#OAVda_biz
“Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol” koʻrsatuvida universitetimiz olimalari f.f.f.d.(PhD) Dilafro’z Muhammadiyeva, f.f.f.d.(PhD) Kamola Rixsiyeva, f.f.f.d.(PhD) Mushtariy Xolmuradovalar ishtirok etib, tilimiz tarixi haqida muhim ma’lumotlarni ulashdilar.
Ushbu koʻrsatuvni, albatta, koʻring.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
🗓️3-may kuni Yozuvchilar uyushmasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining “Adabiyot maydonida” bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Uni klub aʼzosi Sherzod Olimov olib bordi.
Bu gal Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan kursantlar hamda yosh ijodkorlar bellashuvga kirishdi.
✅Jarayonda jami sakkiz jamoa ishtirok etdi va ularning har birida olti nafardan ishtirokchi kitobxonlar qatnashdi.
🎉Quvonarlisi, bellashuvda O'zbek filologiyasi fakultetining bilimdon talabalaridan tashkil topgan "Sanduvoch" jamoasi faxrli III-o'rinni qo'lga kiritdi. Jamoa a'zolari-Hazratqulova Shohsanam, Ollomova Kiyishjon, Sayfiyeva Mashhura, Abduvahobova Noila, Xaytaxmatova Dilnavoz, Abdulakimova Gulsanamlar uyushmaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#Maʼrifat _ulashib
🔰“Zamondosh ijodkor bilan bir kun…” loyihasi doirasida NamDChTI jamoasi tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etildi.
✅ Mehmonlarimiz Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, XXI asr o‘zbek adabiyotida oʻz oʻrnini topishga ulgurgan ijodkorlar:
Nurboy Jabborov, Nabi Jaloliddin, Axtamqul Karimovlar.
⚡Tadbir dasturlarimiz davom etmoqda.
Bizni kuzating:
“Тарихий савол” кўрсатувининг бу галги мавзуси ўзбек тилининг тарихий тараққиёти ҳақида бўлди. Мутахассисларимиз Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети ўқитувчилари - PhD, доцент Дилафрўз Муҳаммадиева, PhD Камола Рихсиева, PhD Муштарий Холмуродова бўлишди.
- “Ўзбек” атамасининг пайдо бўлиши кўпчилик ўйлаганидек, Ўзбекхонга боғлиқ эмас. Бу сўз халқ номи сифатида Ўрхун-Энасой битикларида ҳам бўлган;
- Йогурт, лаваш, утюг сўзлари туркий сўзлардир;
- “Совуқ” сўзининг қанча даражаси бор?
Шу каби қизиқ маълумотлар бугун 18:00 да “Ўзбекистон тарихи” телеканалида!
/channel/Jasurbek_Usmon_auditoriyasi
📌 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti "Nazariy va amaliy tilshunoslik" kafedrasi oʻqituvchisi, dotsent v.b. (PhD) Mushtariy Xolmurodova oʻzining muallifligidagi "Qutadgʻu bilig" leksikasi monagrafiyasini universitet Axborot-resurs markaziga tuhfa qildi.
✨ARM rahbariyati ustozga oʻz minnatdorchiligini bildiradi. ✈️Telegram|🌐Web-sayt |📔Elektron-kutubxona
📆 2024-yilning 1-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan birgalikda ,,Adiblar xiyobonida" ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
"Seningdirman" kitobining taqdimoti
muxbir: Durdona Abdullayeva
#Toshkent shahri
@hududtv
#talabalar_hayoti #konferensiya
📍2024-yil 30-aprelda “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Jaholatga qarshi maydonga chiqqan ma’rifatparvar
10-aprel- oʻzbek adabiyotining ulugʻ namoyandasi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.
Batafsil: https://uza.uz/posts/587691
#hayit_muborak
🕌 Hurmatli O'zbek filologiyasi fakultetining professor-o'qituvchilari, tyutorlar, xodimlar va aziz talabalar!
🌸 Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz! Oilangizga tinchlik, xotirjamlik, ishlaringizga rivoj tilab qolamiz!
Hayit ayyomi barchamizga muborak bo'lsin.
Samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#amir_Temur
🇺🇿 Bugun 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Ulugʻ bobomiz tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Oʻzbek filologiyasi fakukteti talabalari tomonidan maxsus videolavha tayyorlandi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twittere
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-aprelga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)
🔴 “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod)
🗓️2024-yil 6-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultet 1-2-kurs talabalari oʻrtasida voleybol musobaqasi oʻtkazildi. Musoboqada 50dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
✅Musobaqada filologiya fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov,tyutorlar:M.Muhammadiyeva, Oʻ.Qahhorov, A.Ikromov, M.Baxtiyorovlar faol ishtirok etishdi. Musobaqaga “Umid” sport klubi rahbari R.Alimboyeva rahbarlik qildi.
🎉Qizgʻin davom etgan musobaqada 1-kurs talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "Milliy liboslar kuni" o'tkazildi. Ushbu tadbirda O'zbek filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Muhammadiyeva va 30 dan ortiq talabalar faol ishtirok etishdi. Iqtidorli talabalarimiz ila milliy liboslar ko'rgazmasi, milliy o'yinlar, laparlar kuylash qizg'in tarzda o'tdi.
✅Tadbirdan ko'zlangan maqsad, yoshlarimizni milliy urf-odat, qadriyat va an'analar hamda, milliy liboslarimizga bo'lgan e'tiborini yanada oshirishdir.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 5-aprel kuni Oʻzbek filologiyasi fakultetida fakultet dekan oʻrinbosari A.Qurbonov, tyutorlar :Oʻ.Qahhorov, S.Bekchanov,M.Baxtiyorovlar tomonidan “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi fakultet bosqichi tashkil etildi.
✅Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Qurbonov soʻzga chiqib tanlov shartlari va hayat a’zolari bilan tanishtirib oʻtdi.
📎Tanlov ikki shartda oʻtkazildi:
1 shart – "Men yoqtirgan asar" 1dan 10 ballgacha,
2-shart - "Eng bilimdon kitobxon" 1 dan 30 ballgacha baholandi.
✅Tanlovda fakultet professor-oʻqituvchilari:K.Pardayev,Sh.Amonov,F.Tuxtamurodov, S.Rasulova va doktarantlar hakamlik qilishdi.
📌Eng yuqori natijalarni egallagan 6 nafar ishtirokchi:
Ahmadova Aynura,
Gʻofurjonova Mohlaroy,
Xaytaxmatova Dilnavoz,
Abdugʻafforova Zuhra,
Nosirov Jaloloddin,
Koʻcharova Zuhralar universitet bosqichiga yoʻllanmaga ega boʻldilar.
🎉Gʻolib talabalarimizga universitet bosqichida omad tilab qolamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#madaniy_hordiq
🗓2024-yil 3-may kuni Oʻzbek milliy akademik drama teatrida "Kunduzsiz kechalar" spektakli namoyish etildi.
✅Ushbu spektakl namoyishida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori- A.Jovliyev 50 dan ortiq talabalari bilan birgalikda ishtirok etishdi.
Fakultetimiz murabbiylariga har ishda koʻrsatayotgan faolliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#Maʼrifat_ulashib
🗓️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri,Navoiyshunos olim, professor Nurboy Jabborov 21-22-23-aprel kunlari Namangan viloyatida ma’rifat ulashib loyihasi doirasida oʻtkazilgan adabiy ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi.
🎥Tashrif jarayonidan video lavha.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
📣Yosh ijodkorlar diqqatiga!
Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan iste’dodli yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Duel” tanlovining yangi mavsumiga start berildi. Mukofot jamg‘armasi 424 million so‘m!
✍️Loyiha orqali barcha hududlardagi yosh iste’dod egalarini kashf qilish va qo‘llab-quvvatlash reja qilingan. Tanlovda kattalar va bolalar she’riyati yo‘nalishida ijod qilayotgan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shoirlar qatnashishlari mumkin.
🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari: 1-o‘rin 50 mln. so‘m; 2-o‘rin 40 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📝 Ishtirok etish uchun ijodkorlardan Tanlov nizomi bilan tanishib chiqishlari va belgilangan tartibda hujjat yuborishlari so‘raladi.
