🗓2024-yil 29-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talaba yoshlar oʻrtasida sportning futbol,voleybol,basketbol,shaxmat-shashka,stol tennisi turlari boʻyicha “Rektor kubogi”musobaqalari boʻlib oʻtdi.Musobaqada universitet “Umid” sport klubi raisi o‘rinbosari R.Alimbayeva rahbarligida o‘tkazildi.
✅Bo‘lib o’tgan musobaqada fakultetimiz talabalari faol ishtirok etishib,sportning voleybol turidan Oʻzbek filologiyasi fakukteti qizlar jamoasi 1-oʻrinni,stol tennisi boʻyicha oʻgil bolalalar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada 2-oʻrinni Azimjonov Samandar,shaxmat bo'yicha qizlar o'rtasida 2-o‘rin Shaymanova Sadoqat ,futbol sport turidan 3-o‘rinni qoʻlga kiritishdi hamda universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
Ushbu musobaqada talabalarimizni qo‘llab-quvvatlab turgan hamda faol ishtiroklari uchun fakultetimiz dekan o‘rinbosari A.Qurbonov va barcha tyutorlarimizga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 29-may kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Lingvist” to‘garagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi. Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, doktorantlari hamda to'garak a'zolari ishtirok etishdi. Seminar davomida doktorant Abdurahmonova Sayyora "O'zbek dialektal korpusining lingvistik ta'minoti" mavzusida, doktorant Allaberganova Nilufar "O'zbek tilidagi reklama matnlarida lingvokognitiv vositalar ifodasi" mavzusida ma'ruza o'qishdi. Seminarda eshitilgan ma’ruzalar yuzasidan kafedra professor-o'qituvchilari ko‘rsatma va maslahatlar berishdi, tadqiqotchilar o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildilar, bu tadqiqotchiga ilmiy ishini yozishida muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Taqdqiqotchilar hamda talabalar hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminar talabalarni kelgusida ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 28-may kuni Oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Oʻzbek filologiyasi fakulteti,Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning “Badiiy adabiyotda milliy ruh ifodasi”mavzusidagi ochiq ma'ruzasi bo'lib o'tdi.
✅Ushbu ma'ruzada O'zbek filologiyasi fakultetining 80 nafarga yaqin talabalari va fakultet tyutorlari : S.Bekchanov va A.Jovliyevlar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
📣Diqqat e'lon:
2024 yil 28-may kuni O'zbek filologiyasi fakulteti talaba-qizlari o'rtasida sportning Voleybol🏐 turi bo'yicha fakultet birinchiligi bo'lib o'tadi. Jamoa a'zolari 6-kishidan iborat bo'lishi lozim. Musobaqada jamoalar tarkibida yaxshi o'yin ko'rsatgan talabalar "Rektor kubogi" musobaqasiga jalb etiladi.
🤩🤩G'olib jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o'rinni olgan jamoaning har bir a'zosiga 1 tadan ,,Simsiz quloqchin 🎧 B 39" modeli va diplom.
🥈2-o'rinni olgan jamoaning har bir a'zosiga alohida sovg'a va diplom.
🥉3-o'rinni olgan jamoaning har bir a'zosiga alohida sovg'a va diplom.
🏵Super sovg'a eng yaxshi o'yin ko'rsatgan sportchi talabaga ,,BOSCH BS-888'' modeldagi Blender.
⏰Musobaqaning boshlanish vaqti: 2024 yil 28 may soat 15-30
📍Musobaqa o'tkazilish joyi: Universitet sport zali
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabrik
Oʻzbek filologiyasi fakultetining 1- bosqich talabasi Karimova Guljahon "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Guljahonni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz,kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.🌸
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024- yilning 23-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti hamda Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani 29-sonli musiqa maktabi bilan hamkorlikda “Adiblar xiyoboni''da “Navoiyga ehtirom” nomli ma'naviy-marifiy tadbir tashkil qilindi.
✅Tadbirni yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.Qurbonov va tyutor Sirojiddin Bekchanovlar olib borishdi.Tadbir yakunida,sportning “Etnosport” turi bo'yicha universitet birinchiligini qo'lga kiritgan O'zbek filologiyasi fakultetining “To'maris izdoshlari” jamoasi fakultet dekanati tomonidan munosib taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 22-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Ozarbayjon va Turkiya Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Turkiya Fanlar akademiyasining faxriy professori Xuraman Murodova qalamiga mansub “O‘zbekiston ham vatanimdir” kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.
