaliyot jarayonidan
🗓️O'zbek filologiyasi fakulteti 310-guruh talabalarining 10 nafari O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi ''O'zbekiston'' radiokanalida malakaviy amaliyotlarini o'tashmoqda. Hozirda talabalar bosh muharrir Rohila Yusupova rahbarligida radiokanalning adabiyot va mutolaaga bag'ishlangan ''Sakkizinchi mo'jiza'', ''Adabiy jarayon'' kabi eshittirishlari tayyorlanishida faol ishtirok etmoqdalar. Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchilari Durdona Mahkamova hamda Mushtariy Xolmurodovalar jonli efir jarayonida ishtirok etdilar.
📌Qiziquvchilar uchun efir vaqtlari:
Dushanba, chorshanba, juma 13.30
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#munosabat
✅ 20-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini oʻtkazdi. Ushbu yigʻilishda ilgari surilgan muhim jihatlar haqida Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov munosabat bildirdi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
⚡️2024-yil 17-iyun kuni “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 120-sonida Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurovning “Soʻz insonning ilm-fazlini oʻlchab koʻrsatadigan tarozidir” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
📌Ushbu maqolani albatta o‘qing.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#etirof #xalqaro_reyting #THE
🏆 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Times Higher Education World Impact Ranking — 2024” xalqaro reytingida TOP-300 ro‘yxatidan joy oldi va gender tengligini ta’minlash boʻyicha jahonning eng yaxshi 10 ta universitetidan biri boʻldi. Shu munosabat bilan universitetda tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
👉 Batafsil
👉 In English
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
🗓️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yigʻilishi davomida berilgan topshiriqlar boʻyicha 50-sonli bayoni bilan tasdiqlangan dasturning 11-bandida belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahridagi oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maʼnaviyatga masʼul xodimlar uchun joriy yilning 12-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti boshchiligida Zoom platformasi orqali “Maʼrifiy targʻibot” mavzusida oʻquv kursi tashkil etildi.
✅Ushbu tadbirda Oʻzbek filologiyasi fakultetining professorlari B.Karimov,N.Jabborovlar ma’ruza qilishdi, fakultet dekan oʻrinbosari A.Qurbonov hamda tyutorlar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 7-iyunda Oʻzbek filologiyasi fakulteti dotsenti, f.f.d. (DSc) Abjalova Manzura Abdurashetovna tomonidan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy muallif korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” nomli amaliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, Alisher Navoiy korpusi va uning imkoniyatlari bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilariga taqdimot qilib berildi.
✅Taqdimot davomida korpusning dolzarbligi, ta’limiy, lingvistik, tarixiy, ma’naviy ahamiyati yoritib berildi, milliy koloritga ega korpus (http://alishernavoiykorpusi.uz/)ning sakkizta rukni batafsil tushuntirib berildi. Taqdimot natijasida professor-o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga loyiha rahbari Manzura Abjalova tomonidan batafsil javoblar berildi. Asosiysi, korpus doirasida Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha qilinishi ishlar bo‘yicha ilmiy hamkorlik kelishib olindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 11-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti “Ma'rifat maydoni" Respublika ko'rik tanlovining final ishtirokchilari Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalaridan tashkil topgan “Hurriyat'' jamoasi fakultet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
13-14-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Respublika bosqichida “Hurriyat'' jamoasiga fakultet dekani B.Abdushukurov va dekan o'rinbosari A.Qurbonovlar omad tilab,samimiy tilaklar bildirishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 10- iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 2023-2024-o‘quv yilidagi O’NINCHI sonli MAJLISI bo‘lib o‘tdi.
📌Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror hamda topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlarining bajarilishi, ijro intizomi,ta’lim sifati.
Hemis dasturida ishlash, talabalar davomati va mavzular.
ON va YNlarning o‘z vaqtida kiritib borilishi, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyati to‘g‘risida.
Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari natijasi.
4-kurs talabalarining mutaxassislik fanlaridan davlat imtihonini tashkil etish.
1-2-3-kurs talabalarining yozda o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotini yolga qo‘yish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
✅Majlisda barcha professor-o‘qituvchilar,doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Hurmatli professor-oʻqituvchilar hamda aziz talabalar!
Barchangizni 10-iyun kuni soat 14:30da Oʻzbek filologiyasi fakultetida Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi xalqaro nazariy-metodologik seminarga taklif etamiz!
Qiziqarli ma’lumotlar, yangi bilimlar, munozarali savollarga javoblarni aynan shu seminardan topasiz!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🎉Oʻquv yili davomida oʻtilgan fanlarni yaxshi oʻzlashtirilganligi,ilmiy-ijodiy ishlardagi faolligi,oʻzining namunali xulqi,tirishqoqligi,fidoyiligi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki bilan kursdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan Oʻzbek filologiyasi fakultetining 150dan ortiq talabalari fakultet dekanati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
✨Barcha taqdirlangan talabalarni fakultet rahbariyati tomonidan tabriklaymiz,kelasi oʻquv yilida ham ushbu shijoat va faollik sizlarni tark etmasin deb qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Самихон Аширбоев: "Таълим ва маънавиятга барчамиз масъулмиз!" (+видео)
📽 https://youtu.be/72mfmyS_y0g
Батафсил: https://uza.uz/posts/605366
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
🗓2024-yilning 3-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasining navbatdagi nazariy-metodologik seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda o'qituvchi S.Nematovaning "O'zbek tilida Broka afaziyasida spontan nutqqa xos xususiyatlar", tayanch doktorant L.G'aniyevaning " Davlat boshqaruvi terminlaridagi paradigmatik munosabatlar", tayanch doktorant D.Abdurayimovaning “Shaxsiyat xususiyatlari asosida ijtimoiy tarmoq matnlarini tadqiq etishning nazariy asoslari”, tayanch doktorant V.Yuldashevaning “O'zbek va nemis tillarida tana evfemizmlari tasnifi”, tayanch doktorant SH.Islomovaning "Sheva frazeologizmlari sinonimiyasi (Qashqadaryo qipchoq shevalari misolida) mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
✅Nazariy-metodologik seminar qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar olingan ma’lumotlarning ilmiy tadqiqotlari samaradorligini oshirishda muhim ekanini ta’kidladilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓Bugun, 3-may kunidan boshlab O‘zbek filologiyasi fakultetida 4-kurs talabalarning Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi boshlandi.Bitiruv malakaviy ishlari himoyasini fakultet dekani, f.f.d professor B.Abdushukurov hamda davlat attestatsiyasi komissiya raisi f.f.d , professor Sh.Turdimovlar ochib berishdi.
Barcha bitiruvchi talabalarimizga imtihonlarda omad tilab qolamiz! /channel/FILOLOGIYAMATBUOT