Arizalar 29-maygacha @duel_ariza_bot orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot uchun (95) 662-20-24
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
🗓️2024- yilning 1-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent Iroda Azimova Toshkent shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan Kitobxonlik tanlovida hakam sifatida ishtirok etdi.
Musobaqa ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
- tanishtiruv;
- asar syujeti yuzasidan savol - javoblar;
- sahna ko'rinishi;
- asardan olingan xulosalar.
✅Qizg'in bahsda 7-"Green" sinfining "Unutilgan bolalik" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Tadbir sóngida I.Azimova o'quvchilarga kitob va mutolaaning inson tafakkuriga ta'siri masalasida fikr bildirib, o'quvchilarning asarni tushuna olishi, sahnadagi o'ziga xos talqini, ijro mahorati tahsinga sazovor ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 1-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalariga “Yangi Oʻzbekiston-ma'rifatli jamiyat" mavzusida axborot-murabbiylik darslari boʻlib oʻtdi. Darslarni yoshlar masalalari,maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari,A.Qurbonov hamda fakultet tyutori Sirojiddin Bekchanov olib bordi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-apreldagi 30/9-19-son xatiga muvofiq, 2024-yil 29-aprel-2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida AQShning Massachusets texnologiya institutining malakali mutaxassislari tomonidan intensiv mahorat darslari tashkil etildi.
✅Ushbu mahorat darslarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#seminar
📍 2024-yil 30-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminar bo'lib o'tdi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
🗓️2024-yil 9-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumani Ayrim fanlarga ixtisoslashgan chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud 171-umum ta’lim maktabida« Jadidchilar faoliyatida ma'rifatparvarlik va barkamol avlod tarbiyasi »mavzusida ilmiy-tarbiyaviy tadbir o'tkazildi.
✅Ushbu uchrashuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Abdumurod Tilavov ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Aziz vatandoshlar!
Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan chin yurakdan qutlab, sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadoningizga fayzu baraka tilayman. Pok niyatingiz, ulug‘ maqsadlaringiz shu tabarruk kunda qilayotgan barcha ibodatlaringiz, ezgu duolaringiz ijobat bo‘lsin! Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Akademik Shuhrat Sirojiddinov
🗓️2024-yil 8-9- aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Anvar Qurbonov, fakultet tyotorlari bilan birgalikda fakultetimizga biriktirilgan Toshkent shahar,Sergeli tumanida joylashgan “Qut baraka” mahallasiga tashrif buyurishdi hamda mahalla raislari hamda yoshlar yetakchilari bilan uchrashishdi.
✅Mazkur uchrashuvda, fakultet va mahalla hamkorligi asosida kelgusida qilinadigan ishlar belgilab olindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#seminar
🗣 Filologiya fanlari doktori Rashid Zohidov tyutorlarga “Islom – ma’rifat va ezgulik dini” mavzusida ma’ruza qildi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twittere
Жавлон Жовлиев: Ўзбек адабиётини халқаро майдонга олиб чиқиш вақти келди (+видео)
Инсоният ўзининг кўп минг йиллик тараққиёти давомида яратган энг буюк кашфиётларидан бири китоб, албатта. Узоқ замонлар оша китоб инсонлар ҳаётига зиё, нур берувчи воситага айланди. У орқали инсон ўтмишини, бугунги кечмишини ва келажак умидларини кўради, жамиятга етказади.
🎥 https://youtu.be/U80e_qooBDg
Батафсил: https://uza.uz/posts/586780
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
#tabriklaymiz
6-aprel universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, O’zbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi Ziyayeva Yulduz Temirkhanovnaning tavallud ayyomi🎉🎉
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
Hurmat bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 6-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar masalalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.Qurbonov ochib berdi. Talabalar tomonidan buyuk sohibqiron uchun tayyorlangan videoro'lik namoyish etildi hamda 1-kurs talabalari ishtirokida Sohibqiron hayoti va ijodidan tezkor savol-javob viktorinalari tashkil etildi.Tadbirda fakultet tyutorlari hamda 200dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#konferensiya
🗣 Joriy yilning 5-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida "Jahon harb ishi va harb san’ati rivojida ajdodlar o‘rni: adabiy va tarixiy manbalar misolida " mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twittere