✅Universitetimizda tashkil etilgan Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirga Ozarbayjon respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliyev boshchiligida elchixona vakillari ham tashrif buyurdi. Suhbat chog'ida ikki qardosh xalqning madaniyatlarini yaqinlashtirishda amalga oshirib kelayotgan ishlar,gOzarbayjonda ochilishi kutilayotgan Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va madaniyati markazi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 20-may kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasining navbatdagi nazariy-metodologik seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda f.f.f.d. E.Xonnazarovning “-gan zamon shaklini korpusda annotatsiyalash masalasi”, f.f.f.d. M.Tuxtasinovaning “L.Z.Budagov lug‘atidagi eski o‘zbekcha so‘zlarning statistik tahlili”, tayanch doktorant T.Bekmurodovning “O‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining shakllanishida ekstralingvistik omillar”, tayanch doktorant L.Rahimqulovaning “Jahon tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalari tadqiqi” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
✅Nazariy-metodologik seminar qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar olingan ma’lumotlarning ilmiy tadqiqotlari samaradorligini oshirishda muhim ekanini ta’kidladilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz
📌 Azim Buxoroda “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
Talabalarimizni qutlaymiz!!!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🗞️O‘zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, professor Bahodir Karimovning “Jadid”gazetasining 20-sonida “Shum bolaning jozibasi” nomli maqolasi chop etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni
Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Буюк Ғалабага беқиёс ҳисса қўшган, шу ёруғ кунларга етиб келолмаган азиз инсонларни ёд этамиз, уларнинг хотираси, пок руҳлари олдида таъзим қиламиз. Урушда, меҳнат фронтида иштирок этган мўътабар фахрийларимиз олдида чексиз қарздормиз.
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
🗓️2024-yilning 8-may sanasida Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi qoshidagi ''Tilshunos ekspertlar'' to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. Mashg'ulotni kafedra katta óqituvchisi Durdona Mahkamova olib bordi. Unda talabalar ilmiy maqolani shakllantirish, maqola turlari, ilmiy jurnal va konferensiya maqolalarining o'xshash va farqli jihatlari bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 6-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida universitet psixologi Norova Nargiza hamda O'zbek filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Muhammadiyeva tomonidan “Oila" mavzusida talaba qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Шуҳрат Сирожиддинов: устоз фикрни нурлантирувчи, комилликка етакловчи шахс (+видео)
🎥 https://youtu.be/dkvKDtLBn6U
Батафсил: https://uza.uz/posts/595961
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
🗓2024-yil 29-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi hamda Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ikki buyuk siymo,shoir va mutafakkir Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy ijodiga bag‘ishlangan,Muhammad Fuzuliyning 530 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy: O‘zbek-Ozarbayjon adabiy aloqalari rivoji masalalari” mavzusida uluslararo konferansiga tashkil etildi.
✅Ushbu tadbirni Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ochib berdi,Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi xodimlari, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Adabiyot instituti olimlari, Turkiyadan kelgan olimlar, O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi hamda Ozarbayjonlik professor – o‘qituvchilar, Muhammad Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi a’zolari ishtirok etdilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 28-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida sportning "Voleybol" 🏐turi bo'yicha qizlar o'rtasida fakultet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqani universitet Yoshlar masalalari va manaviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektor G.Jurayeva va fakultet dekan o'rinbosari A.Qurbonov ochib berd va jamoaga omad tiladi. Musobaqaga tyutorlardan S.Bekchanov, M.Baxtiyorov, O'.Qahhorovlar hakamlik qilishdi. Musobaqani universitet "Umid " sport klubi raisi R.Dovulboyevna bosh hakam sifatida boshqarib bordi.
✅Musobaqa yakunida g'olib jamoalar O'zbek filologiyasi fakulteti dekanati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#toʻgarak_mashgʻulotlari
Aziz talabalar!
Barchangizni Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi “Lingvist” toʻgaragi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ilmiy-nazariy seminarga taklif etamiz!
Qiziqarli ma’lumotlar, yangi bilimlar, munozarali savollarga javoblarni aynan shu seminardan topasiz!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#etirof #ibrat
“Oʻzbekiston tarixi” telekanalida unversitetimiz rektori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Shuhrat Sirojiddinovning ilm yoʻli haqida maxsus dastur efirga uzatildi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
🗣️E’lon
📌Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurov tashabbuslari bilan shoir Axtamquli muallifligidagi "Quyoshga ona boʻlgan yurt" nomli kitobi fakultet tyutori Mirjamol Baxtiyorov tomonidan universitet Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi.
✨Axborot-resurs markazi ustozlarga oʻz minnatdorchiligini bildiradi. ✈️Telegram|🌐Web-sayt |📔Elektron-kutubxona
🗓️2024-yil 22-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Huquqiy madaniyat hamda jinoyat huquqi boʻyicha jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida ochiq muloqat tashkil etildi.
✅Ushbu tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Gulnoza Jurayeva ochib berdi.Tadbirda Yakkasaroy tumani sudiyasi hamda prokuror oʻrinbosari talabalarga huquqiy madaniyat borasida ma’ruza qildilar.
Tadbirda Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov,tyutorlar va 2-kursning 20dan ortiq talabalari faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz
"Kitobxon yoshlar ligasi" onlayn tanlovining respublika bosqichida Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi Xaytaxmatova Dilnavoz faxrli I oʻrinni qoʻlga kiritganligi munosabati bilan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qoʻlga kiritgan sovgʻalarni fakultet dekani B.Abdushukurov tomonidan taqdim etildi.
🎁Dilnavozga kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!
🗓️2024-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024- yil 13-apreldagi RA 1-5359-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatarparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 122-sonli buyruq ijrosini ta’minlash yuzasidan O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ilyos Ismoilov , Orzugul Hamroyevalar 17-may kuni Yangihayot tumanida joylashgan “Toshkent” ,”Viqor” MFYlarga"Ma'rifat ulashib" tadbiri doirasida tashrif buyurishdi.
✅MFY raisi va faollari,ichki ishlar hodimlari, mahalla yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov 2-kurs talabalari bilan birgalikda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yakkasaroy tumani Tepa mahallasi Jiydazor koʻchasida yashovchi Valabuyeva Janna Abdiyazovnani holidan xabar olish uchun tashrif buyurishdi.
✨Shu kabi xayrli ishlarda bosh boʻlib kelayotganliklari uchun fakultetimiz rahbariyatiga hamda faol talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Xotira bor ekan, tirikdir millat
Tirikdir iftixor, tirikdir g'urur
Xotira- elni xalq etguvchi qudrat
Xotira -ertani yoritguvchi nur
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti professor -o'qituvchilari, xodimlari, tyutorlari hamda aziz talabalari! Sizlarni 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Har birimizning xonadonimizda farzand kulgusi yangrab, yoshi ulug'larimiz duoda bo'lib yurishsin.
Samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Ўзбек аёлларининг матонати унутилмайди (+видео)
9 май – Хотира ва қадрлаш куни
🎥 https://youtu.be/IlSMJg9X3Rg
Батафсил: https://uza.uz/posts/596735
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
🗓2024-yil 8-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Jasorat-millat g'ururi va iftixori!” shiori ostida axborot-murabbiylik soati o'tkazildi.
✅Axborot-murabbiylik darslarini fakultet yoshlar masalalari,ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.Qurbonov,fakultet tyutori: S.Bekchanov,M.Baxtiyorov,U.Toʻqsonovalar olib borishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 5-6-may kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti rahbariyati tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish hamda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 1-kurs talabalar hamda tyutor-Sirojiddin Bekchanov birgalikda qadimiy Xiva hamda Buxoro shaharlariga tashrif buyurishdi.
✅Tashrif davomida: Ichan qalʼa,Pahlovon Mahmud, Islomxo'ja madrasasi hamda Buxoro Arki,Labi hovuz,Mir Arab madrasasi,Minorai Kalon,Abduholiq G'ijduvoniy ziyoratgohi kabi tarixiy obidalariga borildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 7-may kuni o'zbek xalqining buyuk yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan “O‘TMISHGA AYLANMAGAN “O‘TKAN KUNLAR” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O'zbek filologiyasi fakulteti "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi mudiri, professor U.Jo'raqulov va kafedra dotsenti M.Asadovlar ishtirok etishdi. ✅F.f.d., professor U.Jo'raqulov tadbirda "Abdulla Qodiriy va inson qadri" mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, tadbir davomida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar ham namoyish etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT